24.08.2018 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi va tergov-sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori shaxs uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda belgilangan tartibda isbotlangunga qadar aybsiz hisoblanishi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish zarurligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sud tomonidan har bir jinoyat ishini yuritishda jinoyat-protsessual qonuni normalariga qatʼiy amal qilish shartligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 11-moddasida belgilangan talablarga, shu jumladan dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda, ogʻishmay rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan qonun normalarini aniq bajarishdan va unga rioya qilishdan har qanday chekinish, u qanday sababga koʻra yuz berganligidan qatʼiy nazar, shu yoʻl bilan olingan dalillarning maqbul emas (yaroqsiz) deb topilishiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maqbul boʻlmagan dalillar yuridik kuchga ega boʻlmay, ulardan JPK 82 — 84-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni isbotlash uchun foydalanish hamda ularni ayblov asosiga qoʻyish mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Surishtiruv, tergov organlari va sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, isbot qilish jarayonida dalillarning maqbulligi toʻgʻrisidagi masalani toʻgʻri hal etish muhim oʻrin tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalillar maqbulligining shartlari quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalil tegishli subyekt tomonidan, yaʼni dalilni olish bilan bogʻliq boʻlgan protsessual harakatni oʻtkazishga vakolatli mansabdor shaxs tomonidan olingan boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faktga oid maʼlumotlar faqat JPK 81-moddasining ikkinchi qismida qayd etilgan manbalardan olingan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalil uni olish bilan bogʻliq protsessual harakatni oʻtkazishga oid qoidalar va tartibga rioya etilgan holda olingan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalilni olishda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarining qayd etilishiga doir qonunning barcha talablariga amal qilingan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, dalillar maqbulligiga taalluqli yuqorida sanab oʻtilgan shartlardan birortasiga amal etilmasligi dalilning maqbul emas deb topilishiga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. JPK 951-moddasiga koʻra, agar faktik maʼlumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yoʻli bilan yoxud JPK talablari buzilgan, shu jumladan quyidagi hollarda olingan boʻlsa maqbul emas deb topiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ularni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqlari, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan bajarilishi natijasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) nomaʼlum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin boʻlmagan manbadan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan oʻz tasdigʻini topmagan koʻrsatuvlaridan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. JK 235-moddasi va 1984-yil 10-dekabrdagi “Qiynoqlarga solishga va muomalada boʻlish va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiya”ning 1-moddasiga koʻra, qiynoqlar hamda boshqa shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo deganda, mansabdor shaxs yoki boshqa rasmiy shaxs tomonidan yoxud rasmiy yoki boshqa shaxs dalolatchiligi yoki xabardorligi yoxud indamasdan bergan roziligi bilan boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan harakat tushunilib, uning natijasida qasddan shaxsga quyidagi maqsadlarda kuchli ogʻriq, jismoniy, ruhiy yoki psixologik azob yetkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undan yoki uchinchi shaxsdan axborot yoki u sodir etgan yoxud sodir etilishida u gumon qilinayotgan harakat boʻyicha iqrorlik olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uni yoki uchinchi shaxsni qoʻrqitish yoki u yoki bu harakatni sodir etishga majburlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalillarni toʻplash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qoʻllanilganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan holda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud arz qiluvchining vajlarini xizmat tekshiruvi va sud-tibbiy yoki boshqa ekspertiza tayinlash yoʻli bilan tekshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) deganda, isbotlashni amalga oshirayotgan yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi materiallari boʻyicha hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolgʻon maʼlumotlarni kiritishda va boshqacha tarzda buzib koʻrsatishda namoyon boʻlgan harakatlar tushunilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqlari, jumladan quyidagi hollarda buzilgan hisoblanadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protsessual harakatda qonunga koʻra himoyachi ishtiroki shart boʻlib, dalil surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sud tomonidan uning ishtirokisiz olingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga uning himoyaga boʻlgan huquqi tushuntirilmagan yoki bu huquqdan foydalanish imkoniyati amalda taʼminlanmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqlari buzilishi masalasiga oid batafsil tushuntirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli qarorida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakat bunga huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan quyidagi hollarda dalil olishda namoyon boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning yozma topshirigʻisiz tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni belgilangan