O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 30-apreldagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-352-sonli Qonuniga binoan, shuningdek xalqaro tamoyillar va standartlarga muvofiq auditorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-avgust,
PQ-2225-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, auditorlik faoliyatining standartlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladilar”.
2. 6-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Auditorlik tashkilotlari zimmalariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy axborotning buxgalterlik hisob-kitobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazadi, shuningdek professional xizmatlar ko‘rsatadi”.
3. 7-bandida:
to‘qqizinchi xatboshi “va xo‘jalik yurituvchi subyektning taftish komissiyasi (taftishchisi) funksiyasini amalga oshirish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida xalqaro audit standartlarini qo‘llash”;
o‘n birinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 8-bandida:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditorlik xulosalari va hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida besh yildan kam bo‘lmagan muddat saqlanishini ta’minlashi”;
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi mazmunda bayon etilsin:
“auditorlarning har yili bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlarini ta’minlashi”;
o‘ninchi xatboshida “respublika auditorlar jamoat birlashmalarining” so‘zlari “respublika auditorlar jamoat birlashmasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“auditorlar faoliyati sifatini nazorat qilishni ta’minlash”;
o‘n birinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Auditorlik tashkilotlari ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidan tashqari barcha tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va faoliyat yuritishi mumkin, bunda ustav kapitalining kamida 51 foizi mazkur auditorlik tashkilotining bir yoki bir nechta shtatdagi auditorlariga tegishli bo‘lishi shart. Auditor o‘zi ishlayotgan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin emas”.
6. 11-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur auditorlik tashkiloti o‘zining asosiy ish joyi bo‘lgan auditorgina auditorlik tashkilotining rahbari bo‘lishi mumkin”.
7. 12-bandining uchinchi xatboshidagi “ochiq” so‘zi chiqarib tashlansin.
8. 15-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. 16-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Auditorlik tashkilotining firma nomlanishida “auditorlik tashkiloti” so‘z birikmasi mavjud bo‘lib, boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlanishlari bilan aynan o‘xshash yoki bir xil bo‘lmasligi kerak. Auditorlik tashkiloti bo‘lmagan yuridik shaxs, o‘z nomlanishida “auditorlik tashkiloti” so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas”.
10. 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Auditorlik tashkilotlari auditorlik xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma asosida auditorlik faoliyatini amalga oshiradi. Auditorlik xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma faqat auditorlik tashkilotining mas’uliyatini sug‘urta qilish polisi mavjud bo‘lgan taqdirdagina tuziladi”.
11. 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, auditorlik faoliyatining standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
litsenziya olish va auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorlarda to‘liq shakllantirilgan ustav kapitaliga ega bo‘lish;
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
auditorlik tashkiloti mas’uliyatini sug‘urta qilish polisiga ega bo‘lish;
auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida amalga oshirish;
shtatda auditorlar soni mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda bo‘lishi;
litsenziya turiga muvofiq shtatdagi auditorlarda buxgalterning xalqaro sertifikati bo‘lishi;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish chog‘ida olingan axborotning sir saqlanishini ta’minlash;
auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish;
auditorlik tashkilotining rahbari lavozimiga faqat shu auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo‘lgan auditorni tayinlash;
auditorlik tashkiloti rahbarining uch yilda bir marotaba O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida attestatsiyadan o‘tishi;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlash;
auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq auditorlik hisobotini tuzish va auditorlik xulosasini berish;
auditorlik tashkilotlarida ichki standartlarning mavjudligi;
o‘z pochta manzili o‘zgargani to‘g‘risida 10 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilish;
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yiliga bir marta belgilangan shaklda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish, shuningdek, auditorlik faoliyati bilan bog‘liq boshqa axborotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining talabi bo‘yicha taqdim etish;
auditorlar faoliyati sifatini nazorat qilishni ta’minlash;
auditorlarning har yili bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlarini ta’minlashi;
auditorlik tashkilotining rahbari va (yoki) auditorlar tarkibi o‘zgargani to‘g‘risida 5 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilish;
auditorlik tekshiruvlarni o‘tkazishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklanishlarga rioya qilish”.
12. 22-bandining yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkiloti mas’uliyatini sug‘urta qilish polisining yo‘qligi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 35-son, 444-modda)