26.04.2018 yildagi 309-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida” va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va bandligini taʼminlash borasidagi faoliyatni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan tegishli toifadagi shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uylari hamda “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylariga joylashtirish tartibini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan, tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan shaxslarni ushbu markazlarning yoʻllanmalariga asosan sogʻliqni saqlash organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga belgilangan tartibda joylashtirish hamda ularning sogʻligʻini tiklash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan mehnatga layoqatli shaxslarning bandligini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkumlar, shuningdek, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning taʼminot meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 7-iyuldagi 184-son qaroriga 2-ilovaning 4-meʼyori ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
309-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida” va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari (keyingi oʻrinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazi — muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni ularning shaxsi aniqlangungacha maʼmuriy sudning ajrimi asosida oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga saqlab turish va reabilitatsiya qilish uchun moʻljallangan ichki ishlar organlari tizimidagi davlat muassasasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs — shaxsini tasdiqlovchi hujjati, shuningdek, biron-bir manzilda yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan, gʻayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan 18 yoshdan oshgan shaxs;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika suhbati — reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan shaxsni jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirish, gʻayriijtimoiy xulq-atvorning ijtimoiy va huquqiy oqibatlarini hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikni tushuntirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya qilish — muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa turdagi yordam koʻrsatish, shuningdek, ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Reabilitatsiya markazlari yuridik shaxs boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Reabilitatsiya markazlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlarga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda ijtimoiy xodimlari reabilitatsiya markaziga moneliksiz kirish huquqiga ega.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Reabilitatsiya markazlarida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni saqlash boʻyicha reabilitatsiya markazlarining ichki rejimiga muvofiq quyidagi maxsus shart-sharoitlar taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash va ularni tashqi salbiy taʼsirlardan himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazlari hududiga begona shaxslarning erkin kirishini hamda bu yerda saqlanayotgan shaxslarning markaz hududidan erkin chiqishini cheklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarni doimiy va uzluksiz nazorat qilish, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish, ularning buyumlari, olayotgan va yuborayotgan pochta joʻnatmalari hamda yoʻqlovlarini koʻzdan kechirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni aniqlash, saqlash va ularni reabilitatsiya qilish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy ishlarni yuritish toʻgʻrisidagi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi talablariga asosan maʼmuriy sudlar tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Reabilitatsiya markazlarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar reabilitatsiya markazlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni saqlash va ularning shaxsini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar bilan profilaktika tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Reabilitatsiya markazlari oʻz zimmasiga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni saqlash va ularning shaxsini aniqlash boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni kecha-kunduz qabul qilish va roʻyxatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni ularning shaxsini va psixologik jihatdan mosligini hisobga olgan holda joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularga yuklangan majburiyatlarni bajarishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan har bir shaxsning davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmatlari orqali shaxsini aniqlash maqsadida ularni belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar bilan profilaktika tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bu haqida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarni xabardor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzillariga yuborilishi lozim boʻlgan gʻayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan chet el fuqarolari haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarni belgilangan tartibda xabardor qilish;
(10-band “b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga hamda yongʻin xavfsizligi qoidalariga javob beradigan moddiy-maishiy sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni belgilangan normalar boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga psixologik yordam koʻrsatish, yaʼni ularning psixofiziologik moyilliklari, qobiliyatlari, qiziqishlari va boshqa holatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, bandlik va mehnat munosabatlari organlari bilan hamkorlikda ijtimoiy foydali mehnat bilan shugʻullanmayotgan va reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan mehnatga layoqatli muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, statsionar sharoitlarda yordam koʻrsatishga muhtoj deb topilgan shaxslarni belgilangan tartibda sogʻliqni saqlash organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarovsiz qolgan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlariga, ruhiy kasallikka chalingan nogironligi boʻlgan shaxslarni Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlariga, kasallarni davolash muassasalariga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrish;
(10-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning shaxsi aniqlangandan soʻng ularni yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzillariga yuborish choralarini koʻrish.
