26.02.2019 yildagi 170-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berishni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq, shuningdek, davlat uy-joy fondidagi turar joylar berishning normativ-huquqiy bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar davlat uy-joy fondidagi turar joylarni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olishni yoʻlga qoʻysin hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirib, ularni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 26-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash hamda taqdim etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy — fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan, belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat uy-joy fondi — munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondlaridan iborat uy-joy fondi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
munitsipal uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joy fondi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy uy-joy fondi — davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining toʻla xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan uy-joy fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat turar joylari — xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, oʻz mehnat munosabatlari xususiyatiga koʻra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak boʻlgan fuqarolar koʻchib kirishiga moʻljallangan turar joylar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish mahalliy davlat hokimiyati organlari va idoraviy uy-joy fondi boʻlgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda Tashkilotlar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning birinchi xatboshisidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyat organlari hamda tashkilotlarda sogʻliqni saqlash organi, davlat kadastr xizmati, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va murojaat qilgan fuqaroning yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining vakillaridan iborat tarkibda turar joy masalalari boʻyicha komissiya tuziladi. Komissiyaning tarkibi va ish tartibi mahalliy davlat hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turar joylar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki boʻlgan yotoqxonalardagi, uy-joylardagi hamda koʻp kvartirali uylardagi boʻsh turgan kvartiralardan beriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan fuqarolarga xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori bilan boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat uy-joy fondi mulkdori yoki uning vakolatli organi fuqarolar tomonidan turar joylardan va uy atrofidagi yerlardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi, belgilangan tartibda olingan order asosida ijaraga oluvchilar bilan mulkdor nomidan turar joyni ijaraga olish shartnomalarini tuzadi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish ushbu Nizomning 1 va 1a-ilovalaridagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Turar joy maydonining normasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga oʻn olti kvadrat metrdan kam boʻlmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun esa — yigirma uch kvadrat metrdan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslarni bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizomning 12-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, shuningdek, bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga koʻra qoʻshimcha maydon zarur boʻlgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan roʻyxat boʻyicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga koʻra qoʻshimcha maydon zarur boʻlgan fuqarolarga bunday maydon miqdori koʻpaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) turar joy maydoniga ega boʻlmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yertoʻlalar)da yashovchi fuqarolar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har bir oila aʼzosi oʻn olti kvadrat metrdan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun — yigirma uch kvadrat metrdan kam boʻlgan turar joy bilan taʼminlanganlar;
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va xizmat xonalarida yashovchilar, bundan mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar shuningdek, oʻqishlari sababli yotoqxonalarga koʻchib oʻtgan fuqarolar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qarindoshlik aloqalari boʻlmagan ikki va undan koʻp oila boʻlib bir kvartirada yashovchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) alohida kvartirada yashashga muhtoj boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir shakllariga chalinganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida uch yil yashayotgan va roʻyxatda turgan fuqarolar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tegishli aholi punktida doimiy yashashidan qatʼiy nazar quyidagilar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar sifatida hisobga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) dala sharoitlarida kamida yigirma yil ishlagan va shu tufayli doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan geologiya-qidiruv tashkilotlari va topografiya-geodeziya xizmatlari xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan muddatda, ammo boshqa aholi punktlarida yashaydigan, agar ular yashash joyi boʻyicha ish joyi joylashgan aholi punktida amalda boʻlgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar hisobiga qoʻyish shartlariga javob bergan taqdirda, shu aholi punktida joylashgan tashkilotlarda uzluksiz ishlagan xodimlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalminal jangchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shartnoma boʻyicha harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqan harbiy xizmatchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi ogʻir turdagi surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
disforiya, shaxsiyatining oʻzgarishi va aqli zaiflik bilan kechadigan epilepsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez-tez takrorlanishi oqibatida muvozanatdan chiqaruvchi affektiv va vasvasa sindromi bilan kechadigan surunkali psixozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
surunkali shizofreniya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aqliy nuqson (demensiya) bilan kechadigan bosh miyaning organik kasalliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy oʻzgarishlar bilan kechadigan bosh miya qon-tomir kasalliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiyatning oʻzgarishi oqibatida I va II guruh nogironligiga chalingan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axlatli va siydikli oqmalar, shuningdek axlat va siydikni tuta olmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp miqdorda suyuqlik ajratuvchi xavfli oʻsmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp miqdorda suyuqlik ajralishi bilan kechadigan teri toshmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oyoq gangrenasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻpka va boshqa aʼzolar silining sil mikrobakteriyalarini ajratayotganligi takroriy laborator tekshiruv natijasida tasdiqlangan faol (yuqumli) turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moxov kasalligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) koʻp bolali oilalar;
(12-banding “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) chin yetim bolalarni vasiylikka olgan oilalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) uch nafar va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ishlamaydigan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
(12-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) keksayib qolgan yolgʻiz pensionerlar — yolgʻiz yashaydigan keksalar, voyaga yetmagan bolalar yoxud qamoqda va jazoni oʻtash muassasalarida, uzoq muddat davolanishda boʻlgan shaxslar bilan birga yashaydigan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan pensiya yoshidagi shaxslar (60 yoshga yetgan erkaklar, 55 yoshga yetgan ayollar);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib qolgan 18 yoshgacha yoki bolalikdan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxsi boʻlib qolgan bolalari boʻlgan oilalar.
