19.12.2003 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHINI HIMOYA HUQUQI BILAN TA’MINLASHGA OID QONUNLARNI QO‘LLASH BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum va oqlangan shaxsning (bundan buyon matnda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi deb yuritiladi) himoya huquqi jinoyat-sudlov ishlarini yuritishda asos qilib olinuvchi prinsiplardan biri bo‘lib, ish bo‘yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli qaror qabul qilinishini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud amaliyotini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, surishtiruv, tergov organlari hamda sudlar gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini asosan ta’minlab kelmoqdalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir qatorda, ushbu huquqiy institut ish bo‘yicha qonuniylikka rioya etish va haqiqatni aniqlashda juda muhim omil ekanligiga yetarli darajada e’tibor berilmayapti. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida ham, sud muhokamasi borayotganda ham qo‘pol tarzda buzish hollari barham topmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun talablariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlash, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini buzish hollariga barham berish maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarga tushuntirilsinki, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir kishiga shaxsiy erkinlik va daxlsizlik ta’minlanishini kafolatlovchi normalaridan kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqi — yuzaga kelgan gumon, qo‘yilgan aybni rad etish yoki javobgarlik va jazoni yumshatish uchun unga qonun bilan berilgan protsessual imkoniyatlar (vosita va usullar) yig‘indisidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Himoya huquqi jinoyat-sudlov ishlarini yuritishning barcha bosqichida ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga ko‘ra (JPK 24, 64-moddalari), jinoyat ishini yuritishga mas’ul barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning huquqlarini tushuntirishlari va o‘ziga tegishli himoya huquqidan amalda foydalanishi uchun real sharoit yaratib berishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sudlar ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar albatta sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirilishi zarurligi haqidagi qonun talablariga og‘ishmay rioya etishlari, ayblanuvchini nafaqat fosh etadigan, balki oqlaydigan, shuningdek, uning javobgarligini yengillashtiradigan va og‘irlashtiradigan holatlarni ham aniqlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan dalillardangina foydalanish mumkin. Protsessual qonun talablari buzilgan holda to‘plangan dalillar ayblov asosiga qo‘yilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashning muhim kafolati — uning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguncha va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlanmaguncha aybdor hisoblanmasligi haqidagi Konstitutsiyada belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga qat’iy amal etilishidadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi zimmasiga ko‘rsatuv berish majburiyati yuklanishi mumkin emas, o‘z aybsizligini yoki ish bo‘yicha biror-bir holatni isbotlash mas’uliyatini yuklashga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunga asosan bunday majburiyat jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etishning imkoni bo‘lmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi foydasiga hal qilinishi kerak. Qonunni qo‘llashda kelib chiqqan har qanday shubha ham uning foydasiga hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi talablariga, ya’ni ishlar sud majlisida taraflarning o‘zaro tortishuvi prinsipi asosida ko‘rilishi shartligi haqidagi qoidaga so‘zsiz amal qilinishini ta’minlashlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tortishuv prinsipi ayblov va himoya funksiyalari bir-biridan ajratilgan holda amalga oshirilishini taqozo etadi. Bunda sud ayblov yoki himoya tarafida turmasligi hamda ularning biron bir manfaatlarini ifoda etmasligi lozim. Sud xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda faqat ishni hal etish funksiyasini amalga oshirishi, ya’ni taraflarga protsessual huquqlarini amalga oshirish yo‘li bilan o‘z nuqtai-nazarlarini himoya qilishlari uchun teng imkoniyat yaratib berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga binoan, sud protsessida taraflar dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning to‘g‘ri hal etilishi, qonuniy va asoslantirilgan qaror chiqarilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, sudda ishlarni yuritishda tortishuv sud majlisida prokuror va himoyachining uzluksiz ishtiroki ta’minlangan holdagina ro‘yobga chiqadi (sudlanuvchi qonunda belgilangan tartibda himoyachidan voz kechgan hollar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashning muhim elementlaridan biri qonun tomonidan