Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2024 08.05.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1136
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 08.05.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1136
Kuchga kirish sanasi
18.05.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2024
Hujjat 30.05.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT IJTIMOIY SUGʻURTASI BOʻYICHA NAFAQALAR TAYINLASH VA TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-fevraldagi 71-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomning kuchga kirishi munosabati bilan 1998-yil 9-aprelda Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan 430-son Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir O. OBIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 1-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligining 2002-yil 1-apreldagi
21-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-fevraldagi 71-son “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlash chegarasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 13-fevraldagi PF-2810-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son, 1997-yil 20-martdagi 153-son, 1997-yil 6-iyundagi 286-son, 2000-yil 15-noyabrdagi 444-son, 2000-yil 23-dekabrdagi 498-son, 2001-yil 13-fevraldagi 75-son, 2001-yil 6-apreldagi 162-son, 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 1. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda koʻzda tutilgan tartibda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy sugʻurta boʻyicha quyidagi nafaqalar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiladorlik va tugʻish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola tugʻilgani uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha dam olish kuni uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dafn etish marosimi uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan nafaqalar ijtimoiy sugʻurta joriy qilinadigan xodimlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan hollarda boshqa fuqarolarga ham beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchining davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badal toʻlamaganligi, sugʻurta qilingan xodimni davlat ijtimoiy sugʻurtasi nafaqalari bilan taʼminlanish huquqidan mahrum qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Umumiy qoidaga koʻra xodimga nafaqa, agar uni olish huquqi ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan davrda (sinov davri hamda ishdan boʻshatilgan kunni ham qoʻshib) paydo boʻlsa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarga hamda dehqon xoʻjaligi aʼzolariga nafaqa, agar uni olish huquqi ular tomonidan belgilangan tartibda sugʻurta badalini toʻlash davrida paydo boʻlsa, beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ayrim hollarda, yaʼni mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilingandan (Mehnat kodeksining 67-moddasi) keyin bir oy ichida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish taʼtili boshlangan boʻlsa, nafaqa yashash joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi tomonidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tartib Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridagi muddatli xizmat safidan boʻshatilgan sobiq harbiy xizmatchilarga ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nafaqa, mehnat qobiliyati tiklangan, nogironlik belgilangan, homiladorlik va tugʻish taʼtili tugagan, vafot etgan yoki bola tugʻilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilinganda toʻlanadi. Bunda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi uni olish uchun murojaat qilingan kungacha boʻlgan 12 oydan oshmagan davr uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tugʻish taʼtili) kunlari xodimning ishdan noqonuniy boʻshatilgani toʻgʻrisida nizo koʻrilayotgan davrga toʻgʻri kelgan hollarda, u ishga tiklangan taqdirdagina (barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun) nafaqa olish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nafaqa oyiga bir marta — oyning ikkinchi yarmi uchun beriladigan ish haqi bilan birga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalarning toʻgʻri hisoblanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona, muassasa, tashkilot (bundan buyon korxona)lar tomonidan ish joyida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar uchun maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazorat qilish Davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 2. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotish bilan bogʻliq kasallikda (shikastlanishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kasallangan oila aʼzosini parvarishlash zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) karantinda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama aʼzo (protez) qoʻydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoʻqolgan hollarda, nafaqa, uning oʻrniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa mehnat qobiliyati yoʻqolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzoq vaqt kasal boʻlganlarni TMEK koʻrigiga yuborish muddatlari Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va maʼlumotnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 873, 2000-yil 19-yanvar) binoan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga nafaqa ular ishga chiqishi lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ish haqi, sutkalik va koʻchish boʻyicha xarajatlarni olish huquqiga ega boʻlgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan mehnatga qobiliyatsizlik kunlari uchun nafaqa toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xodimning mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qoʻshimcha) taʼtil davriga toʻgʻri kelgan hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sanatoriy-kurortda davolanishda, agar asosiy va qoʻshimcha taʼtil xodimning sanatoriyda davolanishi uchun yetarli boʻlmasa, nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yoʻllanma, davolanish muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qoʻshib, ammo xodimning yillik taʼtilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy va qoʻshimcha taʼtildan sanatoriyga borishdan oldin foydalangan boʻlsa ham nafaqa uni chiqarib tashlagan holda beriladi. Bunda ish beruvchi taʼtilning yetmaydigan vaqti uchun xodim bilan kelishib, unga ish haqi saqlanmagan taʼtil beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi jahon urushi nogironlariga, baynalminal jangchilarga, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan oʻtkir miokard infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning aortakoronar shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yaralik kasalligi, oʻn ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va oʻt pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan ogʻriganlarga nafaqa sanatoriyda boʻlgan barcha vaqt uchun beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn olti yoshgacha boʻlgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga borib-kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa mavjud boʻlganda nafaqa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Uch yoshgacha boʻlgan bolani yoki 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani parvarishlashda band boʻlgan ona kasal boʻlib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band boʻlgan ishlayotgan boshqa oila aʼzolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaning kasal boʻlgan aʼzosiga qarash boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj boʻlgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn toʻrt yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak boʻlgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan chetlatilgan boʻlsa nafaqa beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalingan xodim davolanish qoidasini buzmagan holda boshqa ishni bajarish imkoniga ega boʻlib, u tibbiy-maslahat komissiyasi (TMK) xulosasi (bunday komissiyalar boʻlmagan joylarda esa davolovchi shifokorning, davolash muassasasining bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan xulosasi) asosida vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimga, vaqtinchalik