23.05.2025 yildagi PQ-190-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirish va bu boradagi nazorat mexanizmlarini takomillashtirish orqali aholini sifatli va ishonchli mahsulotlar bilan ta’minlash hamda yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsad
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Raqamli markirovkalangan mahsulotlarning harakat zanjirini to‘liq kuzatib borish orqali yashirin ishlab chiqarish va kontrafakt mahsulotlar muomalasiga chek qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori (keyingi o‘rinlarda — Operator)ning quyidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tadbirkorlik subyektlari tomonidan olingan markirovka kodlarini mahsulotlarga qo‘llash uchun belgilangan 90 kalendar kunlik muddatni bekor qilish. Bunda foydalanilmasdan turgan markirovka kodlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlar yangi markirovka kodlarini sotib olishda hisobga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) markirovka kodlari mahsulotga bevosita qo‘llangandan keyin ular uchun to‘lovni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalashda qo‘llanadigan markirovka kodlarini Operator tomonidan bepul taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida Operator tomonidan tunu kun ishlaydigan “Call-markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2025-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) import qiluvchi tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan dori vositalarini ularning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki uning rasmiy dilerlari orqali realizatsiya qilish elektron hisobvaraq-faktura asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ulgurji sotish faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Raqamli markirovkalashni nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soliq qo‘mitasi va Operator Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi uzluksiz ishlashini, import qilish, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, ulgurji va chakana savdo jarayonlarida mahsulotlarga markirovka kodlari to‘g‘ri qo‘llangani va haqiqiyligini tizimli nazorat qilishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soliq qo‘mitasi tuzilmasida uning umumiy shtat birliklari doirasida 38 ta shtat birligidan iborat Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barcha bosqichlarida tizimli nazoratni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) nazorat, baholash va xavfni tahlil qilish sohasida samarali usullarni ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar turini bosqichma-bosqich kengaytirish uchun amaliy tajriba-sinov (eksperiment) tadbirlarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida raqamli markirovkalash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) majburiy raqamli markirovkalash tizimi talablari buzilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika va tushuntirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jumladan, ogohlantirish tizimini qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimini takomillashtirish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish asosida tahlil-monitoring tadbirlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliq qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) xavfni tahlil qilish tizimida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari soliq xavfi darajasini yuqori deb baholash uchun asos bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilishda markirovka kodi biriktirilmagan elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) markirovka kodi kiritilgandan so‘ng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2026-yil 1-yanvardan boshlab majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlash bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi joriy etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma olish talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ogohlantirish beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ikkinchi marta ogohlantirish berilgandan so‘ng qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda 2-ilovaga muvofiq miqdorlarda jarima qo‘llanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) mazkur qarorga 2-ilovaning 4-bandidagi jarima qo‘llanilgan tadbirkorlik subyektlariga bir yil davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining o‘rni qoplanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab farmatsevtika faoliyatini hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash talablariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha shartlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) yangidan tashkil etilgan subyektlarga litsenziya berishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘chmas mulk bo‘yicha ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) dori vositalarini realizatsiya qilishda xaridorlardan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha elektron to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) soliq tekshiruvlarida kirim hujjatlarisiz (kontrafakt) va (yoki) markirovkalanmagan dori vositalarini sotib olish, tashish, saqlash yoki realizatsiya qilish holatlari aniqlanganda soliq organlari tashabbusiga ko‘ra vakolatli organ tomonidan tegishli subyekt litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sog‘liqni saqlash vazirligi Soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashda qo‘shimcha talablar yuzasidan ma’lumot almashish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Soliq qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman bilan birgalikda bir oy muddatda markirovka tizimining afzalliklarini tushuntirish bo‘yicha media-reja ishlab chiqsin hamda 2025-yil yakuniga qadar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ikki oy muddatda quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Biznes-ombudsman bilan birgalikda masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda Soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 23-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-190-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-son qaroriga
2-ILOVA

Masofaviy soliq tekshiruvida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda qo‘llanadigan jarimalar miqdori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ikkinchi marta ogohlantirish berilganidan so‘ng qoidabuzarlik aniqlangan holatlar

Jarima miqdori

1.

Bir oy davomida birinchi marta

Realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 0,2 foizi

2.

Bir yil ichida ikkinchi marta

Realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 0,4 foizi

3.

Bir yil ichida uchinchi marta

Realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 1 foizi

4.

