26.12.2018 yildagi 1050-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish, shuningdek, qizil liniyalarga tutashgan zonalarda va obyektlarning muhofaza zonalarida obyektlar qurilishidagi mezonlar va cheklashlarni aniqlash tartibini tartibga soluvchi talablarni aktuallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tasdiqlangan Qoidalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari joylashgan joylarda ishlarni amalga oshirayotgan oʻzlariga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarining mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kunidan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi D.O. Isakulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1050-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalarini (keyingi oʻrinlarda muhofaza zonalari deb ataladi) oʻrnatish, shuningdek, muhofaza zonalari doirasida joylashgan yer uchastkalaridan (keyingi oʻrinlarda yer uchastkalari deb ataladi) foydalanishni, ushbu obyektlarning xavfsiz ishlashini va ekspluatatsiya qilinishini taʼminlaydigan alohida shartlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari deb ataladi), shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Muhofaza zonalarida hududlardan foydalanishning xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi shartlarini taʼminlaydigan va elektr uzatish liniyalari va elektr tarmoqlari xoʻjaligining boshqa obyektlarini shikastlanishi mumkinligini istisno etadigan alohida shartlar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muhofaza zonalari chegaralarini oʻrnatish talablaridan kelib chiqib, mazkur Qoidalarga muvofiq barcha elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari uchun muhofaza zonalari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muhofaza zonalari, ularning oʻlchamlari, tegishli elektr taʼminoti korxonasi toʻgʻrisida maʼlumot, shuningdek, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan cheklashlarga rioya etilishi shartligi toʻgʻrisida koʻrsatmaga ega boʻlgan ogohlantirish belgilarini oʻrnatish yoʻli bilan markirovkalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari qurilishi uchun yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonasi yer uchastkasi yoki yuzasidan tubigacha suv makonidir. Ularga egalik qilish va ulardan foydalanishning alohida tartibi belgilanadi. Mazkur Qoidalarga muvofiq belgilangan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari ajratilgan yer uchastkalari hisoblanadi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar trassalarning ijroiya topogeodeziya suratlari materiallarini ularni yerdan foydalanishning tegishli xaritalariga kiritish uchun hududiy arxitektura va qurilish organlariga taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari hududlarni kadastr boʻyicha boʻlingan va yer uchastkalari kadastr boʻyicha suratga olingan holda qishloq joylarda yer resurslari tuman xizmatlari tomonidan, shaharlar va shaharchalarda — koʻchmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan naturada belgilanadi hamda kadastr ishida qayd etilishi va yer uchastkasining kadastr rejasida aks ettirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ifloslantirish va elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining korroziyaga uchrashi manbai boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarida ifloslanish va korroziyaga uchrashni cheklovchi yoki elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini ifloslanish (korroziya) zonasidan chiqarish bilan bogʻliq chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mavjud elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari muhofaza zonalarining yer uchastkalari ularning mulkdorlaridan, yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan, shu jumladan, ijarachilardan olib qoʻyilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat qoʻriqxonalari, tabiiy bogʻlarning qoʻriqxona zonalari va davlat rezervatlari va hokazolarning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarida 110, 220 va 500 kilovoltli elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari qurilishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari ushbu elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari oʻz ixtiyorida boʻlgan korxonalar tomonidan muhofaza qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari quyidagicha oʻrnatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) elektr uzatish havo liniyalari boʻylab — chetdagi simlardan, ularning ogʻmagan holatida elektr uzatish liniyasining ikkala tomoni boʻylab (havo elektr uzatish liniyasi tayanchi balandligiga mos boʻlgan balandlikdagi) quyidagi masofadagi parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo makoni qismi koʻrinishida kuchlanishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir kilovoltgacha kuchlanishli liniyalar uchun — 2 metr (binolarning devorlari, konstruksiyalar va hokazalar boʻylab oʻtkazilgan oʻzini oʻzi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun muhofaza zonasi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq oʻrnatilgan bunday liniyalardan ruxsat etilgan minimal masofalar bilan aniqlanadi);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 — 20 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 10 metr (aholi punktlari chegaralarida joylashgan oʻzini oʻzi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun 5 metr);
