07.06.2019 yildagi PQ-4354-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarga va xalqaro amaliyotga mos boʻlishi zarur. Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish boʻyicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand boʻlishini taʼminlaydigan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu esa, axborot-kutubxona faoliyatiga, kitobxonlarga xizmat koʻrsatish, fondlarni toʻldirish va saqlash, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ragʻbatlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga jiddiy taʼsir koʻrsatish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va zamonaviy umumjahon tendensiyalarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyatini isloh qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish boʻyicha ijtimoiy kafolatlarni sifatli taʼminlash hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishni barqaror rivojlantirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan yangi bino va inshootlarni qurish, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmogʻini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish (shu jumladan, pulli xizmat koʻrsatish) tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlarining yaxshi saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishini shakllantirish va kuchaytirish, mutolaa madaniyatini oshirish va targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalarini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2019 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2019 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazining (keyingi oʻrinlarda — Milliy kutubxona) xodimlar umumiy cheklangan soni 227 nafardan iborat boshqaruv apparati tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kutubxona direktoriga, zarur hollarda, Milliy kutubxona boshqaruv apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlarning ikki foizini Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kutubxona qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish, shuningdek, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari qoshida faoliyat koʻrsatayotgan barcha axborot-resurs markazlarini tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarining kitob fondlari va shtat birliklarini yangidan tashkil qilinayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-resurs markazlarini tugatishda umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining kutubxonalarini amaldagi normativlarga muvofiq tegishli kitob fondi va shtat birliklari bilan birga saqlab qolish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar yangi tashkil etilayotgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish uchun sifat jihatidan yangi va qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ularning ilmiy, taʼlim, axborot va madaniy ehtiyojlarini qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy moslashuv va reabilitatsiya, mustaqil taʼlim olish va muloqot doirasini kengaytirish vositasi sifatida axborotdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarga har qanday (bosma, multimedia va raqamli) tashuvchilarda, shu jumladan Internet tarmogʻida sifatli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz axborot-resurslarini yaratish va ularni sifatli toʻldirib borish orqali kitobxonlarga anʼanaviy xizmat koʻrsatish usulidan ularni zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari bilan taʼminlashga oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha masofadan xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish hamda ularni kompyuter texnikasi va boshqa turdagi orgtexnika, mebel, shu jumladan maxsus mebel, shuningdek, tegishli kutubxona uskunalari bilan jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqsin, bunda imkoniyati cheklangan shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun oʻquv zallarini maxsus kompyuter jihozlari va boshqa qoʻshimcha vositalar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining Internet tarmogʻiga ulanishini va ular uchun Milliy kutubxona elektron resurslaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda axborot-kutubxona markazlari faoliyatining reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda aholiga kuni uzaytirilgan tartibda xizmat koʻrsatilishini koʻzda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga koʻrsatiladigan pulli xizmatlar (til oʻrgatish, kompyuter kurslarini tashkil etish, matnli, audio va videomateriallar nusxalarini yaratish, shuningdek, boshqa kutubxona xizmatlari) roʻyxatini kengaytirish orqali axborot-kutubxona markazlarining budjetdan tashqari daromadlarini oshirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish va jihozlash talablarini hisobga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda tumanlar (shaharlar) markazlarida tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish va ularning toʻlaqonli faoliyat yuritishi uchun binolarni belgilangan tartibda ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan binolarni kapital taʼmirlashni taʼminlasin, bunda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining oʻquv zallarida va boshqa umumiy foydalaniladigan xonalarida imkoniyati cheklangan shaxslar toʻsiqsiz foydalanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratsin, shuningdek, ularni zarur uskuna va texnika bilan jihozlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirsin va ushbu markazlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining axborot-resurs markazlarini tugatish natijasida ishdan boʻshagan xodimlarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kutubxonaning qoʻshimcha