Bir yil ichida to‘rtinchi marta va undan keyingi holatlar

Realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida””gi PQ-3802-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Soliq-servis” davlat unitar korxonasini va “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasini Soliq qo‘mitasi muassisligida aksiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” AJ va “Soliq-servis” AJlarni isloh qilish uchun maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Soliq-servis” DUKning” so‘zlari “Soliq-servis” AJning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n birinchi xatboshidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 9-banddagi “Soliq-servis” DUKning” so‘zlari “Soliq-servis” AJning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 14-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-102-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalarning aksiya paketlari (ulushlari) ro‘yxatining 672 va 673-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 10-bandning birinchi xatboshisi “amalga oshirilishiga ruxsat etiladi” so‘zlaridan keyin “(bundan identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “nazorat-kassa mashinalarini” so‘zlari “nazorat-kassa texnikalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “nazorat-kassa mashinalaridan” so‘zlari “nazorat-kassa texnikalaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chakana savdo korxonalari (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga tovarlarni aholiga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga naqd pulda nazorat-kassa texnikalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa texnikalari yoki virtual kassadan foydalangan holda va hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida, shu jumladan, plastik kartochkalardan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda sotishga ruxsat beriladi. Bunda chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovkalangan tovarlarni realizatsiya qilishda ulgurji tarzda sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 833-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” so‘zlari bilan bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bevosita mahsulotga qo‘llaniladigan markirovka kodidan tashqari barcha turdagi kodlar Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori tomonidan bepul tarzda taqdim etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 5 va 6-bandlardagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ttiz to‘rtinchi xatboshidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan, “davlat unitar korxonasi” so‘zlari “aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi qirq ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servis-provayder — mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining topshirig‘i bo‘yicha markirovkalash kodining identifikatsiyalash vositasiga o‘zgartirilishini va identifikatsiyalash vositasining iste’mol qadog‘iga va (yoki) guruhlangan qadog‘iga va (yoki) yorliqqa va (yoki) stikerga operator tomonidan taqdim etiluvchi distributsiyaning, nashrning va validatsiyaning dasturiy-apparat majmuasini qo‘llash bilan tushirilishini hamda identifikatsiyalash vositalarining validatsiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qirq ikkinchi — qirq yettinchi xatboshilar tegishlicha qirq uchinchi — qirq sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-bandning “z” kichik bandidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-bandning “e” kichik bandidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-bandning “p” kichik bandidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Operator tomonidan taqdim etilayotgan markirovka kodlari uchun to‘lov ushbu kodlar bevosita mahsulotga yopishtirilgan vaqtda undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41. Mahsulot aylanmasining ishtirokchisi markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiyalash vositalariga aylantirishni va mahsulotlarga qo‘llanilishini, mahsulotlarni qadoqlashni yoki raqamli identifikatsiyalash vositalarini qo‘llash uchun mo‘ljallangan boshqa moddiy tashuvchini ta’minlaydi va Operatorga buyurtmalarni boshqarish stansiyasi orqali markirovkalash kodlarini qo‘llash to‘g‘risidagi hisobotni yuboradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Foydalanilmagan markirovka kodlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlar Operator tomonidan yangi markirovka kodlari taqdim etilishida hisobga olinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-bandning “k” kichik bandidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-bandning “v” kichik bandidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-bandning “e” kichik bandidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 13-bob bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13-bob. Servis-provayderlarning vazifalari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiyalash vositalariga o‘zgartirish va ularni iste’mol qadog‘iga va (yoki) guruhlangan qadoqqa va (yoki) yorliqqa va (yoki) stikerga tushirish mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi bilan tuzilgan shartnoma asosida servis-provayder tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servis-provayderga to‘lovlar faqat ko‘rsatilgan xizmatlar uchun shartnomada nazarda tutilgan shart va miqdorda amalga oshiriladi. Bunda shartnoma shartlari servis-provayder tomonidan bajarilmaganda, shartnomaga oid nizoli holatlar sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Servis-provayder markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga o‘zgartirish va ularni tushirish uchun quyidagilarga ega bo‘lishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) elektron raqamli imzo;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining topshirig‘i bo‘yicha raqamli identifikatsiya vositasini o‘zgartirish va uni tushirish uchun yetarli bo‘lgan, ammo mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining qadoqlar, yorliqlar va stikerlar ishlab chiqarish uchun muntazam joylashtiriladigan buyurtmalaridan past bo‘lmagan unumdorlik bilan ishlaydigan kompleks poligrafiya asbob-uskunasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagilarni ta’minlovchi distributsiya, matbaa va validatsiya dasturiy-apparat kompleksi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilarining markirovkalash kodlarini himoyalangan holda saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisiga markirovkalash kodlarini yetkazib beruvchi aloqa kanalini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisiga markirovkalash kodini yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiyalash vositalariga o‘zgartirish (nashrni boshqarish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli identifikatsiyalash vositalarining tushirilish sifatini apparatli validatsiyalash (texnik ko‘rish vositalarini qo‘llagan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli identifikatsiyalash vositalarini validatsiyalash moduli yordamida markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiyalash vositalariga o‘zgartirish to‘g‘risida hisobotlarni shakllantirish va ularni markirovkalash axborot tizimiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markirovkalash qoidalariga rioya etish (tushirish sifatini validatsiyalashdan so‘ng va markirovkalash kodidan foydalanish to‘g‘risidagi hisobot shakllantirilgandan keyin tekshirish kodini o‘chirib tashlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida tezkor saqlash imkonini beradigan himoyalangan saqlagichdan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilarining markirovkalash kodlarini (ishlab chiqarish jarayonida markirovkalash kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga o‘zgartirish) va markirovkalash kodlari hamda mahsulotlar aylanmasi turli ishtirokchilarining identifikatsiyalash vositalari tushirilishi va validatsiyasi to‘g‘risidagi hisobotlarini tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markirovkalash kodlarining tushirilishi va validatsiyalashdan keyin ularni takroran tushirish imkoniyati yo‘qligining kafolati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Servis-provayderga distributsiya, matbaa va validatsiyaning dasturiy-apparat kompleksi Operator tomonidan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan distributsiya, matbaa va validatsiyaning dasturiy-apparat kompleksini olish uchun servis-provayderlar Operator bilan shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Servis-provayder Operator tomonidan taqdim etiladigan distributsiya, matbaa va validatsiyaning dasturiy-apparat kompleksidan foydalanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Servis-provayder identifikatsiyalash vositalarining tushirilishida raqamli identifikatsiyalash vositalarini nashr qilish sifati standartlariga rioya qilishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Servis-provayder tomonidan markirovkalash kodining raqamli identifikatsiyalash vositasiga o‘zgartirilishi va qadoqqa yoki yorliqqa yoxud stikerga tushirilishidan keyin mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisiga raqamli identifikatsiyalash vositasi tushirilgan qadoqni yoki yorliqni yoxud stikerni berib yuborishdan avval nashr qilish sifati validatsiyasi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Validatsiyadan o‘tgandan keyin distributsiya, matbaa va validatsiyaning dasturiy-apparat kompleksi raqamli identifikatsiyalash vositalariga o‘zgartirilgan markirovkalash kodlarining muvaffaqiyatli tushirilishi to‘g‘risida hisobotni shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Raqamli identifikatsiyalash vositasini tushirish usuli ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan saqlash sharoitlari va transportda tashish qoidalariga rioya etilganda, oziq-ovqat mahsulotlarining butun yaroqlilik muddati davomida raqamli identifikatsiyalash vositasining saqlanishini (barqarorligini) ta’minlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Servis-provayder mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilaridan olingan markirovka kodlarini uchinchi shaxsga berishi taqiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandning “b” kichik bandidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida operator mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilariga tunu-kun xizmat ko‘rsatadigan Call-markaziga ega bo‘lishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 481-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“481. Operator tomonidan markirovkalash axborot tizimining ma’lumotlarni saqlash, boshqa axborot tizimlariga uzatish, qabul qilish va qayta ishlash jarayonlari yuzasidan bir yilda kamida bir marotaba texnik audit o‘tkazib borilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik audit yakunlangandan so‘ng natijalari bo‘yicha xulosa o‘n kun muddatda Soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-pozitsiyada:

