14.08.2020 yildagi 489-son
2. Ushbu qarorga 5 va 6-ilovalar 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
4. Ushbu Nizom maqsadlarida qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi deganda Soliq kodeksiga muvofiq aniqlanadigan, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobga olinadigan soliq summasi o‘rtasidagi salbiy farq tushuniladi.
8. Soliq summasining qoplanishi soliq to‘lovchining ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi qo‘shilgan qiymat solig‘ining qoplanishi lozim bo‘lgan summasini qaytarish to‘g‘risidagi arizasi asosida amalga oshiriladi.
13. Suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya jihatdan tozalash, issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar Soliq kodeksining 264-moddasi uchinchi qismida qayd qilingan shaxslarga ko‘rsatilganda arizaga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda realizatsiya qilingan suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.
yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha xizmatlar realizatsiya qilinganda — ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldirilgan yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha yagona xalqaro tashish hujjatlari reyestri;
ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi tovarlar eksport qilinganligi va valyuta mablag‘lari tushganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
15. Soliq kodeksining 262-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga nisbatan soliq summasi o‘rnini qoplashda ushbu Nizomning 14-bandi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish davrida soliq organi zarur hujjatlar va mavjud tovar-moddiy boyliklari qoldig‘ini ko‘zdan kechirish, zarur hollarda sayyor soliq tekshiruvini tashkil etgan holda inventarizatsiyadan o‘tkazish Soliq kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda hududni va binolarni ko‘zdan kechirish, Soliq kodeksining 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda hujjatlarni talab qilib olish hamda Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan tartibda uchinchi shaxslardan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish huquqiga ega.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
30. Soliq to‘lovchining boshqa soliqlardan bo‘lgan soliq qarzini uzish amalga oshirgandan so‘ng soliq organi tomonidan bir kun muddatda soliq summasining qolgan qismi bo‘yicha ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shaklda soliq summasini qaytarish to‘g‘risidagi xulosa rasmiylashtiriladi va elektron shaklda (DSQ elektron axborot tizimi) orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga yuboriladi.
32. Soliq kodeksining 274-moddasi to‘rtinchi qismiga binoan soliqning jami summasi o‘rnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi bu haqda soliqni qaytarish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi:
arizaga ushbu Nizomning 2-bobida belgilangan zarur hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 25-bandi beshinchi — o‘n uchinchi xatboshilarda qayd etilgan holatlar aniqlangan taqdirda, salbiy farqning asoslanmagan qismi doirasida.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
321. Ushbu Nizomning 32-bandida ko‘rsatib o‘tilgan soliq to‘lovchilar toifasidan tashqari intizomli soliq to‘lovchilarga ham soliq summasi o‘rnini qoplashning tezlashtirilgan tartibi qo‘llaniladi.
(321-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
33. Soliqning o‘rnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq to‘lovchi tomonidan qoplash uchun arizada ko‘rsatilgan soliq summasi unga to‘liq hajmda yetti kun ichida ushbu Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda qoplab beriladi. Bunda qoplanishi uchun arizada ko‘rsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq soliq summasini qoplashning tezlashtirilgan tartibi tatbiq etilmaydigan hollarda soliq summasi asoslanganligi yuzasidan ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda kameral soliq tekshiruvi o‘tkaziladi va kameral soliq tekshiruvi yakuni bo‘yicha soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) yoki qoplashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
38. Soliq organi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar kameral soliq tekshiruvidan o‘tkaziladi va ushbu Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olgan holda ariza berilgan kundan e’tiboran besh kun mobaynida soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) yoki soliq summasini qoplashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Ushbu Nizomning 35 — 39-bandlarida belgilangan qoidalar tegishli chet davlatning qonunchilik hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlariga (shu jumladan, ular bilan birga yashaydigan oila a’zolariga) nisbatan soliq summasini qoplash tartibi belgilangan bo‘lsa yoxud bunday norma O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa qo‘llaniladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
birinchi xatboshisida qayd etilgan qoidalar tatbiq etiladigan xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari ro‘yxati;
ikkinchi xatboshida qayd etilgan qo‘shimcha cheklovlar va shartlar to‘g‘risida ma’lumotni tegishli xorijiy davlatning diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga, ushbu vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlariga nisbatan qo‘shimcha cheklovlar va shartlar paritet asosda qo‘llanilishining maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosasini ilova qilgan holda kiritadi.
45. Ushbu Nizomning 42 va 43-bandlarida belgilangan qoidalar mahsulot taqsimotiga oid bitimda soliq bo‘yicha nol darajali stavka qo‘llanishi nazarda tutilgan bo‘lsa tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi soliq organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali ariza taqdim etadi.

2. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari soliq organiga bevosita yoki buyurtma xat bilan pochta aloqasi xizmati orqali ariza taqdim etadi.

Zaruratga ko‘ra


2-bosqich

Soliq organi




Ariza beruvchi

Soliq to‘lovchining ushbu Nizomda nazarda tutilgan ilovalarsiz arizasi taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqmagan holda soliq to‘lovchiga qaytaradi.

Arizasi ko‘rib chiqilmagan va qaytarilgan soliq to‘lovchi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan xolda, qayta ariza berishga haqli.

Besh kun mobaynida




Zaruratga ko‘ra


3-bosqich

Soliq organi

Arizada qayd etilgan, qoplanashi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi asoslanganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvi o‘tkazadi.

1. Ariza taqdim etilgan kundan keyingi kundan boshlanadi va ellik kungacha bo‘lgan muddatda.

2. Soliq summasini qoplashning tezlashtirilgan tartibida kameral nazorat soliq summasi qoplab berilgandan so‘ng boshlanadi va ellik kungacha bo‘lgan muddatda.


4-bosqich

Soliq organi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risida qaror qabul qiladi va qaror nusxasini soliq to‘lovchiga uning shaxsiy kabineti orqali yuboradi.

1. Bir kun muddatda

2. Soliq summasini qoplashning tezlashtirilgan tartibida ariza tushgan kundan boshlab to‘rt kun muddatda


5-bosqich

Ariza beruvchi

1. Soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risida qabul qilingan qarorga asosan tafovut aniqlangan (tafovut aniqlangan hollarda) soliq davri uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etadi.

2. Soliq organining qaroriga asosan qoplanishi rad etilgan soliq summasi yuzasidan asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan qayta murojaat qilishga haqli.

1. Qarorni olgan
kundan e’tiboran
uch kun mobaynida



2. Zaruratga ko‘ra


6-bosqich

Soliq organi

Soliq summasini (to‘liq yoki qisman) qoplash to‘g‘risidagi qarorga muvofiq qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi mustaqil ravishda soliq to‘lovchining boshqa soliqlardan bo‘lgan soliq qarzini uzishga yo‘naltiradi.

Bir kun muddatda


7-bosqich

Soliq organi

Qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasining qolgan qismi bo‘yicha ushbu Nizom 8-ilovaga muvofiq shaklda soliq summasini qaytarish to‘g‘risidagi xulosani rasmiylashtiradi va elektron shaklda (DSQ elektron axborot tizimi orqali) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga yuboradi.

Bir kun muddatda


8-bosqich

Moliya vazirligi G‘aznachiligi

Davlat budjeti mablag‘lari doirasida (yetarli mablag‘lar bo‘lganda) avtomatik tarzda soliq summasini soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