shtat birliklarini saqlash xarajatlari 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrida ijtimoiy sohaga moʻljallangan budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi, 2020-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini saqlash xarajatlari tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlarida umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarini saqlash uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi tashkil etiladigan axborot-kutubxona markazlarini kadrlar bilan toʻldirish birinchi navbatda umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarida faoliyat koʻrsatayotgan malakali kadrlar hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari binolarini kapital taʼmirlash hamda ularni zamonaviy uskuna va texnikalar bilan jihozlashni moliyalashtirish umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarining maqbullashtirilayotgan budjet ajratmalari, tuman va shaharlar mahalliy budjetlarining prognozni oshirib bajarishdan olinadigan daromadlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari kutubxona fondlarini toʻldirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Madaniyat vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda kutubxonachilik ishi sohasida mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish asosida sohaga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtlariga “Kutubxona-axborot faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul kvotalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan harbiy qismlarda idoraviy kutubxonalarni tashkil qilish (takomillashtirish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy kutubxonalarning kitob fondini va moddiy-texnika bazasini yaratish, yangilash va toʻldirishni ushbu maqsadlar uchun davlat organlariga budjetdan ajratilgan mablagʻlar, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik takliflari asosida idoraviy kutubxonalarning kitob fondini yangilash va toʻldirish uchun zarur nashrlar roʻyxatini har yili shakllantirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 21-mayni Kutubxonachilar kuni deb belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, bunda kutubxonachilarni koʻp yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ragʻbatlantirish koʻzda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik bir oy muddatda “Kutubxonachilar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birlikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi K.I. Allamjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4354-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) respublika axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, ustuvor yoʻnalishlari va mexanizmlarini belgilovchi qarashlarning yagona va bir butun tizimini oʻzida aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsad va vazifalari ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni isloh qilish sharoitlarida mamlakatda kechayotgan oʻzgarishlar va xalqaro amaliyotga muvofiq boʻlmogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida axborot-kutubxona faoliyatini axborot va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish asosida tashkil qilishga yoʻnaltirilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish axborot-kutubxona faoliyatiga har tomonlama: foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish, fondlarni jamlash va saqlash jarayonlari, axborot-kutubxona ish jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, xalqaro hamkorlikka taʼsir koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda yuksak maʼnaviy qadriyatlarning qaror topishi axborot-kutubxona muassasalari oldiga shaxsga eʼtiborni kuchaytirish, uning umummadaniy darajasini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, odob-axloq jihatdan tarbiyalash kabi vazifalarni qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi jamiyatda axborot-kutubxona muassasalari axborot olish, madaniy-maʼrifiy va taʼlim muassasasi sifatida namoyon boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy madaniyatni chuqur anglash, uning rivoji va evolyutsiyasini tahlil qilishda respublikaning universal fondga ega boʻlgan axborot-kutubxona muassasalari alohida ahamiyat kasb etadi. Taʼlim muassasalari maqomini oshirish, tarmoq ilmiy axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy va axborot salohiyatini, shuningdek, axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmogʻini rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar va ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar guruhi (imkoniyati cheklangan insonlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻp bolali oilalar va boshqalar) axborot-kutubxona muassasalarining alohida eʼtiborini talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar, jahon hamjamiyatiga kirish, Oʻzbekistonning xalqaro obroʻ-eʼtiborining ortishi axborot-kutubxona muassasalari zimmasiga mamlakatda boʻlayotgan islohotlarga koʻmaklashish, aholiga tezkor axborot taqdim etish boʻyicha qator majburiyatlarni yuklaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi texnologiyalarning tatbiq etilishi, axborot-kutubxona muassasalari tomonidan axborot tarqatish funksiyalarining amalga oshirilishi hamda axborot olish imkoniyatini taʼminlash avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish koʻlami va surʼatlariga bogʻliqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kutubxona sohasini isloh qilish axborot-kutubxona muassasalari meʼyoriy-huquqiy bazasining zaifligi, axborot-kutubxona fondlarining jamlanishi va texnik jihozlanishi yetarli darajasida