(10-band “v” kichik bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Reabilitatsiya markazlari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Reabilitatsiya markazlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Reabilitatsiya markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Reabilitatsiya markazlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahrida, shuningdek, zarurat boʻlganda aholi zich joylashgan boshqa hududlarda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Reabilitatsiya markazlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalariga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Reabilitatsiya markazlariga keltirilgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish va roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga qabul qilish uchun maʼmuriy sudning ajrimi asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 447-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2026-y., 09/26/447/0855-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar reabilitatsiya markazlariga kecha-kunduz qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish haqidagi qaror maʼmuriy sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs reabilitatsiya markaziga tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organlarining xodimlari tomonidan keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar reabilitatsiya markazlariga qabul qilinayotganda ularning fotosuratlari va barmoq izlari olinib roʻyxatga qoʻyiladi, tibbiy va shaxsiy koʻrikdan oʻtkaziladi, buyumlari va ashyolari koʻzdan kechiriladi hamda kiyimlari va buyumlari dezinfeksiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs reabilitatsiya markazining u bilan bir jinsdagi xodimlari tomonidan shaxsiy koʻrikdan oʻtkaziladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma shaxsiy koʻrikni oʻtkazgan xodimlar va shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslardan saqlanishi, tarqatilishi, isteʼmol qilinishi, foydalanilishi taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari olib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Reabilitatsiya markazlariga olib kirilishi taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan ashyolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pullar, qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlar, turli markadagi soatlar va boshqa qimmatliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
optik asboblar, koʻzoynak bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol mahsulotlari, shuningdek, tarkibida spirt boʻlgan atir va boshqa mahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi radioapparatura, kompyuter texnikasi, yozuv mashinkasi, nusxa koʻchirish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa vositalari, jumladan, uyali aloqa vositasi, radiotelefonlar, ratsiyalar va ularning barcha turdagi qismlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pichoqlar, qaychilar, ustaralar, elektr ustara bundan mustasno, shuningdek, boshqa barcha turdagi sanchuvchi va kesuvchi hamda inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli, jinoyat quroli sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oynalar, kamera devoriga oʻrnatilgan oyna bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻyin kartalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xamirturush va achitqilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyda pishirilgan, shuningdek, isteʼmol qilinishi isitish va pishirishni talab qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Shaxsiy koʻrik paytida olib qoʻyilgan taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari tavsiflari va identifikatsiyalash raqamlari sanab oʻtilgan holda bayonnomada koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning reabilitatsiya markazida saqlanish davrida reabilitatsiya markazining alohida xonasida oʻrnatilgan, har bir xona uchun alohida 4 tadan yacheykasi boʻlgan, raqamlangan va qulflanadigan maxsus jihozlangan shkaflarda saqlanadi. Moddiy-tovar boyliklarining saqlanishi uchun reabilitatsiya markazi navbatchisi javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan narsalar aniqlanganda olib qoʻyiladi, ularni saqlash, topshirish yoki yoʻq qilish masalalarini hal etish, shuningdek, ushbu ashyolarni saqlagan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik masalasini hal etish uchun ular zudlik bilan tegishli tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Dori vositalari tibbiy punktga roʻyxat boʻyicha topshiriladi, alohida saqlanadi va reabilitatsiya markazi tibbiyot xodimining koʻrsatmasi asosida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning imzosi bilan qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar reabilitatsiya markaziga olib kelingan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish daftarida qayd etiladi va ular uchun hisobga olish yigʻma jildlari yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Reabilitatsiya markazlarida hisobga olish, roʻyxatdan oʻtkazish, hujjatlarini yuritish tartibi va tegishli hujjatlarning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Reabilitatsiya markazlarida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan shaxslar reabilitatsiya markazlarida ularning shaxsi aniqlanguniga qadar maʼmuriy sudning ajrimi asosida oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga saqlab turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar reabilitatsiya