(14-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 15 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 20 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 25 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 30 metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yer osti elektr uzatish kabel liniyalari boʻylab -elektr uzatish liniyasining ikkala tomoniga parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan, chetdagi kabellardan 1 metr, agar kabel liniyalari shaharlarda yoʻlaklar ostida oʻtkazilganda esa — bino va inshootlar tomonga 0,6 metr va koʻchaning transport harakatlanadigan qismi tomoniga 1 metr masofaga chetlangan yer uchastkasining yuza qismi, uning ostida joylashgan (elektr uzatish kabel liniyalari oʻtkazilgan chuqurlikka mos chuqurlikdagi) yer qaʼri koʻrinishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) suv osti elektr uzatish kabel liniyalari boʻylab — liniyaning xar ikki tomoni boʻylab chetdagi kabellardan 100 metr masofadagi vertikal tekislik bilan cheklangan suv yuzasidan uning tubigacha boʻlgan suv makoni koʻrinishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) elektr uzatish havo liniyalarini suv havzalaridan (daryolar, kanallar, koʻllar va boshqalar) oʻtishlari boʻylab — suv havzalaring suv sathi ustidagi (balandligi elektr uzatish havo liniyasi tayanchlari balandligiga mos boʻlgan) elektr uzatish liniyasining ikkala tomonidan chetdagi simlardan, ularning oʻzgarmagan holatida kema yuradigan suv havzalari uchun 100 metr masofada, kema yurmaydigan suv havzalari uchun esa — elektr uzatish havo liniyalari uchun oʻrnatilishi nazarda tutilgan muhofaza zonasi masofada vertikal tekisliklar bilan cheklangan havo makoni koʻrinishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) podstansiyalar atrofi boʻylab — podstansiya toʻsigʻining (tashqi devorining) barcha tomonlaridan perimetri boʻylab, podstansiyaning birlamchi kuchlanishiga nisbatan qoʻllanilgan holda ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan, masofada vertikal (balandligi podstansiyaning eng baland nuqtasiga mos boʻlgan) tekisliklar bilan cheklangan yer uchastkasi sathi va havo makoni qismi koʻrinishida.
(14-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr uzatish liniyalari bilan yaqin joylashgan binolar va inshootlar, shuningdek, daraxtlar va boshqa koʻp yillik oʻsimliklar oʻrtasidagi ruxsat etiladigan eng kam masofa Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilgan holatlarda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari oʻlchovi va ularning rejimi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qarmogʻida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan korxona tomonidan belgilanadi. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlariga xizmat koʻrsatish uchun yoʻllar, kirish yoʻllari va boshqa inshootlar Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Muhofaza zonalarida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining xavfsiz ishlashining buzilishi, shu jumladan ularning shikastlanishiga yoki yoʻq qilib tashlanishiga olib borishi va (yoki) fuqarolarning hayotiga, sogʻligʻiga va jismoniy yoki yuridik shaxslarning mulkiga shikast yetkazishi, shuningdek ekologik zarar va yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan biron-bir harakatni sodir etish, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga koʻtarilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) texnik qoidalar, normalar va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq yaratilgan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlariga yurib oʻtish va transport vositasida oʻtish joylariga har qanday obyektlarni, predmetlarni (materiallarni) joylashtirish, shuningdek, elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlariga kirish yoʻllarini barpo qilmay turib, bunday kirishlarga xalaqit beruvchi har qanday ishni amalga oshirish va inshootlar barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning toʻsilgan hududi doirasida va xonalarida boʻlish, taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning eshiklari va lyuklarini ochish, oʻchirib-yoqishlarni va elektr tarmoqlarga ulashlarni (ushbu talab oʻrnatilgan tartibda ruxsat etilgan ishlarni amalga oshirish bilan band boʻlgan xodimlarga tatbiq etilmaydi) amalga oshirish, podstansiyalarning kirish va taqsimlash qurilmalari, elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bolalar va sport maydonchalarini, stadionlarni, bozorlarni, savdo shoxobchalarini, dala shiyponlarini, mollar uchun qoʻralarni, har qanday turdagi mashina va mexanizmlar uchun garajlar va turar joylarni joylashtirish, oʻrnatilgan tartibda ruxsat etilgan ishlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan koʻplab odamlar yigʻilishi bilan bogʻliq boʻlgan har qanday tadbirlarni oʻtkazish (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) axlatxonalarni joylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) zarba beruvchi mexanizmlar bilan ishlarni amalga oshirish, massasi 5 tonnadan ortiq ogʻirliklarni tashlash, yemiruvchi korroziyalovchi moddalarni va yoqilgʻi-moylash materiallarini tashlash va quyish (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida);