unga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya)ning protsessual harakati yoki qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat berish huquqining berilishidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari va mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan ham berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jinoyat-protsessual kodeksining 49-moddasiga muvofiq jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa, uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ishda himoyachining ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu o‘rinda shuni nazarda tutish kerakki, shaxs JPK 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra ushlangan hollarda, garchi qonunda bu haqda tegishli bayonnoma shaxs ichki ishlar organi yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgandan so‘ng rasmiylashtirilishi belgilangan bo‘lsa-da, uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab gumon qilinuvchi deb hisoblanadi. Aynan shu paytdan boshlab ushlab turilgan shaxs gumon qilinuvchiga berilgan barcha huquqlardan, shu jumladan, himoyachi olish, yaqin qarindoshlariga yoxud advokatiga telefon qilish yoki xabar yuborish, ko‘rsatuv berishdan bosh tortish, shuningdek o‘zi bergan ko‘rsatuvlari jinoyat ishi bo‘yicha unga qarshi dalil sifatida ishlatilishi mumkinligini bilish huquqidan foydalanadi. Shu tufayli, bunday hollarda u guvoh sifatida so‘roq qilinishi, jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi haqidagi qaror unga e’lon qilinmasdan hamda tegishli huquq va majburiyatlari tushuntirilmasdan turib, unga nisbatan tergov harakatlari olib borilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz bilan tegishli davlat organiga murojaat qilgan shaxs ham shunday huquqiy holatga ega (JPK 113-moddasi).
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini real ta’minlash maqsadida, shaxs JPK 221, 227-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish (JPK 242-moddasi) yoki uy qamog‘i (JPK 2421-moddasi) tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, shuningdek shaxs sud ekspertizasi o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan (JPK 265-moddasi) hollarda jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlarining mansabdor shaxslari shaxsga nisbatan protsessual majburlov chorasi qo‘llanilganligi va uning ushlab turilgan joyi to‘g‘risida darhol JPK 217-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar yoki tashkilotlarga xabar berishlari shart.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudlarning e’tibori Jinoyat-protsessual kodeksining gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning himoyachi olish, aynan nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini, mahkumga esa, u qanday jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilganligini bilish huquqini kafolatlovchi 46, 48-moddalari talablariga qat’iy rioya qilinishi zarurligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuning uchun, jinoyat ishida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda, ayblov dalolatnomasida, ayblov xulosasida va sud hukmida Jinoyat-protsessual kodeksining 360, 361, 379, 38112, 467-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniq bayon etilishi kerak.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shaxs bir necha jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan bo‘lsa, bu holatlar har bir ayblovga nisbatan alohida bayon etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ish bo‘yicha himoyachi sifatida qatnashishi mumkin bo‘lgan shaxslar toifasi JPK 49-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan. Ular jumlasiga, xususan, advokatlar hamda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlaridan biri yoki qonuniy vakillari kiradi. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshi yoki qonuniy vakili ish bo‘yicha himoyachi sifatida faqat advokat bilan birga qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga binoan, belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olgan va advokatlar tuzilmalarining: advokatlar hay’ati, advokatlik firmasi, byurosi a’zosi bo‘lgan shaxslar advokat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari deganda, uning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukasi va opa-singillari, eri(xotini), farzandlari (farzandlikka olinganlar), bobosi, buvisi, nevaralari, shuningdek, er(xotin)ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukasi va opa-singillari nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatning ishda ishtirok etishiga u advokatlik guvohnomasini ko‘rsatganidan va uning muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ishda himoyachi sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan yaqin qarindoshi yoki qonuniy vakiliga surishtiruv, dastlabki tergov organi, sud tomonidan qaror, ajrim berilib, unda himoyachining JPK 53-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Qaror (ajrim) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud (sudya) tomonidan himoyachi sifatida tanlangan shaxsning qarindoshligi yoki vakillik vakolatini va shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan so‘ng darhol chiqarilishi va unga berilishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Himoyachi qonunga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan, shuningdek, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining iltimosi yoki roziligi asosida boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ish bo‘yicha bir necha himoyachi taklif etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu o‘rinda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi himoyachini erkin tanlash huquqiga ega. Surishtiruvchi, tergovchi, sud (sudya) ish bo‘yicha tayinlov asosida davlat hisobidan himoyachi ishtirok etayotgan taqdirda ham gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan taklif etilgan himoyachining ishda qatnashishiga monelik qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoyachining jinoyat ishiga kirishishini rad etish to‘g‘risida surishtiruv, tergov organi, sud (sudya) tomonidan chiqarilgan qaror ustidan jinoyat-protsessual qonunida ko‘rsatilgan (JPK 27-moddasi) tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqiga oid qonun normalari mazmuniga ko‘ra, ish materiallarida davlat siri bilan bog‘liq ma’lumotlarning mavjudligi bunday ma’lumotlar bilan ishlashga maxsus ruxsati bo‘lmagan himoyachining ishda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday hollarda himoyachi davlat siriga aloqador ma’lumotlar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanishishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, himoyachining sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasligi ham uning ishda ishtirok etishiga monelik qilmaydi. Bu holda u JPK 20-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tarjimon bilan ta’minlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qonunga muvofiq, ish bo‘yicha JPK 51-moddasida ko‘rsatilgan hollar mavjud bo‘lganda, unda himoyachining ishtiroki shart ekanligi belgilangan bo‘lib, bu talabga rioya etmaslik jinoyat-protsessual qonuni normalarini jiddiy buzish deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushuntirilsinki, “jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilgani sababli o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan shaxslar” deganda, jumladan, aqli raso deb topilgan bo‘lsa-da, ammo ruhiy faoliyati doimiy yoki vaqtincha buzilgan, nutqida, ko‘rishida, eshitishida jiddiy kamchiliklari bo‘lgan yoki boshqa og‘ir xastalik bilan kasallangan shaxslar tushunilishi lozim.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jinoyat ishi bo‘yicha himoyachi yordamidan foydalanish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining huquqi hisoblanadi. Shu tufayli ham u ish yurituvning istalgan paytida himoyachidan voz kechishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoyachidan voz kechganlik to‘g‘risida sabablari ko‘rsatilgan holda yozma murojaat taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoyachidan voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining tashabbusi bilan va surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan himoyachining real ishtiroki ta’minlangan va u himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli uchrashganidan so‘ng himoyadan voz kechilganligini tasdiqlagan holda amalga oshiriladi. Bunda himoyachidan voz kechish jarayoni, albatta, videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Himoyachidan voz kechilganligi haqida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuzilishi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Videoyozuv materiallari va himoyachining ishda ishtirok etishga vakolati borligini tasdiqlovchi hujjatlar (advokatning orderi, qonuniy vakil vakolatini tasdiqlovchi hujjat va h.k.) bayonnomaga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining himoyachidan voz kechishiga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u voyaga yetmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u jismoniy nuqsoni (kar, soqov, ko‘r va h.k.) yoki ruhiy holati buzilgani tufayli o‘zini o‘zi himoya qilishga qiynalsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u sudlov ishi yuritilayotgan tilni bilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan, ayblanayotgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishda davlat yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishda advokat jabrlanuvchining vakili sifatida ishtirok etayotgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u bilan aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarda, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ko‘rilayotgan ishlarda, shuningdek himoyachidan voz kechish to‘g‘risida noilojlikdan (himoyachining mehnatiga haq to‘lash imkoniyatining yo‘qligi, ish bo‘yicha himoyachining hozir bo‘lmasligi va h.k.) arz qilingan hollarda ham himoyachidan voz kechish qabul qilinmaydi.
