25.12.2012 yildagi O‘RQ-344-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 7-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi tezkor-qidiruv faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati tushunchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyati ushbu Qonun bilan maxsus vakolat berilgan davlat organlarining tezkor boʻlinmalari (bundan buyon matnda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazish orqali amalga oshiriladigan faoliyat turidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki himoya qilinishini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishga daxldor shaxslarni aniqlash hamda topish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan boʻyin tovlayotgan shaxslarni, bedarak yoʻqolgan shaxslar va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarni qidirishni amalga oshirish, shuningdek tanib olinmagan murdalarning shaxsini aniqlash;
(4-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdid solayotgan shaxslar, hodisalar, harakatlar (harakatsizlik) haqida axborot toʻplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, konspiratsiyadan, oshkora va nooshkora usullar uygʻunligidan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Qonuniylik prinsipi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga aniq rioya qilishi va ularni bajarishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka aniq rioya qilishdan hamda ularni ijro etishdan chekinish qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
(6-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, mazkur organlar hamda ularning rahbarlari ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni tiklash, yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda aybdorlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish natijasida olingan, jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etish bilan bogʻliq boʻlmagan axborotdan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash uchun foydalanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Insonning shaxsiy hayoti holatlariga oid maʼlumotlarning oshkor etilishiga olib keladigan, uning hayotini, sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyadigan, shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Konspiratsiya prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyati konspiratsiya prinsipiga rioya etilgan holda, yaʼni tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazishning, tezkor-qidiruv xususiyatiga ega axborotni olish, rasmiylashtirish, saqlash va undan foydalanishning, shuningdek tezkor-xizmat xususiyatiga ega hujjatlar bilan ishlash qoidalarining alohida tartibi belgilangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oshkora va nooshkora usullar uygʻunligi prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oshkora va nooshkora usullardan foydalanadi, bunday usullarning alohida xususiyati ushbu faoliyatning shart-sharoitlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, ularning huquqiy maqomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining hududida tezkor-qidiruv faoliyatini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
(10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy razvedkasining;
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining;
(10-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining organlari amalga oshiradi.
(10-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilarga almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning vakolatlarini chegaralash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruv va tergov organlari ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishlari boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 43 va 461-boblarida nazarda tutilgan tergovga tegishlilikka muvofiq oʻtkaziladi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuratura organlari hamda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar toifasiga kirmaydigan surishtiruv va dastlabki tergov organlari ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishlari boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan surishtiruvchining, tergovchining yozma topshirigʻi, prokurorning koʻrsatmasi va topshirigʻi asosida oʻtkaziladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 15-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tezkor-qidiruv tadbirlarini qonunchilikka muvofiq oʻtkazadi.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oshkora va nooshkora oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxfiylik asosida koʻmaklashish istagini bildirgan shaxslar bilan pulli yoki bepul hamkorlik oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik yoki jismoniy shaxslarning roziligi bilan ularga tegishli xizmat joylari va turar joylardan, transport vositalari va boshqa mol-mulkdan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni hal etish uchun maxsus bilimlarga ega boʻlgan mutaxassislar yordamidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
video- va audioyozuv, kino- va fotosuratga olish vositalarini, shuningdek insonning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsiz boshqa texnika vositalarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv uchun moʻljallangan axborot tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishga daxldor boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda topish choralarini koʻrishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan boʻyin tovlayotgan shaxslarni, bedarak yoʻqolgan shaxslar va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarni qidirishga, shuningdek tanib olinmagan murdalarning shaxsini aniqlashga doir ishlarni tashkil etishi;
