14.07.2018 yildagi PQ-3856-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada har yili aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlanadigan dasturlarni amalga oshirish, bo‘sh va kvotalanadigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zini o‘zi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishga, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini ta’minlashga, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga qaramay, hududlardagi mehnat bozorida hali-hamon yuqori darajada keskinlik saqlanib qolmoqda, doimiy ish o‘rinlarini tashkil etish, yoshlar, xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari bandligini, ayniqsa, qishloq joylarda ta’minlash, shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish masalalari hal etilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishga joylashtirish sohasida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun kredit, moliyaviy, maslahat-axborot berish xizmatlari va boshqa zarur xizmatlar darajasi pastligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish kadrlari ko‘pincha iqtisodiyot tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini, ularning imkoniyatlari va resurslarini hisobga olmagan holda kasbga tayyorlanmoqda va qayta tayyorlanmoqda. Oqibatda mehnat bozorida ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar taqchilligi kuzatilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari ishlari samaradorligini oshirish, aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi deb yuritiladi) uchun 2018-yilda Respublika budjetiga qo‘shimcha tushumlar hisobiga 150 milliard so‘m ajratiladi, 2019-yildan boshlab esa budjet parametrlarida 300 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar ajratish nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 15-iyuldan boshlab Mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Mehnatni rag‘batlantirish jamg‘armasi) mablag‘larini shakllantirish manbalari Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasining Mehnatni rag‘batlantirish jamg‘armasiga ajratmalari hajmlarining 5 foizdan 10 foizgacha oshirilishi hisobiga kengaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan tushadigan 50 foiz miqdordagi daromadlar Mehnatni rag‘batlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat muassasalari shaklida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy jamg‘armalar) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar hududiy jamg‘armalar mablag‘larini shakllantiruvchi manbalar etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qo‘shimcha manbalaridan ajratiladigan mablag‘lar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari hamda beg‘araz yordami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xayriya qiluvchilar — jismoniy va yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar hududiy jamg‘armalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayniqsa, qishloq joylarda doimiy ish o‘rinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlarini kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlash uchun respublikaning tijorat banklarida kredit liniyalari ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi kuchi ko‘p bo‘lgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, ayniqsa, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi korxonalarni tashkil etish, bunda hududiy jamg‘armalarning tashkil etilgan korxonalardagi ulushini xususiy sheriklarga keyinchalik realizatsiya qilish shartini nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bo‘yicha ish o‘rinlari tashkil etishga hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hududiy jamg‘armalar daromad qismi bo‘yicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilsin, bo‘shab qolgan mablag‘lar hududiy jamg‘armalarning asosiy vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududiy jamg‘armaning namunaviy ustavi tasdiqlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda hududiy jamg‘armalar ustavlarini tasdiqlangan namunaviy ustav asosida tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu qarorning 2 va 3-bandlariga muvofiq shakllantiriladigan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga Respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi va hududiy jamg‘armalarning mablag‘lari, asosan, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va Xalq banki ATBda kredit liniyalarini ochish va keyinchalik mazkur banklar tomonidan respublika tumanlari va shaharlarida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik va mini-loyihalarni amalga oshirish uchun mikrokreditlar ajratish maqsadida yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mikrokreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga, fermer va dehqon xo‘jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga quyidagilar uchun ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida issiqxonalar tashkil etish, urug‘liklar, ko‘chatlar, chorva mollari va parrandalar, qishloq xo‘jaligi inventari va uskunalari, sug‘orish moslamalari (nasoslar, artezian quduqlari va boshqalar) xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol mollari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskuna va xom ashyo xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatish sohasida, ayniqsa, maishiy, ta’mirlash, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar tashkil etish va jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq tumanlarida, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida kasanachilikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman va shaharlarning ishlab chiqarish ixtisoslashuvi, mavjud mineral xom ashyo, yer, qishloq xo‘jaligi va boshqa resurslarni hisobga olgan holda boshqa yo‘nalishlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mikrokreditlar 300 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari asosida 3 yilgacha muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan:
(6-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 31-dekabrga qadar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng stavkada;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz (shundan 4 foiz bank marjasi) stavkada ajratiladi.
(6-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi.
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PF-5898-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq tumanlarida, bundan aholi soni 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan aholi punktlari mustasno, sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023-yil 1-iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subyektlari 3 nafargacha doimiy ishchilarni yollashga, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa yaqin qarindoshlarini, shu jumladan, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan bolalari va nevaralarining er-xotinlarini, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan aka-ukalari va opa-singillarini, ularning er-xotinlarini yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subyekti ishtirokchilari sifatida jalb qilishga haqli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 6-bandiga muvofiq birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlar 3 tonnadan ortiq yuk ko‘taruvchi avtomobil transportida yuklarni bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha tashish xizmatlaridan har oyda olinadigan qat’iy belgilangan soliq to‘laydi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga quyidagilarga bir martalik subsidiyalar berilishini nazarda tutadigan ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash tizimini joriy etsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ishsiz shaxslarga — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlikka o‘qitish va kredit olishda sug‘urta polisi to‘lovi uchun xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilarga — aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirish.
(8-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz shaxslarni, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan kasb-hunar ta’limi muassasalariga grantlar ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida katta sinf o‘quvchilari uchun ular egallashni xohlagan kasblarning asosiy xususiyatlari va kasb standartlarini ta’riflovchi multimedia vositalari bilan jihozlangan situatsion xonalarni tashkil etgan holda kasbga yo‘naltirish kurslarini o‘tkazishni nazarda tutadigan kasbga yo‘naltirish dasturini joriy etish masalasi ishlab chiqilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrdan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlarining tasdiqlovchi ma’lumotlari va fuqarolarning arizalari asosida shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida ishlovchi fuqarolarni band bo‘lgan shaxs sifatida hisobga olish mexanizmi joriy etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmun-mohiyati keng tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasining moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3856-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirishga doir
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Ijro mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga quyidagilar uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:
Vakant ish o‘rinlarini yashirish yoki ularni vaqtida taqdim qilmaslik; bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan vakant ish o‘rinlariga ishga joylashish uchun yuborilgan ishsizlarga asossiz rad javobini berish.

