19.06.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3168
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 19.06.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3168
Kuchga kirish sanasi
19.06.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruqning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 19-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3168]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 2-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 2-maydagi 71-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi hamda chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini (bundan buyon matnda identifikatsiya ID-kartasi deb yuritiladi) rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazi — muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni ularning shaxsi aniqlangungacha sudning ajrimi asosida oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga saqlab turish va reabilitatsiya qilish uchun moʻljallangan ichki ishlar organlari tizimidagi davlat muassasasi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs — shaxsini tasdiqlovchi hujjati, shuningdek, biron-bir manzilda yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan yoxud yashash joyi boʻyicha hisobda turmagan, gʻayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan 18 yoshdan oshgan shaxs;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 1-oktabrdagi 569-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3690, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3690/0925-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya qilish — muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa turdagi yordam koʻrsatish, shuningdek, ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 21 va 3081-moddalariga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisida taqdimnoma bilan sudga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomga asosan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishi uchun davlat bojlari tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarining (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi) talabnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi MvaFRB tomonidan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning arizasiga koʻra, ularning MvaFRBlarda identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishlari uchun reabilitatsiya markazlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnoma beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar reabilitatsiya markazidan olgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat etadi. Bunda shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnoma tuman (shahar) ichki ishlar organi devonxonasidan (kotibiyatidan) roʻyxatdan oʻtkaziladi va tegishli ichki ishlar organi boshligʻi tomonidan MvaFRBga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. MvaFRB masʼul xodimi muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi uning tugʻilgan vaqti va joyi, qayerda yashaganligi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi, ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari va boshqa yaqin qarindoshlari, avvalgi yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili haqidagi maʼlumotlarni aniqlash orqali oʻrganib chiqadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 1-oktabrdagi 569-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3690, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3690/0925-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi yuzasidan tegishli xulosa chiqariladi va ushbu xulosa tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organining boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi bilan avval hujjatlashtirilgan, ammo uni yoʻqotib qoʻygan va yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan (sud qarori bilan yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarib yuborilgan va (yoki) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishga asoslari mavjud boʻlmagan) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish istisno tariqasida, vaqtincha hududiy reabilitatsiya markazlari joylashgan manzilda amalga oshiriladi va identifikatsiya ID-kartasi qayta rasmiylashtiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 1-oktabrdagi 569-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3690, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3690/0925-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga mansubligi aniqlanmagan hollarda MvaFRB muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga uning shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnomani beradi, shuningdek tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish hamda identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish choralarini koʻradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub deb topilganda, ushbu shaxsga yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzilidagi ichki ishlar organi tomonidan identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 1-oktabrdagi 569-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3690, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3690/0925-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki yashash guvohnomasi reabilitatsiya markazi tomonidan berilgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnomaga asosan rasmiylashtirib berilgan boʻlsa, ularga shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnoma takroran berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan tartibda umumiy asoslarda hujjatlashtiriladilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. MvaFRB tomonidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni hujjatlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har oyning yakunida tegishli hududdagi reabilitatsiya markazlariga maʼlumot yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. MvaFRB uch sutka ichida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq taqdimnoma bilan sudga murojaat qiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdimnomada muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinishi sabablari va asoslari koʻrsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda uni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomani koʻrib chiqadi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdimnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda uni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdimnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan taqdimnoma qanoatlantirilganda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs jarimadan ozod etilgan holda unga MvaFRB tomonidan identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib beriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdimnomani rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda rad etish sabablari va manfaatdor tomonga chiqarilgan sud qarori ustidan shikoyat qilish huquqlari tushuntiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda uni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berilishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun davlat bojlarini qoplash tartibi
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun davlat bojlarini qoplash toʻgʻrisida MvaFRB tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimliklariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq talabnoma kiritiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Talabnomaga reabilitatsiya markazidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga berilgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnoma hamda sudning qarori nusxalari ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun davlat bojlari qoplangandan soʻng, ularning biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlari jamlanadi va ushbu maʼlumotlar MvaFRB tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentiga yuboriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 474-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-3, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2025-y., 10/25/3168-3/0857-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-may
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reabilitatsiya markazining
‎shtampi

____________ tuman (shahar)
‎ichki ishlar organi boshligʻiga

20___ yil “____” ____________
‎____________________________-son‎
SHAXSINI TASDIQLOVCHI VAQTINCHALIK
‎MAʼLUMOTNOMA

Fuqaro ________________________________________________

Rasm uchun joy

(tugʻilgan vaqti va joyi)

__________________________________________________ning

(F.I.O.)

20___ yil “ ___” ___________da _________________tuman (shahar) IIB tomonidan berilgan
‎______ _________-raqamli _______________________________

(pasport, yashash guvohnomasi yoki identifikatsiya ID-kartasi)

yoʻqolganligi maʼlum boʻldi. Shu sababli, ushbu fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq ______________________________________
‎____________________ ‎rasmiylashtirib berishingiz soʻraladi.

(identifikatsiya ID-kartasini)

Amal qilish muddati “____” ___________________ 20____ y.

Reabilitatsiya markazi boshligʻi

____________________

(F.I.O.)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishlar boʻyicha ___________________
‎tuman (shahar) sudiga
Identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda
‎shaxsni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisida
‎TAQDIMNOMA

Fuqaro____________________________________________________________ ga

(muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning F.I.O.)

___________________________________________________ rasmiylashtirishda

(identifikatsiya ID-kartasini)

uni Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 21 va 3081-moddalari asosida maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish maqsadga muvofiq.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi rahbari

_________

___________________

(imzo)

(F.I.O.)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

_____________________________
‎tuman (shahar) hokimligiga

Identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish
‎uchun davlat bojlarini qoplash toʻgʻrisida
‎TALABNOMA

Fuqaro ___________________________________________________________ ga

(muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning F.I.O.)

___________________________________________________ rasmiylashtirishda

(identifikatsiya ID-kartasini)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan davlat bojlari uchun
‎___________________________________ soʻmni qoplab berishingiz soʻraladi.

(hisob raqami: _________________)

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi rahbari

_________

____________________

(imzo)

(F.I.O.)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 19-apreldagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168-1, 18.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2019-y., 10/19/3168/3304-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2021-y., 10/21/3168-1/0466-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 30.01.2025-y., 10/25/3168-2/0086-son; 20.09.2025-y., 10/25/3168-3/0857-son; 13.10.2025-y., 10/25/3690/0925-son)