(15-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) muhofaza zonalari yer uchastkalarini toʻsiq va devorlar bilan oʻrab olish orqali oʻz hududlarini kengaytirish, muhofaza zonalari yer uchastkalarida bino va inshootlarni qurish hamda chorva qoʻralarini joylashtirish taqiqlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kuchlanishi 1000 voltdan yuqori boʻlgan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari uchun oʻrnatilgan muhofaza zonalarida mazkur Qoidalarning 15-bandida keltirilgan harakatlardan tashqari quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har qanday, shu jumladan yoqilgʻi-moylash materiallari saqlanadigan omborlarni joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har qanday uchish apparatlarini, shu jumladan varraklarni, uchish apparatlarining sport modellarini (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonalarida) uchirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kemalardan langar tashlash va ularni (suv osti elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida) tashlangan langarlar, zanjirlar, chuqurlikni oʻlchaydigan asboblar, sudralma aravalar va traplar bilan oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) kemalarni kranlarining va boshqa mexanizmlarining koʻtarilgan strelasi bilan (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasidan) oʻtishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 500 kV EUL muhofaza zonasida, temir yoʻldan tashqari, barcha transport vositalarining toʻxtashi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan korxonaning yozma roziligisiz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har qanday bino va inshootlarni qurish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish yoki buzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har qanday turdagi kon, portlatish, melioratsiya, shu jumladan yerga vaqtinchalik suv bostirish bilan bogʻlik ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) daraxtlar hamda butalarni ekish va kesish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) suv havzasi tubini chuqurlashtirish, tuproqni kavlab olish va ortish-tushirish ishlari, baliq va boshqa suv jonivorlarini suv osti changaklari bilan tutish, suv oʻsimliklarini chiqarib olish, (elektr uzatish suv osti kabel liniyalarining muhofaza zonasida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) kemalarning vertikal boʻyicha eng yuqori gabaritidan (yuk bilan yoki yuksiz) elektr uzatish havo liniyalari simlarigacha ruxsat etilgan minimal masofadan kam masofada, shu jumladan toshqin davrida suv sathining maksimal koʻtarilishi hisobga olingan holda oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) umumiy balandligi yoʻlning sathidan (yuk bilan yoki yuksiz) 4,5 metrdan ortiq boʻlgan mashina va mexanizmlarning oʻtishi (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda, shudgorlanadigan yerlarda esa 0,45 metrdan ortiq chuqurlikda qazish ishlarini amalga oshirish, shuningdek tuproqni tekislash (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) agar suv oqimi balandligi 3 metrdan ortiq boʻlishi mumkin boʻlsa — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sugʻorish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) balandligi 4 metrdan ortiq qishloq xoʻjaligi mashinalari va uskunalarini qoʻllagan holda dala qishloq xoʻjaligi ishlarini (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasida) yoki yerni haydash bilan bogʻliq dala qishloq xoʻjaligi ishlarini olib borish (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida) taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kuchlanishi 1000 voltgacha boʻlgan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari uchun oʻrnatilgan muhofaza zonalarida mazkur Qoidalarning 17-bandida nazarda tutilgan harakatlardan tashqari, elektr taʼminoti korxonasining ruxsatisiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har qanday, shu jumladan yoqilgʻi-moylash materiallari saqlanadigan omborlarni joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kemalar, barjalar va suzuvchi kranlarning turishi uchun toʻxtash joylarini tashkil qilish, kemalardan langar tashlash va ularni tashlangan langarlar, zanjirlar, chuqurlikni oʻlchaydigan asboblar, sudralma aravalar va traplar bilan oʻtishi (suv osti elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) varraklarni, uchish apparatlarini, shu jumladan boshqarilmaydigan uchish apparatlarini uchirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Qoidalarning 17 va 18-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishga yozma rozilik olish uchun manfaatdor shaxslar tegishli elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining ekspluatatsiyasi uchun javobgar boʻlgan, ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan tashkilotga yozma ariza bilan murojaat etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan tashkilot ariza kelib tushgan kundan boshlab 2 kun mobaynida uni koʻrib chiqadi va tegishli harakatlarni amalga oshirishga roziligi (rozi emasligi) toʻgʻrisida yozma xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalarning 17 va 18-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishga yozma roziligi (rozi emasligi) ariza bergan shaxsga taqdim etiladi yoxud unga pochta orqali, taqdim etilganligi toʻgʻrisida xabar qilingan holda yuboriladi. Arizachi, shuningdek, ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan tashkilot tomonidan faksimal yoki elektron aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi, agar arizada shunday xabardor qilish soʻralgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan tashkilotlarning mazkur Qoidalarning 17 va 18-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishga rozi boʻlmasligiga, tegishli harakatlar bilan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar buzilsa va tegishli elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining ishlab turishiga zarar yetkazishi mumkin boʻlganda ruxsat etiladi. Tegishli harakatlarni amalga oshirishga norozilik toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi va unda arizachi tomonidan tegishli ishlarning (harakatlarning) amalga oshirilishi oqibatida normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishiga izohlar mavjud boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza zonalarida harakatlarni amalga oshirishga yozma ruxsat olgan shaxslar, harakatlarni elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofazasini taʼminlaydigan talablarga rioya etgan holda amalga oshirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar elektr xoʻjaligi obyektlari oʻrmon massivlari orqali oʻtsa, bevosita simlarga yaqin joyda turgan daraxtlar elektr tarmogʻi xoʻjaligini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan kesiladi. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari istirohat bogʻlari, bogʻlar va boshqa koʻp yillik daraxtlar orqali oʻtsa, daraxtlarni kesish elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Tomonlarning kelishuviga koʻra esa ushbu daraxtlar oʻz ixtiyorida boʻlgan tashkilot tomonidan yoki bogʻlar va boshqa koʻp yillik daraxtlarning egalari boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi korxona tomonidan belgilanadigan tartibda kesiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tor yoʻllar ochish uchun daraxtlarni kesish elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egalari tomonidan oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlarining shartlari boʻyicha amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalarini buzgan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egalari buning uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Avariya holatlarining oldini olish uchun elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarida ushbu elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari trassasiga tutashib ketgan oʻrmon massivlarida ayrim daraxtlarni ushbu daraxtlar tegishli boʻlgan tashkilotning ruxsati bilan, keyinchalik oʻrmon kesish chiptalari (dalolatnomalari)ni belgilangan tartibda rasmiylashtirgan va kesish joyini kesish qoldiqlaridan tozalagan holda kesishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kabel langar, baliqchilik changagi yoki boshqa usul bilan yuqoriga koʻtarilgan taqdirda kapitanlar, kema egalari kabelni xoli qilish choralarini qurishga va yuz bergan voqea toʻgʻrisida eng yaqindagi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga xabar qilishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Muhofaza zonasi, temir yoʻllarning ajratilgan polosasi va (yoki) muhofaza zonasi, avtomobil yoʻllarining ajratilgan polosasi va (yoki) yoʻl cheti polosasi, quvur oʻtkazgichlarning, aloqa liniyalarining va boshqa obyektlarning muhofaza zonalari bilan mos kelsa (kesishsa), hududlarning mos kelgan uchastkalarida ushbu obyektlarni ekspluatatsiya qilish bilan bogʻlik ishlarni olib borish, manfaatdor tomonlar bilan kelishilgan holda ushbu obyektlarning muhofaza zonalarini, yoʻl cheti zonalarini, ajratilgan polosalarni oʻrnatish va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi qonunchilikka muvofiq, agar avariya holatlari sodir boʻlsa, oʻzaro munosabatlar kelishuvi tuzilgan holda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Uzilgan, yerda yotgan yoki osilib turgan elektr uzatish havo liniyasi simini koʻrgan, shuningdek, tayanchning yiqilishi yoki simning uzilishi xavfini sezgan fuqarolar bu haqda darhol eng yaqindagi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga xabar berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari ustida va ular yaqinida havo kemalarining parvozi, havo makonidan boshqacha tarzda foydalanish, shuningdek, elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻidan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Koʻrsatib oʻtilgan ishlarni amalga oshirishga yozma rozilik olgan shaxslar ularni elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalarida ushbu obyektlarning saqlanishini taʼminlovchi shart-sharoitlarga rioya qilgan holda bajarishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari muhofaza zonalari yaqinida ularning shikastlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan portlatish, qurilish ishlari va boshqa ishlarni olib boruvchi tashkilotlar ishlarni bajarish boshlanishidan kamida oʻn ikki kun oldin elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari oʻz ixtiyorida boʻlgan korxonalar