(12-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni yashab turgan joylari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining hisobga olish va turar joylarni taqsimlash boʻlimlari tomonidan, bunday boʻlimlar boʻlmaganda, ushbu vazifa yuklatilgan masʼul mansabdor shaxslar tomonidan, ish joyi boʻyicha esa, tashkilotlar kasaba uyushmasi bilan kelishilib tayinlangan mansabdor shaxslar tomonidan hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashkilotlarda ishlayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish ularning ish joyida yoki istagiga koʻra yashash joyida fuqaro tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimi nomiga (idoraviy uy-joy fondida mazkur tashkilotning rahbari nomiga) ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelib tushgan ariza fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga olish toʻgʻrisidagi arizalarini roʻyxatga olish kitobiga qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Fuqarolarni hisobga qoʻyish uchun uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqaro yoki notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega boʻlgan uning vakili tomonidan ariza topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Fuqarolarni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga qoʻyish haqidagi arizasi va zarur boʻlgan hujjatlar joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlarning tegishli komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ariza beruvchining turar joy sharoitlarini koʻrib chiqqandan keyin tegishli dalolatnoma tuzadi hamda hisobga qoʻyish yoki rad etish haqida taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni yashash joyida hisobga qoʻyish yoki rad etish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, ish joyida esa — tashkilot maʼmuriyatining qarori (buyrugʻi) bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizalar ular kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun mobaynida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritilgan fuqaro bu haqda uni hisobga qoʻygan mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlarning tegishli komissiyasi tomonidan ikki ish kuni mobaynida yozma ravishda xabardor etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritish rad etilgan fuqarolar xuddi shu tartibda, rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda xabardor etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojligi toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganligi, boshqa fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlari buzilganligi va uy-joyni taqdim etish boʻyicha masalani hal etishda mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari aniqlanganligi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritishni rad etishga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritish rad etilganligidan norozi boʻlgan taqdirda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlarning yuqori turuvchi organlariga, shuningdek, sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Hisobga kiritilgan shaxslar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish kitobiga qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sharoitlarini yaxshilash kitobi qatʼiy hisobdagi hujjat sifatida saqlanadi. Bunda tuzatishlar, oʻchirib yozishlar yoki toʻgʻrilashlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning ushbu kitobga kiritilgan har bir arizasi boʻyicha alohida ish yuritilib, unda zarur hujjatlar saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritilgan fuqarolarning roʻyxatiga bir yilda kamida bir marotaba aniqlik kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Hisobda turgan fuqaro vafot etgan yoki boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan hollarda, uning oʻrniga, agar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar sifatida tan olish uchun asoslar yoʻqolmagan boʻlsa, toʻgʻridan-toʻgʻri oila aʼzolaridan biri qabul qiladi. Bunda oila aʼzosi oʻzining ish joyi boʻyicha uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxs sifatida faqat agar u ushbu tashkilotda ishlagan taqdirdagina kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobda turgan fuqaro ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan taqdirda esa, uning oila aʼzosi ushbu idorada ishlash yoki ishlamasligidan qatʼiy nazar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tashkilotlarning uy joylarni yaxshilashga muhtojlar boʻlgan fuqarolarni hisobiga qoʻyish kitobida navbatda turgan fuqarolar, quyidagi hollarda yangi ish joyi boʻyicha hisobga kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuqori turuvchi tashkilotning qarori bilan mazkur shaxs boshqa ishga oʻtkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tashkilot qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Fuqarolar quyidagi hollarda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobidan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻz mablagʻlari hisobidan turar joyda yashash sharoitini yaxshilovchi oʻzgartirishlar qilish, uy-joyni rekonstruksiya qilish, kengaytirish ishlarini amalga oshirish yoʻli bilan uy-joy sharoitlarining yaxshilanishi va shu munosabat bilan hisobda turish uchun asoslarning yoʻqolishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun koʻchib ketishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻzi ishlayotgan tashkilot bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) fuqaro tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojligi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlarning taqdim etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Fuqarolarni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobidan chiqarish hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va bu haqda fuqaro yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat uy-joy fondidagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha boʻlmaganida, turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning turar joyi vaqtincha boʻlmaganida quyidagi hollarda olti oydan ortiq muddatga saqlanib turadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) harbiy xizmatga chaqirilganda — chaqiruv boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirilganda — kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ish sharoitlari va xususiyati boʻyicha (kema ekipaji, geologiya, qidiruv xizmatlari, ekspeditsiyalarining xodimlari va boshqalar), chet elda xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishi munosabati bilan (talabalar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va boshqalar) doimiy yashash joyidan vaqtincha joʻnab ketilganda — ushbu ishni bajarish, xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishning butun davri mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bolalar tarbiyalash uchun bolalar muassasasiga, qarindoshlarga yoki homiylarga, vasiylarga topshirilganda — ular ushbu muassasada, qarindoshlar yoki homiylar, vasiylar qaramogʻida boʻladigan butun davr mobaynida, agar bolalar chiqib ketgan turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar bolalar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, ushbu xona bolalarning muassasada boʻlish muddati tugaguncha yoki qarindoshlar yoxud homiylar, vasiylar qaramogʻidan qaytib kelgan bolalar voyaga yetguncha, shuningdek, tegishli hollarda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida oʻqish tugaguncha yoxud mamlakat Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat muddati tamom boʻlguncha, ushbu turar joy ijara shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga berib turilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) homiy, vasiy vazifasini bajarish munosabati bilan joʻnab ketilganda — ushbu vazifalarni bajarishning butun davri mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) davolanish uchun davolash-profilaktika muassasalariga joʻnab ketilganda — davolanishda boʻlgan butun davr mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) qamoqqa olinganda yoki ushbu turar joyda yashash imkoniyatini istisno etuvchi ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa jazo chorasiga mahkum etilganda — qamoqda boʻlishning yoki jazoni oʻtashning butun davri mobaynida, agar turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar koʻrsatilgan fuqarolar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, bunday fuqarolar qamoqdan ozod boʻlguncha yoki jazoni oʻtab kelguncha boʻlgan muddatga ushbu xona ijara shartnomasi asosida boshqa shaxslarga berib turilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha boʻlmaganida shaxsning turar joydan foydalanish huquqi ushbu bandning ikkinchi xatboshi “a” — “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan muddatlar tugagan kundan boshlab olti oy mobaynida saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar uzrli sabablarga koʻra turar joyda olti oydan ortiq muddat boʻlmasa, bu muddat shaxslarning arizasiga binoan ijaraga beruvchi tomonidan, nizoli hollarda esa, sud tomonidan uzaytirib berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Fuqarolarga uy-joyni taqdim etish navbati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turgan fuqarolarga uy-joylarni hisobga qoʻyish vaqti va ushbu aholi punktida foydalanishga topshirilayotgan va boʻshayotgan uy-joylarning maydonidan kelib chiqqan holda, roʻyxatda belgilangan navbat tartibida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyni taqdim etish navbatini belgilashda fuqarolarning hisobga qoʻyilish vaqti asosiy mezon hisoblansa, fuqarolarning teng sharoitlarida esa — ularning uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi va ushbu idoradagi ish staji hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joy yashash uchun yaroqli holatga keltirilganidan soʻng ikki ish kuni mobaynida aholi punktida foydalanishga topshirilayotgan va boʻshayotgan uy-joylarning maydonidan