kamroq haq toʻlanadigan ishga oʻtgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq boʻlmagan muddat davomida kasallik varaqasi boʻyicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qoʻshilganda avvalgi ishidagi toʻliq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kasb kasalligi oqibatida boshqa ishga oʻtkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u amaldagi qonun hujjatlariga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ish haqi oʻrtasidagi farqni korxonadan olish huquqiga ega boʻlmasa beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, kasallik varaqasida koʻrsatilgan muddatda ish beruvchi xodimga boshqa ish topib berolmagan boʻlsa, u holda shuning oqibatida bekor oʻtgan ish kunlari uchun nafaqa umumiy asoslarda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Reabilitatsiya muassasalarida boʻlgan barcha vaqt uchun va unga kelib-ketish vaqti uchun nafaqa toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band boʻlgan xodimlarga mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa umumiy asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish toʻgʻrisida tuzilgan mehnat shartnomasida koʻrsatilgan ish kunlari doirasida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlayotgan Ikkinchi jahon urushining nogironlariga va imtiyozlari jihatdan ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat yoki uning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlarni bajarish bilan bogʻliq sabablarga koʻra nogiron boʻlgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi (mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket toʻrt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u toʻla sogʻaygunga yoki mehnatda mayiblanish yoxud kasb kasalligi bilan bogʻliq nogironlik guruhi qayta koʻrib chiqilgunga qadar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa shaxs toʻla sogʻaygunga qadar, lekin koʻpi bilan 10 oyga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa koʻpi bilan 6 oyga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TMEK koʻrigidan belgilangan muddatda qayta oʻtmagan nogironga nafaqa mazkur bandda belgilangan muddatlarga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga toʻgʻri kelganda nafaqa toʻlanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqi saqlanmagan taʼtil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolani parvarishlash boʻyicha taʼtil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish vaqtincha toʻxtatilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi toʻlash toʻxtatib qoʻyilganligi sababli ishlamagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy oʻquv yoki tekshiruv yigʻini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻquv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qoʻshimcha taʼtil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishdan yoki boshqa vazifalardan boʻyin tovlash maqsadida oʻz salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud oʻzini kasallikka solganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik yoki mastlik bilan bogʻliq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hibsda boʻlgan davrda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud-tibbiyot ekspertizasidan oʻtish davrida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanishidan oldin uzrsiz sabablarga koʻra ishga kelmagan, ular uchun shifokor belgilagan tartibni buzgan, yoki uzrsiz sabablarga koʻra belgilangan muddatda shifokor koʻrigiga yoki tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasiga (TMEK) kelmagan xodimlar qoidani buzish roʻy bergan kundan boshlab korxonaning Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi belgilaydigan muddatga nafaqadan mahrum qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar hamda dehqon xoʻjaligi aʼzolari, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlamagan, shifokor belgilagan tartibni buzgan yoki uzrsiz sabablarga koʻra belgilangan muddatda shifokor koʻrigiga yoki TMEKga kelmagan hollarda, buzish sodir boʻlgan kundan boshlab ijtimoiy taʼminot boʻlimi tomonidan belgilangan muddatga nafaqadan mahrum qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qatʼi nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaramogʻida 16 yoshga (oʻquvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari boʻlgan xodimlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va koʻchirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (oʻtkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli oʻsmalar bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan xodimlarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo boʻladigan xatarli oʻsimtalar, jinsiy yoʻl bilan oʻtadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) boʻyicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sugʻurta badali toʻlagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bogʻliq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq boʻlgan xodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha boʻlgan xodimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) umumiy ish staji 5 yilgacha boʻlgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizomning 26 va 27-bandlarida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq boʻlgan xodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin (sagʻir) yetimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) umumiy ish staji 8 yilgacha boʻlgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Nizomning 4-bandiga binoan tayinlangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safidagi muddatli xizmatdan boʻshatilgandan soʻng bir oy ichida kasal boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchilarga — respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa hollarda — ish haqining 60 foizi miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa barcha hollarda belgilangan eng kam ish haqidan kam boʻlmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning oʻrniga berilgan boshqa hujjat, shuningdek ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 3. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalarni tayinlash uchun umumiy ish stajini aniqlash va hisoblash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Umumiy ish staji belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnat daftarchasi yoki uning oʻrniga berilgan boshqa hujjat asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ish staji toʻgʻrisidagi hujjatlar boʻlmaganda ish davri guvohlar koʻrsatmasi asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy ofat, falokat, fojia yoki boshqa favqulodda holatlar tufayli ish staji toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻliq yoki qisman saqlanmagan boʻlsa, ish stajini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat, tuman (shahar) hokimiyatlari tomonidan tuziladigan ish stajini aniqlash boʻyicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qisman saqlangan hujjatlar hamda guvohlar koʻrsatmalari asosida yuqorida koʻrsatilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan tasdiqlangan ish davri singari ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqa olish huquqini beradigan umumiy ish stajiga hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxs va dehqon xoʻjaligi aʼzosining mehnat stajiga ular budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan davrlari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Umumiy ish stajiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) faoliyat turi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkat xoʻjaligi (fermer xoʻjaligi) aʼzosi uzrsiz sabablarga koʻra xoʻjalikda belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan boʻlsa, ishlagan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi xodimlarga ish staji ijodiy uyushmalar boshqaruvi tomonidan, uning birinchi bosilgan yoki dastlabki ijro etgan yoxud mazkur muallifning asari birinchi marta ommaga koʻrsatilgan kundan boshlab, agar u budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badali toʻlab turgan boʻlsa, ish stajiga hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) harbiy xizmat, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, milliy xavfsizlik organlaridagi hamda chegara