“i” kichik banddagi “boshqa ashyoviy” so‘zlari “soliq organlarida hisobga qo‘yilgan boshqa ashyoviy huquq (ijara yoki tekin foydalanish)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“l” kichik bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari “ro‘yxatdan o‘tkazilmagan,” so‘zlaridan keyin “markirovkalanmagan,” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-pozitsiya “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b” kichik banddagi “ro‘yxatdan o‘tkazilmagan,” so‘zlaridan keyin “markirovkalanmagan,” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“z” kichik banddagi “egalik qilish huquqi yoki” so‘zlaridan keyin “soliq organlarida hisobga qo‘yilgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“k” kichik banddagi “kassa-mashinasi hamda to‘lov terminallaridan” so‘zlari “kassa-texnikasi, to‘lov terminallaridan hamda elektron to‘lov vositalaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-pozitsiyasi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi “Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 148-son qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“barcha turdagi lampalarni majburiy raqamli markirovkalashda identifikatsiya vositalarini shakllantirish maqsadida raqamli markirovka kodlari operator tomonidan bepul taqdim etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 149-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “bir” so‘zi “ikki” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

4.4

Tayyor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil 1 oktabr

2025-yil 1 oktabr

2025-yil 1 oktabr

2025-yil
1-noyabr

”;

5.2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

5.2

Raqamli markirovka kodlari yuzasidan ma’lumotlar elektron hisobvaraq-fakturalarga biriktirilishini ta’minlash.

2025-yil 1 oktabr

2025-yil 1 oktabr

2025-yil 1 oktabr

2025-yil
1-noyabr

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Soliq organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali markirovkalangan tovarlar harakatini kuzatish asosida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslari attestatsiyadan o‘tkazilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“15. Attestatsiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxatiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar (bundan soliq organlarining masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslari mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus guvohnomasining amal qilish muddati tugagan yoki shu oy mobaynida tugaydigan mansabdor shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini olishga tavsiya qilingan, kamida ikki yillik (sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha kamida uch oylik) mehnat stajiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu ro‘yxatga oldin tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini olgan, biroq tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga tayinlangan mansabdor shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish sohasida qonunchilik buzilishi munosabati bilan bunday huquqdan mahrum etilgan mansabdor shaxslar kiritilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-son qarori bilan tasdiqlangan Suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

4.4

Tayyor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil 1 apreldan boshlab

2026-yil 1 apreldan boshlab

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

5.2

Raqamli markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron hisobvaraq-fakturalarga biriktirilishini ta’minlash.

2026-yil 1 apreldan boshlab

2026-yil 1 apreldan boshlab

”.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)