kelib chiqqan holda roʻyxatda belgilangan navbat tartibida davlat uy-joy fondidagi turar joyni taqdim etish toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarning qarori (buyruq) qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Fuqarolarga uy-joyni taqdim etish navbati quyidagilar uchun qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yashash joyi boʻyicha hisobga qoʻyilgan fuqarolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ish joyi boʻyicha hisobga kiritilgan fuqarolar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Navbatdan tashqari uy-joy quyidagilar uchun beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uy-joyi tabiiy ofat oqibatida yashash uchun yaroqsiz holga kelgan fuqarolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat bolalar muassasalaridan, qarindoshlaridan, vasiylardan qaytgan fuqarolar, agar qonun boʻyicha ilgari egallab turgan uy-joy uchun huquqi saqlanib qolingan boʻlsa, biroq ushbu uy-joyga koʻchib kirish imkoni boʻlmasa. Ushbu hollarda bolalar joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan uy-joylar bilan taʼminlanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) noqonuniy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik reabilitatsiya etilgan fuqarolar, agar ular avval egallab turgan uy-joyini qaytarib olish imkoniga ega boʻlmasa. Reabilitatsiya qilingan fuqarolar sud hukmi ijro etilgunga qadar yashagan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan uy-joy bilan taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) boshqa aholi punktlaridan oʻtkazilgan yoki taklif qilingan rahbarlar va mutaxassislar, shuningdek lavozimga saylangan shaxslar, agar bu boshqa joyga koʻchib oʻtish bilan bogʻliq boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Uy-joylarni taqsimlash va taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Foydalanishga topshirilgan, yashash uchun yaroqli boʻlgan va ijaraga oluvchilarning chiqib ketishi munosabati bilan boʻshagan davlat uy-joy fondidagi turar joylarning hisobi tegishliligi boʻyicha turar joylarni balansda saqlovchi tashkilot tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda boʻsh turgan munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uy-joylar roʻyxati har chorakda respublika, viloyat, tuman va shahar davriy nashrlarida hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari veb-saytlarida joylashtiriladi. Mazkur maʼlumotlar mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan hududiyligi boʻyicha tegishli tuman (shahar)da joylashgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Uy-joy fondiga ega boʻlgan tashkilotlar ularning kasaba uyushmasi bilan birgalikda uy-joylarni taqsimlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Fuqarolarga yashash uchun taqdim etiladigan uy-joy belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi va texnik talablarga javob berishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni boʻshagan uy-joy sifatida avariya holatidagi va nuragan uylar, yertoʻlalar, barak va yashash uchun mos boʻlmagan boshqa binolarga, shuningdek buzish, kapital taʼmirlash yoki noturar uylar toifasiga kiritilishi lozim boʻlgan turar joylarga joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Turar joylarni taqdim etishda er va xotindan tashqari bitta xonaga yoki bir xonali kvartiraga turli jinsdagi shaxslarni joylashtirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslar, qariyalar, yurak-qon tomir va boshqa ogʻir kasalliklar bilan xastalangan fuqarolarga turar joy ularning istagiga koʻra koʻp qavatli uylarning birinchi qavatidan yoki lift bilan jihozlangan uylardagi kvartira beriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etiladigan uy-joyning oʻlchamini belgilashda, oilada homilador ayolning borligi eʼtiborga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Agar ikki va undan ortiq ijaraga oluvchilar yashayotgan kvartirada boshqa yashash xonasidan ajratilmagan va unga qoʻshni boʻlgan xona boʻshagan taqdirda, ushbu xona qoʻshni xonaning ijaraga oluvchisiga berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kvartirada alohida ajratilgan xona boʻshagan taqdirda, u belgilangan norma boʻyicha yashash maydoni bilan taʼminlanmagan ijaraga oluvchiga taqdim etiladi. Agar kvartirada belgilangan norma boʻyicha yashash maydoni bilan taʼminlanmagan bir nechta ijaraga oluvchi mavjud boʻlsa, oilasi uy-joy sharoitini yaxshilashga koʻproq muhtoj boʻlgan fuqaro ushbu boʻshagan xonani olishda ustunlik huquqiga ega boʻladi. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar boʻlmagan taqdirda, boʻshagan alohida xona umumiy tartibda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Turar joyga joylashish uchun order berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Davlat uy-joy fondiga qarashli turar joyni taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror (buyruq)ga asosan mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan fuqaroga mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan namunadagi order beriladi va u taqdim etilgan turar joyga kirish uchun yagona asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organining davlat uy-joy fondidan turar joy ajratish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab uch ishi kuni mobaynida turar joy orderi fuqaroga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy uy-joy fondiga qarashli turar joyni taqdim etish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilinganidan soʻng ikki ishi kuni mobaynida uning nusxasi uni qabul qilgan tashkilot tomonidan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga yuboriladi. Bunda order buyruq nusxasi kelib tushgan vaqtdan eʼtiboran uch ish kunida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan turar joy ajratilishi nazarda tutilgan fuqaroga taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xizmat turar joylariga berilgan orderga “xizmat turar joyi”, aniq maqsadli kommunal turar joylariga berilgan orderga “aniq maqsadli kommunal turar joyi” degan qayd kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Order qatʼiy hisobdagi hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Order faqat alohida boʻsh turgan turar joy uchungina berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Orderga turar joy taqdim etilgan fuqaro va uning oila aʼzolarining familiyasi, ismi va sharifi yoziladi, ularning tugʻilgan yili va qarindoshlik aloqasi koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotlar barcha oila aʼzolarining orderga kiritilishi lozim boʻlgan pasportlari, tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari taqdim etilgan taqdirdagina yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Turar joy uchun orderning berilishi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan quyidagi hollarda toʻxtalishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) fuqarolar oldin egallagan turar joyni ijara shartnomasida koʻzda tutilgan shartlarni bajarmaganligi uchun topshirsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) turar joy taqdim etilayotgan oila aʼzolarining haqiqiy tarkibi taqdim etilgan maʼlumotlarga toʻgʻri kelmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu fuqaroga turar joyni taqdim etish toʻgʻrisidagi masalaning hal etilishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, biroq avval tashkilot yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga maʼlum boʻlmagan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Fuqaro va uning oila aʼzolari order berilgan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida turar joyga koʻchib kirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Order rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn kun muddat ichida orderni olgan shaxs bilan ushbu turar joyning balansda saqlovchi tashkilot yoki uning vakolatli organi oʻrtasida mazkur uy-joyning ijara shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Turar joy uchun berilgan order fuqarolarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojligi toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etgan, orderda koʻrsatilgan turar joyga boʻlgan boshqa fuqaro yoki tashkilotlarning huquqlari buzilgan, turar joyni taqdim etish boʻyicha masalani hal etishda mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek, turar joylarni taqdim etishning tartib va shartlari buzilgan boshqa holatlarda sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orderni haqiqiy emas deb topilishi toʻgʻrisidagi talab orderning berilgan kunidan boshlab uch yil davomida qoʻyilishi mumkin. Bunday talab agar order uni olgan shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida olingan boʻlsa, order berilgan kundan boshlab 3 yildan soʻng ham qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Order quyidagilarga berilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ijaraga oluvchini oʻzaro kelishuv boʻyicha almashtirgan oila aʼzolariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bitta kvartirada yashayotgan alohida ijaraga oluvchilarning bitta oilaga birlashgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ijaraga oluvchi yangi doimiy yashash joyiga koʻchib ketgan taqdirda ushbu ijaraga oluvchining oila aʼzolariga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Turar joylarni almashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Bir yoki bir necha xonadan iborat turar joy turar joyni almashtirish predmeti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Turar joylarni almashtirish uning ishtirokchilari soni cheklanmagan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni oʻzaro oʻtkazish tarzida mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar qaroriga (buyruq) binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turar joylarda, shu jumladan turli aholi punktlarida joylashgan turar joylarda yashayotgan fuqarolar oʻrtasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy uy-joy fondidagi turar joylarni faqat balansda saqlovchi tashkilotning roziligi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Almashtirishga rozilik berilmaganligi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyning ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyni faqat shu uy-joy fondining turar joyida yashovchi ijaraga oluvchi bilan almashtirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondidagi turar joylarini almashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar turar joylar turli aholi punktlarida boʻlsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan hududdagi (almashtirish ishtirokchilarining xohishiga koʻra) mahalliy davlat hokimiyati organlarida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Turar joylarni almashtirish istagida boʻlgan fuqarolar tegishli tuman (shahar) hokimi (idoraviy uy-joy fondida mazkur tashkilotning rahbari) nomiga belgilangan shaklda ariza topshiradilar. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joyga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjat yoki turar joy orderi;
Oldingi tahrirga qarang.
(45-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy uy-joy fondining uyidagi turar joyni almashtirishda — shu fond egasining turar joyni almashtirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning barcha voyaga yetgan, shu jumladan vaqtincha boʻlmagan aʼzolarining, davlat uy-joy fondi uylarida esa, ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning yozma roziligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishidagi turar joy almashtirilayotganida homiylik va vasiylik organining roziligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab qabul qilingan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma turar joylarni almashtirish rasmiylashtirilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan almashtiruv hujjatlari (orderlari) olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar fuqarolar bir oilaga birlashish maqsadida almashtirish natijasida bir kvartirada xonalarni olsalar, ularga bitta order beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orderlar turar joylarni almashtirishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan yoxud ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxslar tomonidan bir vaqtda olinishi lozim, majburiy almashtirilayotgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni munitsipal yoki idoraviy uy-joy fondidagi turar joylarga almashtirish almashtiruv hujjati (orderi) va turar joylarni almashtirish shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Almashtirish shartnomasida almashtirilayotgan turar joyning tavsifi (manzili, umumiy va yashash maydoni, xonalar soni, inventarizatsiya qiymati), turar joyga mulk huquqining vujudga kelish asoslari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondidagi turar joyni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma almashtirish rasmiylashtirilayotgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlash va almashtiruv orderini (orderlarini) berish bir vaqtda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarning almashtirilishini rasmiylashtirish hujjatlar berilgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Turar joyni qayta rejalashtirish, buzib qaytadan qurish va mukammal taʼmirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Turar joyni va yordamchi xonalarni buzib qaytadan qurish hamda qayta rejalashtirish kvartirani yanada obod qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkin va bu ishga ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari, davlat uy-joy fondini balansda saqlovchi tashkilot va tegishli mahalliy davlat hokimiyat organlarining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ijaraga oluvchi egallab turgan turar joyni mukammal taʼmirlash zarur boʻlgan taqdirda, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini taʼmirlash davrida ijaraga beruvchi tomonidan beriladigan boshqa turar joyga koʻchishini talab qilishga haqlidir. Bunda turar joyni ijaraga olish shartnomasi bekor qilinmaydi, lekin ijaraga oluvchi unga taʼmirlash davriga berilgan turar joy uchungina saqlash, tuzatish va foydalanish uchun haqini toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼmirlash tugallangandan keyin ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga u ilgari egallab kelgan turar joyni berishni rad etgan taqdirda ijaraga oluvchi ushbu masala boʻyicha sudga murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Davlat uy-joy fondidagi xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq oʻz mehnat majburiyatlarining turiga koʻra ish joyida yoki xizmat binosida yashash zarur boʻlgan fuqarolarga ijara haqini toʻlash majburiyati yuklatilmagan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Xizmat uy-joylari tashkilot maʼmuriyatining qaroriga asosan mazkur idora tomonidan yoxud ish beruvchining iltimosnomasi bilan joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladi. Iltimosnomaga mehnat shartnomasining ishga qabul qilish haqidagi buyruq nusxasi va ushbu uy-joyning huquqiy tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori asosida ijara shartnomasi boʻyicha taqdim etilgan xizmat uy-joyiga kiritish uchun yagona asos boʻlgan order beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Xodimga ish sharoitlari munosabati bilan mehnat shartnomasi boʻyicha xizmat yuzasidan beriladigan turar joydan foydalanish huquqi mehnat shartnomasi bekor qilinishi bilan bir vaqtda bekor boʻladi. Bunda, xizmat turar joyidan foydalanuvchi xodimning ish beruvchisi mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida balansda saqlovchiga xabarnoma taqdim qiladi. Shunga asosan, mazkur uy-joy xodim tomonidan uzogʻi bilan bir oy ichida boʻshatib qoʻyilishi lozim. Balansda saqlovchi tomonidan uy-joyni boʻshatib qoʻyish haqida qisqartirilgan muddat koʻrsatilishi mumkin, lekin yetti kundan kam boʻlmasligi lozim. Mazkur qoida davlat uy-joy fondlarining barcha shakllariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Xodim oʻzi egallab turgan turar joyni boʻshatishni rad etgan taqdirda, oʻzi bilan birga yashovchi barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy berilmasdan sud tartibida koʻchirib yuboriladi, mazkur Nizomning 55-bandi birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Boshqa turar joy berilgan holda, xizmat turar joylaridan quyidagilar koʻchiriladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
(54-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalminal jangchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) harbiy xizmatni oʻtayotganida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan harbiy xizmatchilarning oilalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) nogironligi boʻlgan farzandlari boʻlgan oilalar;
(54-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida oʻn yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) egallab turgan lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan boʻlib, lavozimidan boʻshagan, lekin turar joyni bergan idora bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) oʻzi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila aʼzolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolgʻiz shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarga mazkur Nizomning 32-bandida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida boʻlgan turar joy beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Xizmat uy-joylarining xizmat toifasidan chiqarilishi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar xizmat uy-joyiga boʻlgan zarurat yoʻqolgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmat uy-joyi belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xizmat uy-joyi biriktirilgan tashkilot tugatilgan boʻlsa va ushbu tashkilotning huquqiy vorisi boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Mazkur Nizomda belgilangan tartibdan kelib chiqib tashkilotlar tomonidan turar joylarni taqsimlash hamda taqdim etish tartibi belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Mazkur nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOIFALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Toifalarning nomlanishi

