O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining funksional vazifalari va Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 225-sonli “Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.K. Narbayeva bir hafta muddatda Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyatining mudiri, yordamchi va bosh mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining funksional vazifalari va Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyuldagi 582-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-fevral,
174-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-fevraldagi 174-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining funksional vazifalari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga va “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir o‘rinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, xotin-qizlarni ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta’minlash, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali xotin-qizlar orasida huquqbuzarlikning barvaqt profilaktikasi, oilani mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish, targ‘ibot va ma’rifat chora-tadbirlari masalalarida davlat siyosati samarali amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
5. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
2-bob. Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
6. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputat so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini muntazam o‘rganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqish;
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash;
Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglarda O‘zbekiston Respublikasi mavqeyini yaxshilash bo‘yicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini ko‘rish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining markaziy apparati, uning bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan yaqin o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
Kotibiyatda, shuningdek, mutasaddilikdagi va o‘zaro hamkorlik qilish ta’minlanadigan tashkilotlarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni takomillashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish;
Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyatida kadrlar tanlash, xodimlarning malakasini oshirishning samarali uslub va shakllarini tatbiq qilish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirish.
7. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
davlat boshqaruvi tizimiga, shu jumladan strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va tamoyillarini joriy etish;
aniq ko‘rsatkichlarga erishishga asoslangan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini amalga oshirish va samaradorligini ta’minlash;
Bosh vazir tomonidan aniq sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlash;
xotin-qizlarning maqomini, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, huquqiy madaniyatini, oila va jamiyatdagi rolini oshirish;
davlat va jamoat organlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish sohasida tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ish olib borilishini tashkil etish;
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishida va ularni amalga oshirishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish va tushuntirishda, ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etish;
qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, iqtidorli, qobiliyatli qizlar zaxirasi bilan tizimli ish olib borilishini tashkil etish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish;
tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan qizlardan kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yish;
xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati shaffofligini ta’minlash, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
xotin-qizlar va ularning oila a’zolari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarda xotin-qizlar qo‘mitalari bilan fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish ishlarini tashkil etish;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, turli loyihalar amalga oshirilishi ko‘lamlarini kengaytirish;
b) og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga yordam berish sohasida:
joylardagi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan va yakka tartibda ish olib borilishini tashkil etish;
yordamga muhtoj bo‘lgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan va turar joy sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish;
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, ularning oilalari va bolalari uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam turlarini aniqlash va ular bilan ta’minlash, shaxslarning ushbu toifasining huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun davlat organlariga va tashkilotlarga murojaat qilishga ko‘maklashish;
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarning qizlarini o‘qitish maqsadida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning dam olishini hamda ularga zarur tibbiy va psixologik yordam berilishini tashkil etish;
oilaviy va shaxslararo nizolarning, o‘z joniga qasd qilishga hamda jamiyat va oilada ma’naviy-axloqiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarning barvaqt profilaktikasi bo‘yicha manzilli ishlar olib borish;
oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, keksa va hurmatga sazovor, jamiyatda katta obro‘ga ega bo‘lgan ayollar va fuqarolarni faol jalb etgan holda joylarda oilaviy ajralishlarning oldini olish ishlarini tashkil etish, namunaviy oilalarning hayot tarzini targ‘ib etish;
oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita mas’uliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bog‘liq tizimli targ‘ibot tadbirlarini yo‘lga qo‘yish;
v) xotin-qizlarni ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta’minlash sohasida:
bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yo‘lga qo‘yish;
xotin-qizlarni, ayniqsa qishloq joylardagi yosh qizlarni tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga keng jalb etishga ko‘maklashish, ushbu maqsadlar uchun kredit resurslarini va boshqa resurslarni jalb etish;
xotin-qizlarning mehnat qilish huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini o‘rganish va tahlil qilish, mehnat munosabatlari sohasida, shu jumladan, homilador ayollarga va kichik yoshdagi bolalari bo‘lgan ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar berish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda ko‘maklashish, berilgan imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanishi masalalarini tartibga soluvchi, davlat ro‘yxatidan va boshqa tartibotlardan o‘tish, mehnat munosabatlariga kirishish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish;
g) jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi sohasida:
huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish;
xotin-qizlar orasida huquqiy tarbiya va huquqiy targ‘ibot, huquqiy madaniyatni oshirish ishlarini tashkil etish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini belgilash;
jinoyatlar sodir etishga moyil bo‘lgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish bo‘yicha ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maxsus o‘quv-tarbiya muassasalaridan, ijtimoiy reabilitatsiya va xotin-qizlarni moslashtirish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirishni tashkil etish;
d) konsepsiyalar, davlat dasturlari va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
mutasaddilik qiladigan tashkilotlar bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, respublikaning tegishli tarmoqlari va hududlaridagi masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritalari” loyihalariga kiritish uchun takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Kotibiyat vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalari bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklarining “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risidagi batafsil axboroti, materiallar va hisobotlar taqdim etilishini ta’minlash hamda ularni muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish;
“yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi samaradorligi yuzasidan taqdim etiladigan axborot va materiallarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish;
muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganish.
