21.12.2017 yildagi 1009-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 25-sentabrdagi PQ–3286-son qarorini ijro qilish, shuningdek, daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini samarali tashkil etish va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Kuchkarov va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 21-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1009-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom daryolar, soylar, jilg‘alar o‘zanlarini tozalash, shuningdek, ularning qirg‘oqlarini mustahkamlash (keyingi o‘rinlarda daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash deb ataladi) bo‘yicha ishlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Suv oqimlari o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari — daryolar, soylar va jilg‘alar qirg‘oqlarini yuvilib ketish va o‘pirilishdan himoya qilish maqsadida mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqimi — o‘zanida umumiy nishablik yo‘nalishi bo‘ylab suvlar doimiy yoki vaqtinchalik oqadigan suv obyekti (daryolar, soylar, jilg‘alar). Suv oqimi doimiy — suv yil bo‘yi yoki vaqtincha oqadigan (quriydigan, muzlaydigan) bo‘lishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toshqin — qorlarning intensiv, qisqa vaqt erishi va ko‘plab yomg‘irlar yog‘ishi natijasida vujudga keladigan suv oqimining biror-bir tarmog‘ida suv sathining jadal, nisbatan qisqa vaqtda va nodavriy ko‘tarilishi va suv sarfining ko‘payishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toshqin suvlari — toshqinlar davrida suv oqimlari o‘zanida oqadigan suvlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sel — juda katta (umumiy oqim massasi 75 foizgacha) buzish kuchiga ega bo‘lgan qisqa muddatli toshqin, uning tarkibida kichik tog‘ va tog‘oldi daryolari havzalarida hamda ancha (kamida 0,10) qiya yonbag‘irli quruq soylarda kuchli yomg‘irlar yoki qorlarning jadal erishi natijasida paydo bo‘ladigan mineral zarrachalar va tog‘ jinslari parchalari mavjud bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sel oqimlari — sellar ro‘y beradigan davrda suv oqimlari bo‘ylab o‘tadigan suvlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsiz o‘tkazish — suvlarni suv oqimlari bo‘ylab aholi punktlari, sug‘oriladigan yerlar, suv xo‘jaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlar uchun salbiy oqibatlarsiz o‘tkazib yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqimni barqarorlashtirish — suvlarni suv oqimlari bo‘ylab xavfsiz o‘tkazib yuborish maqsadida toshqin suvlariga va sel oqimlariga texnogen ta’sir ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyalash ishlari — himoyalash inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash ishlari, gidrotexnika inshootlari, ko‘priklar, suv quvurlari, gaz quvurlari va suv oqimlari joylashgan boshqa ijtimoiy obyektlardagi himoyalash ishlari, toshqin suvlarini va sel oqimlarini halokatsiz o‘tkazib yuborish, aholi punktlari, sug‘oriladigan yerlar, suv xo‘jaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni himoya qilish maqsadida suv to‘plagichlarda va suv oqimlari o‘zanlarida daraxtlar o‘tqazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyalash inshootlari — dambalar, shporalar, shalolalar, chuqurlar, o‘yiqlar va o‘zanlarni tartibga soluvchi boshqa inshootlar, shuningdek, toshqin suvlarini va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlaydigan nishabliklarni mustahkamlash bo‘yicha konstruksiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish — himoyalash inshootlarini to‘liq yoki qisman qayta qurish va qurish. Himoyalash inshootlari rekonstruksiya qilingandan keyin ularning boshlang‘ich loyiha parametrlari va tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki to‘liq o‘zgarishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyalash inshootlarini ta’mirlash va tiklash — himoyalash inshootlarining, suv xo‘jaligi va suv oqimlarida joylashgan boshqa ijtimoiy obyektlarning loyihadagi parametrlarini saqlash uchun mo‘ljallangan, shu jumladan, inshootlarni va ularning ayrim buzilgan joylarini cho‘kindilardan tozalash, ta’mirlash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihasi — toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish maqsadida suv oqimlarida joylashgan himoya inshootlarini, suv xo‘jaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilish, qurish, ta’mirlash va tiklash tadbirlarini nazarda tutuvchi loyiha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqimlari o‘zanlarini tozalash — daryolar, soylar va jilg‘alar o‘zanlarini to‘planib qolgan qum-shag‘alli materiallar va suv ostidagi cho‘kmalardan mexanik yoki gidromexanik usulda tozalash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi deb ataladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-426-son qarori bilan tashkil etilgan Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) qarorlariga asosan boshqa tashkilotlar tomonidan faqat toshqin suvlari va sel oqimlarini o‘tkazib yuborishning imkoniyati yo‘qligi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv oqimlarida suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ishlar belgilangan tartibda ushbu obyektlar tasarrufida bo‘lgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish to‘g‘risida Komissiya qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda FVV deb ataladi), Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Tabiat