tartibda oʻz yurituviga qabul qilmagan yoki tergov (surishtiruvchilar) guruhiga kiritilmagan tergovchi (surishtiruvchi) tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 76-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi lozim boʻlgan shaxs tomonidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Dalil, agar u nomaʼlum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin boʻlmagan, jumladan, qonunda nazarda tutilmagan manbadan, masalan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan tezkor-qidiruv tadbiri davomida olingan dalillar maqbul emas deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Dalil u JPK talablari buzilgan tarzda, jumladan, quyidagi hollarda olingan boʻlsa ham maqbul emas deb topiladi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tergov harakati qonunda nazarda tutilgan hollarda prokuror yoki sudning roziligi olinmasdan oʻtkazilgan boʻlsa (kechiktirib boʻlmaydigan hollar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tergov harakatida xolis sifatida ish boʻyicha manfaatdor shaxs, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yoki ularga jamoatchilik asosida koʻmaklashuvchi boshqa shaxslar ishtirok etgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ekspert xulosasi ekspertiza tayinlash vaqtida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining huquqlari buzilgan holda, shuningdek, ekspert rad etilishi shart boʻlgan holda olingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari JPK 116-moddasi talablariga xilof ravishda oʻz roziligisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga tegishli holatlar yuzasidan soʻroq qilingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) gumon qilinuvchi, ayblanuvchining surishtiruv va dastlabki tergov davrida guvoh sifatida soʻroq qilinganda bergan koʻrsatuvlari sud majlisida boshqa dalillar bilan tasdiqlanmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) jabrlanuvchi, guvohning faraz, taxmin, mish-mishlarga asoslangan koʻrsatuvlari, shuningdek, jabrlanuvchi, guvoh oʻzining xabardorligi manbasini aytib bera olmagan yoki aytishni xohlamagan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) soʻroq yuritilayotgan tilni (alfavitni) bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvohning koʻrsatuvlari tarjimon (mutaxassis) ishtirokisiz olingan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) voyaga yetmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh koʻrsatuvlari qonuniy vakilining (JPK 549-moddasi), zarur hollarda esa, pedagog yoki psixologning ishtirokisiz olingan boʻlsa (JPK 554-moddasi);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida soʻroq qilinishi mumkin boʻlmagan shaxslarning koʻrsatuvlari (JPK 115-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) dalillarni qayd etishning protsessual formasi buzilgan boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergov harakatlari va sud tergovida ishtirok etuvchi shaxslarga oid maʼlumotlar yoʻqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergov harakatlari va sud tergovida ishtirok etuvchi shaxslarga huquq va majburiyatlarining tushuntirilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergov harakatlari boshlangan hamda tugallangan vaqtning koʻrsatilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli (elektron) tashuvchi jismlardagi maʼlumotlar mutaxassis ishtirokisiz olib qoʻyilganligi yoki koʻzdan kechirilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 90 — 93-moddalarida nazarda tutilgan boshqa, jumladan oʻta ogʻir jinoyatlar boʻyicha hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish tarzidagi, tintuv, koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti tarzidagi protsessual harakatlar videoyozuv vositalaridan foydalangan holda qayd etilishi shartligi toʻgʻrisidagi talablar bajarilmaganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) daxlsizlik huquqi buzilgan holda ushlab turilgan, uy qamogʻi yoki qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsdan iqrorlik koʻrsatuvi olingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda toʻplangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish (taftish qilish) JPK 1871-moddasi talablari buzilgan holda oʻtkazilgan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tushuntirilsinki, jinoyat toʻgʻrisidagi ariza, xabar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar (narsalar), fotosuratlar, audio-, videoyozuvlar faqat ushbu materiallarni taqdim etgan shaxslar ish qoʻzgʻatilgandan keyin soʻroq qilingan va taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar (narsalar) kim tomonidan, qachon, qayerda, qanday holatlarda topilganligi yoki fotosurat, audio-, videoyozuvlar amalga oshirilganligi aniqlangan holdagina maqbul dalil sifatida foydalanilishi mumkin. Taqdim etilgan predmetlar (narsalar)ni maqbul dalil deb topishning zarur sharti ularni koʻzdan kechirish toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzilganidan soʻng chiqariladigan, predmetlar (narsalar)ni ishga ashyoviy dalil sifatida qoʻshish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) hisoblanadi. Zarur hollarda hujjatlar, predmetlar (narsalar), fotosuratlar, audio-, videoyozuvlarni ishga daliliy ashyo sifatida ishga qoʻshish masalasini hal etish uchun tegishli ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. JPK 26-moddasiga muvofiq jinoyat ishini birinchi instansiyada mazmunan koʻrib chiqayotgan sud dalillarni bevosita tekshirishi: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishi, faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqarishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan kelib chiqib, guvoh, jabrlanuvchining, agar ularning sudga kelmaganligi sabablari aniqlanmagan yoki ular sudga uzrsiz sababga koʻra