qoʻshinlaridagi xizmat davri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) harbiylashtirilgan soqchilik, maxsus aloqa organlari hamda togʻ-qutqaruv qismlaridagi xizmat davri, qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) diniy tashkilotlarda ishlagan davr, agar ular budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badali toʻlab kelgan boʻlsalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxs va dehqon xoʻjaligi aʼzosining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan davr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) alohida fuqarolarga yollanib ishlagan davr (uy xodimlari, kotibalar, enagalar, haydovchilar, qorovullar va boshqalar), agar ular budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlab kelgan boʻlsalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda boʻlgan va mahbuslikni oʻtagan davri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Sanoatning mavsumiy tarmoqlaridagi korxonalarda band boʻlgan xodimlarga mavsum davomidagi ish bir yilga, mavsumda toʻliq ishlamagan taqdirda, haqiqiy ishlagan davr hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Chet elda ishlagan ish davri, agar budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga belgilangan sugʻurta badallari toʻlab kelingan boʻlsa va davlatlararo bitimlarda boshqa imtiyozliroq holat koʻzda tutilmagan boʻlsa, ish stajiga hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda yollanib (bitim asosida) ishlagan ish davri Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan mehnat daftarchasiga kiritilgan yozuvlar boʻyicha, agar budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badali toʻlab kelingan boʻlsa, ish stajiga hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Dehqon xoʻjaligi aʼzosi, yil mobaynida ishlab undan kamida 9 oy budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga belgilangan tartibda sugʻurta badali toʻlagan boʻlsa, ushbu davr kalendar yil hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Toʻliq kalendar yil mobaynida yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxsning asosiy faoliyati qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash boʻlgan hollarda, agar mazkur yilda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari belgilangan tartibda kamida 9 oy mobaynida toʻlangan boʻlsa stajga kalendar yil qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning va dehqon xoʻjaligi aʼzolarining ish faoliyati va uning davomiyligi guvohlik koʻrsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 4. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani tayinlash va toʻlash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoʻqolgan hollarda nafaqa uning oʻrniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha davr uchun toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Xodim ishdan boʻshatilishining notoʻgʻriligi haqida nizo ketayotgan davrda homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtil berilganda, nafaqa u ishga qayta tiklangan taqdirda beriladi. Bunda homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa ayolni ishga qayta tiklash toʻgʻrisida qaror chiqqandan soʻng, nafaqa toʻlanmagan barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tugʻish boʻyicha berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga kelishi lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ishni vaqtinchalik toʻxtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻquv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qoʻshimcha taʼtil davrida homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtil berilgan holda, nafaqa koʻrsatilgan davr tugagandan keyin ayol chiqishi lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Xodim yillik (asosiy va qoʻshimcha) taʼtilda va bolani parvarishlash uchun taʼtilda boʻlgan vaqtda homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtil berilganda, nafaqa homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash boʻyicha taʼtil davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va taʼtil boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning oʻrtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga boʻlgan tarif stavkasi joylarda belgilangan tuman koeffitsiyenti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ish haqi toʻlash toʻxtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol ishlamagan davrda homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtil uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa toʻlanmaydi. Agar homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtil ishga qoʻyilgandan keyin ham davom etadigan boʻlsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, shu jumladan, mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq nafaqa tayinlanganda ham, ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 5. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni hisoblash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalar barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sugʻurta badallari undirilib toʻlanadigan jami ish haqi toʻlovlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Sugʻurta badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sugʻurta badallari qoʻshilmaydigan va pensiyani hisoblab chiqishda hisobga olinmaydigan ish haqi va boshqa toʻlov turlari roʻyxati asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda toʻlanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti boʻyicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt boʻyicha ish haqiga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik taʼtili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sugʻurta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qoʻshilib, oʻrtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Xodim vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi sababli toʻla ishlamagan, homiladorlik va tugʻish, bola uch yoshga toʻlgunga qadar bolaga qarash taʼtilida boʻlgan, harbiy oʻquv yoki sinov yigʻinlarida yoki boshqa korxonada ishlash uchun yuborilgan oylar mukofot summasi boʻlinadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar hisoblash uchun uch oydan kam boʻlgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan biridan koʻp boʻlmagan qismi hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Avvalgi yoki joriy kalendar yilida ishga kirgan xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik taʼtili boshlangunga qadar ish davrida hisoblangan mukofotlar hisobga olinadi, lekin u dastlabki 12 oyidan koʻp boʻlmaydi va ularning yigʻindisi mana shu oylarning soniga boʻlinadi. Agar mukofotlash tizimi mazkur korxonada yangidan joriy etilgan boʻlsa hamda toʻla boʻlmagan kalendar yili amal qilsa, shuningdek korxonada yoki aniq xodimga nisbatan mukofotlash shartlari va tartibi oʻzgarsa, mukofotlar yuqoridagi tartibda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Mehnatiga vaqtbay haq toʻlanadigan xodimlarga nafaqa hisoblab chiqarishda oylik ish haqi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish taʼtili boshlangan kungacha doimiy ravishda olib kelingan qoʻshimcha va ustamalarni qoʻshgan holda kunlik yoki soatbay tarif stavkasi va mazkur Nizomning 52-54-bandlariga binoan hisoblab chiqarilgan oʻrtacha oylik mukofotlar summasi hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim toʻliq boʻlmagan mansab maoshini olgan holatlarda, nafaqa maoshning haqiqatda olinadigan qismi asosida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqani hisoblab chiqarish uchun oʻrtacha kunlik ish haqi mazkur bandda koʻrsatilgan ish haqi summasini vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik roʻy bergan oydagi barcha ish kunlariga (jadval boʻyicha) boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi (Eslatma: ushbu va keyingi barcha hollarda ish vaqti soatlari normasi doirasida tuzilgan ish jadvali nazarda tutiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kunlik nafaqa oʻrtacha kunlik ish haqining nafaqa miqdorini belgilash uchun ish haqiga qoʻllaniladigan foiz (ushbu Nizomning 26—30 va 48-bandlari) hisobida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tugʻish taʼtili) tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ishbay ish haqi oluvchi xodimlarga