(14-bandining o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyachidan uning mehnatiga haq to‘lash imkoniyati yo‘qligi sababli voz kechmoqchi bo‘lgan taqdirda, jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlarining mansabdor shaxslari JPK 50-moddasining to‘rtinchi qismi qoidalariga binoan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash chorasini ko‘rishlari kerak.
(14-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruvchi, tergovchi, sud (sudya) ishning murakkabligi va boshqa holatlari gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining himoya huquqini o‘zi amalga oshirishiga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, degan xulosaga kelsa, himoyachidan voz kechish to‘g‘risidagi arizani rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biron-bir sababga ko‘ra muayyan himoyachidan voz kechish hollari umuman himoyachi xizmatidan voz kechish deb qaralmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoyachidan voz kechish to‘g‘risidagi arizaning qanoatlantirilganligi yoki rad etilganligi haqida belgilangan namunada bayonnoma tuziladi hamda u gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi va surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadi. Sud majlisida bu haqda majlis bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishini talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Bunday talab barcha hollarda qanoatlantirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoyachining ishga yangidan kirishishi o‘sha paytga qadar amalga oshirilgan protsessual harakatlar takrorlanishini taqozo etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisi davomida himoyachining ishga kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos bo‘lmaydi. Biroq, bu holda sud unga ish materiallari bilan tanishib chiqish va himoyasida bo‘lgan shaxs huquq va manfaatlari himoyasiga kirishishga tayyorgarlik ko‘rish uchun imkoniyat berishi kerak. Himoyachining u protsessga kirgunga qadar sud tomonidan so‘roq qilingan shaxslarni chaqirish haqidagi iltimosnomasi JPK 448-moddasida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtdan boshlab, advokat o‘z vazifalarini bajarishni rad etishga haqli emas, JPK 79-moddasida belgilangan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Himoyachi qonunga ko‘ra (JPK 53-moddasi) o‘z himoyasi ostidagi shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun yetarli huquqlar bilan ta’minlangan bo‘lib, uning bu huquqlarini jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari tomonidan biror bir tarzda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoyachi o‘z himoyasi ostidagi shaxs ishtirokida o‘tkaziladigan barcha tergov harakatlarida, shu jumladan, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning huquqlari tushuntirilayotganda va u so‘roq qilinayotganda, qamoqqa olish, uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi hal qilinayotgan, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda, eksperiment o‘tkazilayotganda, tanib olish uchun ko‘rsatilayotganda, yuzlashtirilayotganda, guvohlantirilayotganda, eksgumatsiya jarayonida, olib qo‘yish va tintuvda, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirishda, mol-mulkni xatlashda, prokuror tomonidan so‘roq qilinayotganda qatnashishga haqlidir.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoyachi jinoyat ishida qatnashishga ijozat olgan paytdan boshlab, ushlab turish haqida tuzilgan bayonnoma, ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim), ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillar sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida o‘tkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan keyin esa, jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalar yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish. Himoyachining bunday huquqi uning himoyasi ostidagi shaxs gumon qilinuvchi, ayblanuvchi deb e’tirof etilgunga qadar o‘tkazilgan tergov harakatlariga oid bayonnomalar bilan tanishishga nisbatan ham amal qiladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ishtirokida o‘tkaziladigan tergov harakatlari kuni, vaqti va joyi haqida uning himoyachisini oldindan xabardor etishi shart.
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki uy qamog‘ida bo‘lsa yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan bo‘lsa, himoyachi u bilan qonunga ko‘ra (JPK 53-moddasining ikkinchi qismi, 215-moddasining uchinchi qismi) soni va davomiyligi chegaralanmagan holda yakkama-yakka (holi) uchrashish huquqiga ega.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoyachiga qamoqda saqlanayotgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan uchrashuv berilishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat uchun — advokatlik tuzilmasi tomonidan unga muayyan ishni yuritish uchun berilgan order;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakili uchun — uni himoyachi sifatida ishda ishtirok etishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi surishtiruv, dastlabki tergov organi, sudning qarori (ajrimi).
