Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUDJETDAN TAShQARI PENSIYA JAMGʻARMASI MABLAGʻLARINI ShAKLLANTIRISh VA SARFLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-sonli “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 15-noyabrdagi 444-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Hisob-kitoblarni taqdim etish va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar, mablagʻlar ajratish va toʻlovlarni toʻlash muddatlari 2-ilovaga muvofiq belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi hamda Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha majburiy badallarni hisoblash va toʻlash hamda mablagʻlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 23-dekabr,
498-son
Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻpisida
HIZOM
I. UMUMIY QOIDALAP
1. Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻpinlarda Jamgʻarma deb ataladi) pensiya taʼminoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha majburiy badallar, ajratmalar va toʻlovlarning toʻliq yigʻilishini taʼminlash, aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari ijtimoiy taʼminot tuman (shahar) boʻlimlarining hisob raqamlarida jamlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, ijtimoiy taʼminot tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchilar hisoblanadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
4. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha majburiy badallar va ajratmalar yigʻilishini taʼminlashni, shuningdek, ushbu mablagʻlarning Jamgʻarmaga toʻliq tushishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlari amalga oshiradilar.
5. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari mablagʻlarni shakllantirish va sarflashning maqsadli yoʻnaltirilganligi saqlab qolingan holda Oʻzbekiston Respublikasi yigʻma budjetiga kiritiladi va Jamgʻarmaning mustaqil balansida aks ettiriladi.
II. JAMGʻAPMANING ASOSIY VAZIFALAPI VA ULARNI AMALGA OShIRISh
6. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
fuqarolarning ijtimoiy taʼminotga va ijtimoiy sugʻuptaga boʻlgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ijtimoiy sugʻurtasiga majburiy badallar va ajratmalarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, ijtimoiy taʼminot tuman (shahar) boʻlimlarining maxsus maqsadli budjetdan tashqari hisob raqamlarida jamlash;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
qonun hujjatlariga muvofiq pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, shuningdek ijtimoiy sugʻupta boʻyicha nafaqalar toʻlashga xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash.
7. Koʻpsatib oʻtilgan vazifalarni amalga oshirish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning joylardagi organlari:
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
ishlamaydigan shaxslarga, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarga, shuningdek ular tomonidan ijtimoiy sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda dehqon xoʻjaligi aʼzolariga davlat pensiyalari, ijtimoiy nafaqalar, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalari, bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar, dafn marosimi nafaqalarini oʻz vaqtida tayinlaydilar, moliyalashtiradilar va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlaydilar;
“Fuqarolarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga toʻlangan mablagʻlarni aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan regress daʼvolar boʻyicha belgilangan tartibda undirib oladilar;
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslardan, shuningdek ijtimoiy sugʻurta boʻyicha ixtiyoriy badal toʻlovchi dehqon xoʻjaligi aʼzolaridan badallar tushishining hisobini olib boradilar;
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha ixtiyoriy badal toʻlovchi dehqon xoʻjaligi aʼzolarining mehnat daftarchalarini yuritadilar va saqlaydilar;
ish joyidan toʻlanadigan pensiyalar va ijtimoiy sugʻurta nafaqalarini toʻlash boʻyicha yuridik shaxslar xarajatlarining yetmaydigan qismini qoplaydilar;
Jamgʻarma mablagʻlarini qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy maqsadli sarflaydilar;
yakka tartibdagi tadbirkorlarga va dehqon xoʻjaligi aʼzolariga toʻlanadigan ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqa olish huquqini beruvchi hujjatlarning ishonchliligini tekshiradilar;
davlat ijtimoiy sugʻurta tizimining barqarorligini taʼminlash va uni yanada takomillashtirish uchun oldini oluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Jamgʻarmaning moliyaviy ahvolini prognozlashtirish boʻyicha aktual hisob-kitoblarni amalga oshiradilar;
davlat ijtimoiy sugʻuptasi majbupiy badallari miqdoplarini belgilash toʻgʻpisida takliflar tayyorlaydilar;
pensiyalar va nafaqalar barqaror va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan zaxira fondini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydilar;
Jamgʻarmadan mablagʻ bilan taʼminlanadigan ijtimoiy toʻlovlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini amalga oshiradilar;
kelgusi yil uchun Jamgʻarma daromadlari manbalari va xarajatlar yoʻnalishlari prognozi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda ishlab chiqadilar va Moliya vazirligiga taqdim etadilar;