nafaqa ularning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan oyning birinchi kunidan oldingi soʻnggi kalendar oydagi ish haqidan hisoblab chiqariladi hamda oylik ish haqiga ushbu Nizomning 52-54-bandlariga binoan hisoblab chiqarilgan mukofotlarning oʻrtacha summasi qoʻshib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan oyda xodim jadvalda belgilangan kunlarda toʻliq ishlamagan boʻlsa, nafaqa mazkur oyda haqiqiy ishlagan kunlar uchun toʻlangan ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar koʻrsatilgan oyda xodim ish haqi olmagan boʻlsa (masalan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli), nafaqa mehnatga qobiliyatsizlik oyidagi haqiqiy ishlangan kunlar uchun ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ish haqi asos qilib olinadigan davrda xodim jadval boʻyicha barcha kunlarda ishlamagan boʻlsa, mazkur oydagi mukofotning oʻrtacha summasi ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilgan nafaqa hisoblab chiqarish tartibi ish haqi miqdori ishlab chiqarishga bogʻliq boʻlgan, shuningdek vaqtbay mehnat haqi oluvchi, ushbu oyning ish haqi bilan birgalikda oylik mukofotni oluvchi xodimlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqani hisoblab chiqarish uchun oʻrtacha kunlik ish haqi Nizomning ushbu bandi va 58-bandida koʻrsatilgan ish haqini ushbu ish haqi olingan davrdagi jadval boʻyicha barcha ish kunlari soniga taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda ish haqi taqsimlanadigan ish kunlar soniga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari, homiladorlik va tugʻish taʼtili, yillik (asosiy va qoʻshimcha) taʼtil, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollardagi ishdan ozod etilgan kunlar qoʻshilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kunlik nafaqa oʻrtacha kunlik ish haqining nafaqa miqdorini belgilash uchun ish haqiga qoʻllaniladigan foizi (ushbu Nizomning 26—30 va 48-bandlari) hisobidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tugʻish taʼtili) tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Shirkat xoʻjaligi aʼzolariga, shu jumladan mexanizatorlar va mutaxassislarga nafaqa umumiy asoslarda hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shirkat xoʻjaligida keyinchalik hisob-kitob qilinadigan (davrlar boʻyicha, yil oxirida) avansli haq toʻlash amalga oshirilsa, nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tugʻish taʼtili) boshlangan kungacha olingan avansdan hisoblab chiqariladi va yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin qayta hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatga haq toʻlash pul bilan berilmasdan, mehnat kunlari yozilsa va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tugʻish taʼtillari) mehnat kunlari uchun haq toʻlanadigan kungacha boshlangan boʻlsa, nafaqa eng kam ish haqidan toʻlanadi va keyinchalik qayta hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Agar nafaqani hisoblab chiqarish uchun ish haqi asos qilib olinadigan davr mobaynida xodimning ish haqi miqdori oʻzgarsa, nafaqani hisoblashda ish haqi oʻzgargan kundan boshlab toʻlangan ish haqi olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim uzrli sabablarga koʻra ish haqiga ega boʻlmagan, qonun hujjatlariga muvofiq ish haqidan nafaqa hisoblab chiqarilishi lozim boʻlgan hollarda nafaqa tarif stavkasi (lavozim maoshi) va mukofotlarning oʻrtacha oylik summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilishi lozim. Bunda tarif stavkasi yoki eng kam ish haqi tuman koeffitsiyenti va ustamalar belgilangan joylarda ishlaganlik uchun beriladigan ustamalarni hisobga olgan holda asos qilib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish davrida ish haqi oʻzgargan boʻlsa, shu davrdan boshlab nafaqa miqdori ham tegishli ravishda qayta hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqiga qoʻshimcha haq hisoblangan boʻlsa, nafaqa ham tegishli ravishda oshadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Xodim asosiy ish joyidan tashqari oʻsha yoki boshqa korxonada oʻrindoshlik asosida (shu jumladan yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxs sifatida) ishlasa, nafaqa barcha ish joyidagi umumiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxs sifatidagi ish haqi miqdori tadbirkorning aniq bir oy uchun toʻlagan ijtimoiy sugʻurta badalini ish beruvchi va xodimlar uchun rasmiy belgilangan sugʻurta badallarining jami foiziga boʻlish va natijasini 100 ga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish taʼtili xodimning vaqtinchalik boshqa vazifani bajarish davriga toʻgʻri kelib, ushbu ish oʻrnida yuqoriroq mansab maoshi belgilangan boʻlsa, nafaqa ushbu oʻrinda ishlashi lozim boʻlgan davrgacha (bunday kun belgilanmagan boʻlsa, vaqtincha ishda boʻlmagan xodim ishga chiqishi lozim boʻlgan kungacha) mana shu yuqoriroq ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish taʼtili ish vaqtida boshlanib, korxona (sex, boʻlimning) ishni vaqtincha toʻxtatishi davrida davom etsa, nafaqa oʻsha kasb va malakaga ega boʻlgan xodimlarga mana shu toʻxtatilgan davr uchun toʻlanadigan ish haqi miqdorida beriladi. Bunda nafaqa miqdori umumiy qoidalar boʻyicha hisoblangan va olishi lozim boʻlgan nafaqa miqdoridan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish taʼtili ishning vaqtincha toʻxtatilgan davrida boshlangan boʻlsa, ish toʻxtatib qoʻyilgan davr uchun nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 155-moddasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish taʼtili (qachon boshlanishidan qatʼi nazar) korxona (sex, boʻlim)ning ishga tushirilishidan (tugatilishidan) keyin ham davom etsa, nafaqa ishga tushirilgan (tugatilgan) kundan boshlab, xodim ish toʻxtatilgunga qadar olgan ish haqidan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Agar xodim vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini ish haqiga tuman koeffitsiyenti va ustamalar belgilangan joylarda ishlash davrida olgan boʻlsa, bu joylardan tashqarida boʻlgan vaqt uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa (shu jumladan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi munosabati bilan) ustamalar hisobga olinmagan holda hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qoida homiladorlik va tugʻish nafaqasini hisoblab chiqarishda qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Ish haqiga ustama yoki muayyan muddatga yoxud muayyan joyda vaqtinchalik boʻlganligi uchun ish haqiga oshirilgan koeffitsiyent belgilangan xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa bu ustama yoki koeffitsiyent hisobga olingan holda ustama yoxud oshirilgan koeffitsiyent belgilangan kungacha, yoki esa vaqtinchalik boʻlganligi munosabati bilan ular toʻlangan joyidan chiqib ketgan kungacha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Gazetalar va jurnallar, telegraf va axborot agentliklari, nashriyotlar, radio va televideniye, boshqa korxonalarning ijodiy xodimlariga mualliflik (sahnalashtirganlik uchun) mukofoti ham hisobga olinib ish haqi toʻlash yoki mualliflik ishi uchun oladigan mukofotidan kelib chiqadigan stavka boʻyicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqasi, sugʻurta badali joriy qilinib, mualliflik (sahnalashtirganlik uchun) mukofotini ham hisobga olgan holda mazkur korxonada toʻlangan haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mualliflik (sahnalashtirganlik uchun) mukofoti oʻrtacha ish haqiga ushbu Nizomning 52-53-bandlarida bayon qilingan qoidalar boʻyicha qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Maʼlum normadagi ishni bajarganlaridan soʻng mansab maoshini oluvchi xodimlarga (artist va boshqalar) nafaqa, shu jumladan, mehnatda mayiblanganlik, kasb kasalligi, shuningdek homiladorlik va tugʻish nafaqasi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan oyning birinchi sanasidan oldingi kalendar oyidagi ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Ish sharoitlariga koʻra yilning turli davrlari boʻyicha turlicha ish haqlari belgilangan taqdirda (daryo floti va baliqchilik sanoati floti ekipajlari aʼzolaridan tashqari), nafaqa xodim oʻz ish joyida qolgan taqdirda oladigan ish haqi miqdoriga qarab belgilanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik maʼlum bir davrda