markazlarini oʻzboshimchalik bilan tark etishiga va huquqbuzarlik sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan, xavfsiz sharoitlarda saqlanadi va kecha-kunduz reabilitatsiya markazlari xodimlarining nazorati ostida boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni nazorat qilish reabilitatsiya markazi xodimlaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan navbatchilik guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markazlarining xonalarida alohida-alohida joylashtirish ularning shaxsini va psixologik jihatdan mosligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Chekuvchilar, qoidaga koʻra, chekmaydiganlardan alohida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi shaxslar alohida joylashtirilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkaklar va ayollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli kasalliklarga chalingan yoki tibbiy kuzatuvga muhtoj boʻlgan bemorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazi boshligʻining qaroriga koʻra, hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash manfaatlaridan kelib chiqib ayrim shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazlari xodimlaridan saqlash tartibi va sharoitlari, oʻz huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazi maʼmuriyatiga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatning yuridik yordami hamda tarjimon xizmatidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning shaxsiy xavfsizligi va sogʻligini taʼminlovchi sharoitlarda saqlanishi, tegishli tibbiy yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta joʻnatmalari va yoʻqlovlarni olish va joʻnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan uchrashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telefon orqali cheklovlarsiz soʻzlashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tungi vaqtda uzluksiz sakkiz soat uxlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunduzgi vaqtda reabilitatsiya markazi hududidagi maxsus ajratilgan joylarda sayr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar, boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, diniy rasm-rusumlarni ado etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan normalar boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish, moddiy-maishiy sharoitlar, oʻquv-badiiy, axborot materiallaridan foydalanish, reabilitatsiya markazlarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda radio, televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalaridan axborot olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazlaridan yashash yoki turgan joylariga yuborilayotganda dalolatnoma asosida topshirilgan kiyim-boshlari, taqiqlanmagan buyumlari va boshqa narsalarini qaytarib olish.
(32-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan chet el fuqarolari ushbu bandda nazarda tutilgan huquqlardan tashqari, oʻz davlatlarining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, Oʻzbekiston Respublikasida diplomatik va konsullik muassasalariga ega boʻlmagan mamlakatlarning fuqarolari esa ularning manfaatlarini himoya qilishni oʻz zimmasiga olgan davlatning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan aloqa qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan shaxslarga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazining kun tartibiga qatʼiy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazi xodimlarining qonuniy talablarini bajarish, ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazi mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi, shuningdek, oʻzining hamda boshqa shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan shaxslarni tekshirish va reabilitatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Reabilitatsiya markazlarida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruvning asosiy maqsadi muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning shaxsini aniqlash, shu jumladan jinoyat va huquqbuzarliklarga aloqadorligi hamda unga nisbatan jinoyat sodir etganlik uchun yoki bedarak yoʻqolgan shaxs sifatida qidiruv eʼlon qilinganligini tekshirish va ularni reabilitatsiya qilishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Reabilitatsiya markazlarining masʼul xodimlari tomonidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar bilan ular ushbu markazlarga olib kelingan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soatdan kechiktirmasdan suhbat oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat davomida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsdan uni tekshirish uchun zarur maʼlumot va tushuntirishlar olinadi hamda suhbat natijalari haqida bayonnoma tuzilib, uni oʻtkazgan masʼul xodim va suhbatlashilgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan shaxslar ichki ishlar organlarining axborot markazlari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, shuningdek, ekspert-kriminalistika xizmatining mavjud elektron axborot bazalari orqali tekshiriladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1043-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1043/2381-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron axborot bazalarida reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hollarda, ularning oʻzi haqida bergan tushuntirishlardan kelib chiqib, ular yashagan joylardagi tuman (shahar) ichki ishlar organlariga fotosuratlari ilova qilingan holda soʻrov xatlari yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari tomonidan reabilitatsiya markazlarining soʻrov xatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomasini yozish boʻlimi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga soʻrov xatlari yuboriladi hamda reabilitatsiya markazlarining soʻrov xatlari kelib tushgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay, shaxsning tugʻilganlik haqidagi dalolatnomasidan va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining aholini roʻyxatga olish kitobidan koʻchirmalarni ilova qilgan holda javob xatlari yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan shaxslar orasida chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar aniqlansa, bunday shaxslar qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, belgilangan tartibda ularning shaxslarini aniqlash anketalari toʻldirilib, tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga yuboriladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1043-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1043/2381-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsini aniqlash anketasiga chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning 3,5 sm x 4,5 sm oʻlchamdagi ikki dona fotosurati, tushuntirish xati hamda tarjimai holi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan shaxslarning jinoyatlarga aloqadorligini, ularga nisbatan qidiruv eʼlon qilinganligini aniqlash yuzasidan tekshiruvlar reabilitatsiya markazlarining tezkor xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslar orasida qidiruvda boʻlgan, jinoyat ishida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb qilingan, sodir etilgan jinoyatlarga aloqador shaxslar aniqlangan taqdirda zudlik bilan tegishli tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (boʻlim)lariga xabar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarning shaxsi aniqlanib, yashash joylariga joʻnatilayotganda reabilitatsiya markazlari navbatchilari tomonidan ularga reabilitatsiya markazlarida saqlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar beriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Fuqarolik pasportini yoʻqotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining iltimosiga koʻra, ularga vaqtinchalik shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtinchalik shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotnoma olish uchun reabilitatsiya markazlari navbatchilari tomonidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar oʻzlari haqida bergan tushuntirishlardan kelib chiqib, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga soʻrov xati yuboriladi. Soʻrov xatiga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning arizasi va shaxsiga doir maʼlumotlar ilova qilinadi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrov xatiga asosan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan uch kun muddatda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs nomiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda vaqtinchalik shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotnoma rasmiylashtirilib, reabilitatsiya markaziga yuboriladi.
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1043-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1043/2381-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
421. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat etganda quyidagilar amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi uning tugʻilgan vaqti va joyi, qayerda yashaganligi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi, ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari va boshqa yaqin qarindoshlari, avvalgi yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili haqidagi maʼlumotlarni aniqlash orqali oʻrganib chiqiladi;
(421-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga mansubligi aniqlanmagan taqdirda, tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari shaxsini tasdiqlovchi vaqtincha maʼlumotnomani belgilangan tartibda beradi, shuningdek, mahalliy xokimliklar bilan birgalikda yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish, yashash guvohnomasini hujjatlashtirish choralarini koʻradi.
(421-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
422. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti bilan avval hujjatlashtirilgan, ammo uni yoʻqotib qoʻygan va yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan (sud qarori bilan yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarib yuborilgan va/yoki yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyishga asoslari mavjud boʻlmagan), muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga, istisno tariqasida, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi asosida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti qayta rasmiylashtiriladi.
(422-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