kelmagan boʻlsa, sudda oʻqib eshittirilgan koʻrsatuvlari maqbul dalil sifatida foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, basharti sud ularni sudga kelishini taʼminlash yuzasidan qonunda nazarda tutilgan choralarni koʻrmagan, manfaatdor taraf esa, ularning koʻrsatuvlari oʻqib eshittirilishiga eʼtiroz bildirgan boʻlsa (JPK 261, 262-moddalari). Mazkur qoida guvoh, jabrlanuvchini obyektiv sabablarga koʻra (masalan, sud majlisida soʻroq qilishga toʻsqinlik qiluvchi ogʻir kasallik, turar joyini aniqlash imkoni yoʻqligi, mamlakat hududidan chetga doimiy yashash uchun, uzoq yoki nomuayyan muddatga chiqib ketganligi va h.k.) sudga kelishini taʼminlash imkoniyati boʻlmagan hollarga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, toʻplash paytida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi sababli maqbul emas deb topilgan ayrim dalillardan isbot qilishda tegishli protsessual harakatlar belgilangan talablarga amal qilgan holda oʻtkazilgandan soʻng foydalanilishi mumkin (masalan, tergov yoki sud harakati oʻtkazish bayonnomalarida ayrim maʼlumotlar yoki bandlarning yoʻqligi, basharti bu kamchilikni xolislar, ushbu harakatning boshqa ishtirokchilarini, zarur hollarda esa, surishtiruvchi yoki tergovchini soʻroq qilish orqali bartaraf qilish imkoniyati boʻlsa va h.k.).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, maqbul emas deb topilgan ayrim dalillarni, ularning yuridik tabiatiga koʻra, tiklashning imkoniyati yoʻq (masalan, qonunga muvofiq roziligi olinishi shart boʻlgan hollarda jabrlanuvchini, guvohni uning roziligini olmasdan takroran soʻroq qilish, shaxsni yoki narsani tanib olish uchun takroran koʻrsatish va h.k.) boʻlib, bu isbot qiluvchi subyektni muayyan holatni tasdiqlovchi vosita sifatida mazkur dalilga tayanish huquqidan mahrum etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, ish boʻyicha har qanday qaror qabul qilishda, shu jumladan ayblov dalolatnomasi, ayblov xulosasi va hukmda maqbul emas dalillarga asoslanish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qoʻshimcha dalillar toʻplash imkoniyati boʻlmasa, sud protsessual qonun talablariga rioya etilgan holda toʻplangan dalillar majmuiga asoslanib ish boʻyicha qatʼiy qaror qabul qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qonun buzilishi oqibatida olingan dalil surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan maqbul emas deb topilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalilni maqbul emas deb topish toʻgʻrisidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, uning himoyachisi yoki qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari tomonidan ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida va sud majlisida arz qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruvchi, tergovchining dalilni maqbul emas deb topish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan arizachi mazkur qaror bilan tanishtirilgan paytdan eʼtiboran ikki sutka ichida prokurorga shikoyat berilishi mumkin (JPK 377-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalilni maqbul emas deb topish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilishining rad etilishi bunday iltimosnomani takroran, shu jumladan ish sud majlisida koʻrilayotganda arz qilinishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda qayd etilgan dalillar maqbulligi shartlaridan birortasiga rioya etmaslik mazkur dalilni maqbul emas, yaʼni uning asosida protsessual qarorlar qabul qilish uchun yuridik kuchga ega emas deb topishga asos boʻladi (JPK 94, 95-moddalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda dalillarga baho berish jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaxslari vakolatiga tegishli boʻlganligi sababli, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari (jamoat ayblovchisi, himoyachi, jabrlanuvchi, ayblanuvchi va h.k.) faqat mazkur organlarning dalillar aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)lari ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat berish yoʻli bilan eʼtiroz bildirishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qonun buzilishi natijasida olingan dalilni maqbul emas deb topishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror ishni sudga qadar yuritish bosqichida (JPK 46-bobi), birinchi instansiya sudi esa, sud tergovi davomida bunday qaror sabablarini koʻrsatgan holda, uni dalillar majmuidan chiqarish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqarishi shart. Dalilning maqbulligiga oid masala maslahat xonasida (alohida xonada) kelib chiqqan taqdirda, sud dalilni maqbul emas deb topib, uni dalillar majmuidan chiqarish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror qabul qiladi va bu haqda hukmning tavsif qismida koʻrsatadi. Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi sudining bu haqdagi qarori uning ajrimi (qarori) asoslantirish qismida bayon etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni mazmunan koʻrish paytida har bir instansiya sudi, taraflarning iltimosnomasi bilan chiqarilgan dalilni maqbul deb topish toʻgʻrisidagi masalani qayta muhokama etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sudlar har bir jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv, tergov olib borish, shuningdek, sud muhokamasi davrida jinoyat-protsessual qonunining isbot qilishning umumiy shartlariga oid talablariga rioya qilinganligini sinchiklab tekshirishlari va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi hollari yuzasidan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishlari, ishda ishtirok etayotgan biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni prokurorga yuborishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 12-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-son