27.05.2019 yildagi PF-5729-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e’tiborini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar Davlat dasturining har bir bandi bo‘yicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi bilan kelishib olsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalar tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya ikki oy muddatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha namunaviy tadbirlarning idoraviy dasturini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalariga muhokama qilish va kelishish uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilinsin, ularning zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravishda axborot berib borish funksiyalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rta muddatli istiqbolda quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish shart-sharoitlarini istisno etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag‘batlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq ro‘yxatini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, davlat xizmatini o‘tashda manfaatlar to‘qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‘tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab boradi, uning yakunlari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro‘yxatini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Milliy kengash) bilan kelishgan holda har yilgi idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarini tasdiqlaydi;
(5-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili Milliy kengashga tegishli organlar va tashkilotlar faoliyatida, shu jumladan, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlariga barham berish bo‘yicha takliflarni kiritadi;
(5-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va 2019-yil 1-sentabrdan boshlab tatbiq etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, shu jumladan texnik infratuzilmani va zarur dasturiy ta’minotni yaratishga oid zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda muayyan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kengash (T.K. Narbayeva):
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishni tashkil etsin, 2020-yil 1-apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-aprelga qadar tegishli sohalarda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar Davlat dasturining ijro etilishi holati to‘g‘risida har chorakda Milliy kengashga axborot kiritilishini ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar maxsus komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratining amaliy choralarini va qo‘llanilayotgan huquqiy mexanizmlarning joriy holatini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga va boshqa jinoyatlarga qarshi tizimli kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, shu jumladan ichki idoraviy nazoratni amalga oshiradigan bo‘linmalar faoliyatini tanqidiy o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi kurashish va mazkur sohada idoralararo hamkorlik qilish, shuningdek, korrupsiya ko‘rinishlarini sodir etish sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanilayotgan mexanizmlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini o‘rganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maxsus komissiya (Z.Sh. Nizomiddinov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir hafta muddatda o‘rganishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlarning tarkiblarini hamda ularning ish rejalarini tasdiqlasin, shuningdek, ishchi guruhlarning samarali faoliyatini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2019-yil 1-sentabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qilish organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini, shu jumladan umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini inobatga olgan holda ushbu faoliyatni tashkil etish va mazkur yo‘nalishdagi funksiyalarini optimallashtirishda yagona yondashuvlarni joriy etish orqali tubdan takomillashtirish bo‘yicha takliflarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldidagi hisobdorligi tartibini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolar ishtirokining shaffof va samarali usullarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda davlat organlari, shu jumladan mahalliy organlar tomonidan rasmiy veb-saytlar va “ishonch telefonlari”dan ular faoliyatining ochiqligini va axborot olish imkoniyatini ta’minlash vositasi sifatida foydalanishlari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ushbu Farmonning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda, shu jumladan chet el ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamdagi axborot-targ‘ibot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini doimiy asosda amalga oshirib, ularda taniqli olimlar, davlat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillarining chiqishlarini nazarda tutsin hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha brifinglar, internet-konferensiyalar, televizion ko‘rsatuvlarda ularning ishtirok etishlarini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 27-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5729-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

1.

Korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida, aholining keng qatlamlarini xabardor qilish va ong-bilimlarini oshirishda maqsadli tadbirlarni amalga oshirish, xususan:

mavzuli audio-, videoroliklar, bannerlar, plakatlar va innovatsion axborot-targ‘ibot materiallaridan foydalangan holda fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq xulqni shakllantirishga qaratilgan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida kampaniyalarni o‘tkazish;

so‘rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ‘iboti va ta’limi bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari va ta’sirini muntazam ravishda baholash;

ushbu sohada keyingi chora-tadbirlarni amalga oshirishda baholash natijalaridan foydalanish.

Chora-tadbirlar rejasi

Alohida reja-jadval asosida, 2019-yil 1-iyulgacha tasdiqlash

Idoralararo komissiya, Adliya vazirligi (R. Davletov), IIV (P. Bobojonov),

Bosh prokuratura huzuridagi Departament (D. Raximov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), vazirlik va idoralar

2.

Alohida maqsadli guruhlarning (davlat xizmatchilari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va boshqalar) korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi va tizimi haqida huquqiy bilimi va xabardorligini oshirish yuzasidan ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan quyidagilar orqali:

korrupsiya omillarini aniqlash, korrupsiya xavf-xatarlarini boshqarish va ularni minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish borasida vazirlik va idoralar vakillari uchun davriy ta’lim berish tizimini joriy etish;

davlat organlari faoliyatining xususiyatlarini inobatga olgan holda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va hal qilish borasida amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish;

korrupsiyaga qarshi kurashish va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalari bo‘yicha maxsus o‘quv-metodik va boshqa adabiyotlarni yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 15-iyulgacha

Idoralararo komissiya, vazirlik va idoralar

3.

Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ijtimoiy tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish (klublar, to‘garaklar, forum va boshqalar);

oliy o‘quv yurtlari va yoshlarning boshqa vakillari hisobidan ko‘ngillilar guruhlarini shakllantirish;

yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Alohida reja-jadval asosida, 2019-yil 1-iyulgacha tasdiqlash

Idoralararo komissiya, Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev), Oliy ta’lim vazirligi (I. Madjidov), XTV (Sh. Shermatov),TDYU (E. Kanyazov), IIV Akademiyasi (B. Matlyubov), Bojxona instituti (V. Ergashev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), MTRK (A. Xadjayev)

4.

Ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus kurslarini kiritish, shu jumladan:

jamiyatda korrupsiyaning mavjud bo‘lgan xavf-xatarlari asosida, o‘quv materiallarini tayyorlash uchun yagona metodologik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

barcha ta’lim muassasalari, shu qatorda davlat xizmatchilari, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ta’lim berishga mas’ul shaxslarning malakasini va kasbiy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha muassasalarda taalluqli dasturlarni joriy etish;

jurnalistlarni tayyorlash o‘quv dasturlariga “Korrupsiyaga qarshi jurnalist tergovi” fanini kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil
1-avgustgacha

Oliy ta’lim vazirligi (I. Madjidov), XTV (Sh. Shermatov), Bosh prokuratura Akademiyasi (E. Kolenko), Sudyalar oliy kengashi qoshidagi Sudyalar oliy maktabi (X. Isoqov), TDYU (E. Kanyazov), IIV Akademiyasi (B. Matlyubov), Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti (M. Rustambayev)

5.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, tadqiqiy va ekspert salohiyatini kuchaytirish borasida chora-tadbirlar qabul qilish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashishda chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan shaxslarning bilimlarini va kasbiy mahoratini muntazam ravishda oshirish;

mazkur sohada sertifikat olgan ekspertlarning milliy jamoasini bosqichma-bosqich shakllantirish;

ilmiy-metodik materiallarni ishlab chiqishga xorijiy ekspertlar va maslahatchilarni jalb etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish mavzuida magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini joriy etish;

milliy ekspertlarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro akademiyasi (KQKXA) va boshqa xalqaro ta’lim muassasalarida o‘qitish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-iyulgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Madjidov), TIV (A. Kamilov)

6.

Davlat organlari va tashkilotlarning mas’ul xodimlari tomonidan ishga qabul qilinganidan so‘ng hamda muayyan vaqt o‘tganidan so‘ng, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini majburiy ravishda o‘tash tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil 1-sentabrdan

Bosh prokuratura (O. Murodov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), DBA (X. Azizov), JIDU (M. Bakoyev), TDYU (E. Kanyazov), vazirlik va idoralar

7.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida, quyidagilarni nazarda tutadigan tadqiqotlarni tashkil qilish, jumladan:

sodir etilayotgan korrupsiyaga oid jinoyatlarning o‘ziga xos sxemasini o‘rganish asosida korrupsiyaning tipologiyasini tuzish;

korrupsiyaga moyil bo‘lgan sohalarni aniqlash asosida tarmoqlar kesimida korrupsiyaga oid xaritalarni tuzish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini o‘rganish, shuningdek ularni bartaraf etish takliflarini ishlab chiqish;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholash;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta’lim va tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlariga, shu jumladan, xalqaro tashkilotlardan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha grantlar jalb qilish orqali ko‘maklashish;

korrupsiya darajasi, korrupsiyani idrok etish va shaxsiy tajribasi, shuningdek, davlat hokimiyati institutlariga ishonch va korrupsiyaga qarshi choralarning ta’siri darajasini baholash ma�sadida jamoatchilik fikrini o‘rganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-aprelgacha

Idoralararo komissiya, “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), FJShMQMI (R. Kamilov), “Rivojlanish strategiyasi” markazi (E. Tulyakov), Bosh prokuratura Akademiyasi (E. Kolenko) TDYU (E. Kanyazov), IIV Akademiyasi (B. Matlyubov), Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti (M. Rustambayev), JIDU (M. Bakoyev), vazirlik va idoralar

8.