Jamgʻarma budjetining ijrosi toʻgʻrisida tayyorlangan hisobotni, shuningdek, yiliga bir marta Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining holati toʻgʻrisidagi mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadilar;
oʻz vakolatlari doirasida Jamgʻarma vazifalarini amalga oshirish uchun zarup boʻlgan yoʻpiqnomalar va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadilar;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh resurslarini Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi muddatli depozitlarga hamda qisqa muddatli davlat obligatsiyalariga joylashtiradilar;
pensiyalar va ijtimoiy sugʻurta nafaqalari oʻz vaqtida hisoblanishi va toʻlanishini taʼminlash masalalari boʻyicha joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar;
Davlat soliq xizmati organlari:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan majburiy badallar, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha ajratmalar va toʻlovlar toʻgʻri hisoblab chiqilishi, Jamgʻarmaga toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishining hisobini olib boradilar va nazorat qiladilar;
Jamgʻarmaga majburiy toʻlov toʻlovchilarning toʻliq hisobga olinishini va ular boʻyicha maʼlumotlar bazasi yuritilishini taʼminlaydilar;
rejali tekshirishlarni amalga oshirishda (zarur boʻlganda, ijtimoiy taʼminot organlarining xodimlarini jalb qilgan holda) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Jamgʻarmaga sugʻurta badallari, ajratmalar, toʻlovlar va kompensatsiya (tovon) toʻlovlarining toʻgʻri hisoblanishini, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Jamgʻarma bilan oʻzaro hisob-kitoblarning ahvolini tekshiradilar;
hisoblash tartibi va toʻlov muddatlarini buzganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va maʼmuriy choralar qoʻllaydilar;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy taʼminot boʻlimlariga har chorakda quyidagilarni taqdim etadilar:
(7-bandning yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
a) badallarning shaxslar boʻyicha hisobini va mehnat daftarchalarini yuritish uchun yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolari tomonidan toʻlangan badallarning miqdori toʻgʻrisida maʼlumotlar;
b) Jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Jamgʻarmaga badallar, ajratmalar va toʻlovlar hisoblanishi va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
8. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar, ajratmalar va toʻlovlarni mustaqil ravishda toʻlovchi yuridik va jismoniy shaxslar:
Jamgʻarmaga ijtimoiy sugʻurta boʻyicha badallarni qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda hisoblaydilar va toʻlaydilar;
ish joylarida toʻlanadigan jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli yoʻnalishda sarflanishiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydilar;
Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha belgilangan shakldagi hisobotlarning ishonchliligini va ularning davlat soliq xizmati organlariga oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydilar.
III. JAMGʻARMA DAROMADLARINI VA XARAJATLARINI ShAKLLANTIRISh
9. Jamgʻarma daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
kopxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning sugʻupta badallari;
fuqarolarning majbupiy sugʻupta badallari;
dehqon xoʻjaliklari aʼzolarining ixtiyoriy ravishda toʻlanadigan sugʻurta badallari;
kopxonalar, muassasalar va tashkilotlarning belgilangan tartibda ajratiladigan majbupiy ajpatmalari;
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron boʻlganlarga pensiya toʻlash xarajatlarini qoplash uchun regressiv talablar (daʼvolar) boʻyicha ish bepuvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash uchun oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari;
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash uchun oʻtkaziladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablagʻlari;
hisoblangan jarimalar summalari, qonun hujjatlariga muvofiq soliq organlarini rivojlantirish Jamgʻarmasiga undiriladigan summalardan tashqari, sugʻurta badallari va ajratmalarning oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun penyalar;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari;
korxona tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mayiblangan, kasb kasalligiga uchragan yoki sogʻligʻiga boshqa shikast yetkazilgan xodimga zararni qoplash uchun toʻlanadigan summalar.
10. Sugʻurta badallari, majburiy ajratmalar, hisoblangan jarimalar va penyalar miqdori va ularni toʻlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
11. Jamgʻarma mablagʻlari:
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalarni;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalarni;
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, shu jumladan homiladoplik va tugʻish nafaqasini;
bola tugʻilganda bepiladigan nafaqalarni;
dafn marosimi nafaqalarini;
korxona tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mayiblangan, kasb kasalligiga uchragan yoki sogʻligʻiga boshqa shikast yetkazilgan xodimga zararni qoplash uchun toʻlanadigan summalarni;
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaning ota-onalariga qoʻshimcha taʼtil uchun toʻlovni;
qonun hujjatlariga muvofiq Pensiya Jamgʻarmasidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi.