boshlanib, ikkinchi davrda davom etgan taqdirda ikkinchi davrning ish haqi boʻyicha nafaqa ishlovchilar uchun ish haqi oʻzgargan muddatdan boshlab toʻlanadi. Mehnatga ishbay asosida haq toʻlanganda yuqorida qayd etilgan hollarning ikkinchi davri uchun nafaqa ishbaychining tarif stavkasidan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daryo floti hamda baliqchilik sanoati floti ekipajlari aʼzolariga nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish taʼtili boshlangan yildan oldingi kalendar yildagi haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik sodir boʻlgan yilda ishga kirgan shaxslarga, shuningdek toʻliq kalendar yil ishlamaganlar uchun nafaqa hisoblab chiqarishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik sodir boʻlgan davrdan oldingi vaqtdagi ish haqi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kunlik oʻrtacha ish haqi miqdori oʻtgan yil davomida olingan ish haqi yigʻindisini oʻsha yilning kalendar kunlariga taqsimlangan holda belgilanadi. Bunda yillik ish haqi boʻlinadigan kunlardan bayram va dam olish kunlari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan kunlar, homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtil, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar boʻyicha ishdan ozod qilingan kunlar olib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa dam olish kunlari (otgul) uchun nafaqa lavozim maoshidan (tarif stavkasidan) kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daryo floti va baliqchilik sanoati floti ekipajlarining vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tugʻish taʼtili) kunlari haq toʻlanmaydigan zaxirada (rezervda) boʻlgan davrga toʻgʻri kelgan hollarda nafaqa toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Ish soatlarini hisoblab chiqish imkoni boʻlmagan xodimlarga (uyda ishlovchilarga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, ikkilamchi va boshqa xil ashyolarning shtatli tayyorlovchilariga, oziq-ovqat chiqindilarini yigʻuvchilarga, tarqatish va tashish savdosi sotuvchilariga, suratga olish korxonalari agentlariga va boshqa shunday toifadagi xodimlarga) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish munosabati bilan tayinlanadigan nafaqa soʻnggi 12 oy ish mobaynidagi kunlik oʻrtacha ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu korxonada 12 oydan kam ishlagan shaxslarga nafaqalar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish munosabati bilan beriladigan taʼtilga qadar ishlangan vaqtning kunlik oʻrtacha ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kunlik oʻrtacha ish haqi yuqorida aytib oʻtilgan davr uchun tayinlangan haqiqiy ish haqini mazkur davrning kalendar kunlariga boʻlib chiqish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda ish haqi boʻlinayotgan kunlar hisobiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari, homiladorlik va tugʻish taʼtillari, yillik (asosiy va qoʻshimcha) taʼtillar, shuningdek, qonunchilikda koʻzda tutilgan ishdan ozod qilish kunlari qoʻshilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kunlik tarif stavkasi soatbay tarif stavkasini 40 ga koʻpaytirish va hosil boʻlgan summani 7 ga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Kunlik hisob-kitob stavkasi yoki kunlik oʻrtacha oylik ish haqi hisob-kitob stavkasini oyning nafaqa toʻlanadigan barcha kalendar kunlariga boʻlib chiqish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish munosabati bilan beriladigan taʼtilning barcha kalendar kunlariga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Shtatsiz xodimlar, agar ular mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan boʻlsalar, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqa bilan taʼminlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha hollarda shtatsiz xodimlarga nafaqalar mazkur Nizomning 56-bandida ishbay ish haqi oluvchi xodimlar uchun belgilangan qoidalar boʻyicha haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishga chiqish jadvali oʻrnatilmagan shtatsiz xodimlarga nafaqa mazkur Nizomning 69-bandida belgilangan qoidalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soatbay mehnati uchun ish haqi oladigan shtatsiz (oʻquv yurtlari, malaka oshirish kurslarining oʻqituvchilari, toʻgaraklar rahbarlari va boshqalar) xodimlarga nafaqalar bir soat uchun boʻlgan toʻlovdan kelib chiqqan holda hisoblanib va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish taʼtili sababli qoldirilgan (bajarilmagan) ish soatlariga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Advokatlarga — advokatlar kollegiyasi aʼzolariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, shuningdek homiladorlik va tugʻish nafaqasi mazkur Nizomning 56-bandida ishbay ish haqi oluvchi xodimlar uchun belgilangan qoidalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini akkord-mukofot tizimi boʻyicha yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, shuningdek homiladorlik va tugʻish nafaqasi bajarayotgan ishlari va olayotgan haqlari hisob-kitob qilib borilayotgan xodimlargagina beriladi. Barcha hollarda shu jumladan, mehnatda mayiblanganda, kasb kasalligiga duchor boʻlganda, homiladorlik va tugʻish munosabati bilan taʼtilga chiqilganda nafaqa bajarayotgan mazkur ishlar uchun toʻlanayotgan haqiqiy ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqa hisoblab chiqarishda oʻrtacha kunlik ish haqi nafaqani hisoblab chiqarish uchun olingan ish haqini (Nizomning 56-bandi) ish haqi olingan davrdagi kalendar kunlari soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tugʻish taʼtili) kunlari chiqarib tashlanadi. Nafaqa kalendar kunlari uchun toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tugʻish taʼtili) qishloq xoʻjalik ekinlarini parvarish qilish davriga toʻgʻri kelsa va bu ishlar tamom boʻlgandan soʻng davom etsa, nafaqa koʻrsatilgan davrning tugash kunidan boshlab mazkur Nizomning 68-bandiga binoan xodimning bu davr mobaynida bajarishi lozim boʻlgan ishning tarif stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarish qilish davri tugagandan keyin xodim ishlamasligi kerak boʻlgan davr uchun nafaqa toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxs va dehqon xoʻjaligi aʼzolariga hamda ayrim shaxslarnikida shartnoma asosida ishlayotgan fuqarolarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun daromadi toʻlangan oylik sugʻurta badali summasini ish beruvchilar va xodimlar uchun sugʻurta badallari ajratishning qonun hujjatlarida belgilangan jami foiziga boʻlinadi va olingan natijani 100 ga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan yilda sugʻurta badallari toʻlanmagan boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan xodimlarga nafaqa eng kam ish haqi miqdorida belgilanadi va u keyinchalik qayta hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Asosiy ish joyida ish haqi toʻla yoki qisman saqlab qolingan holda qishloq xoʻjaligi va boshqa korxonalarga ishlarni bajarish uchun yuborilgan xodimlarga ayni vaqt ichida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hollari roʻy berganligi tufayli toʻlanadigan nafaqaning miqdori, ular mazkur ishlarni bajarishga yuborilgan paytda asosiy ish joylarida olgan ish haqi miqdoriga qarab belgilanadi va nafaqa asosiy ish joyidan umumiy asoslarda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Maktablarning, malaka oshirish, xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv kurslarining, shuningdek malaka oshirish institutlarining tinglovchilariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalar ular kurslarga, maktablarga, (institutlarga) korxona tomonidan yuborilganda va oʻqish davrida ularning ish haqlari toʻliq yoki qisman saqlangan taqdirda umumiy asoslarda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqaning miqdori oʻquv davrida, stipendiyani hisobga olmagan holda, ularning saqlanadigan ish haqlari miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida ish haqi toʻlanadigan ishchi oʻrinlarga yoki lavozimlarga tayinlangan oliy oʻquv yurtlari talabalariga, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari, umumiy taʼlim maktablari oʻquvchilariga ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash kunlariga toʻgʻri kelgan vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tugʻish