1.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining muassasalari (nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, yolgʻiz keksalar uchun internat-uylar)ning bugʻ qozon qurilmalari operatorlari

2.

Nasos stansiyalari, yirik gidrouzellar va toʻgʻonlarga xizmat koʻrsatuvchi navbatchi texniklar, mashinistlar, elektr texniklar

3.

Kommunal xizmat koʻrsatishning suv oqizish-kanalizatsiya va gaz xoʻjaligi avariya-dispetcherlik xizmatlari ustalari, chilangarlari

4.

Yoʻl oraliqlari ustalari, tuzatuvchilari

5.

Gazdan taʼminoti korxonalari xodimlari

6.

Suv xoʻjaligining foydalanish uchastkalari boshliqlari, gidroinshootlarning tartibga soluvchilari va gidropostlarning kuzatuvchilari, uchastka gidrotexniklari va gidrooʻlchovchilari

7.

Kabelli (radiorele) kuchaytirish punktlariga xizmat koʻrsatuvchi navbatchi texniklar, radio va televizion stansiyalarga, shuningdek, qishloq joylardagi maxsus obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi elektr mexaniklar

8.

Elektr tarmoqlari va yordamchi stansiyalarning navbatchi muhandislari, kabelli taqsimlash tarmoqlarining navbatchi muhandislari va texniklari

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qishloq joylardagi davolash-profilaktika muassasalarining uchastka vrach-terapevtlari, pediatrlari;

“Nogironligi boʻlgan shaxslar va qariyalar uylarining hamda aqlan zaif bolalar uchun nogironligi boʻlgan bolalar uylarining direktorlari, vrach, (feldsher)lari, katta tibbiyot hamshiralari, shuningdek, ushbu bolalar uylarining tarbiyachilari, sanatoriylar va dam olish uylarining bosh vrachlari, vrach (feldsher)lari, xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanuvchi hamshiralari.

10.

Oilaviy bolalar uyining tarbiyalash uchun ularga berilgan bolalar bilan birga yashovchi ota-ona tarbiyachilari

11.

Oʻrmon, qoʻriqxona, zakaznik (daxlsiz oʻrmon qoʻriqxonasi), ovchilik xoʻjaliklarining direktorlari, oʻrmon xoʻjaligi xodimlari, oʻrmon kesuvchilari, yollangan ovchilari

12.

Boshqa joylardan vaqtinchalik taklif etilgan oliy toifali trenerlar va sport ustalari

13.

Harbiylashtirilgan qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kazarma — uy-joy fondiga hamda kommunal inshootlarga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq ishchi va xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining ofitserlar tarkibidagi shaxslar va belgilangan muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilari

15.

Ichki ishlar organlarining xodimlari

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va tuman, shahar hamda harbiy sudlarning sudyalari

17.

Prokuratura organlarining xodimlari

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari devonlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari apparatlarining boshqa hududlardan ishga taklif etilgan masʼul xodimlari

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, Toshkent shahrida turar joyga ega boʻlmagan Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning oʻrinbosari

20.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning oʻrinbosari

21.

Qishloq joylardagi aloqa boʻlimlarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari

22.

Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham mazkur Nizom qoidalari tatbiq etiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom talablari maxsus uylarga (yotoqxonalar, vaqtinchalik yashash uchun beriladigan uy-joy fondining uylari, nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun uy internatlari, shuningdek, mehribonlik uylari va boshqa maxsus maqsaddagi uylar) hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi davlat uy-joy fondiga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat uy-joy fondi — munitsipal uy-joy fondi, idoraviy uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
munitsipal uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joy fondi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy uy-joy fondi — davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning toʻliq xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan uy-joy fondi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat turar joylari — xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, oʻz mehnat munosabatlari xususiyatiga koʻra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak boʻlgan fuqarolar koʻchib kirishiga moʻljallangan turar joylar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchi — balansida ijaraga beriladigan davlat uy-joy fondi hisobga olingan yuridik shaxs yoki uning vakolatli organi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchi — mazkur Nizomda belgilangan tartibda va shartlarda turar joyning ijara shartnomasini tuzgan, voyaga yetgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomalarini hisobga oluvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” Davlat unitar korxonasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijaraga berilgan turar joy garovga qoʻyilishi yoki oʻzgacha tarzda uchinchi shaxslarga oʻtkazilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijaraga oluvchi mulkni soz holatda saqlash, oʻz hisobidan joriy taʼmirlashni amalga oshirish va uni saqlashga ketadigan xarajatlarni qoplashga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzish uchun ustunlik huquqiga ega boʻladi. Turar joyni ijaraga beruvchi, agar u turar joyni ijaraga bermaslikka qaror qilgan boʻlsa, bu haqda ijaraga oluvchini uch oy oldin ogohlantirgan holda yangi muddatga shartnoma tuzishni rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Turar joyni ijaraga berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Turar joyni ajratish haqidagi qaror va ajratilayotgan turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻlgan order asosida, ijaraga beruvchi order berilgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini tuzadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avval foydalanishga berilgan turar joylar boʻyicha, asosiy ijaraga oluvchi boʻlmagan taqdirda, belgilangan tartibdagi taqdim etilgan uy daftarining nusxasi boʻyicha yangi asosiy ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ijaraga beriladigan turar joy belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi va texnik talablarga javob beradigan boʻlishi hamda kommunal xizmatlardan qarzi mavjud boʻlmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan oʻzi ijaraga olgan binoning bir qismini yoki hammasini muayyan muddatga ikkilamchi ijaraga oluvchiga beradi (aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylar bundan mustasno). Ikkilamchi ijaraga oluvchi uy-joydan mustaqil foydalanish huquqiga ega boʻlmaydi. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonunchilik hujjatlarining jon boshiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni ijtimoiy normasi haqidagi talablariga rioya etilgan taqdirdagina tuzilishi mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi haq evaziga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati uy-joyni ijaraga berish shartnomasining muddatidan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, bir vaqtning oʻzida uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi ham bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi muddatga shartnoma tuzishga boʻlgan imtiyozli huquq toʻgʻrisidagi qoida uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Turar joyning ijara shartnomasini tuzish va bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Turar joyning ijara shartnomasiga koʻra ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga toʻlov evaziga vaqtinchalik foydalanish va yashash uchun turar joyni berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Ijara shartnomasida tomonlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, fuqarolik va uy-joy kodekslarida nazarda tutilgan boshqa shartlar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Koʻp kvartirali uyda turar joyni ijaraga oluvchi turar joydan foydalanish bilan bir qatorda ushbu uyning umumiy foydalanishdagi mulkidan belgilangan tartibda foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Turar joyning ijara shartnomasi turar joyning balansda saqlovchisi yoki vakolatli organlari tomonidan turar joyni olayotgan fuqarolar bilan Fuqarolik kodeksi va Uy-joy kodeksida belgilangan tartibda yozma shaklda tuziladi. Shartnomaning yozma shaklda tuzilishiga rioya qilinmasligi va uning hisobga olinmasligi shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ijara shartnomasi boʻyicha egallab turilgan turar joyga boʻlgan mulk huquqining boshqa mulkdorga oʻtishi shartnomaning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi. Bunda yangi mulkdor avval tuzilgan turar joyning ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilayotgan turar joyning tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara uchun toʻlov, uning shartlari va toʻlash muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara haqi miqdorini qayta koʻrib chiqish muddatlari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchi tomonidan turar joydan foydalanish, shu jumladan kommunal va boshqa foydalanish toʻlovlarini toʻlash shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma tugagandan soʻng turar joyni qaytarish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga olingan turar joyni tiklash va taʼmirlash boʻyicha majburiyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasini bekor qilish shartlari, shu jumladan ijara haqini toʻlash muddatlarining buzilishi munosabati bilan tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shartlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Turar joyning ijaraga oluvchisi oila aʼzolari va oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning ijara shartnomasi shartlarini buzganligi uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan birga doimiy yashayotgan fuqarolar turar joydan foydalanish boʻyicha ijaraga oluvchi bilan teng huquqlarga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Turar joyning ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda esa — sud tomonidan oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joyni ijaraga oluvchi oila aʼzolarining hamda oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar roziligi bilan istalgan vaqtda ijaraga beruvchini uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, ijara shartnomasini bekor qilishi mumkin. Bunda ijaraga oluvchi keyingi uch oy uchun turar-joy ijara haqini toʻlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun joʻnab ketgan yoki shu aholi punktining boshqa joyiga koʻchib oʻtganlarida turar joyni ijaraga berish shartnomasi joʻnab ketgan yoki koʻchib oʻtgan kundan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Turar joyning ijara shartnomasi istalgan taraflarning talabi boʻyicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy doimiy yashash uchun yaroqsiz yoki avariya holatiga kelgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy joylashgan uy buzilishi lozim boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Turar joy ijaraga oluvchi tomonidan sotib olingan taqdirda, shartnoma balansda saqlovchi yoki uning vakolatli organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ijara shartnomasi quyidagi hollarda ijaraga beruvchining talabi bilan sud tartibida bekor qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchi tomonidan shartnomada belgilangan toʻlov muddati tugagandan soʻng olti oydan ortiq muddat uchun ijara haqi toʻlanmagan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchi yoki ularning harakatlari uchun u javobgar boʻlgan boshqa fuqarolar tomonidan turar joy buzilgan yoki unga zarar yetkazilgan taqdirda. Agar turar joy ijarachisi yoki ularning harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar