07.03.2019 yildagi PQ-4235-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash, mehnat huquqini kafolatlash va ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining vazifalari qayta koʻrib chiqildi, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalari tuzilmasida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etildi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy boʻlinmalari, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etildi, shuningdek, “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni taʼsis etildi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlarini qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimi yaratildi.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, xotin-qizlarning huquqlarini kafolatlash, tadbirkorlik sohasida samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini yaratishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, uzoq muddat bola parvarishlash bilan band boʻlgan ayollarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha qayta tayyorlash borasidagi ishlar yetarlicha tashkil etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-maydan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qoʻllash boʻyicha taqiqlar bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyaviy xarakterdagi ayollar sogʻligʻiga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan soha yoki kasblar roʻyxati tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola parvarishlash taʼtilining kamida uch oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda, ota yoki onadan biriga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasi tartibida qoʻshimcha bir oy nafaqa toʻlanadigan bola parvarishlash taʼtili beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki yoshga toʻlmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarning biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollarning pensiya yoshiga toʻlganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga toʻlgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bogʻliq ishlarning sudlarda koʻrib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga koʻra davlat hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, “Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmitalari koʻmagida nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega boʻlgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari”ni (keyingi oʻrinlarda markazlar deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni markazlarning asosiy vazifalari etib belgilash tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda uzoq muddat bola parvarishlash taʼtilida boʻlgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar boʻyicha qayta tayyorlash va ularning ishga joylashishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan ayollarni markazlarga jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollarning oʻz biznesini tashkil etish va yuritish koʻnikmalarini shakllantirish, biznes gʻoyalarini tayyorlashda konsultativ yordam berish, shu jumladan, loyiha biznes-rejasini tayyorlash, soliqqa tortishning turli rejimlarini tanlash va qoʻllash, buxgalteriya hisobini yuritish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oʻqitishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, faoliyatini boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlarga mahallalardagi boʻsh turgan binolardan joy ajratilishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkor ayollarga va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga oʻz biznesini tashkil etishda zarur maslahatlar berish va amaliy yordam koʻrsatish, shu jumladan, ishonchli hamkorlarni topish, minitexnologiyalar va uskunalar sotib olishda koʻmaklashish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning realizatsiya qilinishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norasmiy faoliyat yuritayotgan hunarmand ayollarga roʻyxatdan oʻtish, “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish orqali soliqlar va boshqa turdagi imtiyozlardan foydalanishda hamda imtiyozli kredit olishda amaliy yordam koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlar biznes-inkubator shaklida xotin-qizlarning tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyatini, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tashkil etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlarni saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va asosiy vazifalari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga tijorat banklariga kredit ajratish uchun berilgan resurslardan hisoblangan foizdan kelib tushgan mablagʻlar (bank marjasidan tashqari) hamda xalqaro tashkilotlar grantlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan shakllantiriladigan roʻyxat asosida maxsus oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitiladi;
(4-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻqitish dasturlarini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan xotin-qizlar orasidan tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi tavsiyasiga koʻra tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 3 yildan kam boʻlmagan muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 2019-yil 31-dekabrgacha yillik 8 foizli stavkada, 2020-yil 1-yanvardan — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda hamda hududlarda aholi bandligini taʼminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni kreditlash tartibi asosida kreditlar ajratiladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB hamda “Agrobank” ATBga har yili ajratiladigan 100 milliard soʻm miqdoridagi resurs mablagʻlari kredit mablagʻlarining manbai boʻlib hisoblanadi. Mazkur resurs mablagʻlarining kamida 50 foizi qishloq joylarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bir oy muddatda kredit olish uchun tavsiya berish jarayonini adolatli va shaffofligini taʼminlovchi tartibni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qoʻllaniladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi Adliya vazirligi va Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi “Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gender tenglik tushunchasi va turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvida ishtirok etish, ishga qabul qilish yoki yollash, kredit olish va tadbirkorlik bilan shugʻullanishda gender tenglikni taʼminlashga oid normalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gender tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek bunday buzilishga olib keladigan qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maishiy, ish joyidagi va taʼlim muassasalaridagi tazyiq va zoʻravonliklar turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tazyiq va zoʻravonliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudgacha va sud jarayonida tazyiq va kamsitishlarga duchor boʻlgan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan protsessual kafolatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Xotin-qizlar qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Markaziy bank, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2-ilovaga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan minimal gender koʻrsatkichlar va boshqa maʼlumotlarning “Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishini va maʼlumotlarni doimiy ravishda yangilanib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda markazlarni barcha sharoitlarga ega boʻlgan xizmat xonalari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlarini xotin-qizlarning mehnat va tadbirkorlik huquqlari kamsitilishi holatlari mavjudligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilib, tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi E.I. Basitxanova zimmasiga ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish yuzasidan;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PF-5769-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2019-y., 06/19/5769/3450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqov zimmasiga Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya bilan hamkorlikda ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar va loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari, birinchi navbatda, ayollarni qoʻllab-quvvatlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning texnik koʻmak vositalari va kreditlarini jalb qilish boʻyicha doimiy va tizimli ravishda zarur tashkiliy-amaliy choralar koʻrish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PF-5840-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 7-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4235-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishi lozim boʻlgan minimal gender koʻrsatkichlar va boshqa maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar nomlanishi

