O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“TABIIY MONOPOLIYALAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 17-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi 2023-yil 3-iyuldagi O‘RQ-850-sonli “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi 398-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan 815-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 212-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 4-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“transport terminallari xizmatlari”;
2) 10-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tabiiy monopoliyalar tarmoqlarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi”;
uchinchi—to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi—o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 11-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nazorat vazifalarini amalga oshirish chog‘ida monopoliyaga qarshi organ tomonidan olingan materiallar, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tekshirish va tahlil qilishga doir materiallar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining murojaatlari hamda prokuratura organlarining taqdimnomalari tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun asos bo‘ladi”;
4) 14-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiiy monopoliyalar subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
realizatsiya qilingan tovarlar haqini to‘lashni ta’minlamayotgan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rad etish;
tabiiy monopoliya sharoitlarida realizatsiya qilinadigan tovarlar narxlarini (tariflarini) vakolatli organni xabardor qilgan holda, barcha iste’molchilar uchun bir vaqtning o‘zida pasaytirish”;
5) 15-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“narxlar (tariflar) yoki ularning eng yuqori (eng past) darajalari tasdiqlanayotganda hisobga olinadigan asosiy vositalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida xarid qilish;
tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) uchun amalga oshiriladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritish”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-dekabr,
O‘RQ-120-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 50-51-son, 499-modda)