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Himoyachiga o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan uchrashishga, o‘zining yoki himoyasi ostidagi shaxsning talabiga ko‘ra, jinoyat protsessining har qanday paytida darhol, gumon qilinuvchi bilan esa, JPK 48-moddasiga muvofiq ruxsat berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasa ma’muriyati himoyachiga o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan uchrashuv berishni rad etgan taqdirda, himoyachi bunday harakat ustidan prokurorga “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 30-32-moddalarida belgilangan tartibda shikoyat berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qonun talabiga ko‘ra (JPK 17, 88-moddalari) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari qo‘riqlanishi ta’minlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash jarayonida qiynoqqa solish, zo‘rlik ishlatish hamda insonga nisbatan boshqa shafqatsiz yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda bo‘lish qat’iyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1984-yil 10-dekabrda qabul qilgan “Qiynoqlarga solishga va muomalada bo‘lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiya”ga ko‘ra “qiynoq” har qanday tusdagi shunday harakatni anglatadiki, u bilan qandaydir shaxsga undan yoki uchinchi shaxsdan ma’lumotlar yoki e’tirof olish, uni u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki sodir etishda u gumon qilinadigan harakat uchun jazolash, shuningdek, uni yoki uchinchi shaxsni qo‘rqitish yoki zo‘rlash maqsadida yoki bunday og‘riq yoki azob davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatdagi boshqa shaxs yoki ularning gijgijlashi bilan yoki ularning xabardorligida yoki indamay roziligi bilan har qanday tusdagi kamsitishga asoslangan har qanday sabab bo‘yicha qasddan kuchli og‘riq yoki jismoniy yoxud ma’naviy azob beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qiynoqqa solish, zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash hamda insonga nisbatan boshqacha shafqatsiz yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda bo‘lish, shuningdek, qonunga xilof boshqa choralar qo‘llash, shu jumladan, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini buzish natijasida olingan dalillar ayblov asosiga qo‘yilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruvchi, tergovchi, sud (sudya) qamoq joylaridan keltirilgan shaxsdan har doim surishtiruv, tergov harakatlari o‘tkazilgan paytda unga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishganligi hamda saqlash sharoiti to‘g‘risida so‘rashlari shart. Surishtiruvning yoki tergovning qiynoqqa solish yoxud qonunga xilof boshqa usullari qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi har bir murojaat fakti bo‘yicha arz qilingan vajlarini sinchiklab tekshirish, shu jumladan, tibbiy guvohlantirish o‘tkazish orqali sinchiklab tekshirishlari va natijasiga qarab, tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishga qadar protsessual yoki boshqa huquqiy choralar ko‘rishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi murojaatlar JPK 22-moddasiga asosan qonunchilikda belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza o‘tkazilgan holda majburiy tekshirilishi lozim.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, isbotlash jarayonida tergov harakatlarini o‘tkazish, shu jumladan, so‘roq qilish tartibi va shartlari qonun bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlanganidan, qamoqqa olinganidan, chaqiruv qog‘ozi bo‘yicha so‘roqqa kelganidan yoki majburan olib kelinganidan so‘ng darhol yoki yigirma to‘rt soat ichida birinchi marta so‘roq qilishning (JPK 111-moddasi)da belgilangan qoidalariga rioya etilgan holda so‘roq qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umuman tergov harakatlari, faqat, soat 6 dan 22 ga qadar o‘tkazilishi kerak, JPK 88-moddasi ikkinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergov harakatlarini yuritish tartibi va shartlarining buzilishi prokuror va sud tomonidan gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ruhiy ta’sir o‘tkazish deb baholanishi mumkin. Bunday ta’sir ostida to‘plangan ma’lumotlar dalil kuchiga ega bo‘lmaydi va ular ayblov hukmi uchun asos qilib olinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qonunga muvofiq (JPK 20, 51, 488-moddalari) quyidagi hollar gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishi deb baholanadi, agar:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning o‘z ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi buzilgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunga ko‘ra himoyachi, qonuniy vakil ishtirok etishi shart bo‘lsa-yu, ish ularning ishtirokisiz tergov qilingan yoki ko‘rib chiqilgan bo‘lsa;
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan bir necha shaxsning huquqlari bitta himoyachi tomonidan himoya qilingan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki tergov tamomlangandan so‘ng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan bo‘lsa va qoidabuzarlik sud tomonidan bartaraf etilmagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayblanuvchiga ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi topshirilmagan bo‘lsa;
(21-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyachisi bo‘lmagan sudlanuvchiga himoya nutqi so‘zlash uchun imkoniyat, shuningdek, oxirgi so‘z berilmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish sudlanuvchining ishtirokisiz ko‘rilgan bo‘lsa (JPK 410-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni yuritishni istisno etadigan holatlar mavjud bo‘la turib, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi o‘tkazilgan bo‘lsa.