resurslari vazirligining daryolar, soylar, jilg‘alar o‘zanlarini tekshirish va suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazish imkoniyatlarini baholash natijalari bo‘yicha birgalikdagi xulosalari asosida qabul qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha har yilgi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan Yig‘ma manzilli dastur (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma manzilli dastur deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daryolar o‘zanlarini to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallaridan tozalash FVV, Tabiat resurslari vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida shakllantirilgan ro‘yxatga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha loyihalar quyidagi asosiy talablarga muvofiq tuziladi va amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishi aholi yashaydigan joylar, sug‘oriladigan yerlar, suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy obyektlar himoya qilinishini nazarda tutishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishi bo‘yicha chora-tadbirlar majmui texnik-muhandislik izlanishlar va tadqiqotlar (geologik-muhandislik, topogeodeziya, gidrometeorologik, laboratoriya, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy), shuningdek, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha texnik-muhandislik izlanishlar va tadqiqotlar majmui, shu jumladan, suv oqimlari o‘zanlari, himoya inshootlari, suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy obyektlar holatini o‘rganish ularning o‘zanlarida o‘tkazilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishi bo‘yicha himoyalash ishlari suv oqimlari bo‘ylab joylashgan himoya inshootlari, suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajriba natijalari tatbiq etilishini nazarda tutishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishi bo‘yicha chora-tadbirlarga haqiqiy suv xo‘jaligi va gidrometeorologik vaziyat hisobga olingan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofazalash chora-tadbirlarini amalga oshirish ustuvorligi va ketma-ketligi ularning ijtimoiy ahamiyatliligi, shuningdek, gidrometeorologik prognozlar hamda suv oqimlari va ulardagi inshootlarning haqiqiy holati hisobga olingan holda belgilanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yig‘ma manzilli dastur quyidagilar bo‘yicha loyihalarning prognoz ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqimlari bo‘ylab joylashgan himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyiha-tadqiqot ishlarini, shuningdek, suv oqimlarida boshqa himoyalash ishlarini bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yig‘ma manzilli dastur suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlardan (keyingi o‘rinlarda hududiy manzilli dasturlar deb ataladi) shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy manzilli dasturlar suv oqimlarining amaldagi suv xo‘jaligi, gidrologik va boshqa tabiiy-xo‘jalik sharoitlari hisobga olingan holda suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni hal etishga kompleks va tizimli yondashuv asosida ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqimlari bo‘ylab joylashgan himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqimlari bo‘ylab joylashgan himoya inshootlarini ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyihalar, shuningdek, boshqa himoyalash ishlarining manzilli ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqimlari bo‘ylab joylashgan himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyiha-tadqiqot ishlari, shuningdek, boshqa himoyalash ishlarining manzilli ro‘yxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hududiy manzilli dasturlarni tuzish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qarorlari bilan hududiy ishchi guruhlar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari va viloyatlar hokimlarining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hududiy ishchi guruhlar rahbarlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hududiy ishchi guruh tarkibiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi (keyingi o‘rinlarda — Gidrometeorologiya xizmati agentligi), Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi) hududiy boshqarmalari;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimlik organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda hududiy ishchi guruhlar tarkibiga boshqa manfaatdor vazirliklar, muassasalar va tashkilotlar vakillari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda hududiy ishchi guruhlar tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun quyidagi materiallarni tayyorlaydi va taqdim etadi:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha asosiy suv obyektlari qayd etilgan sxematik xaritalar, shuningdek, suv obyektlari va ulardagi inshootlarning texnik tavsiflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p yillik gidrologik ma’lumotlar, shuningdek, toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha boshqa ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hududiy ishchi guruhlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-martgacha bo‘lgan muddatda joylarga chiqish orqali gidrografik tamoyil asosida suv oqimlari va boshqa suv obyektlari, suv oqimlari bo‘ylab joylashgan suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy obyektlar, aholi yashaydigan