emasligi, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash darajasining pastligi tufayli yuzaga keldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konsepsiya fuqarolarning ijtimoiy holati va yashash joyidan qatʼi nazar, axborotni erkin olish huquqini oʻrnatuvchi, axborot-kutubxona faoliyatini hamda madaniyat sohasidagi siyosatni tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, respublikada axborot-kutubxona faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi kunda Oʻzbekistonning professional axborot-kutubxona hamjamiyati axborot-kutubxona muassasalariga demokratik ijtimoiy-madaniy institut, bugungi axborot jamiyati madaniyatining rivoji hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining axborot bazasi sifatida qaraydi, shuningdek, axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish holatini jamiyat madaniyati darajasining koʻrsatkichi deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Respublikada axborot-kutubxona faoliyatining holati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada axborot-kutubxona faoliyatining holatini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan tahlillar zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanishining ijtimoiy kafolatlarini taʼminlash maqsadida meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish zarurligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyatining qonunchilik va meʼyoriy bazasi quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-avgustdagi “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5148-son, 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5349-son farmonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining elektron axborot resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, axborot-kutubxona muassasalarini birlashtirish va ularni yagona umumtaʼlim elektron kutubxona tizimiga ulash, idoralararo elektron hamkorlik tizimini takomillashtirish maqsadida “Milliy umumtaʼlim elektron kutubxona” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika axborot-kutubxona muassasalarida bosqichma-bosqich zamonaviy axborot va elektron texnologiyalar tatbiq etilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilar uchun avtomatlashtirilgan ishchi oʻrinlari soni koʻpaytirilmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy elektron maʼlumotlar bazalari yaratilmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlarining yanada sifatli yangi turlari taqdim etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining axborotga boʻlgan talabini qondirish uchun mamlakatning yirik axborot-kutubxona muassasalari virtual maʼlumotlar xizmatidan faol foydalanmoqda, madaniy hordiq va maʼrifiy faoliyatni rivojlantirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq axborot-kutubxona muassasalarini jahon kutubxona hamjamiyatiga integratsiyalash, foydalanuvchilar va aholi bilan ishlash, shu jumladan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning innovatsion usullarini tatbiq etish masalalariga yetarli darajada eʼtibor qaratilmayapti, shuningdek, uyali aloqa, koʻplab gadjetlar va Wi-Fining faol rivojlanishi, elektron kitoblar va “kitob oʻqish ilovalari” (book reader) oqimining ortib borishi sharoitlarida foydalanuvchilar bilan tizimli ishlar olib borilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kutubxona muassasalarining katta qismi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuterlar, nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasi, yongʻindan saqlash signalizatsiyasi va oʻt oʻchirish, iqlimni nazorat qilish vositalari, telefon aloqasi bilan taʼminlanmagan, aholiga, ayniqsa nogironligi boʻlgan shaxslarga va olis, aholisi kam boʻlgan punktlarda xizmat koʻrsatish uchun zamonaviy uskunalar mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kutubxona muassasalarini texnik jihatdan qayta jihozlash, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish axborot-kutubxona muassasalariga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etishni taqozo etadi, ularning mehnat bozoridagi bahosi esa axborot-kutubxona muassasalarining bugungi imkoniyatlaridan ancha baland.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kutubxona muassasalarida mehnatga haq toʻlash darajasining pastligi, nomuvofiq ogʻir mehnat sharoitlari va ularga ishonib topshirilgan fondlarni saqlash masʼuliyati malakali kadrlarning ishdan ketishi, mamlakat madaniy mulkini va intellektual salohiyatini saqlash uchun xavfli hisoblangan kadrlar qoʻnimsizligini vujudga keltirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻsh oʻrinlarning koʻpligi va xodimlar yetishmasligi ishga olinayotgan xodimlarga qoʻyilayotgan talablar darajasini pasaytiryapti, bu esa malakasiz (koʻp hollarda mutaxassis boʻlmagan) xodimlarga kutubxonachi lavozimiga ishga joylashish imkonini bermoqda. Bu masalalarni maqbul tarzda hal etish uchun axborot-kutubxona muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni ijtimoiy himoya qilish darajasini qayta koʻrib chiqish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning ustuvor maqsadlari — fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish boʻyicha konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlovchi aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini rivojlantirish, milliy va jahon madaniy boyliklari, amaliy va fundamental bilimlar bilan tanishtirish, shuningdek, mamlakatimizning axborot-kutubxona muassasalarida mavjud milliy-madaniy merosni saqlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kutubxona sohasini samarali rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishish uchun quyidagi