12. Ijtimoiy taʼminot boʻlimlarining xoʻjalik xarajatlari va ularda axborot texnologiyalarini yaratish xarajatlarini qoplash uchun majburiy badallar hamda ijtimoiy sugʻurta boʻyicha ajratmalarni toʻlash tartibini buzganlik uchun undirilgan penya va jarimalar summasining Jamgʻarmaning maxsus hisobiga tushgan mablagʻidan 10 foizi yoʻnaltiriladi.
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni sarflash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda tasdiqlangan Nizomda belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Jamgʻarmaning ijtimoiy taʼminot tuman (shahar) boʻlimlarining maxsus hisob raqamlaridagi yetishmagan mablagʻlari Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini ijtimoiy taʼminot tuman (shahar) boʻlimlari oʻrtasida qayta taqsimlash yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan qoplanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining maxsus hisob raqamlaridagi yetishmagan mablagʻlari Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalar oʻrtasida qayta taqsimlash yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan qoplanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
15. Jamgʻarma mablagʻlaridan qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
JAMGʻARMA DAROMADLARI VA XARAJATLARINING PROGNOZLARINI KOʻRIB ChIQISh VA KELIShISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi kelgusi yil uchun Jamgʻarma daromadlari manbalari va xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan prognozni har yili 24-iyulgacha koʻrib chiqish uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi, prognoz quyidagilar hisobga olingan holda ishlab chiqiladi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
daromadlar manbalari boʻyicha mablagʻlarning oʻtgan yilda va joriy yilning birinchi yarim yilida hududlar boʻyicha haqiqiy tushumi;
respublika Jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar boʻyicha moliyaviy hisobot yilining oxiriga yuridik shaxslarning hududlar boʻyicha kreditorlik qarzlari;
oʻtgan yilda va joriy yilning birinchi yarim yilida Jamgʻarma mablagʻlaridan tasdiqlangan prognozlar bilan taqqoslaganda hududlar boʻyicha maqsadli foydalanilishi.
17. Moliya vazirligi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish chogʻida Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun majburiy ajratmalar va yigʻimlar stavkalarining prognoz qilinadigan oʻzgarishini hisobga oladi.
18. Moliya vazirligi taqdim etilgan hisob-kitoblarda daromadlar toʻliqligi va xarajatlar asoslanganligi taʼminlangan taqdirda Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining koʻrib chiqilgan va kelishilgan prognozini kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining yigʻma budjeti asosiy parametrlari tarkibida Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasining yigʻma budjeti Oliy Majlis sessiyasida tasdiqlangandan soʻng, shuningdek Vazirlar Mahkamasining kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi budjeti parametrlari toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin Moliya vazirligi Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini besh kun muddatda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga va Davlat soliq qoʻmitasiga yetkazadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari parametrlari Moliya vazirligidan olganidan soʻng bir hafta muddatda Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Jamgʻarma daromadlari manbalari va xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha yillik prognozni hududlar boʻyicha choraklarga boʻlgan holda tasdiqlaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mehnat aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan daromadlar va xarajatlarning yillik prognoz qilingan parametrlari tegishli ravishda shaharlar va tumanlar boʻyicha tasdiqlanadi.
(21-bandning birinch xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda
Jamgʻarma budjetining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishi:
ijtimoiy sugʻurtaga majburiy badallar, belgilangan ajratmalar, tovonlar, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan jarimalar va penyalar toʻliq yigʻilishi va tushishi boʻyicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya Jamgʻarmasi mablagʻlarining qonun hujjatlariga qatʼiy muvofiq holda maqsadli sarflanishi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari tomonidan taʼminlanadi.
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda
JAMGʻARMA MABLAGʻLARINI ShAKLLANTIRISh VA ULARNING SARFLANIShI UChUN JAVOBGARLIK
22. Davlat soliq xizmati organlari Jamgʻarmaga yigʻimlar tushumining toʻliqligi taʼminlanishi uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududiy organlari Jamgʻarma mablagʻlari oʻz vaqtida moliyalanishi va qatʼiy maqsadga muvofiq ravishda sarflanishi uchun javob beradilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
24. Pensiya va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalarni yetkazib beruvchi muassasalar Jamgʻarmaning shu maqsadlarda ularning hisob raqamlariga oʻtkaziladigan mablagʻlari oʻz vaqtida va maqsadga muvofiq toʻlanishi uchun javob beradilar.
25. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha badallarni mustaqil toʻlovchi yuridik va jismoniy shaxslar Jamgʻarmaga majburiy badallar va ajratmalar toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi uchun javob beradilar.
Ish beruvchi ish joyida toʻlanadigan Jamgʻarma mablagʻlari sarflanishi uchun javob beradi.
JAMGʻARMA MABLAGʻLARINING TUShIShI VA SARFLANIShI USTIDAN NAZORAT QILISh
26. Hisob-kitoblarning toʻgʻriligi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy sugʻurta boʻyicha majburiy badallar va ajratmalarning toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi, shuningdek korxonalar va tashkilotlar tomonidan ish joyida Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Pensiya va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar toʻgʻri hisoblanishini nazorat qilish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning viloyat boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
28. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadga muvofiq foydalanilishini nazorat qilish Moliya vazirligi va uning hududiy organlariga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya organlari belgilangan tartibda bir yilda kamida bir marta Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadga muvofiq foydalanilishini tekshiradi va pensiyalar va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda tanlab tekshiradi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)
29. Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va ulardan maqsadga muvofiq foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazorati "Nuroniy" Jamgʻarmasi huzuridagi Nazorat kengashining jamoatchilik komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻpisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
UHUK boʻyicha KTUT boʻyicha XXTUT boʻyicha MHOBT boʻyicha DBIBT boʻyicha MShT boʻyicha STIR boʻyicha
Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan badallar, ajratmalar va toʻlovlar hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisida
maʼlumotnoma
200 ___ yil _______________________ uchun
| | | | |
|
Moddalarning nomi |
Satrlar kodi |
badal miqdori |
Badal summasi (oʻsib boruvchi yakun) |
| Hisoblangan badallar va ajratmalar — hammasi | 010 | | |
|
shu jumladan: |
| | |
| ish beruvchining badallari | 011 | | |
| xodimning badallari | 012 | | |
| sotish hajmidan ajratmalar | 013 | | |
| 12—b-j moddalar boʻyicha xarajatlarni qoplash | 014 | | |
| 14-modda boʻyicha xarajatlarni qoplash | 015 | | |
| 15-modda boʻyicha xarajatlarni qoplash | 016 | | |
| Yakka tartibda tadibirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxslar va dehqon xoʻjaliklarini aʼzolarining badallari | 017 | | |
| jarimalar va penyalar | 018 | | |
| Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha xarajatlar — hammasi | 020 | | |
|
shu jumladan: |
| | |
| Ishlayotgan pensionyerlarga pensiyalar | 021 | | |
| Vaqtincha ishga layoqatsizlik nafaqalari | 022 | | |
| Homiladorlik va tugʻish nafaqalari | 023 | | |
| Bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar | 024 | | |
| Dafn marosimi nafaqalari | 025 | | |
| 16 yoshgacha nogiron bolaning ota-onasiga qoʻshimcha taʼtil uchun haq toʻlash | 026 | | |
| Oʻtkazilgan — hammasi | 030 | | |
|
shu jumladan:: |
| | |
| Ish beruvchining badallari | 031 | | |
| Xodimning badallari | 032 | | |
| sotish hajmidan ajratmalar |
033 |
| |
| 12—b-j moddalar boʻyicha xarajatlarni qoplash | 034 | | |
| 14-modda boʻyicha xarajatlarni qoplash | 035 | | |
| 15-modda boʻyicha xarajatlarni qoplash | 036 | | |
| Yakka tartibda tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxslar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolari | 037 | | |
| jarimalar va penyalar | 038 | | |
| Oʻtkazilishi lozim — hammasi | 040 | | |
| | | | |
Hisob-kitoblarni taqdim etish va Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar, ajratmalar va toʻlovlar toʻlash
muddatlari
| | | |
|
Toʻlovlar turi |
Hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etish muddatlari |
Toʻlov muddatlari |
| Ish haqi fondidan ajratmalar | Hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha sugʻurta badali hisob-kitobi taqdim etiladi. | Ish haqini toʻlash uchun belgilangan muddatlarda, biroq hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay |
| Fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari | Hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha fuqarolar badallarining hisob-kitobi taqdim etiladi. | Ish haqini toʻlash uchun belgilangan muddatlarda, biroq hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay |
| Amalda sotilgan mahsulotlar (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) hajmidan ajratmalar | Hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha | Hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha |
| “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12, 14, 15-moddalariga muvofiq ajratmalar | Har chorakda, buxgalteriya hisobotini taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda | Har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 10-kunigacha |
| | | |