Idoralararo komissiyasining rasmiy veb-sayti asosida xalqaro standartlarga muvofiq zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan portalni yaratish, shu jumladan:

korrupsiyaga qarshi tadbirlar haqida hisobot va ma’lumotlar;

korrupsiyaning tarqalishi va idrok etilishi haqida ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar natijalari;

normativ-huquqiy hujjatlarning loyihasi bo‘yicha korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari to‘g‘risida ma’lumot;

korrupsiya jinoyatlari, ularning tergov va sudda ko‘rilishi natijalari bo‘yicha statistik ma’lumotlar;

ma’lumot, metodik va axborot materiallari;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qilish uchun jamoatchilik bilan qayta aloqa mexanizmlari, shuningdek jamoatchilik fikrini so‘rov qilish natijalari.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-noyabrgacha

Idoralararo komissiya, LBMA (D. Li), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), SSP (A. Ikramov)

9.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida, shu jumladan xalqaro ekspertlar ishtirokida seminarlar, “davra suhbatlari” va konferensiyalar o‘tkazishni nazarda tutadigan xalqaro mezonlar va ilg‘or chet el tajribalarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-aprelgacha

Idoralararo komissiya

10.

Quyidagilar yordamida, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish va bajarish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarini yanada jalb qilishda maqsadli tadbirlarini amalga oshirish:

davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlar va qayta aloqani mustahkamlash mexanizmlarini kuchaytirish;

ijtimoiy sheriklik doirasida davlat organlari, shuningdek, jamoat kengashlari faoliyatiga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etishning shaffof va obyektiv mezonlariga asoslangan mexanizmlarni belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-aprelgacha

Idoralararo komissiya, Adliya vazirligi (R. Davletov), FJShMQMI (R. Kamilov), “Rivojlanish strategiyasi” markazi (E. Tulyakov), O‘zNNTMA (I. Nasriyev), vazirlik va idoralar

II. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish

11.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi, “Davlat moliyaviy nazorati to‘g‘ris�da”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

budjet jarayonining har bir bosqichida tashqi va ichki moliyaviy nazorat hamda auditning vazifalari va maqsadini bir-biridan ajratish;

nizom jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan tashkilotlarda davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;

moliyaviy, shu jumladan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-sentabrgacha

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Hisob palatasi (O. Rustamov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev), LBMA (D. Li), Bosh prokuratura (O. Murodov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov)

12.

Idoralar faoliyatining moliyaviy natijalarini ochib beradigan, ichki hamda tashqi audit sohasini belgilash yo‘li orqali amalga oshirilayotgan nazoratning samarasi haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan ichki nazorat va ichki audit xizmati xodimlarining huquqiy maqomi va vakolatini belgilaydigan, davlat boshqaruvi tizimi rivojlanishi, prognozlash va strategik rejalashtirishga oid xufiyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi choralarni oshkor etishni ta’minlaydigan mexanizmlarni joriy etishni nazarda tutadigan “Davlat ichki nazorati va ichki auditi to‘g‘risida”gi qonun loyiha�ini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-sentabrgacha

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Hisob palatasi (O. Rustamov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev), Bosh prokuratura (O. Murodov), LBMA (D. Li), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Bosh prokuratura huzuridagi Departament (D. Raximov)

13.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash yuzasidan normativ-huquqiy va tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni takomillashtirish, shu jumladan quyidagi yo‘llar bilan:

ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqiga oid qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganish;

fuqarolarning ma’lumotlardan erkin foydalanish yuzasidan o‘z huquq va majburiyatlari haqida xabardorliklarini oshirish;

davlat organlari tomonidan axborotni nashr qilish uchun yagona elektron tizimni joriy etish.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-sentabrgacha

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi (I. Abdullayev)

14.

Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

barcha davlat xaridlari subyektlarini bosqichma-bosqich qamrab olish bo‘yicha choralar ko‘rish;

xarid (ISO 20400) va korrupsiyaga qarshi kurashish (ISO 37001) standartlari bo‘yicha kompaniyalarni sertifikatlashtirish tizimini joriy etish;

davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash;

affillangan shaxslarning xaridlarda qatnashishlariga cheklovlar belgilash;

barcha davlat tenderlarini qamrab olish uchun mahsulot yetkazib beruvchilarning hamma foydalana oladigan yagona reyestrini yuritish;

davlat xaridlari bo‘yicha axborotning oshkoraligi va erkinligini oshirish;

xarid jarayonida byurokratik va subyektiv omillarni minimallashtirish;

natijalarni statistik tahlil qilish, shuningdek, xarid tartibining barcha zarur parametrlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini tashkil qilish.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-noyabrgacha

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), vazirlik va idoralar

15.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan foydalanish orqali sudyalarni ochiq, oshkora tanlash va tayinlash mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan:

tanlov natijalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining veb-saytida e’lon qilish;

sudyalar aniq ifoda etilgan oshkora mezon va tartiblar asosida baholanishini ta’minlash.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-dekabrgacha

Sudyalar oliy kengashi (U. Mingboyev), Oliy sud (K. Kamilov)

16.

Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish, shu jumladan:

sudyalar malaka hay’atlari kotiblarining rolini oshirish, shu jumladan ularga korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish vazifasini yuklash;

sudyalar malaka hay’atlari kotiblarining O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha Sud inspeksiyasi bilan samarali hamkorlik qilish, shuningdek, ularning Kengashga hisobdorligi mexanizmlarini yaratish;

sudyalar va sud xodimlari o‘rtasida profilaktik va tushuntirish ishlarini muntazam ravishda olib borish;

odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashish faktlari bo‘yicha sudyalarning O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Sud inspeksiyasiga anonim tarzda murojaat qilish tartibini joriy etish;

korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini tizimli va chuqur tahlil qilishni va ularning oldini olishni ta’minlash.

Qo‘shma qaror loyihasi

2019-yil15-iyungacha

Sudyalar oliy kengashi (U. Mingboyev), Oliy sud (K. Kamilov)

17.

“Prokuratura organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, shu jumladan:

prokuratura organlari va muassasalarida xizmat qilish uchun institutsional mexanizmlarni mustahkamlash;

kadrlarni shaffof tanlovlar asosida saralab olishning mutlaqo yangi mexanizmini joriy etish;

manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va bartaraf qilish.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-dekabrgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

18.

Korrupsiya va soliq tavakkalchiligini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda, o‘rta muddatli va uzoq muddatli davrda soliq xizmatini strategik boshqarish mexanizmlarini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-dekabrgacha

DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev), Bosh prokuratura (O. Murodov)

19.

Quyidagi choralarni amalga oshirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirish, bunda:

qonun hujjatlarini tahlil qilish, ularda korrupsiyaga sharoit yaratadigan qoida va normalarni aniqlash;

barcha darajadagi davlat organlari rahbarlarining ma’lumotlarini eshitish;

davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini tizimli ravishda o‘rganish;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan idoraviy choralar samaradorligini baholash;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari Kengashlari qo‘shma qarori loyihasi

2019-yil 1-oktabrgacha

Oliy Majlis palatalari —
kelishish asosida (N. Ismailov, N. Yo‘ldashev)

20.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy tizimlar samaradorligini oshirish, shu jumladan:

korrupsiyaga ko‘proq moyil bo‘lgan sohalarni aniqlash;

xizmat vazifalarini bajarishda xodimlarning manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish va ularni hal qilish masalalarini lozim darajada tartibga solish, shuningdek, ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikni oshirish;

davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy koordinatorlarning o‘zaro hamkorligi;

barcha darajadagi davlat organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, shuningdek, ularning sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

idoraviy chora-tadbirlarni amalga oshirish ustidan ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish.

Idoraviy hujjatlar

2019-yil 1-noyabrgacha

Idoralararo komissiya, Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar

21.

Ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish, jumladan:

korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” (compliance control) tizimini joriy etish va uning samaradorligini monitoring qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish tegishli korrupsion standarti (ISO 37001)ga muvofiq sertifikatlashtirish tartibini o‘rnatish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1 aprelgacha

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

22.

Korrupsiyaga qarshi maxsus tadbirlarni xususiy sektorga joriy etishga faol ko‘maklashish, unda quyidagilarni nazarda tutuvchi choralarni ko‘rish:

ichki nazorat choralari va tartib-taomillarini kuchaytirish;

davlat xaridlarida ishtirok etish bo‘yicha qat’iy axloq qoidalarini ta’minlash;

biznesning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi jamoaviy tadbirlarini rag‘batlantirish.

O‘zbekiston biznesining Korrupsiyaga qarshi kurashish xartiyasining loyihasi

2019-yil 1-oktabrgacha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Kosimov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

III. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarini bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash

23.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida davlat organlariga axborot berish mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan:

fuqarolarga korrupsiya faktlari to‘g‘risida davlat organlarini xabardor qilish imkonini beruvchi mobil va boshqa ilovalarni ishlab chiqish;

korrupsiya faktlari haqida anonim xabarlarni o‘rganish imkoniyatlari.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-dekabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), LBMA (D. Li), Idoralararo komissiya

24.

