26.06.2018 yildagi PQ-3802-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda samarali soliqqa tortish tizimi va davlat soliq xizmati organlarining uyg‘unlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, soliq nazoratining eskirgan uslub va prinsiplariga asoslangan davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etish mazkur organlar oldiga qo‘yilgan yangi vazifalarni hal qilish, jumladan soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliqlar yig‘iluvchanligining oshirilishini ta’minlash imkonini bermaydi, o‘z yechimini topmagan sezilarli muammolarning mavjudligi ushbu holatni yanada og‘irlashtirmoqda, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, soliq solishning qo‘shimcha manbalarini izlamasdan soliq hisoboti bilan cheklanib qolgan, asosan prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq ma’muriyatchiligining past darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, soliq ma’muriyatchiligida korrupsiyaviy muhitni shakllantirayotgan, davlat soliq xizmati organlarining deyarli barcha bo‘g‘inlarida xodimlar korrupsiyalashuviga olib kelayotgan sezilarli shart-sharoitlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, soliq ma’muriyatchiligini to‘liq amalga oshirish, soliq solinadigan qo‘shimcha bazani aniqlash, iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirishga imkon bermaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, kameral nazoratni, jumladan soliq imtiyozlari va preferensiyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan kameral nazoratni amalga oshirish uchun tashqi manbalarni yig‘ishni ta’minlaydigan ta’sirchan dasturiy mahsulotlarning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning turli sxemalari yaratilishiga olib kelayotgan, savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha berilgan vakolatlardan samarasiz foydalanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, maqsadli tekshiruvlar tashkil etish uchun soliqlarni to‘lashdan muntazam ravishda bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashning aniq mezonlari mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, mavjud resurslardan davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yetarlicha foydalanilmayotganligi va intizomiy javobgarlikka tortish darajasi haddan tashqari yuqoriligi umuman soliq tizimining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud muammolarni bartaraf qilish, O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini va 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi soliq ma’muriyatchiligi tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, davlat soliq xizmati organlarini soliq to‘lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan “Soliq xizmati — insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, eksterritoriallik prinsipi asosida soliq to‘lovchilar o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi, biznesni qonuniy, shaffof va qulay yuritish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, soliq to‘lovchilarning qoniqish darajasining oshishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, soliq ma’muriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha preventiv va oldini olish choralarini qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, soliq to‘lovlarining o‘z vaqtida va bir xildagi tushumini ta’minlash, ma’muriy tartib-taomillarni maksimal darajada kamaytirish va soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanmalarni qisqartirish hisobiga budjetlarning daromad qismini barqaror shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, tekshiruvdan oldingi tahlil va masofaviy nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choralarini yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, davlat soliq xizmati organlari xodimlariga korporativ etikani singdirish, davlat soliq xizmati organlarining strategik maqsad va vazifalariga erishish uchun o‘z xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi tizimini joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning quyidagi asosiy mezonlari belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari ishining sifatini qoniqarli baholaydigan soliq to‘lovchilar, shuningdek, ularning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlarning soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kameral nazorat natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning umumiy summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xronometraj va ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha aniqlangan davlat budjeti daromadlarini oshirish zaxiralari summasi va ularni undirish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasportlari tuzilgan soliq to‘lovchilarning soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisoblangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar undirilishining to‘liqligi va soliq qarzdorligining pasayish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlarda “shaxsiy kabinet”dan foydalanish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarini avtomatlashtirilgan monitoring qilish bo‘yicha dasturiy mahsulotlarni qo‘llayotgan soliq to‘lovchilarning qamrab olinishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Maxsus jamg‘arma deb yuritiladi) hisobidan quyidagi summalarning 10 foiziga qadar miqdorda mukofotlanishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kameral nazorat natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy mobaynida xronometraj va pasportlashtirish natijasi bo‘yicha aniqlangan, soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq tekshiruvlari natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda yakuniy natijalarga erishishdan kelib chiqib davlat soliq xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini va ularni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus jamg‘armaga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar va ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimalar summasidan ajratmalar miqdori 25 foizdan 40 foizga oshirilsin, bunda qo‘shimcha tushadigan mablag‘lar xodimlarni shaxsiy mukofotlashga maqsadli yo‘naltirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat soliq xizmati organlari davlat ulushi bo‘lgan jamiyatlardan dividendlar va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga ajratmalar yig‘imini undirishni amalga oshiradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Soliq-servis” davlat unitar korxonasini va “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasini Soliq qo‘mitasi muassisligida aksiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” AJ va “Soliq-servis” AJlarni isloh qilish uchun maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar “Soliq-servis” AJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(8-bandning uchunchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda texnik jihatdan ko‘maklashish, shuningdek, hisobotlar va deklaratsiyalarni qabul qilish bo‘yicha soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga amaliy yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimini texnik, dasturiy va axborot ta’minotini boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari faoliyati natijasida yuzaga keladigan hujjatlarni qog‘oz va elektron shaklda markazlashgan holda arxivda saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“call-markaz” maxsus servisi orqali aholiga axborot xizmatlarini ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq to‘lovchilarni elektron hisobvaraq-fakturalarni yuritish qoidalari bo‘yicha o‘qitish, ularga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotni himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining bilim va malakasini oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qo‘mitasi:
