Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 13.02.2001 yildagi PF-2810-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatni ragʻbatlantirish va manfaatdorlikni oshirish sohasida boshqaruvni tashkil etish darajasini oshirish va takomillashtirish, aholini ish bilan oqilona taʼminlash, ijtimoiy taʼminot tizimini yaxshilash, erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni tobora chuqurlashtirish sharoitida ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, shu asosda aholining farovonligi barqaror yuksalib borishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi negizida Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-maydagi PF-3879-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 22-son, 225-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligining tegishli hududiy organlari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari oʻz faoliyatida tegishli hokimliklarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga hisobot beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlarda Bandlikka koʻmaklashish hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari ishlab kelmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari oʻz faoliyatida tegishli hokimliklarga hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalariga hisobot beradilar.
(4-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-martdagi PF-4209-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 92-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan uning vakolati doirasida qabul qilinadigan qarorlar vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxona va muassasalar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan ijro etish uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2810-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 45-modda; 2007-y., 22-son, 225-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 92-modda)