(13-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazish toʻgʻrisidagi surishtiruv, tergov organlarining yozma topshiriqlarini, prokurorning koʻrsatmalari va topshiriqlarini bajarish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda konspiratsiya prinsipiga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning shaxsiy hayotiga tegishli, shaʼni va qadr-qimmatiga daxldor maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda atrof-muhit xavfsizligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xodimlarining hamda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaxslarning, shuningdek ular oila aʼzolarining xavfsizligini, ularning mol-mulkini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishni taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur organlar vakolatiga taalluqli, oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan jinoiy faoliyat faktlari toʻgʻrisida bir-birini xabardor qilishi hamda zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda bir-biriga zarur yordam koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tezkor-qidiruv faoliyatining mavjud kuch va vositalarini samarali qoʻllashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari va ularni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrov — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar, faktlar va holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bilgan yoki bilishi mumkin boʻlgan shaxs bilan bevosita muloqotda boʻlish jarayonida axborot olishdan iborat boʻlgan tadbir;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar toʻplash — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun hujjatlarni, materiallarni, maʼlumotlar bazalarini axborot tizimlarini va axborot resurslarini oʻrganish, shuningdek soʻrovnomalar yuborish orqali jismoniy va yuridik shaxslar, faktlar va holatlar haqida ahamiyatga ega boʻlgan axborotni, shu jumladan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olishga qaratilgan tadbir;
(14-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 13-martdagi OʻRQ-920-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2024-y., 03/24/920/0209-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiyosiy tekshiruv uchun namunalar yigʻish — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida moddiy obyektlarni kelgusida qiyosiy tekshirish uchun olishdan iborat boʻlgan tadbir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish uchun xarid qilish — yuridik yoki jismoniy shaxslardan tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan tovarlarni yoki xizmatlarni haq evaziga xarid qilishdan iborat boʻlgan tadbir;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostida olish — yolgʻondan bitim tuzishdan, yaʼni qonunchilik buzilishi faktini aniqlash va hujjatlashtirish uchun tovarlarni, valyuta qimmatliklarini, moddalarni hamda boshqa predmetlarni isteʼmol qilish yoki sotish maqsadini koʻzlamasdan olishdan iborat boʻlgan tadbir;
(14-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
predmetlarni va hujjatlarni tekshirish — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida predmetlarni va hujjatlarni oʻrganish uchun zarur ilmiy, texnikaviy va boshqa maxsus bilimlarga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb etgan holda oʻtkaziladigan tadbir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor kuzatuv — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan axborotni olish maqsadida shaxslarning harakatlarini, hodisalarni va jarayonlarni bevosita yoki bilvosita (texnik vositalardan foydalangan holda) nooshkora kuzatish va qayd etishdan iborat boʻlgan tadbir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning aynanligini aniqlash — tekshirilayotgan yoki qidiruvdagi shaxsning shaxsini identifikatsiya qilish yoxud xususiy belgilari asosida aniqlashdan iborat boʻlgan tadbir;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, texnik va transport vositalarini tekshirish — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar, faktlar hamda holatlarni aniqlash maqsadida turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, kompyuterlarni, aloqa qurilmalarini va transport vositalarini bevosita yoki bilvosita (texnik vositalardan foydalangan holda) koʻzdan kechirish hamda oʻrganishdan iborat boʻlgan tadbir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlarini nazorat qilish — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan axborotni olish maqsadida pochta, kuryerlik joʻnatmalari hamda telegraf xat-xabarlarini nooshkora tanlab olish va oʻrganishdan iborat boʻlgan tadbir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish — maxsus texnik vositalardan foydalangan holda olib boriladigan soʻzlashuvlarni, shu jumladan uzatiladigan matnli, grafik va multimedia axborotini nooshkora eshitib turish, tutib qolish va qayd etishdan iborat boʻlgan tadbir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar toʻgʻrisida axborot olish — abonentlar yoki abonent qurilmalari (foydalaniladigan asbob-uskuna) oʻrtasidagi bogʻlanishlar sanasi, vaqti, davomiyligi toʻgʻrisida axborot va boshqa maʼlumotlarni nooshkora olishdan iborat boʻlgan tadbir;
(14-modda birinchi qismining oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-651-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor kiritish — tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ xodimini yoxud maxfiylik asosida koʻmaklashuvchi shaxsni jinoiy-kriminogen muhitga yoki tezkor ahamiyatga ega boʻlgan obyektga tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida kiritishdan va ularning imkoniyatlaridan nooshkora foydalanishdan iborat boʻlgan tadbir;