boʻlgan boshqa fuqarolar turar joydan maqsadga muvofiq boʻlmagan tarzda foydalanayotgan boʻlsa, yoxud turar joydan foydalanish qoidalarini doimiy buzayotgan boʻlsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ogohlantirishi va ushbu talablar bajarilmagan taqdirda esa turar joyning ijara shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ijara haqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat uy-joyidan foydalanganlik uchun ijara haqi turar joyning umumiy maydonidan kelib chiqib, turar joyning 1 kv.m. uchun Toshkent shahrida bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi va bu miqdor ushbu kalendar yilida oʻzgarmay qoladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat turar joyini ijaraga oluvchilar uchun ijara haqi “0” qiymatda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Turar joyning ijara shartnomasi boʻyicha hisob-kitob qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Uy-joy uchun haq ijaraga oluvchi tomonidan uy-joyni ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda toʻlab turilishi lozim. Agar shartnomada bunday muddatlar nazarda tutilgan boʻlmasa, haq ijaraga oluvchi tomonidan har oyda toʻlab turilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ijara uchun toʻlov balansda saqlovchining hisob raqamiga kelib tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara haqining oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishi ustidan nazoratni balansda saqlovchi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kommunal va foydalanish xizmatlari uchun toʻlovlarni kiritishning miqdori, tartibi va muddatlari ijaraga oluvchi va ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilot oʻrtasida tuzilgan bitim bilan tartibga solinadi. Zarur boʻlgan elektroenergiya, suv va gazni hisoblash asboblarini oʻrnatish ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Balansda saqlovchi kommunal va foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ijaraga oluvchi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlovlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Turar-joyni topshirish va qaytarib olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ijara shartnomasiga muvofiq holda balansda saqlovchi yoki uning vakolatli shaxsi ijaraga oluvchi ishtirokida unga turar joyni berish, ijaraga oluvchi esa ijara muddati tugagandan soʻng yoki muddatidan oldin bekor qilingan, ijara shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda balansda saqlovchiga yoki vakolatli organga turar joyni shartnoma shartlari va uyning foydalanish maqsadiga muvofiq boʻlgan soz holatda qaytarib berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Turar joyni berish va uni qaytarib olish tomonlarning vakolatli shaxsi ishtirokida, mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan namunadagi shaklida, ikki tomonlama topshirish dalolatnomasi tuzilgan holda amalga oshirilib, ushbu dalolatnomada quyidagilar qayd etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sana, raqami);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joyning texnik holati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Topshirish dalolatnomasi tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolanadi va tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Ijaraga berilayotgan turar joyni hisobini yuritish va uni nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ijaraga berilayotgan davlat mulkining maʼlumotlar bazasining yuritilishi va hisobga olinishi hisobga oluvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga oluvchi organ tomonidan ijara shartnomasi, uning bekor qilinishi, oʻzgartirilishi va qoʻshimcha kiritilishi hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomasini hisobga olish uchun joylardagi davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ijara shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni davomida hisobga oluvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilova xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlar oʻrtasida imzolangan ijara shartnomasining va topshirish-qabul qilish dalolatnomasining uchtadan asl nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchi pasportining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchib kirish uchun asos boʻlgan order yoki uy daftarining nusxasi (kvartiralar boʻyicha kartochkaning nusxasining (17-shakl) nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomasining bekor qilinishi, oʻzgartirilishi va unga qoʻshimcha kiritilishini hisobga olish hisobga oluvchi organ tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yozma murojaati asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga oluvchi organ uch ish kuni mobaynida yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar asosida ijara shartnomasi, uning bekor qilinishi, oʻzgartirilishi va qoʻshimcha kiritilishini hisobga qoʻyadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomasini hisobga qoʻyish uchun hisobga oluvchi organ tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Bunda toʻlov ijaraga oluvchi hisobidan amalga oshiriladi. Ijara shartnomasining bekor qilinishi, oʻzgartirilishi va unga qoʻshimcha kiritilishini hisobga olish bepul amalga oshiriladi.
(29-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ijaraga berilayotgan turar joyni hisobga qoʻyish maqsadida hisobga oluvchi organ tuzilgan ijara shartnomalarini hisobga qoʻyadi, roʻyxatga tegishli qaydni kiritadi va shartnomaning har bir nusxasida hisobga olish sanasi va raqamini koʻrsatadi. Hisobga olinganlik haqidagi qaydni kiritadi va muhr bilan tasdiqlaydi. Uch nusxada rasmiylashtirilgan ijara shartnomasi balansda saqlovchi, ijaraga oluvchi va hisobga oluvchi organga bir nusxadan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ijaraga berilishi lozim boʻlgan turar joy reyestri balansda saqlovchi tomonidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ijara shartnomasining amal qilishi davomida balansda saqlovchi yoki uning vakolatli organi ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi boʻyicha zimmasiga olingan majburiyatlarning tegishlicha bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi. Shu maqsadda ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchidan ijara shartnomasida nazarda tutilgan hajmlarda maʼlumotlarni soʻrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur boʻlgan taqdirda, ijaraga oluvchining hayotiga aralashmagan holda ijara mulkining jismoniy holatini koʻzdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilgan turar joydan qanday foydalanilayotganini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik va shartnomada belgilangan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondidagi turar joyda ijara shartnomasi asosida yashayotgan ijaraga oluvchi, u bilan birga yashayotgan barcha voyaga yetgan oila aʼzolari va yashash maydoniga huquqi boʻlgan boshqa shaxslarning roziligi bilan, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar-joydan tashqari, ushbu turar joyni sotib olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joyni xususiylashtirish ijara shartnomasi tuzilgan va hisobga oluvchi organda hisobga qoʻyilgan taqdirdagina, qonunchilikda Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
(32-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Turar joyning ijara shartnomasini rasmiylashtirish, tuzish, bekor qilish, qoʻshimcha kiritish va oʻzgartirish vaqtida qonunchilik talablariga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik balansda saqlovchi va uning vakolatli organi zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balansda saqlovchi har chorakda kamida bir marta uning ixtiyorida boʻlgan davlat uy-joy fondining xatlovini amalga oshirishi va turar joydan ijara shartnomasiz foydalanilayotgani aniqlangan taqdirda, oʻn kun muddatda ijara shartnomasini tuzish boʻyicha choralar koʻrishi va ijara haqi miqdorini ushbu Nizom tasdiqlangan sanadan belgilashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarni yashirish, oʻz vaqtida taqdim qilmaganlik, shuningdek ularni notoʻgʻri koʻrsatganlik uchun balansda saqlovchi va boshqa aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Davlat mulkini ijaraga berish munosabati boʻyicha vujudga kelgan nizolar qonunchilik va shartnomada belgilangan tartibda hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ijaraga berilgan turar joy uchun ijara haqining oʻz vaqtida va tegishlicha hisoblanishi, toʻlanishi ustidan nazorat balansda saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Turar joyni ijaraga oluvchiga topshirish
‎DALOLATNOMASI