Qonun loyihasi

2018-yil noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Bosh prokuraturasi (O. Murodov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

2.

“Aholi bandligini ta’minlash to‘g‘risidagi Qonuni yangi tahrirda ishlab chiqish, unda shu jumladan aholini ish bilan ta’minlashning zamonaviy samarali shakllarini, aholi bandligini ta’minlashda xususiy tashkilotlarning rolini oshirish,jamoat ishlarini tashkil qilish va tashqi migratsiya masalalarini ko‘zda tutish.

Qonun loyihasi

2019 yil mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

3.

Quyidagilarni tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish: Xalqaro tajribani inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan kasb-hunar kollejlarda zamonaviy kasb-hunar ta’limi markazlarini; mamlakatimiz mintaqalarida kasanachi xotin-qizlar mehnatiga ko‘maklashish, shuningdek biznes-rejalarni tuzish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kredit olish, solidar javobgarlik guruhlarini shakllantirish, kerakli kichik jihozlar, xom Ashe va materiallar sotib olish, hunarmandchilik va kasbiy ko‘nikmalarga o‘qitish bo‘yicha markazlar tashkil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikromov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari

4.

Mehnat organlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish va ijtimoiy himoya qilish Tartibini Yangi tahrirda ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2018-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

II. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha samarali shakllarini tatbiq qilish

5.

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy bo‘linmalari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ulanishini ta’minlab, “O‘zini o‘zi boshqarish organlarida aholini ishga joylashtirish” ma’lumotlar axborot bazasini joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Quronboyev),
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva)

6.

Uyali aloqa operatorlari tomonidan “Ish.mehnat.uz” va www.olx.uz resurslaridan foydalanishning “nollangan” jadvalini taqdim etish ehtimolini ko‘rib chiqishni nazarda tutgan holda, vakant joylar to‘g‘risida ma’lumotlar Bilan o‘zaro almashinuvini inobatga olib, vakant ishchi o‘rinlar to‘g‘risida e’lonlar joylashtirish uchun onlayn-maydonchalarni taqdim etayotgan boshqa internet resurslar bilan “Ish.mehnat.uz” bo‘sh ish o‘rinlari bazasi hamkorligi mexanizmini joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A.Axmedxodjayev)

7.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, ma’lumotlar bazasi, soliq to‘lovchilar — jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risida ma’lumot bazasi hamda Ish.mehnat.uz “bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasi Bilan integrallashtirilgan mehnat bozori to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar olish imkonini beruvchi” Yagona milliy mehnat bozori tizimi axborot tizimini joriy qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev),
Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev)

8.