423. Ushbu Nizomning 421 va 422-bandlarida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik pasportlarni rasmiylashtirishda ichki ishlar organlari tomonidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 21 va 3081-moddalarida nazarda tutilgan tartibda maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning fuqarolik pasportlarini rasmiylashtirish uchun davlat bojlari tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining talabnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(421 — 423-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1043-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1043/2381-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning shaxsini oʻttiz sutka muddat davomida aniqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, ularni reabilitatsiya markazlariga qayta joylashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun saqlash muddati tugashidan yigirma toʻrt soat oldin reabilitatsiya markazi boshligʻining asoslantirilgan iltimosnomasi maʼmuriy sudga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan shaxslar quyidagi tartibda reabilitatsiya qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom va mehnatga layoqatli 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar va 55 yoshgacha boʻlgan ayollar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, bandlik va mehnat munosabatlari organlari bilan hamkorlikda bandligini taʼminlash masalasini hal etish uchun tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organlariga yuboriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boquvchisi va qarovchisi hamda yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili boʻlmagan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan qarovsiz qolgan keksalar belgilangan tartibda tegishli ichki ishlar organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari bilan hamkorlikda Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlariga, ruhiy kasallik sababli nogironligi boʻlgan shaxslar Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlariga joylashtiriladi;
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy davolanishga muhtoj boʻlgan shaxslar tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organlari tomonidan sogʻliqni saqlash organlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda davolash-profilaktika muassasalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning moddiy-maishiy va tibbiy taʼminoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari hamda yongʻin xavfsizligi talablariga javob beradigan maishiy sharoitlar yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar saqlanadigan xonalar ventilyatsiya jihozlariga va isitish tizimiga, shuningdek, tabiiy va sunʼiy yorugʻlikka ega boʻlishi kerak. Xonalarning derazalari sunʼiy ventilyatsiya tizimi mavjudligidan qatʼi nazar toza havo kirishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Reabilitatsiya markazlarida bir kishiga toʻgʻri keladigan yashash maydonining normasi ikki yarim kvadrat metrdan, ayollar va voyaga yetmaganlar uchun esa uch kvadrat metrdan kam boʻlmagan oʻlchamda belgilanadi. Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar, shuningdek, homilador ayollar va bolali ayollar saqlanadigan xonalarda bir kishiga toʻgʻri keladigan yashash maydoni toʻrt kvadrat metrdan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar shaxsiy kiyim-boshi, poyabzali va yakka tartibdagi shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanadi. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarda shaxsiy gigiyena vositalari boʻlmagan taqdirda, ular reabilitatsiya markazlari hisobidan ushbu vositalar bilan taʼminlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning choʻmilib-yuvinishi yetti kunda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Reabilitatsiya markazlari binolarini qurish va ularni jihozlash ishlari shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob beradigan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Reabilitatsiya markazlarida quyidagilar boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatchilik qismi, kanselyariya, arxiv, reabilitatsiya markazlari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, tezkor xizmat xodimlari, inspektorlar, buxgalter, tibbiyot xizmati hamda moddiy javobgar xodimlar uchun xizmat xonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazlari xodimlari uchun alohida yuvinish, dam olish va maishiy xizmat xonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkaklar va ayollarni, shuningdek, oʻzi bilan voyaga yetmagan farzandi boʻlgan ayollarni alohida joylashtirish uchun, bundan tashqari, yangi kelgan va tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslar uchun alohida xonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilish bloki (tezkor xizmat xodimlari va profilaktika tadbirlarini olib boruvchi inspektorlarning xonalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal-maishiy xizmat bloki (muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar uchun yuvinish, dezinfeksiya qilish, kir yuvish, kiyimlarni quritish va maishiy xizmat xonalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-tekshiruv bloki (qabul qilingan shaxslarning shaxsini, muqaddam sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish uchun zarur kompyuter texnikasi, ichki ishlar organlari elektron axborot bazalariga ulanish uchun aloqa tarmogʻi, foto-videoapparatlar, barmoq izlarini olish moslamalari bilan jihozlangan xizmat xonalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy xizmat koʻrsatish bloki (shaxslarni qabul qilish va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda dori-darmonlarni saqlash xonalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovqatlanish bloki (oshxona, idish yuvish xonalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport maydonchalari (voleybol va basketbol maydonchalari, trenajyorlar va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy hordiq chiqarish bloki (maʼnaviyat va maʼrifat xonasi, kutubxona).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga reabilitatsiya markazlarida tibbiy xizmat koʻrsatish reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimi yoʻqligida, qabul qilingan shaxslarga birinchi tibbiy yordam reabilitatsiya markazlari xodimlari tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Reabilitatsiya markazlarida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun dori qutilari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatishda tibbiyot xodimlari quyidagilarni amalga oshiradilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