(14-modda birinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 13-martdagi OʻRQ-920-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2024-y., 03/24/920/0209-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostida yetkazib berish — erkin realizatsiya qilinishi taqiqlangan yoki muomalasi cheklangan yoxud jinoyat obyekti, predmeti va quroli boʻlgan tovarlar, valyuta qimmatliklari, moddalar va boshqa predmetlar olib oʻtilishini (tashilishini, joʻnatilishini, topshirilishini) tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida nooshkora nazorat qilishdan iborat boʻlgan tadbir;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
niqoblangan operatsiya — ikki yoki undan ortiq tezkor-qidiruv tadbirini tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida oshkora va nooshkora usullardan foydalangan holda oʻtkazishni oʻz ichiga oladigan kompleks tadbir;
(14-modda birinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 13-martdagi OʻRQ-920-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2024-y., 03/24/920/0209-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor eksperiment — gʻayrihuquqiy qilmish sodir etgan yoki unga tayyorgarlik koʻrayotgan shaxslarni fosh etish va aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan toʻliq boshqariladigan va nazorat qilinadigan sharoitni muayyan hodisani qaytadan tiklash yoʻli bilan sunʼiy ravishda vujudga keltirishdan iborat boʻlgan tadbir.
(14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanilgan holda, shu jumladan kibermakonda va (yoki) uning imkoniyatlaridan foydalanilgan holda oʻtkazilishi mumkin.
(50-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 13-martdagi OʻRQ-920-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2024-y., 03/24/920/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda birinchi qismining oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tezkor-qidiruv tadbirlari maxsus vakolatli davlat organining kuchlari hamda vositalari bilan oʻtkaziladi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-651-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat ishining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
surishtiruv, tergov organlarining yozma topshirigʻi, prokurorning koʻrsatmasi va topshirigʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar jinoyat ishi qoʻzgʻatish uchun yetarli asoslar boʻlmasa, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga jinoyatlarni tayyorlash, sodir etish alomatlari toʻgʻrisida, shuningdek jinoyatlarni tayyorlashga yoki sodir etishga daxldor shaxslar haqida ayon boʻlib qolgan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi shaxslar, hodisalar, harakatlar (harakatsizlik) haqidagi axborotning mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan boʻyin tovlayotgan shaxslar, bedarak yoʻqolgan shaxslar va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslar toʻgʻrisida, shuningdek topilgan tanib olinmagan murdalar haqida ayon boʻlib qolgan maʼlumotlar;
(15-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqiy yordam koʻrsatish sohasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalari asosida kelib tushgan soʻrovnomalar;
(15-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa organlarning soʻrovnomalari.
(15-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, oʻz vakolatlari doirasida, quyidagi qarorlarni qabul qilish uchun zarur maʼlumotlarni toʻplashga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanish yoxud oʻta muhim va toifalangan obyektlarni ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq ishlarga ruxsat berish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv faoliyatida ishtirok etishga ruxsat berish yoki ushbu faoliyatni amalga oshirish natijasida olingan materiallardan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga maxfiylik asosida koʻmaklashayotgan shaxslar bilan hamkorlik oʻrnatish toʻgʻrisida yoki bunday hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar va boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga boʻlgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar toʻgʻrisidagi axborotni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining oʻtkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida yoʻl qoʻyiladi. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining oʻtkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida yoʻl qoʻyiladi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyundagi OʻRQ-697-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida yoʻl qoʻyiladi, prokuror bu haqda yigirma toʻrt soat ichida albatta xabardor qilinadi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-651-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan, uzoq davom etadigan tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazilgan taqdirda, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ bunday tadbirni oʻtkazish haqida tadbir boshlangan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida prokurorning sanksiyasini olishi yoxud tadbir oʻtkazishni tugatishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning hayotiga, sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan tahdid yuzaga kelgan taqdirda, ularning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olishga mazkur shaxslarning arizasiga yoki yozma roziligiga koʻra, qonunchilikka muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tasdiqlagan qaror asosida ruxsat etiladi, prokuror bu haqda yigirma toʻrt soat ichida albatta xabardor qilinadi.