bilan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari saqlanishini taʼminlovchi ushbu ishlarni bajarish shartlari va tartibini kelishishga hamda tegishli chora-tadbirlar koʻrishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari muhofaza zonalarida portlatish ishlarini olib borishga yozma rozilik ushbu ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining tegishli ruxsatnomasi taqdim etilgandan keyin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan tashkilotlarning elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalarida portlatish ishlarini olib borishga yozma rozilik berish rad etilishining sabablari koʻrsatilgan va asoslangan boʻlishi kerak. Rozilik berishning rad etilishi boʻyicha belgilangan tartibda shikoyat arizasi berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oʻzlarining yer uchastkalari orqali elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari oʻtadigan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu obyektlar saqlanishini taʼminlashga koʻmaklashadigan oʻzlariga bogʻliq barcha choralarni koʻrishga, elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egalari bilan ushbu ishlarni amalga oshirish joyi va muddatlari oldindan, mazkur Qoidalarning 19-bandida nazarda tutilgan tartibda kelishilmasdan binolar va inshootlar qurilishiga yoʻl qoʻymaslikka majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va boshqa shaxslar tomonidan mazkur Qoidalarning 15 va 16-bandlarida taqiqlangan yoki ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan korxonaning yozma ruxsatisiz mazkur Qoidalarning 17 va 18-bandlarida nazarda tutilgan harakatlar amalga oshirilganligi aniqlangan taqdirda, ushbu shaxslar bunday holatlar mavjudligi toʻgʻrisida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga ariza yuboradilar, shuningdek, qonunchilikka muvofiq sudga murojaat etish huquqiga ega.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini qayta qurish va koʻchirish elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egalari bilan kelishilgan texnik shartlar boʻyicha, ishlarni bajaruvchilar, asosiy qurilishni yoki ishni amalga oshiruvchi yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer egalari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Yer ishlarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan ushbu ishlarni olib borishning texnik hujjatlarida koʻrsatilmagan yer osti kabellari aniqlangan taqdirda, aniqlangan kabellar atrofida ish olib borishni darhol toʻxtatishga, ularning saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishga va bir kun mobaynida bu haqda ushbu kabel liniyasi egasiga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga xabar berishga majbur.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Muhofaza zonalarida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Agar elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va maxsus rejimli obyektlar hududidan oʻtsa, u holda tegishli tashkilotlar elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egalariga sutkaning istalgan vaqtida koʻzdan kechirish va ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Muhofaza zonalari va oʻrmon soʻqmoqlarida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan yoʻllar, kirish yoʻlaklari va boshqa inshootlar qurishga (yer ajratish va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga tutashishga qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik albatta koʻmib tashlagan va yerlarni tekislagan holda ushbu elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini taʼmirlash uchun chuqurlar va xandaqlar va kotlovanlar ochishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon soʻqmogʻining belgilangan kenglikda boʻlishini taʼminlash uchun daraxtlarni kesishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishga moʻljallangan yerlarda elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash ishlarini olib borishga (avariya-tiklash ishlaridan tashqari), qoidaga koʻra, ushbu yerlar qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan band boʻlmagan paytda ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avariyalarni bartaraf etish ishlari (ekin bor-yoʻqligidan qatʼiy nazar) istalgan davrda oʻtkazilishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan ishlar bajarilgandan keyin elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egalari qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlarni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun yaroqli holatga keltirishlari, shuningdek, agar elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining shikastlanishi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan, ijarachilar tomonidan mazkur Qoidalar talablari buzilishi oqibatlari boʻlmasa, avariya-tiklash ishlarini amalga oshirishda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan, ijarachilarga yetkazilgan zararni qoplashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonasi temir yoʻl yoki avtomobil yoʻllari polosasi, quvurlar, aloqa liniyalari, elektr tarmogʻi xoʻjaligining boshqa obyektlari va hududning mos kelish uchastkalaridagi oʻzga obyektlarning qoʻriqlanadigan zonalariga toʻgʻri kelib qolganda, ushbu zonalardan foydalanish tomonlarning kelishuviga koʻra manfaatdor korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Yoʻl qoplamalari va tuproq olinishini talab etuvchi elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini taʼmirlash ishlari (avariya-tiklash ishlaridan tashqari), bunday ishlarni olib borish shartlari tegishli yoʻl tashkilotlari bilan, shaharlar va boshqa aholi punktlari doirasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgandan keyin olib borilishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajarish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumot elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egalariga tegishli organ tomonidan ishlarni bajarish zarurligi toʻgʻrisida bildirishnoma olingan kundan boshlab uch kun muddatda yuborilishi kerak. Ish joylarini oʻrash tegishli organlar bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avariya-tiklash ishlari ularni amalga oshirish shartlari oldindan kelishilmasdan, biroq ishlar bajariladigan joyga yoʻl tashkiloti yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakilini albatta chaqirgan holda oʻtkaziladi. Bunda ushbu ishlarni bajaruvchi elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egalari transport va yoʻlovchilar uchun zarur ogohlantirish belgilari qoʻygan holda avariya joylarini aylanib oʻtish yoʻllari qurishlari hamda ishlarni bajarish tugallangandan keyin tuproqni tekislashi va yoʻl qoplamalarini tiklashi kerak.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari oʻz vakolatlari doirasida ushbu elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari shikastlanganligini ogohlantirishda hamda barcha yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur Qoidalar talablariga rioya etishini taʼminlashda elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egalariga koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Muhofaza zonalari doirasida ishlarni bajarish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Sanoat qurilishi va boshqa qurilish uchun, shuningdek, qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun ajratiladigan uchastkalarda elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari mavjud boʻlgan taqdirda mazkur uchastkalarni olgan tashkilotlar ulardan foydalanishni elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining tegishli egalari bilan kelishishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan yer uchastkalarida qurilishga rozilik olish uchun quruvchilar tomonidan ushbu obyekt loyihasi mazkur elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egasiga taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avariya vaziyatlarida loyihasiz bajariladigan qurilish, taʼmirlash ishlari va boshqa ishlarni bajarish (yer osti kabel liniyalari trassalarida chuqur qazish, yoʻllarni vaqtincha aylanib oʻtish, kirish yoʻlini yopish va suv chiqarish uchun tuproqni qazish, dalalarni tekislash, qoziqoyoq qoqish, toʻsiq uchun tayanch oʻrnatish, tuproq namunasi olish, turli maqsadlar uchun xandaq qazish va boshqalar) uchun elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egalarining yozma roziligi mazkur Koidalarning 19-bandida belgilangan tartibida olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Loyihasiz amalga oshirilayotgan ishlar bajarilayotgan zonada yer osti elektr kabellari boʻlishi mumkinligini aniqlash uchun ishlarni bajaruvchilar tomonidan viloyat, tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)dan axborot olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari muhofaza zonasida amalga oshiriladigan ishlarning buyurtmachisi (quruvchi) ishlar boshlanishidan kamida 3 sutka oldin elektr kabeli joylashgan joyni texnik hujjatlar boʻyicha aniq belgilash, ularning chuqurligini aniqlash va qurilayotgan obyekt inshootlari bilan oʻzaro joylashishini aniqlash uchun elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egasining vakilini chaqirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Yer osti elektr kabellarining aniq joylashishini belgilash ishlar bajariladigan zonada ularning butun uzunligi boʻyicha amalga oshiriladi hamda buning uchun elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egasi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Qurilish uzoq muddat davomida olib borilgan taqdirda ishlarni bajarish zonasida yoʻl osti elektr kabellarining aniqlashtirilgan trassasi boʻyi 1,5 — 2 metr boʻlgan koʻrsatkich qoziqlar bilan belgilanishi kerak. Koʻrsatkich qoziqlar trassaning toʻgʻri uchastkalarida barcha trassa burilishlarida trassaning toʻgʻri oʻqidan 0,5 metr cheklanishning barcha nuqtalarida har 15 — 20 metrga, shuningdek, ishlar qoʻlda bajariladigan tuproqni qazish chegaralarida oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatkich qoziqlar oʻrnatish, quduq qazish ishlari elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egasining vakili ishtirokida quruvchining kuchi va mablagʻlari hisobiga bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Trassani koʻrsatkich qoziqlar bilan belgilamasdan yer ishlarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Elektr kabellarining muhofaza zonalarida ishlar boshlangungacha ishlarni bajaruvchilar yer osti elektr kabellari trassalarining joylashishi, ularning joyidagi belgilanishi bilan tanishishi kerak. Ularga shuningdek elektr kabellari saqlanishini