(21-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan holatlarning aniqlanishi sud qarorining bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sud taraflar ayblov mohiyati va ish holatlari yuzasidan o‘z vajlarini bayon qilayotganda ularning muzokarasini muayyan muddat bilan cheklab qo‘ymasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir qatorda, raislik qiluvchi ko‘rilayotgan ishning mohiyatiga aloqasi bo‘lmagan holatlar bo‘yicha gapirayotgan muzokara ishtirokchisi so‘zini bo‘lishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jinoyat-protsessual kodeksi 473-moddasi talabiga ko‘ra, hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarli darajada bilmaydigan tilda bayon qilingan bo‘lsa, hukmning qaror qismi e’lon qilinganidan keyin, mazkur qism tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki sudlanuvchi uchun tushunarli bo‘lgan boshqa tilda o‘qib eshittiriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumga, oqlangan shaxsga taqdim etilishi shart bo‘lgan hukm va boshqa sud (tergov) hujjatlari ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak (JPK 20-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu talablarga rioya etilmaganligi natijasida mahkum, oqlangan shaxs sud hukmi ustidan shikoyat berish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lsa, bu holat apellyatsiya shikoyati berish uchun belgilangan muddatni tiklash yoki apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Raislik qiluvchi hukm e’lon qilingandan so‘ng sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, uning ustidan apellyatsiya va kassatsiya shikoyati berish tartibi va muddatini, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi, audioyozuv bilan tanishish va unga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqini tushuntiradi.
(24-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sudlanuvchi umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, unga afv so‘rab iltimos qilish huquqi va tartibi ham tushuntiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sud mahkumga, oqlangan shaxsga, ularning himoyachilari va qonuniy vakillariga sud majlisi bayonnomasi, audioyozuv bilan tanishib chiqish uchun imkoniyat yaratishi shart. Bayonnomaning qonunda belgilangan muddatdan kechikib imzolanganligi haqida protsessning manfaatdor ishtirokchilari o‘z vaqtida xabardor qilinishi lozim.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mahkumdan, oqlangan shaxsdan sud majlisi bayonnomasi yoki audioyozuv bilan himoyachi ishtirokida tanishish istagi borligi to‘g‘risida belgilangan muddatda ariza kelib tushgan bo‘lsa, sud bu haqda himoyachini xabardor qilishi va ularga ushbu huquqdan birgalikda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratib berishi kerak.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bayonnoma hajmining kattaligi va boshqa uzrli sabablar tufayli protsess ishtirokchilariga u bilan tanishish va e’tiroz bildirish uchun besh sutkadan ortiq vaqt talab etilsa, bu muddat sud (sudya) tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisi bayonnomasi yoki audioyozuvi yuzasidan taqdim etilgan e’tirozlar muhim protsessual ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli sud (sudya) tomonidan sinchiklab va xolisona ko‘rib chiqilishi lozim.