‎‎20___ y. “____” _________________

‎‎___________________________________
‎(aholi joyining nomi)

‎‎Bizkim, Ijaraga beruvchining topshirigʻiga koʻra uning nomidan ish yurituvchi ___________________________________ va ____________________ ning “___”_________20__ y. dagi ______-son qaroriga muvofiq Seriya_______________ № _____________ order asosida harakat qiluvchi ijaraga oluvchi fuqaro _____________________________________________________ tomonidan ushbu dalolatnoma tuzildi shu haqdaki, Ijaraga beruvchining vakili va Ijaraga oluvchi oʻrtasida ____________________________________________ manzilida joylashgan ____ uyning _____qavatidagi _______ kvartirani topshirish va qabul qilish amalga oshirildi.
‎Turar joy umumiy maydoni _________ kv.m. boʻlgan __________ ta yashash xonasidan iborat.
‎Turar joyning tarkibi:

‎‎Oshxona
‎vanna xonasi
‎hojatxona
‎dahliz (xoll)
‎omborxona
‎balkon
‎lodjiya
‎yashash xonasi
‎‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;

‎‎Turar joy suv taʼminoti (sovuq va issiq suv), kanalizatsiya va issiqlik tarmogʻi (markaziy va mahalliy isitish tizimi), elektr tizimi, telefon aloqasi bilan taʼminlangan (yoʻq boʻlgani oʻchirib tashlansin).
‎Turar joyning qoʻshimcha xonalarida uskunalar oʻrnatilgan.
‎________________________________________________________________________________________________
‎Xonalarning texnik holati
‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(xonalarning texnik holati koʻrsatiladi)

‎‎Ijaraga beruvchi vakili
‎_______________________________________
‎(F.I.Sh. imzo, muhr)

‎‎Ijaraga oluvchi
‎_______________________________________
‎(F.I.Sh. imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondi xususiylashtirilishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarorining uchinchi xatboshi va unga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) 1-bandi va unga 1 — 4-ilovalar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 09/19/170/2672-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son; 12.01.2021-y., 07/21/4940/0018-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)