masalalarni hal etish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot va raqamli texnologiyalar rivojlanishi hamda zamonaviy umumjahon tendensiyalarni eʼtiborga olgan holda axborot-kutubxona sohasini isloh qilishni jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugungi kun talablarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanishining ijtimoiy kafolatlarini taʼminlash maqsadida meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xususan yangi bino va inshootlar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yangi, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, korporativ tizimlarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmogʻini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini va axborot-kutubxona fondining saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning axborot madaniyatini, milliy tarix va madaniyatga qiziqishini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalarini malakali xodimlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona sohasining quyidagi ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik bazasini aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni rivojlantirish vazifalariga mos ravishda muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalarini jamlash mexanizmini yaratish, shu jumladan elektron va boshqa tashuvchilarda nashrlar haqidagi maʼlumotlar tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona fondlari saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari asosida axborot-kutubxona kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona xizmatlarining yangi, shu jumladan, pulli turlarini joriy etish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalari xodimlari samarali mehnat qilishi va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun munosib sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyatni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha tizimlar va idoralar axborot-kutubxona muassasalarini boshqarishni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va jahon axborot-kutubxona hamjamiyatiga kirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hal qilish boʻyicha asosiy vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Axborot-kutubxona muassasalarini jamlash mexanizmlarini yaratish, axborot-kutubxona fondlari saqlanishini taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohani uslubiy taʼminlash va eng yangi texnologiyalarni joriy etish, axborot-kutubxona fondlarini saqlovchi kadrlar, restavratorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, axborot-kutubxona fondlarini saqlash muammolari boʻyicha jamoatchilik fikrini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona fondlarini shakllantirishga yondashuvlarni takomillashtirish, fondlarni toʻldirish, ularni jamlash va keyinchalik ulardan erkin foydalanish imkoniyatini taʼminlagan holda majburiy nusxaga egalik huquqini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalarini jamoat, tijorat va xususiy nashriyotlar nashrlari, chet elda yashayotgan vatandoshlarimizning asarlari, shuningdek, Oʻzbekiston haqidagi chet el nashrlari bilan taʼminlash uchun sharoitlar yaratish, respublika hududida yashovchi xalqlar tillaridagi adabiyotlar fondlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy nusxa olish, obuna, sovgʻa qilish, sotib olish, kutubxonalararo va xalqaro kitob almashish tizimini joriy etish, milliy va xorijiy onlayn va oflayn elektron hujjatlari bilan jamlash, “egalik qilish” va “erkin foydalanish” oʻrtasida maqbul muvozanatni yaratish va boshqalar hisobiga axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat, tuman va shahar darajasidagi hududiy axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini jamlash, kengaytirish, toʻldirish uchun ajratiladigan mablagʻlarni oʻrtacha ikki barobarga oshirgan holda axborot-kutubxona muassasalari fondiga turli xildagi tashuvchilar orqali yangi adabiyotlar kelishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nashrlarga ishlov berish va ularni qidirishni avtomatlashtirish tizimini joriy qilish orqali axborot-bibliografiya faoliyatini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻma elektron kataloglar, toʻliq matnli maʼlumotlar bazasini shakllantirish va axborot-kutubxona muassasalarining Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyali aloqa vositalari orqali foydalanuvchilarga taqdim etiladigan xizmatlarni kengaytirish boʻyicha kompleks tadbirlar ishlab chiqish, yaratilayotgan elektron resurslarda multimedia kontentlari ulushini oshirish va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona fondlarini konservatsiyalash, fondlar holati va ularning saqlanish sharoitlari monitoringi tizimini yaratish, saqlashning meʼyoriy tartiblarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarni ommaviy konservatsiyalash usullarini ishlab chiqish va rivojlantirish, konservatsiya jarayonlariga eng yangi texnologiyalarni joriy etish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish holatlari uchun harakatlarni rejalashtirish va taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalari va axborot-kutubxona fondlari xavfsizligini taʼminlash, axborot-kutubxona muassasalari va axborot-kutubxona fondlari xavfsizligi texnologiyasini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy va uslubiy bazani ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona fondlarini hisobga olish tizimini rivojlantirish, axborot-kutubxona muassasalari fondlaridagi barcha turdagi hujjatlarni hisobga olishni takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari hujjatlarini hisobga