Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI HAMDA TAShQI MEHNAT MIGRATSIYASI MASALALARI AGENTLIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 6-aprel,
162-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda)ning 2, 3 va 6-bandlaridagi, shuningdek ushbu qarorga 5-ilovaning yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “Mehnat vazirligi”, “Mehnat vazirligiga”, “Mehnat vazirligi tomonidan” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi”, “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 8-son, 61-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 35-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qaroridagi:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 377-modda)
15-ilovaning 2, 3, 8, 12 va 13-bandlaridagi “ijtimoiy taʼminot organlari” soʻzlari “ijtimoiy taʼminot boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan 3-son Roʻyxatdagi:
XXV boʻlim nomidagi va 1754 b-bandining “g” kichik bandidagi “va ijtimoiy taʼminot”, “ijtimoiy taʼminot” soʻzlari tegishlicha “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
VIII qismning 3-bandi nomidagi va IX qism nomidagi “ijtimoiy taʼminot” soʻzlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
IX qism “mutaxassislari” soʻzi oldidan “ijtimoiy taʼminot tuman va shahar boʻlimlari” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 142-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 142-modda)
8. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ilovaning IV boʻlimiga izohning 1-bandi ikkinchi xatboshidagi va 2-bandidagi “Ijtimoiy taʼminot vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-iyuldagi 268-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 14-son, 112-modda)
11. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-iyuldagi 291-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 7-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga Biznes-fond tomonidan kredit berishning asosiy shartlari I boʻlimining 1 va 3-bandlaridagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 142-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” haqida 1996-yil 24-maydagi 190-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 6-son, 18-modda)ning 3-bandidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yoʻlovchi tashish transporti xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarorining 10 va 12-bandlaridagi “Mehnat vazirligi” hamda “Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibining:
6-bandi “v” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi” soʻzlari “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligining hududiy organlari tomonidan” soʻzlari “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda):
2-bandning toʻrtinchi xatboshidagi, 3, 5 va 7-bandlardagi Mehnat vazirligiga koʻrsatmalar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Moliya vaziri B.S. Hamidovning, Mehnat vaziri” soʻzlari “Makroiqtisodiyot va statistika vaziri R.S.Azimovning, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddan toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Kasb-hunar taʼlimi oʻquv yurtlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 11-dekabrdagi 439-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996y., 12-son, 36-modda)ga 1-ilovaning VII boʻlimi 2-bandidagi, 3-ilovaning VII boʻlimi 2-bandidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997y., 3-son, 11-modda)ga 4-ilovaning 10-bandidagi “va ijtimoiy taʼminot” soʻzlari “mehnat va ijtimoiy taʼminot” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi Nizomda:
III va IV boʻlimlar matnidagi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
III boʻlimning 2-bandi toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga”;
III boʻlimning 3-bandi birinchi xatboshidagi “viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
III boʻlim 8-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“maxsus tekshirishning barcha materiallari nusxalarini viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, shuningdek tegishli vazirlikka (korporatsiya, uyushma, konsernga), korxonaga va uning yuqori turuvchi xoʻjalik organiga, jabrlangan xodimni yuborgan tashkilotga yuboradi”;
IV boʻlimning 6-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi hayʼatida, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi kengashida”, “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi hayʼati, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi kengashi” soʻzlari tegishli ravishda “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hayʼatida, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi kengashida”, “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hayʼati, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi kengashi”, soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 54-modda)
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qaroriga 2-ilovadagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-avgustdagi 185-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2005-y., 30-31-son, 235-modda)
28. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy sugʻurtaga badallar miqdorlari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-iyuldagi 372-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
3-bandda “ijtimoiy taʼminot” soʻzlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatining 1-bandidagi “ijtimoiy taʼminot muassasalari” soʻzlari “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
31. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorining 2-bandidagi, 4-bandining ikkinchi xatboshidagi va 5-bandidagi, shuningdek 1-ilovaning II boʻlimi 3-bandidagi, V boʻlimning ikkinchi xatboshidagi, VI boʻlimning 16-18-bandlaridagi, 2-ilovaning 22-bandi toʻqqizinchi xatboshidagi, 23-bandidagi Mehnat vazirligiga koʻrsatmalar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 360-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 60-modda)ning 9-bandidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi Nizomning 31-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi” soʻzlari “Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 447-modda)
35. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-noyabrdagi 464-son qarorining 7-bandidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 447-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 18-maydagi 233-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 18-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishchi kuchlarini chetdan keltirish va chetga chiqarish masalalarini boshqarish toʻgʻrisida” 1993-yil 14-iyuldagi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 27-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni, hududiy ijtimoiy taʼminot boshqarmasi, tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 1993-yil 30-sentabrdagi 476-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 9-son, 35-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-noyabrdagi 538-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 50-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 4-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan qarorlari roʻyxatining 3-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2002-y., 14-son, 112-modda, 24-son, 200-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda, 21-son, 216-modda, 24-son, 239-modda; 2004-y., 28-son, 321-modda, 42-son, 447-modda; 2005-y., 5-6-son, 35-modda, 8-9-son, 67-modda, 30-31-son, 235-modda; 2006-y., 20-21-son, 178-modda, 42-son, 417-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda; 2008-y., 34-son, 333-modda; 2010-y., 8-son, 61-modda; 2011-y., 14-son, 142-modda, 37-son, 377-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2016-y., 6-son, 54-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)