nafaqasi ishlab chiqarish amaliyoti oʻtayotgan joylaridan umumiy asoslarda lekin ishlab chiqarish amaliyoti yakunlanishi lozim boʻlgan kuniga qadar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tartib qurilish obyektlarida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida talabalar guruhlarida ishlayotgan oʻquvchilarga ham joriy etilib, nafaqa miqdori guruhda olgan ish haqidan hisoblab chiqariladi va ushbu Nizomning 20-bandida koʻzda tutilgan muddatlarda ish joyidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tugatgan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga (mazkur Nizomning 12, 44, 45-bandlari) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqasining miqdori umumiy qoidalar boʻyicha, hisoblab chiqarish va ularning egallashlari lozim boʻlgan lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bunda avvalgi ish joylarida jazoni oʻtayotgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa miqdori jazoni oʻtash boshlanishiga qadar boʻlgan umumiy ish stajiga qarab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish munosabati bilan mazkur shaxslarga beriladigan nafaqalar sud hukmi bilan ularning ish haqlaridan undirishlar ushlab qolingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 6. Bola tugʻilganda beriladigan nafaqa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish haqiga koeffitsiyent qoʻllaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Bolaning onasi ishlamaydigan va oʻqimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiydigan otasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlamaydigan va oʻqimaydigan ota-onalarga bola tugʻilganda nafaqa ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan tayinlanadi va toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Farzandlikka olingan bolalarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Agar ayol homiladorlik boʻyicha taʼtil davrida ishdan boʻshab, shu davr mobaynida homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa olgan boʻlsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Bola oʻlik tugʻilgan hollarda nafaqa toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 7. Qoʻshimcha dam olish kuni uchun nafaqa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola oʻn olti yoshga toʻlgunga qadar davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq toʻlagan holda oyiga qoʻshimcha bir dam olish kuni beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 8. Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramogʻida boʻlgan quyidagi oila aʼzolari vafot etganda beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) turmush oʻrtogʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 18 yoshga toʻlmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qatʼi nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-singillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ota-onasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bobosi yoki buvisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yashash uchun mustaqil mablagʻ manbaiga ega boʻlgan (ish haqi, pensiya, stipendiya oluvchi, shirkat xoʻjaligining mehnatga qobiliyatli aʼzolari hisoblanuvchi va hokazo) oila aʼzolari qaramogʻida turgan deb hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Xodim vafot etganda dafn etish marosimi uchun nafaqa uning oila aʼzolariga yoki dafn oʻtkazishni oʻz zimmasiga olgan shaxslarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaning vafot etgan aʼzosini dafn etish marosimi uchun nafaqa ishlovchi xodimga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Dafn etish marosimi uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlamaydigan pensioner vafot etgan taqdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini oʻtkazgan shaxsga ikki oylik pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan kam boʻlmagan miqdorda, ijtimoiy taʼminot boʻlimi tomonidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish haqiga tuman koeffitsiyenti belgilangan joylarda dafn etish marosimi uchun nafaqa miqdori ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan tarmoqlar uchun beriladigan tuman koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan xodim yoki uning oila aʼzosi vafot etgan taqdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa, agar unga soʻnggi ish haqi toʻlangan kundan bir oydan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Oliy, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistraturada, aspiranturada, klinik ordinaturada, doktoranturada tahsil olayotgan shaxslar, shuningdek, ularning oila aʼzolari vafot etgan taqdirda, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Maktablar, kurslarning (kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash va tayyorlash boʻyicha), shuningdek, malaka oshirish institutlari oʻquvchilari va tinglovchilari yoki ularning oila aʼzolari vafot etganda, agar ular kurslarga, maktablarga, institutlarga korxona tomonidan yuborilgan boʻlsalar va ularning oʻqish davridagi ish haqi toʻla yoki qisman saqlanib qolgan boʻlsa, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 9. Nafaqalarni tayinlash va toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan korxonaning Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi yoki shu ish uchun vakil qilingan komissiya aʼzosi tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi, aʼzolari soni va raisi korxona rahbarining buyrugʻi yoki boshqaruvining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya mehnatda mayiblanganlarga, kasb kasalligiga chalinganlarga nafaqa tayinlash, nafaqa toʻlashni rad etish, nafaqadan (toʻliq yoki qisman) mahrum etish va nafaqa olish huquqi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi va boshqa hujjatlarning asosli ravishda va toʻgʻri berilganligini koʻrib chiqish huquqiga ega. Qolgan barcha hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan aʼzosi tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalar boʻlmagan korxonalarda nafaqalar, ish beruvchi tomonidan shu ishga buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar, dehqon xoʻjaligi aʼzolariga, shuningdek ayrim fuqarolarnikida shartnoma asosida ishlayotganlarga nafaqalar ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan tayinlanib, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchi, talaba va aspirantlarga nafaqalar mazkur Nizomning 80 va 91-bandlariga binoan oʻqish joylarida tayinlanadi va toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli kuchlar safidan ozod etilgandan keyin vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchilarga nafaqa mazkur Nizomning 5-bandiga binoan tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik muddati tugaganidan soʻng chiqishining birinchi kunidayoq korxonaga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etadilar. Mehnatga qobiliyatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi ish haqi berilishi vaqti kelganda topshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonada vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining “Tabelchi tomonidan va kadrlar boʻlimi tomonidan toʻldiriladi” degan boʻlimlariga zarur maʼlumotlar yoziladi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (bemor haqidagi maʼlumotlar yozib, imzo qoʻyiladi) ijtimoiy sugʻurta komissiyasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanganda nafaqa ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa sodir boʻlganlik haqidagi (N-1-shaklda) dalolatnoma asosida tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar baxtsiz hodisa boshqa sharoitlarda roʻy bersa (uyda, ishga borish yoki ishdan qaytishda, davlat yoki jamoatchilik burchini bajarayotgan paytda), nafaqa roʻy bergan baxtsizlik sabablari ish beruvchi tomonidan oʻrganib chiqilgandan keyingina tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Quyidagi sharoitlarda yuz bergan (jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanish hollaridan tashqari) jarohatlanish mehnatda mayiblanish deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mehnat burchini bajarayotgan paytda (shu jumladan, xizmat safari vaqtida), shuningdek, maxsus topshiriq boʻlmagan hollarda ham korxona manfaatini koʻzlab qilingan