taʼminlovchi qoʻlda va mexanizatsiya usulida yer ishlarini bajarish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomalar beriladi. Bundan tashqari, ular elektr kabellarida odamlarning hayoti uchun xavfli boʻlgan kuchlanish borligini hisobga olgan holda elektr toki urish xavfi, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan elektr kabel liniyalari shikastlantirilganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr kabellarining muhofaza zonalarida ishlarni olib borishda ushbu elektr kabellari egasining vakilini chaqirish zarurligi koʻrsatilishi, zarur hollarda esa, qoʻlda bajariladigan ishlarning sxemasi berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalaridagi ishlar ularning bajarilishi uchun masʼul shaxsning kuzatuvida bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Havo va kabel liniyalarining muhofaza zonasida ishlarni bajaruvchilar ishlar boshlanishidan kamida 3 sutka oldin elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egasiga telefonogramma orqali yoki shaxsan ishlarni bajarishda vakillari hozir boʻlishi zarur boʻlgan ishlarni bajarish sanasi va soati toʻgʻrisida maʼlum qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan vakillar ish bajarilayotgan joyga kelmagan taqdirda ishlarni bajaruvchilar bir sutka mobaynida bu haqda elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egasiga xabar berishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonasida koʻrsatib oʻtilgan vakillar hozir boʻlmagan holda yer ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Yer osti kabellarining bevosita yaqinida tuproq ishlarini faqat belkuraklar yordamida, qattiq zarb bermasdan bajarishga yoʻl qoʻyiladi, zarbali asboblar (lom, kirka)dan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ishlab turgan kabel elektr tarmoqlari kommunikatsiyalari bilan kesishgan joylarda yer ishlari qonunchilikda nazarda tutilgan elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ixtiyorida qurilayotgan yoki ishlayotgan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan tashkilotlar koʻrsatib oʻtilgan obyektlarni begona toklardan himoya qilish choralarini koʻrishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan korxonalarning xodimlariga taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun boshqa tashkilotlarning hududida joylashgan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlariga belgilangan tartibda toʻsiqsiz kirish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalari bilan kesishish joylaridagi avtomobil yoʻllarida ushbu liniyalarning muhofaza zonalarida transport toʻxtashini taqiqlovchi yoʻl belgilari oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tabiiy ofatlar tufayli elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari shikastlanganda, shuningdek, shikastlanishining oldini olish maqsadida tumanlar (shaharlar) hokimliklariga zarur hollarda oʻz vakolatlari doirasida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari shikastlanishini bartaraf etish va shikastlanishining oldini olish ishlariga tashkilotlarni jalb qilish huquqi beriladi. Bunday holatlarda bajarilgan ishlarga haq toʻlash va sarflangan moddiy resurslar qiymatini qoplash ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalaridagi va ular yaqinidagi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan korxonalar xodimlarining elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari saqlanishini taʼminlashga va baxtsiz hodisalarning oldini olishga doir talablarini bajarishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan korxonalarning xodimlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan muhofaza zonalarida mazkur Qoidalar talablari buzilgan holda bajarilayotgan ishlarni toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari, ularning elementlari shikastlangan taqdirda ishlarni bajaruvchi bu haqda darhol ushbu elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining egalariga maʼlum qilishi va shikastlanishni zudlik bilan bartaraf etishda yordam koʻrsatishi, shu jumladan, ishchi kuchi va mexanizmlar ajratishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish Qoidalari talablari buzilganligi toʻgʻrisida dalolatnomalar (keyingi oʻrinlarda Dalolatnoma deb ataladi) ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan tashkilotlarning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan, mazkur Qoidalarga ilovadagi shaklda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan bittasi mazkur Qoidalar talablarini buzgan shaxsga taqdim etiladi, ikkinchi nusxasi ixtiyorida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan tashkilotda qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar buzilganligi toʻgʻrisida dalolatnomalar tuzishga vakolatli mansabdor shaxslar roʻyxati xar yili tasarrufida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari boʻlgan korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etish bilan bogʻliq boʻlgan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Mazkur Qoidalar talablarini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zararni qoplaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Elektr tarmogʻi xoʻjaligi
‎obyektlarini muhofaza qilish qoidalarining talablari buzilganligi toʻgʻrisida
‎DALOLATNOMA