epidemiya va yuqumli kasalliklarga qarshi zarur tadbirlarni oʻtkazish, bunday holatlar aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boʻlimlariga yigirma toʻrt soat ichida tezkor xabar berish;
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ambulator va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda bemorlar, maxsus tibbiy yordamga muhtojlar konsultatsiyalarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda statsionar davolanishga muhtoj boʻlgan shaxslarni davolash muassasalariga joylashtirish ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassis shifokorlar va maslahatchilarning tavsiyalari hamda koʻrsatmalarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dorilar, dezinfeksiya vositalari va tibbiy jihozlarga ehtiyojni hisobga olish, ularni toʻldirish (sotib olish) haqida reabilitatsiya markazlari boshligʻiga belgilangan tartibda tegishli talabnomalarni berish, ularni saqlash, berish va hisobga qoʻyishning belgilangan qoidalariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirishda, ovqatlanishni tashkil qilishda, suv bilan taʼminlashda, reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan shaxslarga sanitariya jihatidan ishlov berilishida sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya etilishini tibbiy jihatdan nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Reabilitatsiya markazlariga qabul qilish vaqti hamda saqlanish davrida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarda tan jarohatlari aniqlangan taqdirda, reabilitatsiya markazlarining tibbiyot xodimlari tomonidan dalolatnoma tuziladi. Tibbiy koʻrik natijalari toʻgʻrisida darhol tegishli tuman (shahar) prokuroriga xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Atrofdagilar uchun epidemik xavf tugʻdirayotgan bemorlar (OIV kasalligi/OITSga uchragan bemorlar, silning faol shakllari, boshqa xavfli yuqumli kasalliklar, zaxm va soʻzakning yuqumli shakllari bilan kasallanganlar) mutaxassis shifokorlar tomonidan koʻrikdan oʻtkazilib, yozma xulosasi olinganidan soʻnggina reabilitatsiya markazlariga joylashtirilishi mumkin. Bunday hollarda ular boshqa shaxslardan alohida saqlab turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning sogʻligʻi boʻyicha shikoyatlar va koʻrsatilgan tibbiy yordam natijalari reabilitatsiya markazida saqlanayotgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish kitobida qayd qilinadi, bu kitob reabilitatsiya markazi tibbiyot punktida, tibbiyot xodimi yoʻqligida — reabilitatsiya markazi navbatchisida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha oʻzlariga zarur boʻlgan dori vositalari va preparatlardan reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlarining ruxsati bilan foydalanishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Sud-tibbiy (sud-psixiatrik) tasdiqlanishiga hamda reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlarining xulosalariga koʻra, statsionar sharoitlarda yordam koʻrsatilishiga muhtoj deb topilgan shaxslar belgilangan tartibda sogʻliqni saqlash organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Reabilitatsiya markazlarida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning tibbiy taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Reabilitatsiya markazlari xodimlari va tibbiyot xodimlari muntazam sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Reabilitatsiya markazlarining sanitariya holati, shuningdek, profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tibbiyot boʻlimlari tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning roziligi bilan ular reabilitatsiya markazlari xonalaridagi sanitariya-gigiyena, maishiy sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, ichki ishlar organlari yoki reabilitatsiya markazlari hududini obodonlashtirish bilan bogʻliq, davomiyligi sutkasiga ikki soatdan koʻp boʻlmagan xoʻjalik ishlariga jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni xoʻjalik ishlarga jalb qilish ularning sogʻligʻi holati hisobga olingan holda va navbati bilan amalga oshiriladi. Mehnatga layoqatsiz shaxslar xoʻjalik ishlariga jalb qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni issiq ovqat bilan taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining masʼul xodimlari umumiy ovqatlanish tashkilotlari bilan issiq ovqat yetkazib berish haqida shartnoma tuzadi. Ovqatlanishning belgilangan normasini hisobga olgan holda, shartnomada ovqatlar turi, kunduzgi ratsion bahosi va ovqatlanish uchun hisob-kitob qilish tartibi koʻzda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs ovqat yeyishdan bosh tortgan hollarda (ochlik eʼlon qilganida) reabilitatsiya markazi boshligʻi, uning oʻrinbosari (ularning yoʻqligida navbatchi) sabablarni aniqlaydi va ochlik eʼlon qilish sabablarini bartaraf qilish choralarini koʻradi. Ochlik eʼlon qilgan shaxslar alohida xonalarga joylashtiriladi hamda ularga doimiy