(16-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish uchun xarid qilish, nazorat ostida olish, tezkor kuzatuv, tezkor kiritish, Oʻzbekiston Respublikasining ichkarisida amalga oshiriladigan nazorat ostida yetkazib berish, niqoblangan operatsiyalar, tezkor eksperiment tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror asosida oʻtkaziladi. Tekshirish uchun xarid qilish, nazorat ostida olish va nazorat ostida yetkazib berish prokuror bilan albatta kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali predmetlarni olib oʻtishga (olib kirish, olib chiqish, tranzit) yoʻl qoʻyiladigan nazorat ostida yetkazib berish bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilgan holda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
(16-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini, texnik va transport vositalarini tekshirish, tezkor kuzatuv, pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlarini nazorat qilish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, agar shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishni taʼminlash uchun haqiqiy maʼlumotlarni boshqa yoʻl bilan olish imkoni boʻlmasa, istisno choralar sifatida amalga oshiriladi.
(16-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-651-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
(16-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatidagi cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar hayotini, sogʻligʻini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda qonuniy manfaatlarini xavf ostiga qoʻyadigan, shuningdek inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar (harakatsizlik) sodir etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni huquqbuzarliklar sodir etishga ogʻdirishi va undashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zoʻravonlik, tahdid, qoʻrqitish hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklovchi boshqa gʻayriqonuniy usullardan foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilmagan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv materiallarini soxtalashtirishi, shuningdek bila turib notoʻgʻri maʼlumotlardan foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biron-bir yuridik shaxsning, shu jumladan siyosiy partiyaning, diniy tashkilotning yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotining, shuningdek jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning deputatlar, senatorlar, sudyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining xodimlari, prokurorlar, advokatlarni maxfiylik asosida hamkorlikka jalb qilishi taqiqlanadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1166-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini axborot bilan taʼminlash va tezkor-qidiruv ishini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tezkor-qidiruvga moʻljallangan axborot tizimlarini yaratishga va ulardan foydalanishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlarni toʻplash va tizimlashtirish, tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tekshirish va baholash, shuningdek ular asosida, ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, tegishli qarorlar qabul qilish maqsadida tezkor-qidiruv ish yurituvi ishlari yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv ish yurituvi ishlarining roʻyxati va ularni yuritish tartibi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hujjatlarida belgilanadi.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-651-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan faqat tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyati materiallari jinoyat ishi qoʻzgʻatish uchun asos boʻlishi, jinoyat ishi oʻz yurituvida boʻlgan surishtiruv, tergov organlariga, prokurorga tergov harakatlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchun taqdim etilishi, shuningdek bu materiallardan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi normalariga muvofiq jinoyat ishlari boʻyicha isbot qilishda foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 16-moddasi shartlariga rioya etilgan holda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq tekshirilganidan va baholanganidan soʻng dalillar sifatida eʼtirof etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyati natijalari tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror asosida surishtiruv, tergov organlariga, prokurorga texnika vositalaridan foydalanish natijasida olingan materiallar qoʻshilgan holda taqdim etiladi. Taqdim etiladigan materiallarning turi, toifasi va hajmi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 13-martdagi OʻRQ-920-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2024-y., 03/24/920/0209-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi xodim oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida aniqlangan jinoyatni qasddan yashirgan taqdirda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda foydalanilayotgan yoki foydalanilgan kuchlar, vositalar, manbalar, usullar, tezkor-qidiruv faoliyati rejalari va natijalari, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning shtatdagi oshkor qilinmaydigan xodimlari hamda mazkur organlarga maxfiylik asosida koʻmaklashayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish taktikasi haqidagi maʼlumotlar davlat sirini tashkil etadi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda, faqat tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror asosida oshkor etilishi lozim.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv tadbirlari tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi ikki va undan ortiq organ tomonidan shuningdek maxsus vakolatli davlat organining kuch va vositalari bilan oʻtkazilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda, faqat mazkur organlar rahbarlarining tasdiqlagan qarori asosida oshkor etiladi.