‎‎____________________________________________________________________________ tomonidan

‎‎(yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎__________________________________________________________________ buzilganligi yuzasidan
______________________ sh.‎‎ ‎‎20__ yil “___” ______________
‎‎Dalolatnoma tuzilgan vaqt: soat ___________________ ____________________ daqiqa.
‎‎Biz, imzo qoʻyganlar:
‎_____________________________________________________________________________________

‎‎‎‎(ixtiyorida elektr xoʻjaligi obyektlari boʻlgan

‎‎_____________________________________________________________________________________,
‎‎tashkilot vakolatli shaxslarining lavozimlari va F.I.O)
‎‎___________________________________________________________________________ ishtirokida
‎‎(yuridik shaxs vakilining lavozimi va F.I.O., yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)
‎‎ushbu dalolatnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdik:
‎‎20 ___ yil “____” ______________ _______________________________________________________

(mazkur Qoidalar talablari buzilganligi holati)

‎‎____________________________________________________________________________________ .
‎‎Mazkur Qoidalar talablarining buzilishiga ________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________________ sabab boʻlgan.
‎‎Imzolar:
‎‎Ixtiyorida elektr xoʻjaligi obyektlari boʻlgan
‎‎tashkilotning vakolatli shaxsi

‎‎___________________________

___________________________‎‎

‎‎F.I.O.

(imzo)

‎‎Dalolatnoma bilan tanishdim:‎
yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs vakili

______________________‎‎

‎‎______________________

F.I.O.

(imzo)

‎‎Dalolatnoma tuzilayotgan shaxs imzo chekishdan bosh tortgan holatda, bu haqda qayd etilib, dalolatnoma tuzuvchilar yana bir bor imzo chekmoqdalar _______________________________________

‎‎Imzo chekishdan bosh tortdi ______________________________________________________________
‎‎(yuridik shaxs vakilining yoki jismoniy shaxsning F.I.O)
* Mazkur Dalolatnoma yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida” 2010-yil 17-maydagi 93-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 23-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 17-dekabrdagi 301-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 69-modda) ilovaning 40-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 46-son, 1134-modda) 1-ilovaning 37-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1050/2395-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)