20.03.2012 yildagi PQ-1729-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlash joizki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazining samarali faoliyatini taʼminlash boʻyicha bir qator tashkiliy-texnik chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tajribani va kutubxona foydalanuvchilarining, eng avvalo, yoshlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, qiroatxona zallarining ixtisoslashuvi va joylashishi takomillashtirildi. Ixtisoslashtirilgan elektron kutubxona zali, multimedia texnologiyalari zali tashkil etildi, barcha zallarda Internet tarmogʻidan foydalanish taʼminlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kutubxonaning 600 mingta qaydlar va 200 mingta toʻliq matnli elektron resurslarni oʻz ichiga olgan elektron katalogi orqali maʼlumotlarni ichki va uzoq masofadan turib foydalanishda tezkor izlash imkoniyatini taʼminlovchi kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi joriy etildi. Yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda kutubxona xodimlarining malakasini oshirish tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlarni qidirish va olish uchun vizual va virtual axborot taqdim etgan holda interfaol axborot vositalari, aktiv panellar va monitorlar orqali kutubxona foydalanuvchilarini xabardor qilishning zamonaviy tizimi oʻrnatildi. Nashrlarni tezkor tarzda yetkazib beruvchi “telelift” tizimi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining ilgʻor axborot-kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan, eng avvalo, respublika yoshlarining intellektual va madaniy ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun milliy va xorijiy axborot-kutubxona fondlaridan keng foydalanish imkonini beradigan, zamonaviy mutlaqo yangi, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan axborot resurs markazi sifatidagi samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-noyabrdagi R–3750-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Komissiya tomonidan axborot-resurs taʼminoti sohasidagi yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqilgan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Ushbu Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kutubxona tomonidan bosh vazifani amalga oshirish -zamonaviy yuqori samarador axborot-kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda taqdim etiladigan axborotni olish manbalari, shakllari va uslublarini tanlash imkoniyatini taʼminlash prinsipi asosida aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual, madaniy va bilim olishga boʻlgan ehtiyojlarini har tomonlama taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot resurs bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasini amalga oshirish, aholini axborot-kutubxona bilan taʼminlash darajasini oshirish va doimiy takomillashtirishni inobatga olgan holda ularni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona resurslaridan respublikaning har qanday joyidan turib foydalanishni, shuningdek yetakchi xorijiy axborot-kutubxona fondlarining maʼlumotlar bazasiga ulanishni oʻz ichiga olgan holda foydalanuvchilarga taqdim etiladigan elektron xizmat kengayishini taʼminlovchi yangi, xalqaro amaliyotda tajribadan oʻtgan xizmat koʻrsatish shakllarini va ilgʻor dasturiy mahsulotlarni tizimli asosda joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha axborot-kutubxona markazlari va muassasalarining ulanishi imkoniyati bilan birga mamlakatning yagona axborot-kutubxona fondini shakllantirish uchun Milliy kutubxona bazasida axborot resurslari va elektron (raqamli) nashrlarning yigʻma umumrespublika elektron katalogini tashkil etish orqali kutubxona faoliyatining barcha jarayonlarini avtomatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kutubxonaning nodir va alohida qimmatga ega boʻlgan, jumladan qoʻlyozma nashrlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va eng zamonaviy ixtisoslashgan uskunalarda elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy etish, Milliy kutubxonada axborot-kutubxona muassasalari kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash borasidagi tadbirlarni tashkil etish boʻyicha normativ-metodik bazani yanada takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi huzuridagi Respublika metodik kengashi tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishini Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi huzuridagi Respublika metodik kengashi majlislarida har chorak koʻrib chiqqan holda ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazining Milliy kutubxona huzurida 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika metodik kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazining Milliy kutubxona huzurida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlarning 2 foizi miqdoridagi yillik ajratmalar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3415-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 07/17/3415/0345-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuziladigan Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari quyidagicha belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 foizi Milliy kutubxona va respublikaning axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini dasturiy taʼminlash, yangi axborot-kutubxona va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi Milliy kutubxona xodimlari uchun lavozim maoshining 25 foizidan 75 foizigacha miqdorda ragʻbatlantiruvchi ustamalar belgilashga, ularni zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuksak malakali tarzda foydalanganligi, chet tillarini bilganligi va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishning samarali shakllarini joriy etganligi uchun mukofotlashga, shuningdek moddiy yordam koʻrsatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 foizi Milliy kutubxonada ishlatiladigan texnologik uskunalar, jumladan Milliy kutubxonaning nodir va alohida qimmatga ega boʻlgan nashrlarini restavratsiya va konservatsiya qilish hamda saqlanishini taʼminlashga moʻljallangan uskunalar uchun sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlarni xarid qilishga, shuningdek milliy va xorijiy nashrlarni sotib olish hamda obuna boʻlishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tajribadan kelib chiqib, kutubxonachi va bibliograf lavozimlarini tugatishni hamda axborot-kutubxona texnologiyalari boʻyicha mutaxassis, yetakchi mutaxassis va bosh mutaxassis lavozimlarini joriy etishni nazarda tutgan holda, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi va respublikaning axborot-resurs markazlari xodimlari kasb va lavozimlarining yangi klassifikatorini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-noyabrdagi F–3750-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Komissiyaning Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi rahbar va mutaxassislariga, Milliy kutubxona xodimlarining ish haqiga 15 foizgacha miqdorda ilgari belgilangan ustama haqlarni saqlab qolgan holda, respublika va viloyat axborot-kutubxona muassasalari uchun nazarda tutilganidan 1 razryad yuqori miqdorda ish haqi oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kutubxona bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Milliy kutubxona rahbar va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlashning yangilangan razryadlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi toʻgʻrisidagi nizom va uning yangilangan tuzilmasi hamda Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlagan holda, Milliy kutubxona faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 20-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1729-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 12-son, 129-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 07/17/3349/0168-son; 01.12.2017-y., 07/17/3415/0345-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)