05.09.2018 yildagi PQ-3930-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ, loyiha boshqaruvi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim muassasalarida ta’limning ilg‘or usullarini joriy etish, shuningdek, korporativ, loyiha boshqaruvi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi deb o‘zgartirilsin (keyingi o‘rinlarda Biznes va boshqaruv oliy maktabi deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biznes va boshqaruv oliy maktabiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Milliy agentlik) bilan kelishilgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu sohadagi yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan ushbu muassasalarning o‘quv rejalari va dasturlari asosida O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan davlat namunasidagi diplomlar bergan holda magistratura dasturlari yuzasidan “ikki diplom” (double degree) modeli bo‘yicha o‘qishni tashkil etish borasida kelishuvlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahondagi ta’lim faoliyatiga doir eng namunali amaliyot va mehnat bozorining real talablarini hisobga olgan holda normativ va qisqartirilgan muddatlarda (an’anaviy va masofaviy texnologiyalar), ishlab chiqarishdan ajralmagan holda magistraturada o‘qishni tashkil etish, shuningdek, Biznes va boshqaruv oliy maktabi dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun nomzodlarni tanlab olish mezonlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va boshqaruv oliy maktabi professor-o‘qituvchilari faoliyatining turlari bo‘yicha vaqt me’yorlarini, shuningdek, ular uchun cheklangan o‘quv yuklamasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va boshqaruv oliy maktabining tuzilmasi, shtatlar jadvali, xodimlari va jalb etiladigan konsultantlar (ekspertlar) mehnatiga, shu jumladan, soatbay haq to‘lash miqdori va tizimini belgilash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Biznes va boshqaruv oliy maktabi faoliyatini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy ta’lim muassasalariga, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalariga, ularning mulkchilik shakli va bo‘ysunuvidan qat’i nazar, masofaviy o‘qitishni tashkil etish huquqi berilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Milliy agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2018-yil 1-oktabrga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarida, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarida masofaviy o‘qitishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav jamg‘armasi (kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq miqdori davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslarda faoliyat yurituvchi davlat xaridlari sohasidagi mutaxassislarni majburiy sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi nizomni, ushbu mutaxassislarni majburiy sertifikatlashtirishni 2019-yil 1-martdan amalga oshirishni nazarda tutgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va boshqaruv oliy maktabi ustavini, shu jumladan, uning Vasiylik kengashi tarkibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va boshqaruv oliy maktabiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va boshqaruv oliy maktabi professor-o‘qituvchilari tarkibini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Milliy agentlikka:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha va korporativ boshqaruv, baholash faoliyatida, loyihaviy moliyalashtirish, strategik va moliyaviy menejment sohasidagi davlat ta’lim standartlari, shu jumladan, o‘quv yuklamasi hajmlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va boshqaruv oliy maktabining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish kvotalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va boshqaruv oliy maktabining magistraturasiga kirish imtihonlarini o‘tkazish shakllari, fanlar, dasturlar, natijalarni baholash mezonlari ro‘yxatini tasdiqlash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 30-sentabrdagi “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2414-son qarorining 8-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2022-yil 1-iyulga qadar uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 30-sentabrdagi “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2414-son qarorining rus tilidagi matnida 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Predostavit direktoru Visshey shkoli biznesa i upravleniya pravo vnosit, pri neobxodimosti, po soglasovaniyu s Natsionalnim agentstvom proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan izmeneniya v organizatsionnuyu strukturu Visshey shkoli biznesa i upravleniya”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining samarali faoliyatini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 305-son qarori 1-bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari, shuningdek, qarorning 1 — 3-ilovalari 2018-yil 1-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Milliy agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.R. Li va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3930-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 07/18/3930/1850-son; 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)