O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-iyul,
PF-5769-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PF-5769-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmonida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
b) 3-ilovada:
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
7. |
N.T. Yo‘ldoshev |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori | ”; |
quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh. Maxsus komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-son qarorida:
11-bandning ikkinchi xatboshidagi “T.K. Narbayeva” so‘zlari “E.I. Basitxanova” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 1 va 2-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
1. |
T.K. Narbayeva |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Komissiya raisi | |
| |
2. |
E.I. Basitxanova |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Komissiya raisi o‘rinbosari | ”; |
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2019-y., 06/19/5769/3450-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)