olishning yagona tizimini yaratish, hisobga olish maʼlumotlariga ishlov berish va avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berishni oʻzaro integratsiyalovchi yangi texnologiyalarni joriy etish, hisob-statistika koʻrsatkichlari tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fondlar, kataloglarni saqlash va foydalanish, ularning lozim darajada ishlashi, shuningdek, foydalanuvchilarning xavfsiz va qulay tarzda muassasada boʻlishi uchun axborot-kutubxona muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi axborot texnologiyalarini jadal joriy etish, shaxsiy kompyuterlar parkini kengaytirish, litsenziyalangan dasturiy taʼminot xarid qilish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilar uchun avtomatlashtirilgan oʻrinlar sonini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fondlarni, jumladan oʻlkashunoslik va noyob nashrlarni raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizning barcha aholisi hududiy, respublika va jahon axborot-resurslaridan masofadan turib foydalanishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida axborot-kutubxona muassasalarini Internet tarmogʻiga ulashni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saytlar yaratish va axborot-kutubxona muassasalarining virtual makonda faol ishtirokini, aholiga virtual maʼlumot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatning axborot-kutubxona muassasalari axborot resurslaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini beruvchi yagona axborot-kutubxona portalini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va qoʻshimcha xizmatlarini koʻrsatish doirasida axborot va bilimlardan foydalanishni taʼminlovchi mavjud zamonaviy raqobatbardosh texnologiyalarni takomillashtirish va yangilarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar va oʻquv jarayonini axborot bilan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, uyali aloqa vositalaridan foydalangan holda hujjatlarni elektron tarzda yetkazib berish va virtual maʼlumot xizmati tizimlarini modernizatsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy obunani kengaytirish va respublika axborot-kutubxona muassasalariga muntazam ravishda yillik obuna uchun mablagʻ ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalarining innovatsion faoliyati va ularning innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bilan samarali innovatsion munosabatlar va muloqotni yoʻlga qoʻyish, yangiliklarni ishlab chiqish va innovatsiyalarni amalga oshirish uchun investitsiyalar, shu jumladan, xususiy investitsiyalarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan turli taʼlim, ijtimoiy guruhlar, yosh toifalaridagi foydalanuvchilarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga onlayn tarzda (24/7/365) taqdim qilinadigan elektron kataloglar, hujjatli resurslar va koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanishni kengaytirish imkonini beradigan xizmatlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarining axborot borasidagi bilimlarini oshirish, bolalar, oʻsmirlar va yoshlarga taʼlim xizmatlarini koʻrsatish orqali aholining media savodxonligini yuksaltirish va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari asosida axborot-kutubxona kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutubxona xodimlarini axborot-kutubxonachilik ishini modernizatsiya qilishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish asosida ularga uzluksiz axborot-kutubxona taʼlimini berish tizimini yaratish, axborot-kutubxona kadrlarini masofadan turib oʻqitish tizimini joriy qilish va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona xodimlari malakasini oshirish boʻyicha doimiy faoliyat olib boruvchi kurslar tashkil qilish, ham talabalar, ham axborot-kutubxona xodimlarini masofadan turib oʻqitish kurslarini rivojlantirish, oʻqituvchi va assistentlarning xorijiy davlatlardagi yetakchi ilmiy tashkilotlarda (kutubxona fakultetlarida) stajirovka oʻtashini tashkil qilish, axborot-kutubxonachilik ishi boʻyicha ilmiy maktablarni rivojlantirish va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutubxonachilik ishi sohasida mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish asosida sohaga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarida “Kutubxona-axborot faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha qabul kvotalarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona hamjamiyatini kasbiy axborot bilan taʼminlash, yangi noshirlik texnologiyalaridan va axborot-kutubxona muassasalari fondidagi noyob hujjatlarning faksimillaridan foydalangan holda fundamental bibliografik qoʻllanmalar nashr qilish, kataloglashtirish sohasida bir xil ishlar takrorlanishining oldini olishga va respublika axborot-kutubxona muassasalarida kataloglashtirish sarf-xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiluvchi kooperatsiyani amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona xodimlarining malakasini oshirish, tajriba almashish boʻyicha xalqaro loyihalarda axborot-kutubxona muassasalarining ishtirokini kengaytirish va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Axborot-kutubxona xizmatlarining yangi turlarini, jumladan pulli xizmatlarni joriy qilish va rivojlantirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar elektron axborot-resurslarni almashishi va ulardan erkin foydalanishi uchun yigʻma elektron katalogdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, korporativ axborot-kutubxona tarmoqlarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutubxonalararo abonementning imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va