Bir kun muddatda

2. Hisobvaraq-faktura — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq uni taqdim etish majburiyatiga ega bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan rasmiylashtiriladigan qat’iy belgilangan namunadagi (formatdagi), tovarlar haqiqatda jo‘natilganligini yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini va ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
4. Hisobvaraq-faktura, agar ushbu Nizomning 5 — 7-bandlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar jo‘natilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar ko‘rsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilib taqdim etiladi.
10. Agar ushbu Nizomning 12-bandida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, hisobvaraq-fakturalar elektron shaklda rasmiylashtiriladi va ularning saqlanishi hamda hisobi yuritilishi elektron axborot tizimida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Hisobvaraq-faktura ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son — 2022-yil 23-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
18. Vositachi tomonidan komitentning manfaatida vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq shartnoma asosida tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda vositachi (ishonchli vakil) sotib oluvchiga (komitentga) ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalardagi hisobvaraq-faktura shakllarining jadval qismi 1-ustunidan avval 1a-“Komitentning (Etkazib beruvchining) nomi”, 1b-“Komitentning (Etkazib beruvchining) STIRi”, 1v-“QQS raqami” qo‘shimcha ustunlarni kiritgan holda hisobvaraq-faktura taqdim etishi shart. Hisobvaraq-faktura shakli ushbu Nizomning 2 va 3-boblarida belgilangan tartibda to‘ldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
44. Ushbu Nizomning 40-bandida qayd etilgan holatlardan tashqari quyidagi holatlarda ilgari yozib berilgan hisobvaraq-faktura bekor qilinadi va uning o‘rniga oluvchi tomonidan tasdiqlanadigan tuzatilgan hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi:
45. Tuzatilgan hisobvaraq-faktura O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 88-moddasiga asosan da’vo qilish muddatlari davomida rasmiylashtiriladi.
51. Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlarining ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchiga qoplab beriladigan qiymati ijaraga oluvchining xarajatlari hisoblanadi va ular bo‘yicha QQS summasi ijaraga oluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 37-bobida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi. Ijaraga oluvchiga elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari bo‘yicha QQS summasini hisobga olish uchun ijaraga beruvchidan olingan ijaraga oluvchi tomonidan iste’mol qilingan xizmatlarning QQSni hisobga olgan holda qoplash summasi alohida qatorda ko‘rsatib o‘tilgan hisobvaraq-faktura asos hisoblanadi.
Jamlama hisobvaraq-fakturada har bir mol-mulk turining narxi Soliq kodeksining 251-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda balans qiymatining tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytmasiga teng deb qabul qilinadi.
59. Ushbu Nizomning3-bandiga asosan tovarlar (xizmatlar) hisobvaraq-faktura taqdim etmagan holda realizatsiya qilinganda yetkazib beruvchi har kalendar oy yakuni bilan bir marta umumlashtirilgan holda bir tomonlama elektron hisobvaraq-fakturani shakllantiradi. Tovarlar eksporti bo‘yicha BYuD rasmiylashtirilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq kodeksining VII bo‘limida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
(591-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan 2022-yil 23-noyabrdan kiritiladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(63-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
66. Qo‘shimcha yoki tuzatilgan hisobvaraq-fakturalar ushbu Nizom 5-bobiga muvofiq elektron ko‘rinishda rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
agar Soliq kodeksining 239-moddasi birinchi qismi 2-bandida yoki ikkinchi qismining 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda (ko‘rsatishda).
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Agar ushbu Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bazasi Soliq kodeksining 248-moddasi birinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadi. Buning aksi isbotlanmagunga qadar mazkur qiymat bozor narxlariga muvofiq keladi deb qabul qilinadi.
6. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan bitimlarni (operatsiyalarni) amalga oshirayotganda tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymati quyidagilarni qo‘llagan holda aniqlanishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatini ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan tartibda aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bunday qiymat baholovchi tashkilotlarning xulosalari asosida yoxud xarajatlarni indeksatsiyalash usulidan foydalangan holda aniqlanadi.
13. Ushbu Nizomning 5 — 9-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bilan cheklanmagan holda bitim (operatsiya) natijalarini aniqlash uchun ahamiyatga ega bo‘lgan har qanday vaziyatlar sud tartibida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Mazkur Nizom talablari Soliq kodeksining 15-moddasiga asosan lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunda qarzdorlik xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslariga nisbatan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik hamda soliq qonunchiligini buzish holatlari aniqlanib jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda bankrot deb e’tirof etish orqali hosil bo‘lgan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Mazkur Nizomga ilovaga muvofiq Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish haqidagi xabarnoma shakli 6 varaqdan iborat bo‘lib:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Soliq kodeksining 40-moddasining birinchi yoki beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, chet el kompaniyasining;
Soliq kodeksining 40-moddasining to‘qqizinchi yoki o‘n ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etgan hollarda xabardor qiladi.
3. Ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqida xabarnoma 10 varaqdan iborat bo‘lib:
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Agar soliq to‘lovchi chet el korxonasining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida ishtirok etsa va u to‘g‘ridagi ma’lumotlar Soliq kodeksining 209-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisiga muvofiq “Chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etish (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini ta’sis etish) to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, har bir nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga chet el korxonasiga mos holda tartib raqami beriladi.
2) “Soliq to‘lovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslar” maydonida mazkur nizomga 2-ilovaga muvofiq chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslarning tegishli kodi ko‘rsatiladi;
3) “Mustaqil ravishda chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish” maydonida mos holda “0” yoki “1” raqami, “1” raqami Soliq kodeksining 40-moddasining birinchi qismi yoki beshinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidenti o‘zini mustaqil holda chet el kompaniyasi nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etgan hollarda ko‘rsatiladi.
1) “Ishtirok etish turi” maydonida mazkur nizomga 3-ilovaga muvofiq chet el korxonasida ishtirok etish turlari kodlariga mos holda “0” yoki “1” raqami, soliq to‘lovchiga nisbatan bir nechta asoslar mos kelgan hollarda tegishli kod qarshisiga “1” raqami qo‘yiladi.
44. “Chet el korxonasi nazorati to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limi Soliq kodeksi 40-moddasining beshinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra chet el kompaniyasi nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etilgan hollarda to‘ldiriladi.
Agar soliq to‘lovchi chet el korxonasining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida ishtirok etsa va u to‘g‘risidagi ma’lumotlar Soliq kodeksining 209-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisiga muvofiq “Chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etish (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini ta’sis etish) to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, har bir nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga chet el korxonasiga mos holda tartib raqami beriladi.
56. “Soliq to‘lovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etish uchun asoslar” maydonida mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb e’tirof etish uchun asoslarning tegishli kodi ko‘rsatiladi;
Soliq kodeksining 331-moddasi 1-qismi “2” kichik bandi asosida aniqlanganda “2” raqami ko‘rsatiladi.
Agar soliq to‘lovchi nazorat qilinadigan kompaniyada Soliq kodeksining 209-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisiga asosan taqdim etilgan “Chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etish (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini ta’sis etish) to‘g‘risida”gi xabarnomada ko‘rsatilgan bir nechta O‘zbekiston korxonasi orqali ishtirok etsa, ularning har biriga mos holda alohida tartib raqami beriladi. Berilgan raqam ishtirok etish davrida o‘zgartirilmaydi.
Agar soliq to‘lovchi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida Soliq kodeksining 209-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisiga muvofiq taqdim etilgan “Chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etish (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini ta’sis etish) to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan chet el korxonalari orqali ishtirok etsa, mos holda ularning har biriga alohida tartib raqami beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