Maʼlumotlarni shakllantirish uchun masʼul organ

1.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida haq toʻlanmaydigan uy ishlarini bajarishda sarflangan oʻrtacha soatlar soni

(imkoniyat boʻlganida, uy ishlarida va bolalarni parvarish uchun sarflangan vaqt alohida koʻrsatilsin)

Milliy statistika qoʻmitasi

2.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida birgalikda haq toʻlanadigan va haq toʻlanmaydigan uy ishlari uchun sarflangan oʻrtacha soatlar soni (yuklamaning umumiy hajmi)

Milliy statistika qoʻmitasi

3.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 15 — 24 yosh, 15 yosh hamda undan katta yoshdagilarning (15 +) ishchi kuchida ishtiroki koeffitsiyenti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

4.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida band boʻlganlar umumiy sonida oʻzini-oʻzi band qilganlarning ulushi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

5.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida ishchilar tarkibidan band boʻlganlar ulushi, oilaviy biznesiga daromad olib kelayotganlar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

6.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida ish beruvchilar tarkibidan band boʻlganlar ulushi

Milliy statistika qoʻmitasi

7.

Ayollar egalik qilayotgan firmalar foizi

Adliya vazirligi

8.

Xotin-qizlar va erkaklarning sektorlar kesimida bandlik foizi

(sektorlar deb, qishloq xoʻjaligi, sanoat, xizmat koʻrsatish kabi sohalar tushuniladi)

Milliy statistika qoʻmitasi

9.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida qishloq xoʻjaligida band boʻlmaganlar soniga nisbatan norasmiy sektorda band boʻlganlar foiz hisobida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

10.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 15 — 24 yoshlilar oʻrtasida yoshlar ishsizligi koeffitsiyenti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

11.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida kreditlarni olish imkoniyatiga ega boʻlgan aholi soni

Milliy statistika qoʻmitasi

12.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida yer mulkiga ega boʻlgan katta yoshli aholi soni

Davergeodezkadastr qoʻmitasi

13.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida haq toʻlashdagi farq

Milliy statistika qoʻmitasi

14.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida band boʻlganlar sonidan toʻliq band boʻlmaganlar ulushi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

15.

25 — 49 yoshlilar 3 yoshgacha boʻlgan farzandi bilan va farzandsiz uy xoʻjaligida yashayotgan kishilar orasidagi bandlik koeffitsiyenti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

16.

Tarbiyasi sustkashlik bilan olib borilayotgan 3 yoshga toʻlmagan bolalar soni.

Milliy statistika qoʻmitasi

17.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida internetdan foydalanayotgan shaxslar ulushi

Milliy statistika qoʻmitasi

18.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida mobil/uyali aloqa vositalaridan foydalanayotganlar ulushi

Milliy statistika qoʻmitasi

19.

Ommaviy axborot vositalaridan (radio, televideniye, internet) foydalanayotgan uy xoʻjaliklari ulushi, uy xoʻjaliklari boshligʻi Xotin-qizlar va erkaklar kesimida

Milliy statistika qoʻmitasi

20.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida yoshlar savodxonligi darajasi (15 — 24 yoshlilar orasida)

Milliy statistika qoʻmitasi

21.

Oʻgʻil bolalar va qizlar kesimida boshlangʻich taʼlim bilan qamrab olinganlarning aniqlashtirilgan koeffitsiyenti

Milliy statistika qoʻmitasi

22.

Oʻgʻil bolalar va qizlar kesimida oʻrta taʼlim bilan qamrab olish umumiy koeffitsiyenti

Milliy statistika qoʻmitasi

23.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida maktabdan keyingi taʼlim bilan qamrab olish umumiy koeffitsiyenti

Milliy statistika qoʻmitasi

24.

Boshlangʻich, oʻrta, maktabdan keyingi taʼlim bilan qamrab olish darajasi boʻyicha gender tengligi indeksi

Milliy statistika qoʻmitasi

25.

Fan, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish sohalari bitiruvchilari orasida ayollar ulushi

Milliy statistika qoʻmitasi

26.

Maktabdan keyingi taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tarkibida ayollarning ulushi

Milliy statistika qoʻmitasi

27.