(8-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati hududiy organlarining yuqorida ko‘rsatilgan funksiyalarni bajaradigan boshqaruv xodimlari shtat birliklarini qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi ishini tubdan takomillashtirish, jumladan soliq to‘lovchilar uchun yangi dasturiy mahsulotlar va servislarni ishlab chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Soliq-servis” AJning xizmatlari budjet mablag‘lari va Maxsus jamg‘arma mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lanishi belgilansin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tuzilmasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, jumladan soliq hisobotlarini qabul qilish, soliq nazoratini amalga oshirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish majburiyati yuklatilgan yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq ma’muriyatchiligi sohasida soliq organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish vazifasi yuklangan holda Yig‘ma axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy jihatlarga barham berish maqsadida Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soliq akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi etib qayta tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi faoliyatini tashkil qilish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘qitishning zamonaviy uslublarini, jumladan malaka oshirishning masofaviy shakllarini joriy etish, shuningdek, hududiy filiallarini tuzishni nazarda tutgan holda hukumat qarorini qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan Soliq akademiyasining bakalavriat va magistratura talabalarining o‘qishini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutiga ko‘chirish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar prognozining bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash ustidan lozim darajada nazorat o‘rnatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlariga yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlarni jalb etishga qaratilgan, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va rag‘batlantirishning mutlaqo yangi tizimi yaratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonun buzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhiti yaratilishi, jamoada sog‘lom muhit shakllantirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi ta’minlanishi, soliq to‘lovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasiz muloqot o‘rnatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida xalqaro ekspertlar, grantlarni jalb etish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika jihatdan ta’minlanishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishining ta’minlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanishi, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublari joriy etilishi, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlari tahlil qilinishi, ularga barham berish choralari ko‘rilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq solish bazasini kengaytirish bo‘yicha, jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali kompleks chora-tadbirlar ko‘rilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat amalga oshirilishi va soliq qarzdorligi oshishiga yo‘l qo‘yilmasligi, xalqaro tajribani chuqur o‘rganish orqali soliq tizimi modernizatsiya qilinishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llash metodologiyasi takomillashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari darajasini oshirish uchun zaxiralarni izlash va aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi uchun tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish choralari ko‘rilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq solish qismida iqtisodiyotning xufiyona sektorini legallashtirishga qaratilgan tizimli nazorat ta’minlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatsiz, qalbaki (yasama) va noqonuniy olib kirilgan tovarlar ishlab chiqarilishi, shuningdek, realizatsiya qilinishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning ilg‘or avtomatlashtirilgan uslublari, elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha dasturiy mahsulotlar joriy etilishi hamda samarali faoliyat ko‘rsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari puxta, har tomonlama, to‘liq va obyektiv ko‘rib chiqilishi, fuqarolar shaxsan qabul qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va soliq kollejlari faoliyati samarali tashkil etilishi uchun shaxsiy javobgarligi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tili matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar, yashirilgan soliq solish obyektlari, shuningdek, noqonuniy olib kirilgan tovarlar yetkazilishi, saqlanishi va realizatsiya qilinishi, yashirin sexlarni aniqlash yuzasidan tizimli qo‘shma reydlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda davlat soliq xizmati organlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, jumladan offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan soliq to‘lovchilarni monitoring qilishni nazarda tutgan holda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda soliq sohasida fuqarolar tomonidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi uchun ijtimoiy tarmoqlar va dasturiy mahsulotlarning salohiyatidan foydalanish mumkin bo‘lgan, jumladan ularga tadbirkorlik subyektlarining soliqqa oid huquqbuzarliklari to‘g‘risida xabar qilish imkonini beruvchi veb-portal ochish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda qo‘shilgan qiymat solig‘ini elektron boshqarish tizimini, jumladan soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish va insofsiz soliq to‘lovchilarni aniqlash maqsadida barcha aylanmalar zanjirini tahlil va nazorat qilish uchun davlat soliq xizmati organlarida elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish bo‘yicha dasturiy kompleksni joriy etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. 2018-yil 1-avgustdan mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash faoliyatini moddiy rag‘batlantirishni oshirish va korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan miqdorda qo‘llanilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga mazkur qarorga muvofiq tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini kengaytirish, zamonaviy elektron ma’muriyatchilik tizimini, jumladan elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarini avtomatlashtirilgan monitoring qilish tizimi dasturiy mahsulotlarini joriy etish, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun 2018-yilda zarur mablag‘larni ajratsin, 2019-yildan boshlab esa har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi quyidagilar bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori professional malaka va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan professional kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida vijdonan xizmat qilayotgan xodimlarni ularning shaxsiy hissasidan kelib chiqqan holda rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan korrupsiya ko‘rinishlari va mansab suiiste’molchiliklari sodir etilishining barcha xavflarini bartaraf qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida keng tushuntirish, profilaktika ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq inspeksiyalarining ish yuklamasi va soliqlarni yig‘ish faoliyatining iqtisodiy samaradorligidan kelib chiqib ularning sonini optimallashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat soliq xizmati organlarining ma’lumotlar bazasini boshqa davlat organlari ma’lumotlar bazalari bilan taqqoslash, joylarda soliq tekshiruvlari dalolatnomalarini o‘rganish orqali soliq to‘lovchilarning va soliq solish obyektlarining to‘liq qamrab olinishiga alohida e’tibor qaratgan holda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini monitoring qilish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi ikki hafta muddatda mavjud ma’lumotlar bazasiga Moliya vazirligining ulanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi yangilangan nizomlarni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarning Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3168-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3802-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2018-y., 07/18/3802/1402-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son; 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son; 26.10.2022-y., 07/22/409/0956-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)