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlarning prokuror tomonidan koʻrib chiqilishi tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joy daxlsizligi, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar va boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlari sir saqlanishi huquqlarini cheklovchi, shuningdek abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar toʻgʻrisida axborot hamda bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi materiallarni koʻrib chiqish tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi va bunday tadbirlarni oʻtkazish haqida iltimosnoma bilan murojaat qilgan organ joylashgan yerdagi prokuror tomonidan amalga oshiriladi. Alohida hollarda, bunday tadbirlarni oʻtkazish haqidagi materiallarning tadbirlar oʻtkazilayotgan joydagi prokuror tomonidan koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyundagi OʻRQ-697-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish zarurligi asoslantirilgan holda prokurorga taqdim etiladi. Prokuror tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qilgan boshqa materiallarni ham talab qilishga haqli.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-651-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli tezkor-qidiruv tadbirini oʻtkazishga sanksiya beradi yoxud uni oʻtkazishni asoslantirilgan holda rad etib, qarorda bu haqda koʻrsatib oʻtadi. Prokuror tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazilishiga sanksiya berishni rad etgan taqdirda, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ yuqori turuvchi prokurorga bunday qaror ustidan shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlarini va bunday faoliyatni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarni, shuningdek ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlarini, shuningdek ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning xodimlari davlat himoyasida boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlariga qonunchilikka muvofiq ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilinish kafolatlari beriladi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlariga qonunchilikka muvofiq ijtimoiy imtiyozlar beriladi.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlari va ularning oila aʼzolari xavfsizligini taʼminlash, shuningdek ularning mol-mulkini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda maxsus chora-tadbirlar nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organning uyushgan jinoiy guruh, jinoiy uyushma orasiga ularni fosh qilish maqsadida kiritilgan xodimi qonunda belgilangan tartibda qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, qonunga xilof qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaxslarni, shuningdek ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaxslar davlat himoyasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaxslar tezkor-qidiruv faoliyati uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan belgilangan miqdorlarda taqdirlanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaxslarning, shuningdek ular oila aʼzolarining hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga haqiqiy tahdid yuzaga kelgan taqdirda, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda maxsus himoya chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaxs tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etishi bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan, bu uning mehnat qilish qobiliyatini yoʻqotishiga hamda nogironlikka olib kelgan taqdirda, ushbu shaxsga qonunchilikka muvofiq bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi hamda nogironlik pensiyasi tayinlanadi.
(23-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan shaxs tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etishi bilan bogʻliq holda halok boʻlgan taqdirda, marhumning oila aʼzolariga va qaramogʻida boʻlgan shaxslarga qonunchilikka muvofiq bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi hamda boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan pensiya tayinlanadi.
(23-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga koʻmaklashayotgan, uyushgan jinoiy guruh, jinoiy uyushma orasiga ularni fosh qilish maqsadida kiritilgan shaxs qonunda belgilangan tartibda qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, qonunga xilof qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Moliyaviy mablagʻlarning sarflanishi ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyati uchun ajratilgan moliyaviy mablagʻlarning sarflanishi ustidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati ustidan idoraviy nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning faoliyati ustidan idoraviy nazorat qilish tartibi mazkur organlar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar rahbarlari tezkor-qidiruv faoliyatining tashkil etilishi va amalga oshirilishi ustidan idoraviy nazoratni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokurorlar oʻzlariga taqdim etilgan hujjatlar va materiallardagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning qarorlari va mazkur organlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning qarorlari, mazkur organlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
281-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati sohasida xalqaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyati sohasida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va turdosh xalqaro tashkilotlar xodimlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikdagi tadbirlarda ishtirok etishi masalalari yuzasidan xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(281-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-651-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(30-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 25-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ—344-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 585-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; 2017-y., 36-son, 943-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son; 14.03.2024-y., 03/24/920/0209-son; 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)