joylar va sug‘oriladigan yerlarning batafsil tekshiruvini o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvlar yakunlari bo‘yicha himoya inshootlari buzilishlari, suv oqimlari o‘zanlari yuvilib ketishi va loyqa bilan to‘lib qolishi, suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy obyektlardagi buzilishlar, aholi yashaydigan joylar va boshqa ijtimoiy obyektlarni suv bosishi xavfi mavjudligining asosiy sabablarini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqimlari bo‘ylab joylashgan suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor himoyalash ishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazish imkoniyatlarini baholaydi hamda daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish joyini, hajmini va boshqa shart-sharoitlarini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-aprelgacha muddatda kelgusi yil uchun hududlarning suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqadi va hududiy komissiyalarga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar tegishli hududiy komissiyaning qarori bilan 10-aprelgacha muddatda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlangan hududiy manzilli dastur belgilangan tartibda har yili 15-aprelgacha muddatda FVVga ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. FVV O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va boshqa manfaatdor vazirliklar va muassasalar bilan birgalikda hududiy manzilli dasturlar asosida kelgusi yil uchun Yig‘ma manzilli dasturni ishlab chiqadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. FVV kelgusi yil uchun Yig‘ma manzilli dasturni 1-maygacha muddatda tegishli xulosalar bilan birga belgilangan tartibda Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiya 15-maygacha muddatda Yig‘ma manzilli dasturni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi hamda uni manfaatdor vazirliklar va muassasalarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga belgilangan tartibda amalga oshirish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Suv oqimlarining suv xo‘jaligi, gidrometeorologik va boshqa tabiiy-xo‘jalik sharoitlarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari, himoyalash ishlari asoslanishi va ustuvorligi hisobga olingan holda Komissiya qaroriga muvofiq Yig‘ma manzilli dasturga tegishli o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tegishli himoyalash ishlarini bajarish buyurtmachilari hisoblangan, tasarrufida suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy obyektlar bo‘lgan vazirliklar va muassasalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Yig‘ma manzilli dastur va tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida belgilangan tartibda qurilish, ta’mirlash, o‘zanlarni tozalash, qirg‘oqlarni mustahkamlash va loyiha-tadqiqot ishlarining alohida manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yig‘ma manzilli dasturni amalga oshirish doirasida buyurtmachilar tomonidan inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tiklash, shu jumladan, suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha loyiha hujjatlari (keyingi o‘rinlarda loyiha hujjatlari deb ataladi)ni ishlab chiqish amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun vazifalar belgilangan tartibda “Suvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilishi zarur.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Loyiha hujjatlari qayd etilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Loyiha hujjatlari belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va Tabiat resurslari vazirligi organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ekspertizadan o‘tkazilgan loyiha hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha pudrat ishlari loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq tender savdolari o‘tkazilmasdan Komissiya qarori asosida Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu ishlarni bajarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda (moddiy-texnik baza imkoniyatlari yo‘qligi yoxud yetarli emasligi, moliya mablag‘lari yetishmasligi va shu kabilar) ushbu ishlar Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov asosidagi savdolar tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori bilan belgilangan tartibda boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv oqimlari bo‘ylab joylashgan suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyihalar ular tasarrufida bo‘lgan vazirliklar va muassasalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryo o‘zanlari barqarorligini hamda irrigatsiya va boshqa inshootlarga barqaror suv olishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tutash aholi punktlarini suv bosishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xo‘jaligi inshootlari, ko‘priklar, ichimlik suv tarmoqlari va boshqa ijtimoiy obyektlarning xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlashda loyiha ko‘rsatkichlariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilarni vaqtincha saqlash, texnikaning to‘xtab turishi va ularga xizmat ko‘rsatish joylarini joylashtirish, shuningdek, foydalaniladigan texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashni daryolarning suvni qo‘riqlash zonalaridan tashqarida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazilgandan keyin daryolar bo‘yini maishiy va ishlab chiqarish chiqindilaridan, shuningdek o‘zan tozalash ishlari ko‘rsatkichlarini nazorat qilish uchun kapital balandlik jihozlari, uchastka chegaralari joylaridagi ajratish belgilaridan tozalashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni innovatsion usullar va texnologiyalardan keng foydalanish orqali amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish belgilangan tartibda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining o‘z tasarrufidagi obyektlar bo‘yicha xarajatlar smetasida nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital quyilmalar va ekspluatatsion xarajatlar limitlari;
