O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 28-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 4-oktabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2017-yil 4-oktabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 10-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi”;
2) quyidagi mazmundagi 181-modda bilan to‘ldirilsin:
“181-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning hududiy bo‘linmalari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashkil etiladi. Byuroni maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.
Byuro direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi hisoblanadi.
Byuro direktorining o‘rinbosarlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Byuro hududiy boshqarmalarining boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Byuroning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Byuro va uning hududiy bo‘linmalarining tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya to‘g‘risida”gi 935-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-397-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 453-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi (bundan buyon matnda Davlat veterinariya qo‘mitasi deb yuritiladi):
veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
veterinariya sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;
veterinariya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;
davlat veterinariya xizmatining hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
veterinariya sohasidagi faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi hamda tadbirlar va dasturlarni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu sohadagi hamkorligini muvofiqlashtirib boradi;
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda epizootiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi;
veterinar osoyishtalikni ta’minlash, hayvonlar yuqumli kasalliklarini erta aniqlash, ularga tashxis qo‘yish va ular tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
mamlakat hududi hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilinishini, hayvonlar sog‘lig‘ini profilaktika qilish va davolashning zamonaviy usullari joriy etilishini, veterinariya dori vositalarining mahalliy hamda xorijiy ilm-fan yutuqlarini joriy etishga asoslangan yangi turlari va shakllari ishlab chiqarilishini ta’minlaydi;
veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi;
mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarini berishni amalga oshiradi;
veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni tizimli asosda o‘z vaqtida ishlab chiqishni va sifatli amalga oshirishni tashkil etishni ta’minlaydi;
idoraviy hamda ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatining hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, hayvonotga mansub mahsulot va xomashyo xavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
veterinariya sohasida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyati har tomonlama rivojlantirilishini, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari belgilanishini, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalarining veterinariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtiradi;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, rahbariyatning hamda mutaxassislarning ish uslubi hamda shakllarini takomillashtirish, shu jumladan tuzilmaviy bo‘linmalarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi yuzasidan mas’uliyatini oshirish tizimini tashkil etadi;
xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etadi, xalqaro veterinariya tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi.
Davlat veterinariya qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
2) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10-modda. Davlat veterinariya xizmatini boshqarish
Davlat veterinariya xizmati Davlat veterinariya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlari, laboratoriyalar, Respublika hayvonlar kasalliklari va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat tashxis markazi, Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifati va muomalasini nazorat qilish davlat ilmiy markazi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek veterinariya uchastkalari, bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalaridan, chegara va transport veterinariya punktlaridan (uchastkalaridan) hamda boshqa muassasalardan iboratdir.
Davlat veterinariya qo‘mitasiga rais rahbarlik qiladi. Davlat veterinariya qo‘mitasining mansabdor shaxslari quyidagi tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi:
Davlat veterinariya qo‘mitasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Davlat veterinariya qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi raisi Davlat veterinariya qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlari boshliqlari tuman (shahar) hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi;
Respublika hayvonlar kasalliklari va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat tashxis markazining, Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifati va muomalasini nazorat qilish davlat ilmiy markazining, Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining, shuningdek chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) rahbarlari Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Davlat veterinariya xizmatining boshqa muassasalari rahbarlarini tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari Davlat veterinariya qo‘mitasiga, shuningdek tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradi.
Davlat veterinariya qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
3) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. Davlat veterinariya inspektorlari
Davlat veterinariya qo‘mitasining raisi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori, uning o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlari (raisning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bundan mustasno), Davlat veterinariya qo‘mitasi Davlat veterinariya nazorati boshqarmasining veterinar mutaxassislari — o‘z vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i — davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori, uning o‘rinbosarlari — davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari — tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining o‘rinbosarlari hisoblanadi.
Tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlarining boshliqlari tegishli tumanlarning (shaharlarning) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
Veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining mudirlari tegishli uchastkalardagi va bozorlardagi davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
Chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) boshliqlari hamda veterinar vrachlari tegishli chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi”;
4) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 17-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 19-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 22-moddaning beshinchi qismidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 27-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda,№ 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 211-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxo‘rlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi”;
2) 531-moddaning sakkizinchi qismidagi “sud ijrochilariga” degan so‘zlar “davlat ijrochilariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan qo‘llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno”;
2) 1981-moddaning dispozitsiyasidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 245-moddaning birinchi qismi “99, 100” raqamlaridan keyin “101 (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida)” degan so‘zlar, “1601, 161” raqamlaridan keyin “163” raqami bilan to‘ldirilsin;
4) 2453-moddaning birinchi qismidagi “101, 163” raqamlari “101 (umumiy foydalanishdagi elektr va gaz tarmoqlari hamda elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish asboblariga oid qismida)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 259-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining davlat veterinariya inspektorlari, tumanlar va shaharlarning bosh davlat veterinariya inspektorlari, chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hamda veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining davlat veterinariya inspektorlari — eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
6) 333-moddaning ikkinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 337-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti organlari sud ijrochilari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 339-moddaning matnidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 348-moddaning matnidagi “sud ijrochisiga” degan so‘zlar “davlat ijrochisiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi O‘RQ-850-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son)
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 14-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jarima tariqasidagi jazo O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro etiladi”;
2) 19-moddaning birinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 483-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bosh davlat veterinariya boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 89-moddaning birinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 138-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “sud ijrochisiga” va “sud ijrochisini” degan so‘zlar tegishincha “davlat ijrochisiga” va “davlat ijrochisini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 140-moddaning birinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 215-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 84-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning birinchi qismidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining davlat veterinariya xizmati” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning matnidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining davlat veterinariya xizmati” degan so‘zlar “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-730-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son)
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘RQ-58-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 281-moddaning matnidagi “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 41-moddaning birinchi qismidagi “Sud ijrochisining” degan so‘zlar “Davlat ijrochisining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-344-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) 10-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining organlari amalga oshiradi”.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 72-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tumanlar va shaharlar veterinariya bo‘limlarini, hayvonlar kasalliklari va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tashxis markazlarini saqlab turish”;
2) 129-moddaning birinchi qismidagi “sud ijrochilari” degan so‘zlar “davlat ijrochilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlasin.
20-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 4-moddasining 1-bandi va 5-moddasining 1-bandi ushbu Qonun rasmiy e’lon qilinguniga qadar sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan jinoyat ishlariga, shuningdek jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida ajrim yoki qaror chiqarilgan jinoyat ishlariga hamda sudning qarori chiqarilgan ma’muriy ishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonunning 7-moddasi ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-oktabr,
O‘RQ-448-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son; 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son, 03/22/763/0306-son; 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son; 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son)