1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddatlari |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Axborot-kutubxona sohasining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish | ||||
|
1. |
Milliy umumta’lim elektron kutubxona markazi to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Nizom |
2019-yil 1-iyulga |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. |
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida taqdim etilayotgan xizmatlar hajmining o‘sib borishini hisobga olgan holda, Milliy kutubxonaning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi xodimlarning namunaviy shtatlari hamda Axborot-kutubxona markazi va kutubxona to‘g‘risida namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy normativ hujjat |
2019-yil 1-sentabrga qadar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi |
|
3. |
“Kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2019-yil 1-oktabrga qadar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar |
|
4. |
“Nashrlarning majburiy nusxasi to‘g‘risida” tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
Yozma ma’lumot |
2021-yil 1-aprelga qadar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar |
|
5. |
O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro nashrlar almashinuvi konvensiyasida (Parij sh., 05.12.1958-y.) ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritish. |
Yozma ma’lumot |
2022-yil 1-iyulga |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar |
|
II. Innovatsion faoliyat va axborot-kutubxona muassasalarini ommalashtirish | ||||
|
6. |
Aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish, tanlovlar, konferensiyalar o‘tkazish, axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining kasbiy darajasini oshirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 1-avgustdan doimiy ravishda |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar |
|
7. |
Resurslar almashish bo‘yicha korporativ tarmoqni shakllantirish, korporativ hamkorlik ishini avtomatlashtirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil 1-avgustga qadar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar |
|
8. |
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan harbiy qismlarda idoraviy kutubxonalarni tashkil etish (takomillashtirish). Idoraviy kutubxonalar, shuningdek, axborot-kutubxona markazlari kitob fondini yangilash va to‘ldirish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining takliflari asosida zarur nashrlar ro‘yxatini har yili 10-oktabrgacha shakllantirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Doimiy asosda |
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
9. |
2019 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasi, xususiy va raqamli (virtual) kutubxonalar tarmog‘i bo‘yicha davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Dastur |
2020-yil 1-avgustga qadar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar |
|
10. |
MDH va xorijiy mamlakatlarning yetakchi tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni faollashtirish. |
Bitimlar |
2021-yildan boshlab doimiy asosda |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, aloqador vazirlik va idoralar |
|
III. Ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyat | ||||
|
11. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qoshida kutubxona ishi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoya qilish bo‘yicha Kengash tashkil etishga oid takliflar ishlab chiqish. |
Tarmoq oliy ta’lim muassasasi huzurida ilmiy kengash tashkil etish |
2021-yil 1-dekabrga qadar |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vaz�rligi |
|
12. |
Axborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha tarmoq standartlari, metodik qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish. |
Idoraviy-normativ hujjat |
2024-yil 31-dekabrga qadar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “O‘zstandart” agentligi, aloqador vazirlik va idoralar |
|
13. |
Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish Konsepsiyasining amalga oshirilishini doimiy monitoring qilib borish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
Har yili |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, aloqador vazirlik va idoralar |
|
IV. Axborot-kutubxona sohasida kadrlar tayyorlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish | ||||
|
14. |
Mazkur sohada mutaxassislarga bo‘lgan talabni o‘rganish asosida “Kutubxona-axborot faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari bo‘yicha takliflarni keyinchalik qaror qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Yozma ma’lumot |
2020-yil 1-fevralga qadar |
Oliy va o‘rta maxsus |
|
15. |
Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tajriba va texnologiyalarni o‘rganish asosida o‘quv jarayoniga kutubxona ishi bo‘yicha yetakchi mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda, axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2019-yil 1-iyulga |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi |
|
V. Axborot-kutubxona markazlarining faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | ||||
|
16. |
Axborot-kutubxona markazlari fondlari va moddiy-texnik bazasini to‘liq xatlovdan o‘tkazish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2020-yil 1-iyunga |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
17. |
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazi o‘z faoliyatini to‘laqonli amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan bino ajratish. |
Toshkent viloyati |
2020-yil 31-martga qadar |
Toshkent viloyati hokimligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
18. |
Hududiy kutubxonalarni keyinchalik xalqaro tizimlar bilan integratsiyalashuvini amalga oshirish uchun yagona ma’lumotlar bazasiga ulash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-2020-yillar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar |
|
19. |
Axborot-kutubxona muassasalarini ta’mirlash, zarur hollarda bino va inshootlar qurish. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari |
2019-2020-yillar |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
20. |
Axborot-kutubxona markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy-metodik ta’minlash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Har yili |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
21. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlariga jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Har yili |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
22. |
Ko‘zi ojizlar kutubxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan ularni maxsus kompyuter va boshqa texnika bilan jihozlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 1-avgustga qadar |
Madaniyat vazirligi, |
3-ILOVA
4-ILOVA