Davlat organlari bilan jamoatchilik o‘rtasidagi munosabatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishonch telefonlari va Call-markazlari (“tezkor aloqa liniyalari”) ish samaradorligi monitoringini ta’minlash, uning natijalarini muntazam nashr etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-aprelgacha

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), LBMA (D. Li), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Bosh prokuratura (O. Murodov), vazirlik va idoralar

25.

Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-sentabrgacha

Oliy sud (K. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov)

26.

Tadbirkorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan:

tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashganligi, noqonuniy harakatlar qilganligi, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklashga yoki ularni to‘xtatishga sabab bo‘lgan asossiz
va noqonuniy harakatlar (harakatsizlik) uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish;

tadbirkorlarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini yanada himoya qilish masalalarida jamoatchilik nazorati mexanizmlari joriy etilishini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil 1-oktabrgacha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Qosimov), Adliya vazirligi (R. Davleto�), SSP (A. Ikramov)

27.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarini va sudyalarni tayyorlash bo‘yicha amaliy choralarni quyidagilar orqali takomillashtirish:

korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy vositalari va usullaridan foydalanish;

korrupsiya jinoyatlarini aniqlash, tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish;

murakkab moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish, jinoiy daromadlarni legallashtirish sohasidagi ishlarni samarali surishtirish;

malaka oshirish jarayoniga xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar (o‘quv dasturlari, modullar, masofaviy kurslarni ishlab chiqish, treninglar, “davra suhbatlari” va boshqalarni tashkillashtirish)

2019-yil 1-noyabrgacha

Bosh prokuratura Akademiyasi (E. Kolenko), Sudyalar oliy kengashi qoshidagi Sudyalar oliy maktabi (X. Isoqov), TDYU (E. Kanyazov), IIV Akademiyasi (B. Matlyubov)

28.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yangi xavf-xatar va tahdidlarni hisobga olgan holda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning texnik jihozlanishini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil 1-iyulgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), DXX (A. Azizov), DBQ (M. Azimov), DSQ (B. Musayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

IV. Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik

29.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida me’yoriy va tashkiliy-amaliy bazani takomillashtirish jarayoniga xalqaro tashkilotlar (BMT NJQKB, BMTTD, IHTT, EXHT, ShHT, EOG va boshqalar)ni jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-dekabrgacha

TIV (A. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), IIV (P. Bobojonov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov)

30.

IHTTning tavsiyalarini bajarish bo‘yicha har tomonlama va samarali choralar ko‘rish.

IHTTning tavsiyalarini bajarish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”

2019-yil 1-iyulgacha

Idoralararo komissiya

31.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi monitoringi 2-bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish va tegishli tashkiliy choralarni qabul qilish

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-dekabrgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov)

32.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan xalqaro forumni o‘tkazish va unda ushbu sohadagi yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilish masalasini ko‘rib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 15-dekabrgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov)

33.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining auditorlik xalqaro tashkilotlari oliy organlari (INTOSAI, ASOSAI i ECOSAI)ga qo‘shilishi va xorijiy davlatlarning yuqori darajadagi auditorlik organlari va yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatishi bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-dekabrgacha

Hisob palatasi (O. Rustamov), TIV (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

34.

Xorijiy ommaviy axborot vositalarida davlat va jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi prinsipial pozitsiyasi to‘g‘risida xorijiy davlatlar, investorlar va fuqarolarning tushunchasini yaxshilashga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublikamiz tomonidan qabul qilingan choralar to‘g‘risida maxsus materiallar yoritilishini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-yanvargacha

TIV (A. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), IIV (P. Bobojonov)

35.

Quyidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish:

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni aniqlash, olib qo‘yish va musodara qilish hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevropa Kengashi Konvensiyasi (Varshava sh., 2005-yil 16-may);

Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi MDHning Kishinev konvensiyasi (Kishinyov sh., 2002-yil 7-oktabr).

Tahliliy materiallar

2019-yil 1-iyulgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov), TIV (A. Kamilov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Z.Sh. Nizomiddinov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Komissiya rahbari

2.

V.V. Maxmudov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi

3.

B.M. Mavlonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari

31

A.E. Burxanov

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

4.

A.A. Azizov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi

5.

U.K. Mingboyev

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

6.

K.F. Kamilov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

7.

N.T. Yo‘ldoshev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori‎

8.

B.A. Shayakubov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari

9.

N.M. Rustambekov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari

10.

R.K. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

11.

P.R. Bobojonov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

12.

M.B. Azimov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

13.

B.A. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Maxsus komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 06/19/5729/3199-son, 20.07.2019-y., 06/19/5769/3450-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)