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari;
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(30-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yuridik shaxslar o‘z balansidagi ijtimoiy obyektlarni himoya qilish maqsadida suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazishni ta’minlash chora-tadbirlarini belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash yer uchastkalari ajratilmasdan amalga oshiriladi. Bunda Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va boshqa tashkilotlarga o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirish joylarida yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar olish talab etilmaydi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnoma bilan oldindan kelishib olingan boshqa funksiyalarga rioya etilishi ustidan nazorat, obyekt qurilishi ustidan texnik kuzatuv va texnik nazorat yuzasidan — buyurtmachilar tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar qurilishi va yakunlangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olishning butun davri mobaynida bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining loyiha qarorlariga muvofiqligi ustidan mualliflik nazorati yuzasidan — loyiha tashkilotlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati hamda qurilish me’yorlari va qoidalariga, normativ-texnik va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, qurilish obyektida pudrat tashkilotlari tomonidan ijro hujjatlari yuritilishi ustidan nazorat yuzasidan — “Davarxitekqurilish” qo‘mitasi hududiy organlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. FVV Suv xo‘jaligi vazirligi va Tabiat resurslari vazirligi bilan birgalikda obyektlar bo‘yicha Yig‘ma manzilli dasturga kiritilgan loyihalar amalga oshirilish jarayonining monitoringi o‘tkazilishini ta’minlaydi va har oyda Komissiyaga tegishli axborotni kiritadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. O‘zanlarni tozalash bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi natijasida hosil bo‘ladigan materiallardan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son qarori bilan tashkil etilgan idoralararo guruh bilan o‘zaro kelishgan holda suv oqimlari o‘zanlarini tozalashda hosil bo‘lgan noruda materiallar hajmini aniqlash uchun joylarda ularning uskunalar yordamida o‘lchovlari amalga oshiriladi, suvni muhofazalash qonunchilik talablariga muvofiq ularni alohida joylashtiriladi, shuningdek, zarur hollarda, ularning realizatsiya qilinishini tashkil etiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Noruda foydali qazilmalar qayta ishlangan va realizatsiya qilingan taqdirda Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va boshqa tashkilotlar belgilangan tartibda yer osti boyliklaridan foydalanilganlik uchun soliq to‘laydi. Bunda daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish noruda foydali qazilmalar realizatsiya qilinishidan olingan daromadlar summasiga kamaytiriladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Realizatsiya qilinadigan noruda foydali qazilmalar materiallariga narxlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har yili 1-martgacha belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Suv oqimlari o‘zanlarini tozalash uchun Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va jalb etiladigan boshqa tashkilotlar hosil bo‘lgan noruda materiallar miqdori to‘g‘risida yilning har choragida idoralararo guruhga hisobot taqdim etishlari shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarning muvofiqlashtirilishi FVV tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat idoralararo guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Suv oqimlari o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish jarayonida Tabiat resurslari vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan o‘tkaziladigan tizimli tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, shuningdek, suv oqimlarida suv xo‘jaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ishlar natijalarini qabul qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ochiq suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha loyihalarni tuzish, ishlab chiqish, ekspertiza o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 29-maydagi 135-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 53-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof qilish to‘g‘risida” 2016-yil 4-maydagi 138-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 36-modda) 1-ilovaning 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofazalash sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofazalash qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 46-son, 1134-modda) 1-ilovaning 52-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1009/0455-son, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)