tibbiy kuzatuv belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Tibbiyot xodimining yozma xulosasi asosida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning sogʻligʻini nazorat qilib turish yoki tiklash choralari koʻriladi. Ochlik eʼlon qilgan shaxsning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tugʻilgan paytda tibbiyot xodimi, uning yoʻqligida esa — reabilitatsiya markazlari boʻyicha navbatchilar shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini chaqiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs vafot etgan taqdirda uning jasadi eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakillariga yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslarga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlaridan yoki vafot etgan shaxsning qonuniy vakillaridan yoki dafn etishni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaxslardan jasadni berish toʻgʻrisida ariza tushmagan taqdirda, vafot etgan shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dafn etiladi. Vafot etgan shaxs reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan vaqtda undan olib qoʻyilgan taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari reabilitatsiya markazlari boshliqlarining prokuror bilan kelishilgan va asoslantirilgan qarorlariga koʻra davlat daromadiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarni yashash joylariga joʻnatish
(9-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarning shaxsi va yashash joyi aniqlanganidan soʻng ular yashash joylariga joʻnatiladi hamda bu haqida shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqargan sud yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay xabardor qilinadi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Reabilitatsiya markazlarida shaxsi va yashash joyi aniqlangan shaxslarni yashash joylariga joʻnatish boʻyicha reabilitatsiya markazi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan qaror qabul qilinib, qaror qabul qilingan paytdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida saqlanayotgan shaxsni yashash joyiga joʻnatish choralari koʻriladi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Reabilitatsiya markazlarida shaxsi va yashash joyi aniqlangan shaxslarni yashash joylariga joʻnatish reabilitatsiya markazlari navbatchilari tomonidan amalga oshiriladi. Zarur boʻlganda, reabilitatsiya markazining buyurtmanomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ularga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan yoʻl xarajatlari uchun pul beriladi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Yashash joylariga joʻnatilayotgan shaxslarga ularning vaqtincha saqlash uchun reabilitatsiya markazlariga topshirgan buyumlari va boshqa narsalari qaytarib beriladi, shuningdek, ular bilan profilaktika suhbati oʻtkaziladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan chet el fuqarolari toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari orqali belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabardor qilinadi va ularni oʻzlari yashaydigan davlatlarga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Reabilitatsiya markazlarini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Reabilitatsiya markaziga belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Reabilitatsiya markazi boshligʻi oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markaziga rahbarlik qiladi, reabilitatsiya markazi vakolati doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda reabilitatsiya markazi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning tegishli tarzda bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazi xodimlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, ular zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, reabilitatsiya markazida saqlanayotgan shaxslarning kun tartibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazi xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, boshqa lavozimga oʻtkazish, shuningdek, ularni ragʻbatlantirish va ularga intizomiy jazolarni qoʻllash haqidagi takliflarni tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga belgilangan tartibda taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Reabilitatsiya markazi boshligʻi yoʻqligida uning vakolatlari reabilitatsiya markazi boshligʻining oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Reabilitatsiya markazi boshligʻining oʻrinbosari belgilangan tartibda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Reabilitatsiya markazi boshligʻining oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazi xodimlari faoliyatini bevosita nazorat qiladi va ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish hamda xizmat intizomiga rioya etishlarini tashkil etish yuzasidan reabilitatsiya markazi boshligʻiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, bandlik va mehnat munosabatlari, sogʻliqni saqlash organlari bilan hamkorlikda reabilitatsiya markazida saqlanayotgan shaxslarning reabilitatsiya qilinishi uchun javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha reabilitatsiya markazi xodimlarining xatti-harakatlarining qonuniyligi, shuningdek, xodimlar tomonidan qonun buzilishining har bir aniqlangan holati yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazida maxfiylik tartibotiga rioya etilishi, shu jumladan axborotlarni texnik himoyalash tadbirlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazi faoliyati boʻyicha axborot-tahliliy