(25-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
E’tirozlar to‘liq yoki qisman rad etilgan hollarda sud (sudya) bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi va u e’tirozlar bilan birga ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisi bayonnomasi yoki audioyozuvi yuzasidan bildirilgan e’tirozlar ko‘rib chiqilganligi haqida manfaatdor shaxslar xabardor qilinadi.
(25-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sud berilgan shikoyat va bildirilgan protestlar to‘g‘risida mahkumlarni, oqlangan shaxslar, himoyachilar hamda ushbu shikoyat va protest boshqa shaxslardan qaysi birining manfaatiga taalluqli bo‘lsa, shu shaxslarni xabardor qilishi hamda ularning protest yoki shikoyat ustidan e’tiroz berish huquqini tushuntirishi shart. Shu bilan bir paytda mahkumga, jabrlanuvchiga va oqlangan shaxsga shikoyat, protest nusxalari yoxud ularning elektron nusxalari bilan hukm chiqargan sudning internet-resursi orqali tanishish mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi (JPK 4976, 503, 518-moddalari).
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning bu talabi buzilgan taqdirda, sud uni bartaraf etish chorasini ko‘rishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sud ishning apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ko‘rilishi kuni to‘g‘risida JPK 53-moddasi talabiga ko‘ra, mahkumning himoyachisini va qonuniy vakilini xabardor qilishi shart. Ushbu talabga rioya etmaslik ishni ko‘rish boshqa kunga qoldirilishiga sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi tomonidan ishning himoyachi ishtirokisiz ko‘rilishi, agar u sud majlisi vaqti to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinmagan va bu uning sud majlisida ishtirok etishi imkoniyatidan mahrum qilgan bo‘lsa, bu holat jinoyat-protsessual qonun talablarining jiddiy buzilishi deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 51-moddasida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi majlisida himoyachining ishtiroki ta’minlanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etishi uning o‘z himoya huquqini amalga oshirishi nuqtai nazaridan ham, shikoyat va protestlar xolis hal etilishi uchun ham juda muhimdir. Shuning uchun sudlar mahkumning, shu jumladan, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlanayotgan mahkumning uni apellyatsiya instansiyasi sudi majlisiga tushuntirish berish uchun chaqirish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qanoatlantirishlari kerak (JPK 49716-moddasi).
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mahkumga (oqlangan shaxsga) berilgan himoya huquqi ta’minlanishining jiddiy kafolati shundan iboratki JPK 501, 514-moddalariga binoan kassatsiya, taftish tartibida sud qarorlarining qayta ko‘rib chiqilishiga, agar bu mahkum (oqlangan shaxs) ahvolining og‘irlashishiga olib kelsa, ayblov (oqlov) hukmi yoki ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, bir yil o‘tgandan so‘ng yo‘l qo‘yilmaydi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sud hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni JPK 532, 542-moddalari tartibida hal qilishda himoyachining ishtirok etishiga, agar bu haqda mahkum, uning qarindoshlari yoki boshqa manfaatdor shaxslar iltimos qilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan mahkumga nisbatan, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy holati buzilgan mahkumga nisbatan chiqarilgan hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalar himoyachi ishtirokida ko‘rilishi shart.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jinoyat-protsessual kodeksi 50-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash chorasini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday hollarda advokat mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 774-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilanadigan tartibda davlat hisobidan qoplanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Sudlar har bir jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv, tergov olib borishda, shuningdek, sud muhokamasi davrida gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ularning Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida himoya huquqini ta’minlashga oid talablarga rioya qilinganligi masalasini sinchiklab tekshirishlari va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi hollari yuzasidan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 41-sonli qarori hamda 1999-yil 24-sentabrdagi “Sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 41-sonli “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi to‘g‘risida”gi 17-sonli qarori (unga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori bilan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar bilan) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 19-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-son