e) FHDY organlari bilan ishlash, oilani mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish, targ‘ibot va ma’rifat ishlari sohasida:
FHDY organlari faoliyati bo‘yicha qonun hujjatlarini izchil takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
qonuniylikni ta’minlashda, aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishda faol ishtirok etish, FHDY organlari faoliyatida qonun talablariga rioya etilishi monitoringini muntazam ravishda olib borish;
oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy ajralishlarning oldini olish yuzasidan olib boriladigan kompleks chora-tadbirlarda FHDY organlarining faol ishtirok etishini ta’minlash;
FHDY organlarini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish, FHDY organlari faoliyatini har tomonlama moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash;
FHDY organlari xodimlarini zamon talablari asosida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini muvofiqlashtirish.
8. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Bosh vazir tomonidan aniq sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejali masalalarning tayyorlanishini va kiritilishini ta’minlaydi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, dasturlar va “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini va Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga, hokimlar o‘rinbosarlari — Xotin-qizlar qo‘mitalari raislariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining markaziy apparati, uning bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublika hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari va dasturlarining, iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyatiga bevosita rahbarlik qiladi;
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek, hududlar va boshqa tashkilotlarning o‘zi mutasaddilik qiladigan masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan, biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Bosh vazir o‘rinbosari yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati mudiri, yordamchi va bosh mutaxassislar lavozimiga kadrlar tanlashni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda amalga oshiradi;
Kotibiyat mudirini, yordamchini va bosh mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Kotibiyatda va mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar markaziy apparatlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi;
Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati yurituviga kiradigan masalalar bo‘yicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
tegishli komissiyalar (kengashlar)ga rahbarlik qiladi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshqaradigan komissiyalar (kengashlar)ning Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati yurituvi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha faoliyatini va qarorlari bajarilishi yuzasidan nazoratning tashkil etilishini ta’minlaydi.
3-bob. Bosh vazir o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
9. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari bo‘yicha — davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Bosh vazir o‘rinbosari yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi boshqaradigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
10. Bosh vazir o‘rinbosari:
zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyatidagi ishlarning holati, o‘zi mutasaddilik qiladigan tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati yurituviga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligini nazarda tutib va ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘lagan holda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi;
tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputat so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining bajarilishi monitoringi olib borilishi;
joylarda ishlarning real holatini muntazam o‘rganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
11. Bosh vazir o‘rinbosarining ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyatining ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyatining ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
12. Bosh vazir o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarda amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-fevraldagi 174-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Kotibiyatning faoliyati Vazirlar Mahkamasini (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini xotin-qizlarning ijtimoiy-ma’naviy va siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, oilalar bilan ishlashda yakka tartibda yondashuvni takomillashtirish oilaviy ajralishlarning oldini olish, targ‘ibot, tashviqot va oilani mustahkamlash, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir o‘rinbosari deb ataladi) faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy ta’minlashga yo‘naltirilgan.
3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Bosh vazirning o‘rinbosariga bo‘ysunadi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash;
Hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining mavqeyini yaxshilash bo‘yicha ishi samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;
ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining markaziy apparati, uning bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo‘mitalari bilan yaqin o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar va o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish;
Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDY organlari bilan ishlash masalalari kotibiyatida kadrlar tanlash, xodimlarning malakasini oshirishning samarali uslub va shakllarini tatbiq qilish va harakatdagi zaxira kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va tamoyillarini joriy qilish;
Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlarga erishish, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini ta’minlash;
Bosh vazir tomonidan aniq sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash;
xotin-qizlarning maqomini, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, huquqiy madaniyatini, oila va jamiyatdagi rolini oshirish;
davlat va jamoat organlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish sohasida tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ish olib borilishini tashkil etish;
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishida va ularni amalga oshirishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish va tushuntirishda, ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etish;
qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, iqtidorli qobiliyatli qizlar zaxirasi bilan tizimli ish olib borilishini tashkil etish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish;
tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan qizlardan kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yish;
xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati shaffofligini ta’minlash, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
xotin-qizlar va ularning oila a’zolari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarda xotin-qizlar qo‘mitalari bilan fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish ishlarini tashkil etish;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, turli loyihalar amalga oshirilishi ko‘lamlarini kengaytirish;
b) og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga yordam berish sohasida:
joylardagi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan va yakka tartibda ish olib borilishini tashkil etish;
yordamga muhtoj bo‘lgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan va turar joy sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish;
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, ularning oilalari va bolalari uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam turlarini aniqlash va ular bilan ta’minlash, shaxslarning ushbu toifasining huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun davlat organlariga va tashkilotlarga murojaat qilishga ko‘maklashish;
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarning qizlarini o‘qitish maqsadida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning dam olishini hamda ularga zarur tibbiy va psixologik yordam berilishini tashkil etish;
oilaviy va shaxslararo nizolarning, o‘z joniga qasd qilishga hamda jamiyat va oilada ma’naviy-axloqiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarning barvaqt profilaktikasi bo‘yicha manzilli ishlar olib borish;
oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, keksa va hurmatga sazovor, jamiyatda katta obro‘ga ega bo‘lgan ayollar va fuqarolarni faol jalb etgan holda joylarda oilaviy ajralishlarning oldini olish ishlarini tashkil etish, namunaviy oilalarning hayot tarzini targ‘ib etish.
oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita mas’uliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bog‘liq targ‘ibot tadbirlari tizimini yo‘lga qo‘yish;
v) xotin-qizlarni ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta’minlash sohasida:
bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yo‘lga qo‘yish;
xotin-qizlarni, ayniqsa qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etishda, kredit resurslari va boshqa resurslarni jalb etishda davlat xizmatlaridan foydalanish;
xotin-qizlarning mehnat qilish huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini o‘rganish va tahlil qilish, mehnat munosabatlari sohasida, shu jumladan, homilador ayollarga va kichik yoshdagi bolalari bo‘lgan ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar berish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda ko‘maklashish, berilgan imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanishi masalalarini tartibga soluvchi, davlat ro‘yxatidan va boshqa tartibotlardan o‘tish, mehnat munosabatlariga kirishish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish;
g) jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi sohasida:
huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish;
xotin-qizlar orasida huquqiy tarbiya va huquqiy targ‘ibot, huquqiy madaniyatni oshirish ishlarini tashkil etish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini belgilash;
jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish bo‘yicha ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maxsus o‘quv-tarbiya muassasalaridan, ijtimoiy reabilitatsiya va xotin-qizlarni moslashtirish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirishni tashkil etish;
d) “yo‘l xaritalari”, konsepsiyalar, davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini monitoring qilish sohasida:
xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, dasturlar va “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlash mexanizmini joriy qilish;
mutasaddilik qiladigan tashkilotlar bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari bo‘yicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
“yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risida mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklarining hisobotlari, batafsil axborotlari va materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda ularni muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish;
“yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi samaradorligi yuzasidan taqdim etiladigan axborot va materiallarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish;
muayyan holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganish.
e) FHDY organlari bilan ishlash, oilani mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish, targ‘ibot va ma’rifat chora-tadbirlarini belgilash sohasida:
FHDY organlari faoliyati bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
qonuniylikni ta’minlashda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishda faol ishtirok etish, muntazam ravishda FHDY organlari faoliyatida qonun talablariga rioya etilishi monitoringini olib borish;
oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy ajralishlarning oldini olish yuzasidan olib boriladigan kompleks chora-tadbirlarda FHDY organlarining faol ishtirok etishini ta’minlash;
FHDY organlarini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatini tashkiliy-huquqiy jihatdan bosqichma-bosqich amalga oshirish, FHDY organlarini har tomonlama moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash;
FHDY organlari xodimlarini zamon talablari asosida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini muvofiqlashtirish.
8. Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Bosh vazir tomonidan aniq sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir va Bosh vazir o‘rinbosari huzurida ko‘rib chiqish uchun rejali masalalarning ko‘rib chiqilishini va tayyorlanishini ta’minlaydi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan bo‘yicha konsepsiyalar, dasturlar va “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida amalga himoya qilinishini ta’minlaydi;
ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga, hokimlar o‘rinbosarlari — Xotin-qizlar qo‘mitalari raislariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;
mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi;
ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu bilan joylarga chiqqan holda aniq holatlar yuzasidan tegishli choralar belgilashda jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining samarali ijrosini tashkil etadi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
o‘zining yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning o‘rinbosari uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar va hududlarda ishlarning holatini, ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga borib o‘rganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarining ekspertizasini, ishlab chiqilishini va kelishilishini amalga oshiradi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita Bosh vazir o‘rinbosariga berilgan topshiriqlari to‘g‘risida o‘z vaqtida axborot berilishini ta’minlaydi;
Bosh vazir o‘rinbosarining topshiriqlarini bajaradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
Bosh vazir o‘rinbosari uchun uning ma’ruzalari va nutqlari bo‘yicha materiallar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari ishtirokida zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Bosh vazir o‘rinbosari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi;
Bosh vazir o‘rinbosari huzurida yig‘ilishlar o‘tkazilishini tashkil qiladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa bo‘linmalari ishtirokida ushbu yig‘ilishlarda qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining kompleksliligi hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi;
o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar va o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir o‘rinbosari boshchilik qiladigan tegishli komissiyalar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolar va yuridik shaxslarning, shu jumladan elektron shaklda tushadigan murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.