va hisobot maʼlumotlarini tayyorlaydi va bevosita tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Reabilitatsiya markazlari xodimlarining huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Reabilitatsiya markazlari xodimlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar bilan uchrashuvga kelganlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markazlarida kirish-chiqish rejimini va obyektning ichki rejimini taʼminlash choralarini koʻrish, nazorat va tekshiruvning texnik vositalarini qoʻllash, reabilitatsiya markazlari hududiga kirib kelayotgan va undan chiqib ketayotgan transport vositalarini koʻzdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish, barmoq izlarini roʻyxatga olish va ushbu shaxslarni fotosuratga olish, ularning yonidagi hujjatlar, pul mablagʻlari, qimmatbaho buyumlar, narsalar va boshqa ashyolarni koʻzdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan olinadigan va joʻnatiladigan pochta joʻnatmalarini va yoʻqlovlarni koʻzdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslardan saqlash, tarqatish, isteʼmol qilish va foydalanish taqiqlangan hujjatlarni, pul mablagʻlarini, qimmatbaho buyumlarni, narsalarni hamda boshqa ashyolarni olib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslardan va reabilitatsiya markazlari hududida turgan boshqa shaxslardan reabilitatsiya markazlari xodimlari tomonidan xizmat majburiyatlari bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi harakatlarni darhol toʻxtatishni talab qilish, ushbu harakatlarga barham berish, ularni bartaraf etish va aybdorlarni qonunga muvofiq javobgarlikka tortish yuzasidan zarur choralar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reabilitatsiya markazi xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Reabilitatsiya markazlari xodimlari quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslardan va reabilitatsiya markazlari hududida turgan boshqa shaxslardan ushbu Nizom talablariga rioya etishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni saqlash toʻgʻrisidagi ajrimning bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs joylashtirilgan paytdan boshlab unga telefon orqali advokatga, qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga oʻzini reabilitatsiya markaziga joylashtirilganligi toʻgʻrisida qoʻngʻiroq qilish yoki xabar qilish imkoniyatini berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning advokat, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlarining moneliksiz kirishini va ularning xavfsizligini taʼminlash;
(79-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslardan olib qoʻyilgan, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish va ashyolarni koʻzdan kechirish bayonnomalarida koʻrsatilgan hujjatlar, pul mablagʻlari, qimmatbaho buyumlar, narsalar va boshqa ashyolarning saqlanishini, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar reabilitatsiya markazlaridan chiqish paytida ularning qaytarib berilishini yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilib tashlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markazida saqlash tartibi va shartlari, ularning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar moddiy-maishiy sharoitlarining belgilangan normalari va qoidalarini, ularning shaxsiy xavfsizligi va sogʻligini taʼminlaydigan sharoitlarda saqlanishini, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning boshqa huquqlariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar ushbu Nizomda belgilangan majburiyatlarni bajarishi uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markazlarida saqlash tartibiga rioya etishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarda tan jarohatlari aniqlanganligi haqida prokurorga darhol xabar qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reabilitatsiya markazlari xodimlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Reabilitatsiya markazlarining xoʻjalik faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Quyidagilar reabilitatsiya markazlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Reabilitatsiya markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tezkor-texnik, transport vositalari, mebel, jihozlar va boshqa mol-mulk bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Reabilitatsiya markazlarining shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Reabilitatsiya markazlari xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Reabilitatsiya markazlari qonun hujjatlarida belgilangan hisobotlarni yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Reabilitatsiya markazlari faoliyati bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, shuningdek, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalarining masʼul xodimlari tomonidan har oyda kamida ikki marotaba tekshirib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Reabilitatsiya markazlarida qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi prokuror reabilitatsiya markazlariga moneliksiz va istalgan vaqtda kirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Mazkur Nizom qoidalari talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni aniqlash, saqlash va ularni reabilitatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 09/18/309/1114-son, 27.12.2018-y., 09/18/1043/2381-son; 15.04.2019-y., 09/19/313/2938-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son; 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son; 19.08.2026-y., 09/26/447/0855-son)