101

Chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi 25 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 1-qismi 1-bandi)

102

Chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar barcha shaxslarning ishtirok etish ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lsa (Soliq kodeksining 40-moddasi 1-qismi 2-bandi)

103

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

104

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni eri (xotini) manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

105

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni ota-onasi (shu jumladan, farzandlikka olgan ota-onasi) manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

106

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni erining (xotinining) ota-onasi manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

107

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olgan farzandlar) manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

108

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni to‘liq va to‘liq bo‘lmagan qarindosh aka-ukalari va opa-singillari manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

109

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni vasiysi (homiysi) manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

110

Soliq kodeksining 40-moddasi birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etmagan, biroq chet el kompaniyasi ustidan nazoratni homiyligidagi shaxs manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 5-qismi)

111

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bo‘lgan va tuzilmaning foydasini (darom�dini) bevosita yoki bilvosita to‘liq yoki qisman olishga (olishni talab qilishga) haqli bo‘lgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 9-qismi 1-bandi)

112

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bo‘lgan va tuzilmaning foydasini (daromadini) yoki uning bir qismini tasarruf etishga haqli bo‘lgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 9-qismi 2-bandi)

113

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bo‘lgan va tuzilmaga berilgan mol-mulkka bo‘lgan huquqni o‘zida saqlab qolgan (qaytarish asosida berilgan) shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 9-qismi 3-bandi)

114

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) va uning aktivlarini boshqarishda, foydasini (daromadini) taqsimlashda qabul qilinadigan qarorga ta’sir ko‘rsatish yoki ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lgan, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 7-qismi)

115

Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining ta’sis etuvchisi (asoschisi) hisoblanmaydigan va olingan daromadga (uning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega bo‘lgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 12-qismi 1-bandi)

116

Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining ta’sis etuvchisi (asoschisi) hisoblanmaydigan va mol-mulkini tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 12-qismi 2-bandi)

117

Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining ta’sis etuvchisi (asoschisi) hisoblanmaydigan va tuzilma tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda, uning mol-mulkini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs (Soliq kodeksining 40-moddasi 12-qismi 3-bandi)

Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)