Oʻgʻil bolalar va qiz bolalar kesimida boshlangʻich taʼlimning 1-sinfiga qabul qilinganlarning aniqlashtirilgan koeffitsiyenti

Milliy statistika qoʻmitasi

28.

Oʻgʻil bolalar va qiz bolalar kesimida boshlangʻich taʼlimni tugatganlik koeffitsiyenti

Milliy statistika qoʻmitasi

29.

Oʻgʻil bolalar va qiz bolalar kesimida oʻrta taʼlimning birinchi bosqich bitiruvchilarning umumiy koeffitsiyenti

Milliy statistika qoʻmitasi

30.

Oʻgʻil bolalar va qiz bolalar kesimida boshlangʻich taʼlimdan taʼlimning oʻrta boʻgʻiniga oʻtish koeffitsiyenti (umumiy dasturlar)

Milliy statistika qoʻmitasi

31.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 25 yosh va undan kattalar taʼlim olganligi darajasi

Milliy statistika qoʻmitasi

32.

15 — 49 yoshli turmushga chiqqan ayollar hamda ittifoqda yashayotgan ayollar orasida kontratseptik vositalaridan keng foydalanilganlik koʻrsatkichi (%)

Milliy statistika qoʻmitasi

33.

Oʻgʻil bolalar va qiz bolalar kesimida 5 yoshga toʻlmagan bolalar oʻlimi (holatlar soni)

Milliy statistika qoʻmitasi

34.

Onalar oʻlimi koeffitsiyenti

Milliy statistika qoʻmitasi

35.

Perenatal parvarishlash/xizmat koʻrsatish doirasi (%)

Sogʻliqni saqlash vazirligi

36.

Malakali tibbiyot xodimlari tomonidan parvarish qilingan tugʻilishlar soni

Sogʻliqni saqlash vazirligi

37.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 15 yoshlilar va undan kattalar oʻrtasida tamaki mahsulotlarni isteʼmol qilish tarqalganligi (%)

Milliy statistika qoʻmitasi

38.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida ortiqcha vazn (semizlikdan) aziyat chekayotgan katta yoshlilar ulushi

Milliy statistika qoʻmitasi

39.

15 — 49 yoshlilar orasida OIV/OITS tashxisi bilan kasallangan ayollar ulushi (soni)

OITS markazi

40.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida retroviruslarga qarshi davolanayotganlar soni

OITS markazi

41.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 60 — 64 yoshlilar oʻrtacha umr koʻrishi ehtimoli yuqori boʻlganlar (%)

Milliy statistika qoʻmitasi

42.

Yoshi kattalarning vafot etishi (sabablar va yosh boʻyicha toifalari kesimida)

Milliy statistika qoʻmitasi

43.

Vazir (vazirga tenglashtirilgan) lavozimlarda faoliyat koʻrsatayotgan ayollar ulushi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

44.

Milliy Parlamentda ayollar egallagan lavozimlar (deputatlik oʻrinlari) ulushi

Markaziy saylov komissiyasi

45.

Boshqaruv lavozimlarida faoliyat koʻrsatayotgan ayollar ulushi

Milliy statistika qoʻmitasi

46.

Ichki ishlar xodimlari sonidan ayollar ulushi

Ichki ishlar vazirligi

47.

Sudyalar orasida ayollar ulushi

Oliy sud

48.

Jinsiy sherigi boʻlgan, shuningdek soʻnggi 12 oyi davomida amaldagi yoki oldingi jinsiy sheriklari tomonidan jinsiy va/yoki jismoniy zoʻrlanishga duchor boʻlgan (15 — 49 yoshdagilar) ayollar ulushi

Ichki ishlar vazirligi

49.

Yaqin sherik hisoblanmagan shaxslar tomonidan jinsiy zoʻrlanishga duchor boʻlgan ayollar, 15 yoshli va undan kattalar (15 — 49 yoshdagi ayollar) ulushi

Ichki ishlar vazirligi

50.

Ayollarning jinsiy organlarida mayib (majruh) qiluvchi operatsiyalar tarqalgani / kesishlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

51.

20 — 24 yoshda turmush qurgan ayollar sonidan 18 yoshga toʻlmasdan qonuniy yoki noqonuniy turmush qurgan ayollar ulushi

Milliy statistika qoʻmitasi

52.

Oʻsmir qizlar orasida erta tugʻruqlar foizi

Milliy statistika qoʻmitasi

53.

Homiladorlik va tugʻish taʼtillari davomida nafaqa olgan fuqarolar soni

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

54.

Homiladorlik va tugʻish nafaqalar manbalari toʻgʻrisida maʼlumotlar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Moliya vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: “Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim qilinadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4235/2727-son, 20.07.2019-y., 06/19/5769/3450-son; 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)