ILOVA
SXEMASI
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bosqichlar |
Ijrochilar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
1. QP tomonidan qabul qilingan va Senat tomonidan maʼqullangan qonunni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash va eʼlon qilish uchun yuborish |
OM Senati, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa — OM QP |
1. Qonun PDga tegishli kuzatuv xati bilan yuboriladi. Xatga Qonunchilik Palatasi va Senatning qarori; axborot-tahliliy materiallari ilova qilinadi. 2. Taqdim etilgan qonun QP Spikeri va Senat Raisi tomonidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa QP Spikeri tomonidan imzolangan boʻlishi lozim |
Oʻn kun davomida |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
2. Qonunning ekspert jihatdan ishlanishi |
PD Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati va boshqa xizmatlari |
Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati, qonun bilan tartibga solingan masalalar mazmunidan kelib chiqib, qonunni ekspert jihatdan ishlash uchun tegishli xizmatlarga yoki Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati huzuridagi Maslahat kengashi muhokamasiga kiritishi mumkin. |
PDga qonun kiritilgandan keyin oʻttiz kun davomida |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
3. Qonunni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish |
PD Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati |
1. PD Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati qonunni huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi. 2. Huquqiy ekspertiza natijasi boʻyicha qonunni imzolash mumkinligi yoki uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining eʼtirozlari bilan qaytarish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlanadi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
4. Qonunni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun kiritish |
PDning Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati |
Qonun PD Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
5. Qonunni roʻyxatga olish va tarqatish |
PD Umumiy boʻlimi |
Imzolangan qonunga raqam, sana va imzolangan joy qoʻyiladi. Qonunning tarqatiladigan nusxalari PD Umumiy boʻlimining muhri bilan tasdiqlanadi. Imzolangan qonunning asli barcha imzolar va maʼlumot materiallari bilan birga PD Umumiy boʻlimida saqlanishi lozim. Qonun tarqatish reyestriga kiritilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuboriladi. |
Qonun imzolangan kun |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
6. Qonunni chop etish va eʼlon qilish |
PD Umumiy boʻlimi |
Imzolangan qonun: PD Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga — normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalarda eʼlon qilinishi va ularning tizimlashtirilgan hisobi yuritilishini tashkil etish uchun; Oliy Majlis palatalariga — “Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi”da eʼlon qilish uchun; “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatiga — eʼlon qilish uchun; Adliya vazirligiga — “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”da, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilish, shuningdek ularning tizimlashtirilgan hisobi va nazorat nusxalarini yuritish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yetkazish uchun; PD OAV, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmatiga — OAVda qonunni imzolangani haqidagi axborotni eʼlon qilish uchun; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatiga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-resursida eʼlon qilish uchun yuboriladi. |
Qonun imzolangan kun |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
7. Qonunni ijrochilarga yetkazishni tashkil qilish |
PD Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati |
Yuboriladi: Adliya vazirligiga — axborot-tahliliy materiallarni elektron shaklda qonunni ijrochilarga yetkazish choralarini amalga oshirish uchun; tegishli tashkilotlarga — qonun matnining elektron shaklini normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalarda eʼlon qilish uchun; OʻzR. Prezidentining Matbuot xizmatiga — qonun matnining elektron shaklini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-resursida eʼlon qilish uchun. |
Qonun imzolangan kun |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
8. Qonun ijrosini tashkil etish va taʼminlash |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi |
Qonun ijrosini tashkil etish va taʼminlash chora-tadbirlari nazorat rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. |
Boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, qonun imzolangan kundan eʼtiboran ikki hafta muddatda |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
”; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
SXEMASI
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bosqichlar |
Ijrochilar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
1. Loyihani PDga koʻrib chiqish uchun kiritish |
Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar oliy kengashi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Adliya vazirligi, IIV, DXX, Bosh prokuratura, Mudofaa vazirligi, FVV, TIV, Hisob palatasi, LBMA, zarur hollarda — boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari |
1. Loyihalar qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki PD xizmatlari rahbarlarining topshirigʻiga koʻra, shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi. 2. Manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan loyihalar PDga kiritiladi. 3. Kuzatuv xati loyihani kiritayotgan organ rahbari tomonidan PD tegishli xizmatini koʻrsatgan holda imzolanadi. |
Belgilangan muddatlarda |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
2. Loyihani koʻrib chiqish uchun masʼul boʻlgan PD xizmatini aniqlash |
PD Umumiy boʻlimi |
PD xizmatlari faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq loyihani ishlab chiqish uchun masʼul xizmatni aniqlash. |
Loyiha PDga kiritilgan kunda |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
3. Loyihani koʻrib chiqish |
PD masʼul xizmati |
1. Loyihani ekspert jihatdan koʻrib chiqish, zarur hollarda uni qayta ishlash. 2. Agar loyihada PD boshqa xizmatlari yurituviga kiruvchi normalar mavjud boʻlsa, loyiha PD koʻrsatilgan xizmatlariga kelishish uchun yuboriladi, ular loyihani koʻrib chiqadi va imzolaydi yoki u boʻyicha oʻz eʼtirozlari va takliflarini beradi. 3. Loyihaning huquqiy ekspertizasi PD Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tomonidan amalga oshiriladi. |
Loyiha PDga kiritilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida (sh. j. kelishish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish — 3 kunlik muddatda) |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
4. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritish |
PD Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati |
1. Uzil-kesil koʻrib chiqilgan loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi. 2. Loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq boʻlmagan yoki uni jiddiy qayta ishlash talab etiladigan holatda loyiha PD tegishli xizmati tomonidan qayta ishlanadi yoki tegishli xulosa bilan loyihani kiritgan organga qaytariladi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
PD masʼul xizmati — PD Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
5. Hujjatni roʻyxatdan oʻtkazish va tarqatish |
PD Umumiy boʻlimi |
1. Imzolangan hujjatga raqam, sana va imzolash joyi qoʻyiladi. Hujjatning tarqatiladigan nusxalari PD Umumiy boʻlimining muhri bilan, davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan nusxalar esa PD Rejim boʻyicha xizmatining muhri bilan tasdiqlanadi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati tarqatish reyestriga kiritilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuboriladi. |
1. Imzolangan kun. 2. Ijrochilarga yetkazish — bir kunlik muddatda, shoshilinchlarini esa — zudlik bilan |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
6. Hujjatni eʼlon qilishni tashkil etish |
PD masʼul xizmati, PD Umumiy boʻlimi |
1. Loyihani koʻrib chiqishga masʼul ijrochi PD tegishli xizmati rahbari bilan kelishgan holda hujjatni, shuningdek unga sharhlarni matbuotda eʼlon qilish zaruriyatini belgilaydi. 2. Roʻyxatdan oʻtkazilgan hujjatning nusxasi Umumiy boʻlim tomonidan quyidagilarga yuboriladi: PD Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga — normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalarda chop etishni tashkil etish hamda ularning tizimli hisobini yuritish uchun; Oliy Majlis palatalariga — “OʻzR Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi”da eʼlon qilish uchun (zarurat boʻlganda); Adliya vazirligiga — “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining toʻplami” va Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilish uchun (zarurat boʻlganda), shuningdek ularning tizimli hisobini va nazorat nusxalarini yuritish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yetkazish uchun; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatiga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-resursida eʼlon qilish uchun (zarurat boʻlganda. |
Hujjat imzolangan kun |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
7. Hujjatni ijrochilarga yetkazishni tashkil etish |
PD Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati |
1. Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati uni quyidagilarga yuborilishini taʼminlaydi: tegishli tashkilotlarga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining elektron shaklini rasmiy eʼlon qilish uchun (zarurat boʻlganda); Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatiga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining elektron shaklini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-resursida eʼlon qilish uchun (zarurat boʻlganda). 2. PD Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati, shuningdek uning axborot-tahlil materiallarining elektron shakllarini hujjatni ijrochilar va aholiga yetkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Adliya vazirligiga yuboradi. |
Hujjat imzolangandan keyingi kundan kechiktirmasdan |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
”. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||