xatti-harakatlar paytida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ish beruvchining transportida ishga borayotgan yoki ishdan qaytayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ish vaqti davomida (shu jumladan belgilangan tanaffus vaqtida) korxona hududida yoki biron-bir boshqa ish joyida, ish boshlashdan oldin yoki ishdan keyin ish qurollarini, kiyim-kechaklarini va hokazolarni tartibga keltirish paytlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ichki mehnat tartib-qoidalariga zid boʻlmagan taqdirda, ish vaqti davomida korxonaga yaqin boʻlgan joyda yoki boshqa ish joyida (belgilangan tanaffuslarda) hozir boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) asosiy ish bilan bogʻliq boʻlmasa ham, davlat va jamoatchilik oldidagi burchlarini bajarayotgan chogʻida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) inson hayotini qutqarish, huquq-tartibotni, davlat va jamoat mulkini, shuningdek, fuqarolar mulklarini muhofaza qilish boʻyicha fuqarolik burchini bajarayotgan paytida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) donorlik vazifalarini bajarish natijasida mehnat qobiliyatining yoʻqotilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Kasb kasalliklari boʻyicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi tayinlashda Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Kasb kasalliklari roʻyxatida koʻrsatilgan kasalliklar hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Mazkur Nizomga binoan nafaqa olish huquqi ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya yoki vakil qilingan komissiya aʼzosi har bir vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi boʻyicha toʻlov amalga oshirilishi lozim boʻlgan kunlar sonini va ish haqiga nisbatan belgilanadigan nafaqa foizi miqdorini belgilaydi. Nafaqa foizi miqdori nafaqa belgilash bayonnomasida va komissiya raisi yoki vakil qilingan komissiya aʼzosining imzosi qoʻyilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa komissiya tomonidan (jarohatlangan xodimning ahvoli komissiya majlisiga kelishga imkon bergan taqdirda uning ishtirokida) tayinlanadi. Nafaqadan mahrum etish, nafaqadan toʻliq yoki qisman rad etish masalasi nafaqa oluvchining ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Xodim vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi boʻyicha nafaqa olish huquqiga ega boʻlmagan taqdirda, komissiya nafaqa bermaslik toʻgʻrisida qaror chiqaradi va rad etish sabablarini vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasiga qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Nafaqa tayinlangandan soʻng komissiya yoki vakil qilingan komissiya aʼzosi korxonaning hisob-kitob boʻlimiga nafaqa chiqarish va toʻlash uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlanadigan va toʻlanmaydigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari, shuningdek, nafaqa olish uchun taqdim etilgan barcha boshqa hujjatlar korxona buxgalteriyasida pullik hujjatlarga teng holda, barcha xarajat hujjatlaridan alohida holda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Ish vaqtini, umumiy ish stajini hisobga olib borish, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar toʻlash uchun hisob-kitoblarni bajarishda elektron-hisoblash mashinalari (EHM) qoʻllaniladigan korxonalarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari maʼmuriyat tomonidan hisoblash markaziga topshiriladi. U yerda ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqa tayinlash va hisoblab chiqarish toʻgʻrisida belgilangan shaklda ikki nusxada roʻyxat tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari EHMda hisob-kitoblarni chiqarish uchun masʼul shaxsning imzosi qoʻyilgan ikki nusxadagi toʻlov roʻyxati bilan birga aniq muddatlarda (maoshlar boʻyicha hisob-kitob qilishga 5-6 kun qolganda) ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyaga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya hisob-kitobning, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining davolash muassasasi tomonidan toʻldirilishining toʻgʻriligini, zarur hollarda boshqa hujjatlarni ham (baxtsiz hodisalar toʻgʻrisidagi dalolatnomalar va boshqalar) tekshiradi va nafaqa tayinlash, belgilangan hollarda esa nafaqadan mahrum qilish boʻyicha qaror chiqaradi. Ikki nusxadagi toʻlov roʻyxatlar ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov roʻyxatining bir nusxasi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan buxgalteriyaga yuboriladi. Ular tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng bosh (katta) buxgalter tomonidan imzolanib, hisoblash markaziga uzil-kesil hisob-kitob qilish va nafaqa summasini ish haqi toʻlash roʻyxatiga kiritish uchun qaytarib yuboriladi. Shundan soʻng toʻlov roʻyxati vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan saqlash uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov roʻyxatining ikkinchi nusxasi esa nafaqa tayinlash bayonnomasi sifatida ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyada saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqani hisoblashda mazkur bandda koʻrsatilgan qoidaga muvofiq vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining orqa tomoni toʻldirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. EHM yordamida faqat nafaqa miqdori hisoblab chiqiladigan korxonalarda nafaqa belgilash va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini toʻldirish (“Buxgalteriya tomonidan toʻldiriladi” degan boʻlimdan tashqari) mazkur Nizomning 98 va 101-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxgalteriya tomonidan toʻldiriladi” degan boʻlimdagi maosh va uning asosida chiqarilgan nafaqa miqdori haqidagi maʼlumot EHMda tayyorlanganda, EHMda hisob-kitob ishlari uchun masʼul shaxsning va bosh (katta) buxgalterning imzolari boʻlgan toʻlov roʻyxatida keltiriladi. Toʻlov roʻyxatlariga kasallik varaqalari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqalar mashina-hisoblash stansiyalarida hisoblab chiqariladigan korxonalarda nafaqalarni tayinlash va mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha tayinlangan nafaqalar, shu jumladan sil kasalligi sanatoriylarida davolanish uchun beriladigan nafaqalar, ish haqi toʻlash uchun belgilangan muddatlarda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa turdagi sanatoriylarda davolanish uchun beriladigan nafaqalarni toʻlash, xodim sanatoriydan qaytgandan soʻng amalga oshiriladi. Bunda nafaqa, agar bir tomonga borish vaqti bir sutkadan ortiq boʻlsa, sanatoriyda boʻlgan vaqt koʻrsatilgan “yoʻllanmaning qaytish tomoni”, shuningdek yoʻl chiptalari ijtimoiy sugʻurta komissiyasiga yoki vakil qilingan komissiya aʼzosiga topshirilgandagina beriladi. Yoʻllanma boʻyicha foydalanilmagan hamda sanatoriyda, shuningdek yetib borish yoki qaytish yoʻli belgilangan muddatdan ortiq boʻlgan kunlar uchun nafaqa berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Homiladorlik va tugʻish nafaqasi tugʻishdan oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qatʼi nazar, taʼtilning toʻliq davri uchun bir yoʻla toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Bola tugʻilganda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani olish uchun ota yoki ona komissiyaga Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) boʻlimi tomonidan berilgan bolaning tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomasini topshirishi lozim. Berilgan hujjatlar asosida vakillik qiluvchi komissiya aʼzosi nafaqa olish huquqini belgilaydi va belgilangan miqdorda uni tayinlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi va tayinlash bayonnomasiga yozadi. Shundan soʻng hujjatlar korxonaning hisob-kitob qilish boʻlimiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola tugʻilganligi haqidagi maʼlumotnoma yoʻqotilgan taqdirda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa FHDY boʻlimlari tomonidan berilgan bola tugʻilganligi haqidagi takroriy maʼlumotnomaning hamda otaning ish joyidan (oʻqish joyidan) nafaqa olmaganligi haqidagi maʼlumotnoma topshirilganidan soʻng beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Xodimning vafoti tufayli uni dafn etish marosimini oʻtkazish nafaqasini olish uchun ijtimoiy sugʻurta komissiyasiga FHDY boʻlimi tomonidan berilgan vafot etganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma topshiriladi. Oila aʼzosi vafot etganda esa vafot etganligi haqidagi maʼlumotnomadan tashqari uy-joydan foydalanish idorasi (binodan foydalanish direksiyasi, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari) tomonidan vafot etgan shaxsning xodim bilan qarindoshlik aloqalari borligi va u xodimning qaramogʻida boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma ham topshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topshirilgan hujjatlar asosida vakil qilingan komissiya aʼzosi nafaqa olish huquqini, uning miqdorini belgilaydi va nafaqa tayinlash haqida qaror chiqaradi va nafaqa tayinlash bayonnomasiga yozib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Korxona tugatilganda, Nizomga muvofiq nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqasi tugatilgan korxonaning huquqiy vorisi yoki tugatish komissiyasi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatish komissiyasi ishni yakunlagan (yakuniy balans topshirilgan) hollarda, nafaqa ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan tayinlanib, toʻlanadi. Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash uchun qoʻshimcha hujjatlar, yaʼni tugatish komissiyasi tomonidan toʻlangan nafaqa (komissiya tomonidan yakuniy balans topshirilib barcha hisobraqamlar yopilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosiga, shuningdek ayrim fuqarolarnikida shartnoma asosida ishlayotganlar nafaqa olish uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini, bola tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani va vafot etganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani ijtimoiy taʼminot boʻlimiga topshiradilar. Topshirilgan hujjatlar asosida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari shuʼbalari tomonidan nafaqa tayinlash (tayinlamaslik) va uning miqdorlari masalasi koʻrib chiqilib, ijtimoiy taʼminot boʻlimi boshligʻining qarori chiqariladi va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Nafaqalar, fuqarolarning foizsiz shaxsiy hisobraqamiga nafaqa summasini oʻtkazish yoʻli bilan bank orqali toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqa tayinlashda mazkur Nizomning 98—106 bandlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Ortiqcha toʻlab yuborilgan nafaqa summasi, agar ortiqcha toʻlash sanashda (arifmetik) adashish yoki nafaqa oluvchining qalbaki maʼlumotnoma taqdim qilishi (hujjatlarga oʻzgartirish kiritish va hokazolar) tufayli sodir boʻlgan boʻlsa, nafaqa oluvchidan undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegirish keyingi safar toʻlanadigan nafaqa yoki ish haqidan amalga oshiriladi. Har safar xodim olishi kerak boʻlgan summadan 20 foizdan ortiq boʻlmagan summa chegirib qolinadi. Chegirib qolish korxonaning hisob-kitob boʻlimi orqali komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu qaror sanash jarayonida yoʻl qoʻyilgan xato tufayli ortiqcha toʻlash sodir boʻlganda nafaqa tayinlangan kundan 3 oydan kechiktirmay, oʻz huquqini suiisteʼmol qilish boʻyicha sodir boʻlganda esa cheklanmagan muddatda qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xodim mazkur korxonada ishlamayotgan boʻlsa, unga ortiqcha toʻlab yuborilgan nafaqa summasi sud orqali undirilib olinadi. Nafaqa olishda suiisteʼmollikka yoʻl qoʻyilsa (qalbaki hujjat taqdim etish, firibgarlik va hokazolar), hujjatlar qonunda belgilangan choralarni qoʻllash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning qaroriga asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalaridan aliment, mayib boʻlganlik va salomatlikka yetkazilgan va boshqa zararlarni qoplash boʻyicha xarajatlar chegirilishi mumkin. Nafaqalardan boshqa hech qanday chegirma amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Xodimning vafoti kunigacha olinmay qolgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqasi u bilan birga yashagan oila aʼzolariga, shuningdek, uning qaramogʻida boʻlganlarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimning vafot etgan kuniga qadar olinmagan nafaqa vafot etgan xodim bilan qarindosh va birga istiqomat qilganlik yoki vafot etganning qaramogʻida boʻlganlikni tasdiqlovchi dalil boʻlgan hujjat topshirilganidagina berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola tugʻilganda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani olish huquqiga ega boʻlgan ona vafot etganda mazkur nafaqa otaga yoki bolani oʻz tarbiyasiga olgan boshqa shaxsga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻidan beriladigan nafaqa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻyicha toʻlanishi, fuqarolarning arizasiga binoan bank muassasalaridagi hisobraqamiga oʻtkazilishi hamda aloqa boʻlimi orqali joʻnatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqani joʻnatish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlar nafaqa summasidan ushlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 10. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Korxonaning bosh buxgalteri komissiya bilan bir qatorda nafaqa toʻlash boʻyicha mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nafaqa tayinlash yoki xodimning umumiy ish stajini aniqlash paytida qonunchilikda koʻzda tutilgan qoidalar buzilishiga yoʻl qoʻyilgan yoki toʻlov uchun taqdim qilingan hujjatlar notoʻgʻri rasmiylashtirilgan boʻlsa bosh buxgalter toʻlovni amalga oshirmay, ularni yoʻl qoʻyilgan xatolar toʻgʻrisidagi yozma bayonnomasi bilan ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyaga qaytarib berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Hududiy soliq organlarining talabiga binoan korxona maʼmuriyati tekshirish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan nafaqalarga oid hujjatlarni taqdim etadi. Boshqa davrlar boʻyicha tekshirishlar nafaqalar toʻlanadigan mablagʻlarni sarf qilishda suiisteʼmollik fosh etilgan taqdirda oʻtkaziladi. Barcha tekshirishlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Ish beruvchi tomonidan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida xodimning mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi aniqlansa, korxona maʼmuriyati budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ushbu shikastlanish va kasallik sababli berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqani toʻlashga ketgan barcha xarajatlarni qoplashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Nafaqalarni toʻlash uchun qilingan xarajatlar qonunchilikka xilof ravishda amalga oshirilganda korxona, tashkilot, muassasalar tomonidan qilingan xarajatlar Pensiya jamgʻarmasi hisobiga oʻtkazilgan badallar hisobiga qabul qilinmaydi va ular korxona hisobiga yozib qoʻyiladi.
(115-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2003-yil 15-maydagi 49-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1136-1, 20.03.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2002-yil 9-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Vakil qilingan ijtimoiy sugʻurta komissiyasi aʼzosi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyaga shikoyat qilinishi mumkin. Komissiyaning qarori ustidan tuman va shahar soliq organlariga va ijtimoiy taʼminot boʻlimlariga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Nafaqalarni notoʻgʻri hisoblash va belgilash hamda toʻlash ustidan shikoyat tuman, shahar sudiga berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Sogʻliqni saqlash vaziri, Markaziy bank raisi, Davlat Soliq qoʻmitasi raisi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi bilan kelishilgan.
(118-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2003-yil 15-maydagi 49-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1136-1, 20.03.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2002-yil 9-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat Soliq qoʻmitasi Raisi B. XOʻJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-37-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi Raisi D. JAXONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DJ-08/175-son
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son; 2003-y., 9-10-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 326-modda; 2015-y., 15-son, 189-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)