10.01.2019 yildagi PF-5620-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2018-yil 20-iyundagi PQ-3789-son “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hujjatlariga muvofiq, shuningdek, Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish tartibini soddalashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 10-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5620-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2010-yil 28-iyuldagi PF-4232-son Farmonining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan respublikaning kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilganda, band xodimlarning oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan normativdan koʻpi bilan 50 foiz oshirilgan hollarda mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar ularda saqlanib qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor tomonidan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymatida sotish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov savdolari natijalariga koʻra, tanlov savdolarining boshqa ishtirokchilari bilan uning takliflari oʻrtasida teng sharoitlar yuzaga kelgan taqdirda kontraktni tuzish boʻyicha ustuvorlik huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyekti uchun ijara toʻlovini ushbu obyektga nisbatan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xodimlar sonining oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi, imtiyozlar va preferensiyalar esa Oʻzbekiston Respublikasining mazkur taʼlim muassasalari bitiruvchilarining oʻqishni yakunlagan kunidan boshlab uch yildan ortiq vaqt oʻtmagan taqdirdagina taqdim qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5 — 8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son Farmonining 6-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini oʻqishni tugatgan kunidan boshlab uch yil oʻtmagan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor tomonidan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymatida sotish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov savdolari natijalariga koʻra, tanlov savdolarining boshqa ishtirokchilari bilan uning takliflari oʻrtasida teng sharoitlar yuzaga kelgan taqdirda kontraktni tuzish boʻyicha ustuvorlik huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyekti uchun ijara toʻlovini ushbu obyektga nisbatan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobil toʻxtash joylari, shuningdek, ular hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqi faqat davlat soliq xizmati organlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, bozorlar va savdo komplekslarida sanitariya norma va qoidalariga, shuningdek, standartlarga, yongʻin xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya xizmati organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar oʻz xodimlari va mutaxassislarining bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish boʻyicha qonun hujjatlari talablari bajarilishini taʼminlash uchun davlat soliq xizmati organlari tomonidan tashkil etiladigan guruhlar tarkibida qatnashishini taʼminlasinlar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida apostil qoʻyish vakolatiga ega boʻlgan organlar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari — tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi — sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi — prokuratura, tergov va surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi — taʼlim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — boshqa barcha rasmiy hujjatlarga”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish toʻgʻrisida”gi 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1672-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Belgilab qoʻyilsinki,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab ommaviy axborot vositalari va kitob mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hisobot davrining yakuni boʻyicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 20 foizini Brayl alifboli kitob va boshqa bosma materiallar, imkoniyati cheklangan bolalarga oʻquv va badiiy adabiyotlarni chop etish, ishora tilini qoʻllagan holda audio kitob hamda videomateriallar yaratishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor tomonidan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymatida sotish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov savdolari natijalariga koʻra, tanlov savdolarining boshqa ishtirokchilari bilan uning takliflari oʻrtasida teng sharoitlar yuzaga kelgan taqdirda kontraktni tuzish boʻyicha ustuvorlik huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyekti uchun ijara toʻlovini ushbu obyektga nisbatan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-son qarori 1-bandining birinchi xatboshisidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bosh boshqarmasining” soʻzlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy qilish boshqarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarori bilan tasdiqlangan faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladigan davlat xizmatlari Roʻyxatining rus tilidagi matnida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Naimenovaniye vidavayemogo dokumenta, okazivayemoy uslugi” va “Deystviye i (ili) opredelennaya deyatelnost” ustunlaridan “(remont fasada)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Organ, upolnomochenniy vidavat dokument subyektu predprinimatelstva” ustunidagi “Gosarxitektstroy” soʻzi “Ministerstvo stroitelstva” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Organ, upolnomochenniy vidavat dokument subyektu predprinimatelstva” ustunining 8 va 9-pozitsiyalaridagi “Sovete Ministrov Respubliki Karakalpakstan, xokimiyatax oblastey i g. Tashkenta” soʻzlari “xokimiyatax rayonov (gorodov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 11-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-ilovadan 8, 11 — 13, 15 va 16-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2, 7, 9, 11, 14, 19, 20, 23 — 29, 33, 39, 43, 46, 55 — 57 va 67-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Beriladigan hujjat, koʻrsatiladigan xizmat nomi” ustunining 8-pozitsiyasidagi “Yangi ozuqaviy qoʻshimchalarni chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma” soʻzlari “Maxsus qoʻllaniladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqaviy qoʻshimchalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Beriladigan hujjat, koʻrsatiladigan xizmat nomi” ustunining 18-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

54.

5.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish

2018-y.

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh.M. Sadikov)

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

61.

12.

Rieltorlik faoliyati

2019-y.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Beriladigan hujjat, koʻrsatiladigan xizmat nomi” ustunining 63-pozitsiyasidan “, sotish, ijaraga berish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qarorining 3-bandidagi “shtatdagi xodimlarining” soʻzlaridan keyin “kamida” soʻzi qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbar xodimlari, mutaxassislari va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish va mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3976-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari (Z. Nizomiddinov) bir hafta muddatda Administratsiya xizmatchilariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining Media-markazi xodimlariga, Administratsiyaning Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarning xodimlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot Bosh boshqarmasi xodimlariga mazkur qarorning mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish qismidagi qoidalarni hisobga olgan holda Yagona tarif setkasi boʻyicha shtat jadvallari, mehnatga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini tasdiqlasin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilovaning 1-bandida “xizmatchilariga” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining Media-markazi xodimlariga” soʻzlari qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2010-yil 20-maydagi PF-4219-son Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-son Farmoniga 1-ilovaning 7-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 2017-yil 24-maydagi PF-5055-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-son Farmoniga ilovaning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 3-maydagi PF-5428-son Farmoniga 1-ilovaning 23-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq akademiyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2006-yil 3-iyuldagi PQ-397-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular koʻrsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish toʻgʻrisida”gi 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2008-yil 2-iyuldagi PQ-907-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qaroriga 31-ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3376-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)