Kotibiyat o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
9. Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘rganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazishni tashkil qilishda ishtirok etish;
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va yig‘ilishlar ishlarida, shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy va siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalar bilan ishlashda yakka tartibda yondashuvni takomillashtirish masalalari sohasida xalqaro loyihalarda qatnashish;
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining va Bosh vazir o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Kotibiyatning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Kotibiyat:
tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini tashkil qilish;
joylarda ishlarning real holatini muntazam o‘rganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqish;
o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligini nazarda tutib va ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘lagan holda puxta ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
11. Kotibiyatning tuzilmasiga:
Kotibiyat mudiri;
Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi;
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati samarali amalga oshirilishini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
FHDY organlarining samarali faoliyatini ta’minlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
inspektor kiradi.
Kotibiyat tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.
13. Kotibiyat mudiri, Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
14. Kotibiyat ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati to‘g‘risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudirining, Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudirining, Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyatning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish bo‘yicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Bosh vazir o‘rinbosarlari huzurida o‘tkazadigan yig‘ilishlarda hisobotlarni eshitish yo‘li bilan ta’minlanadi.
15. Kotibiyat mudiri:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining samarali ijrosini tashkil etish, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasining, Kotibiyatning ish rejalari, shuningdek, tegishli davrlar uchun shaxsiy ish rejalarda belgilangan masalalarni o‘rganish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, chuqur tanqidiy tahlillar asosida Bosh vazir o‘rinbosarning ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
Kotibiyatga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosariga yo‘llangan yozma topshiriqlari to‘g‘risida o‘z vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va uning rezolyutsiyasiga muvofiq ularning bajarilishini tashkil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining nomiga tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqnomalar (fishkalar)ning puxta ekspertizasini va tayyorlanishini amalga oshiradi, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosariga axborot beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Kotibiyat mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, xodimlarning kasbiy va ishchanlik darajasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari ko‘rish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Bosh vazir o‘rinbosariga kelishish uchun kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari uchun ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari boshqaradigan yig‘ilishlar va majlislarning tayyorlanishini va o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimi takomillashtirilishini, Kotibiyat xodimlari malakasini oshirish, kadrlarning amaliy zaxirasi tayyorlanishini va ularni moddiy rag‘batlantirishning samarali shakllari va usullari joriy etilishini ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritishni ta’minlaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
16. Kotibiyat mudiri vaqtinchalik bo‘lmaganda uning vazifasini Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi bajaradi.
17. Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tegishli topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini nazorat va tahlil qilishni ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosariga ularning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
Bosh vazir tomonidan aniq sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasining, Kotibiyatning ish rejalari, shuningdek tegishli davrlar uchun shaxsiy ish rejalarda belgilangan masalalarni o‘rganish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, chuqur tanqidiy tahlillar asosida Bosh vazir o‘rinbosarning ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;
Bosh vazirning o‘rinbosari boshqaradigan yig‘ilishlar va majlislarning tayyorlanishini va o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Bosh vazirning o‘rinbosari nomiga kelayotgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar to‘g‘risida axborot beradi va tushgan xat-xabarlar yuzasidan ijrochilarga belgilangan tartibda topshiriqlar yuboradi;
Bosh vazirning o‘rinbosari tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat rahbarlarining qabul qilinishini ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Bosh vazirning o‘rinbosari tomonidan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabul qilinishini tashkil etadi, Bosh vazir o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi;
Bosh vazir o‘rinbosarining topshiriqlarini ijrochilarga yetkazadi, Bosh vazir o‘rinbosari topshiriqlari va ko‘rsatmalarining bajarilishini nazorat qiladi.
18. Kotibiyatning bosh mutaxassisi:
o‘z funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida Kotibiyat mudiriga hamda belgilangan tartibda — Bosh vazir o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning o‘rinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari markaziy apparatlari tarkibiy bo‘linmalari ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar tomonidan istiqbolli vazifalarning samarali bajarilishida muvofiqlashtirilgan ishlarni ta’minlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yo‘li bilan mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida ularning mustaqilligini oshirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etishda ishtirok qiladi;
idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining aniq ko‘rsatkichlar va maqsadli yo‘nalishlarga erishishga, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda qatnashadi;
o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Kotibiyat mudiri bilan kelishgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Vazirlar Mahkamasining, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davrlar uchun shaxsiy ish rejalarda belgilangan masalalarni o‘rganish va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, tanqidiy tahlillar asosida Bosh vazir o‘rinbosari va kotibiyat mudirining ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritadi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlar va sohalardagi islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, tegishli masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Inspektor Kotibiyatda ish yuritishni ta’minlaydi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 09/19/174/2677-son)