Mehnat inspeksiyalari hamda mehnatni muhofaza qilish inspeksiyalari tomonidan korxonalarda tekshiruvlar o‘tkazishning unifikatsiyalashgan mexanizmini nazarda tutgan, shu jumladan Mobil ilova ko‘rinishida “Tekshiruv moduli” axborot tizimini joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Konsepsiyani ishlab chiqish

2018-yil noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(Sh. Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev)

9.

“Bandlik xizmati” axborot bazasiga ishga joylashtirish bo‘yicha inspektorlar tomonidan uyma-uy yurish ma’lumotlarini onlayn rejimda kiritish imkonini beruvchi “Mehnat bozori diagnostikasi” Mobil ilova yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev)

10.

Ish beruvchilarning buyurtmalari hamda frilanserlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni bepul joylashtirish imkonini beruvchi, ishga yollash bo‘yicha (bolalar, bemorlar va keksalarni parvarish qilish, repetitorlik, turar joy binolarini tozalash, uy xo‘jaligini yuritish xizmatlari) bo‘yicha xususiy faoliyat olib borayotgan frilanserlar uchun “freelancer.mehnat.uz” maxsus veb-sayt yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil yanvar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(Sh.Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(A. Axmedxodjayev)

11.

Turkiya mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi o‘quv kurslarida va Italiyaning Turin shahrida Xalqaro Mehnat tashkilotining Xalqaro o‘quv markazida mehnat organlari va boshqa mutaxassislar kasbiy malakasi darajasini oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(
Sh. Kudbiyev)

12.

Sergeli tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazida tadbirkorlar uchun eksperimental kovorking-markazni tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev)

13.

Ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxatini hamda Frilansing xizmatlari hamda boshqa tashkilotlarga ishchi kuchini taqdim qilish bo‘yicha autsorting va autstaffing xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2018-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

III. Ishsizlar kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish

14.

Zaruriyat tug‘ilganida, kasb-hunar ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining o‘quv dasturlarini shakllantirish va o‘quv-ishlab chiqarish uskunalar xaridini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirishni nazarda tutgan, ishlab chiqarish korxonalarida, kasb-hunarga o‘qitish markazlari va kasb-hunar kollejlarida ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish va malaka berishda kasb-hunar ta’limining dualtizimini joriy qilish masalasini o‘rganish.

Davlat ta’limining konsepsiyasini ishlab chiqish.

2018-yil oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Tarmoq birlashmalari

15.

Tartibli tashqi migratsiyasini kengaytirish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligi huzurida xorijiy ish beruvchilarning buyurtmanomalari asosida o‘quv markazlarini tashkil etish, ularda kasb-hunarga o‘qitish Bilan birga talabgor xorijiy tillarga, jumladan koreys tiliga o‘rgatishni yo‘lga quyish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-2019-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov)

16.

Nodavlat ta’lim muassasalarida ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishni kengaytirish

Tashkiliy tadbirlar

doimiy

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
O‘zbekistonRespublikasi Moliya vazirligi (A.Xaydarov)

17.

Eng namunali kasb-hunar ta’limi muassasasi respublika tanlovini o‘tkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

18.

Xodimlarni ommaviy ravishda bo‘shatish holatlarda, mehnat bozorida talabgor kasblar bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish va malaka oshirish kurslarini moliyalashtirish masalasini o‘rganish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-2019-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Korxonalar — ishberuvchilar

19.

“Mikrokreditbank” ATB tomonidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi shartlarda hunarmandchilik, kasanachilik hamda ayollar tadbirkorligini mikrokreditlash tizimini joriy etishni o‘rganish: faoliyatning bita turiga birlashgan, jumladan 5 kishigacha bo‘lgan ayollar guruhlarining solidar javobgarligi asosida garovsiz kreditlar ajratish; marketing, buxgalteriya, soliq va moliyaviy hisob va hisobotlar, biznes-rejani tuzish asoslari va moliyaviy savodxonlik kurslarida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va Savdo-sanoat palatasi hududiy bo‘limlari tomonidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi grantlari hisobidan kredit olayotgan xotin-qizlarni dastlabki o‘qitish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikromov),
“Mikrokreditbank” ATB (O. Almardonov)

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 07/18/3856/1515-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son; 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)