hujjatlarni elektron tarzda yetkazib berish uchun shart-sharoit yaratish, yagona axborot muhitini yaratish, taʼlim va axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, axborot-kutubxona resurslari oʻzaro hamkorligining yagona mexanizmini ishlab chiqish, mamlakatimizning yirik axborot-kutubxona resurslarini oʻzida birlashtirgan yagona qidiruv tizimini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Axborot-kutubxona muassasalari xodimlari samarali faoliyat koʻrsatishi va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun munosib sharoitlar yaratish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona xodimlarining ijtimoiy himoyasini taʼminlash, ularning huquq va imtiyozlarini kengaytirish (uy-joy sotib olish uchun foizsiz kreditlar ajratish), axborot-kutubxona muassasalarining barcha toifalarida tarif razryadini oshirish evaziga yagona tarif setkasini modernizatsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatori asosida sohaning bugungi ehtiyojlariga muvofiq ravishda axborot-kutubxona muassasalarining lavozimlari nomenklaturasini kengaytirishni koʻzda tutib, axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining tarif-malakaviy tavsiflarini qayta koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalarining normal rivojlanishini kafolatlaydigan mehnatga haq toʻlash darajasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalari xodimlariga koʻp yillik ish staji uchun qoʻshimcha haq toʻlashni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy unvonlar va davlat mukofotlarini taʼsis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha axborot-kutubxona muassasalarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalarining avariya holatidagi, taʼmirtalab bino va imoratlarini taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalari uchun maxsus binolar qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironiligi boʻlgan shaxslarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun axborot-kutubxona muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) axborot-kutubxona muassasalarini tashkil qilish, ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlash uchun axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, shu jumladan yangi binolar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona faoliyatining zamonaviy yoʻnalishlari boʻyicha korporativ amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona xizmatlarining yangi turlarini joriy qilish, axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish tarmogʻini kengaytirish va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo asosda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining turli yoʻnalishlari, shuningdek, MDH va xorijiy davlatlarning yirik axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikda zamonaviy raqobatbardosh axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlarni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqot va taʼlim jarayonini axborot bilan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarni elektron tarzda yetkazib berish tizimini modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uslubiy qoʻllanmalar, tavsiyalar, maslahat yordami koʻrsatish tizimini yaratish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasalarining innovatsion faoliyati va ularning innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bilan samarali innovatsion munosabatlar va muloqotni yoʻlga qoʻyish, yangiliklarni ishlab chiqish va innovatsiyalarni amalga oshirish uchun investitsiyalar, shu jumladan, xususiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qoshida Axborot-kutubxona faoliyati boʻyicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish kengashini tashkil qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki tomonlama kelishuvlar tuzish asosida xalqaro kutubxona hamjamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro forumlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro kitob almashish, axborot resurslarini elektron tarzda almashish boʻyicha hamkorlikning turli shakllarini rivojlantirish va joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻma elektron kataloglarni shakllantirish, maʼlumotlar banklarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, kutubxonalararo abonementni (hujjatlarni elektron yetkazib berish) yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika, xalqaro konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish hamda shu kabi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Konsepsiyani amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy vositasi respublikada axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konsepsiyani tijorat tashkilotlari, hamkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilgan holda sohaga aloqador vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda respublika miqyosida amalga oshirish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiyani amalga oshirishni muvofiqlashtirish kitob mahsulotlarini nashr qilish va tarqatish tizimini takomillashtirish, shuningdek, axborot-kutubxona faoliyati sohasi boʻyicha maxsus vakolatli davlat organ — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqichda (2019-2020-yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy axborot-kutubxona muassasalarini kelgusida xalqaro tizimlar bilan integratsiyalash uchun ularni yagona maʼlumotlar bazasiga ulash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy umumtaʼlim elektron kutubxona markazi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarida “Kutubxona-axborot faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha qabul kvotalarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida taqdim etilayotgan xizmatlar hajmining oʻsib borishini hisobga olgan holda, Milliy kutubxonaning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi xodimlarning namunaviy shtatlari hamda Axborot-kutubxona markazi va kutubxona toʻgʻrisida namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasida, xususiy va raqamli (virtual) kutubxonalar tarmogʻida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirtalab axborot-kutubxona muassasalarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish hamda ularning bino va imoratlarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlov oʻtkazish va uning natijalarini aniqlashtirish, tadbirlarni amalda ijro etish boʻyicha chora-tadbirlar tayyorlash va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqichda (2021 — 2024-yillar) quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarqatish tizimini takomillashtirish uchun “Nashrlarning majburiy nusxasi toʻgʻrisida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro nashrlar almashinuvi toʻgʻrisida”gi Konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MDH va xorijiy davlatlarning yetakchi tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni faollashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qoshida Kutubxonachilik ishi boʻyicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
resurslar almashinuvi va korporativ hamkorlik ishini avtomatlashtirish boʻyicha korporativ tarmoqni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona faoliyati boʻyicha tarmoq standartlar, uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatini tashkil qilish borasida davlat organlari va hokimliklar bilan hamkorlikda ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan hamkorlikda Konsepsiyani roʻyobga chiqarish boʻyicha tadbirlarni belgilab olish va amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Resurs taʼminoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Resurs taʼminoti, shu jumladan Konsepsiyada belgilab berilgan tadbirlarni moliyalashtirish masalalari axborot-kutubxona muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, kutubxonalarning xoʻjalik faoliyatidan tushgan daromad qismi, homiylar, xorijiy investorlarning mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiyani amalga oshirish mamlakat axborot-kutubxona muassasalarining yanada rivojlanishi hamda axborot, madaniy-maʼrifiy makon doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi yagona axborot-kutubxona tarmogʻini yaratishga imkon beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rejalashtirilgan tadbirlar natijasiga koʻra, Konsepsiyani amalga oshirishning birinchi bosqichida quyidagilar kutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilga qadar respublikaning tuman va shaharlarida aholining 86,0 foizini qamrab oladigan 186 ta zamonaviy axborot-kutubxona markazini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilga qadar kutubxonalarning 10 foizini (21 ta) yagona maʼlumotlar interaktiv bazasiga ulash orqali Oʻzbekiston axborot-kutubxona markazlari hamkorligining yaxlit tizimini shakllantirishni boshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron kitoblar fondini 1,2 million nusxagacha koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14 ta xorijiy davlat bilan axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqichda quyidagilar kutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning 207 ta kutubxonasini yagona maʼlumotlar interaktiv bazasiga ulashni yakunlash orqali Oʻzbekiston axborot-kutubxona markazlari hamkorligining yaxlit tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron kitoblar fondini 3,3 million nusxagacha koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21 ta xorijiy davlat bilan axborot-kutubxona faoliyati sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari Konsepsiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy, taʼlim va axborot infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida muhim ijtimoiy va kommunikativ vazifalarni bajaruvchi axborot-kutubxona muassasalariga mamlakatning iqtisodiy rivojiga munosib hissa qoʻshish imkoniyatini yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy manfaatlar va xalqaro tajribani hisobga olib axborot-kutubxona ishi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yordam beradi (bu esa axborot-kutubxona sohasi taraqqiyotining bugungi tendensiyalariga moslashish, shuningdek, axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi va aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishni kengaytirishga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatishga imkon yaratadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona fondini jamlash, shu jumladan elektron va boshqa tashuvchi uskunalarga yigʻish tizimini yaratishga, kutubxona fondlarini saqlashni taʼminlaydi, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-kutubxona tarmogʻini takomillashtirish va ixtisoslashgan ilmiy tadqiqotlar olib borishga, uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqishni faollashtirishga imkon beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini hamda axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining samarali faoliyati, ularning ijtimoiy himoyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha tizimlar va idoralarning axborot-kutubxona muassasalarini samarali muvofiqlashtirish va boshqarish, xalqaro hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Axborot-kutubxona sohasining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish

1.

Milliy umumtaʼlim elektron kutubxona markazi toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Nizom

2019-yil

1-iyulga
qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida taqdim etilayotgan xizmatlar hajmining oʻsib borishini hisobga olgan holda, Milliy kutubxonaning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi xodimlarning namunaviy shtatlari hamda Axborot-kutubxona markazi va kutubxona toʻgʻrisida namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ hujjat

2019-yil

1-sentabrga qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi

3.

“Kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil

1-oktabrga qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

4.

“Nashrlarning majburiy nusxasi toʻgʻrisida” tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Yozma maʼlumot

2021-yil

1-aprelga qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

5.

Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro nashrlar almashinuvi konvensiyasida (Parij sh., 05.12.1958-y.) ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritish.

Yozma maʼlumot

2022-yil

1-iyulga
qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

II. Innovatsion faoliyat va axborot-kutubxona muassasalarini ommalashtirish

6.

Aholi oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini targʻib etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish, tanlovlar, konferensiyalar oʻtkazish, axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining kasbiy darajasini oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

1-avgustdan

doimiy ravishda

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

7.

Resurslar almashish boʻyicha korporativ tarmoqni shakllantirish, korporativ hamkorlik ishini avtomatlashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil

1-avgustga qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

8.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan harbiy qismlarda idoraviy kutubxonalarni tashkil etish (takomillashtirish). Idoraviy kutubxonalar, shuningdek, axborot-kutubxona markazlari kitob fondini yangilash va toʻldirish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining takliflari asosida zarur nashrlar roʻyxatini har yili 10-oktabrgacha shakllantirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy asosda

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

9.

2019 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasi, xususiy va raqamli (virtual) kutubxonalar tarmogʻi boʻyicha davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Dastur

2020-yil

1-avgustga qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

10.

MDH va xorijiy mamlakatlarning yetakchi tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni faollashtirish.

Bitimlar

2021-yildan boshlab doimiy asosda

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, aloqador vazirlik va idoralar

III. Ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyat

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qoshida kutubxona ishi boʻyicha falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoya qilish boʻyicha Kengash tashkil etishga oid takliflar ishlab chiqish.

Tarmoq oliy taʼlim muassasasi huzurida ilmiy kengash tashkil etish

2021-yil

1-dekabrga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vaz�rligi

12.

Axborot-kutubxona faoliyati boʻyicha tarmoq standartlari, metodik qoʻllanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish.

Idoraviy-normativ hujjat

2024-yil

31-dekabrga qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “Oʻzstandart” agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

13.

Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish Konsepsiyasining amalga oshirilishini doimiy monitoring qilib borish.

Chora-tadbirlar dasturi

Har yili

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

IV. Axborot-kutubxona sohasida kadrlar tayyorlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

14.

Mazkur sohada mutaxassislarga boʻlgan talabni oʻrganish asosida “Kutubxona-axborot faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalari boʻyicha takliflarni keyinchalik qaror qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Yozma maʼlumot

2020-yil

1-fevralga qadar

Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi,
Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi,
Madaniyat vazirligi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar

15.

Oliy taʼlim muassasalarida xorijiy tajriba va texnologiyalarni oʻrganish asosida oʻquv jarayoniga kutubxona ishi boʻyicha yetakchi mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda, axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil

1-iyulga
qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi

V. Axborot-kutubxona markazlarining faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

16.

Axborot-kutubxona markazlari fondlari va moddiy-texnik bazasini toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

Chora-tadbirlar dasturi

2020-yil

1-iyunga
qadar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazi oʻz faoliyatini toʻlaqonli amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan bino ajratish.

Toshkent viloyati
hokimi qarori

2020-yil

31-martga qadar

Toshkent viloyati hokimligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

18.

Hududiy kutubxonalarni keyinchalik xalqaro tizimlar bilan integratsiyalashuvini amalga oshirish uchun yagona maʼlumotlar bazasiga ulash.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-2020-yillar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar

19.

Axborot-kutubxona muassasalarini taʼmirlash, zarur hollarda bino va inshootlar qurish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari

2019-2020-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Axborot-kutubxona markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy-metodik taʼminlash.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

21.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlariga jahon ilmiy-taʼlim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

22.

Koʻzi ojizlar kutubxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan ularni maxsus kompyuter va boshqa texnika bilan jihozlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

1-avgustga qadar

Madaniyat vazirligi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazining boshqaruv apparati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy cheklangan soni 227 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 12 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va yordamchi xodimlar soni amaldagi normativlarga muvofiq belgilanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 07/19/4354/3275-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)