11.05.2001 yildagi 215-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun sil kasalligining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, sanitariya-gigiyenaga oid, epidemiyaga qarshi va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishning, shuningdek sil kasalligiga chalingan bemorlarni aniqlash, davolash, dispanser ko‘rigidan o‘tkazish va reabilitatsiya qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BCG — Kalmett-Geren batsillasi: sil kasalligi mikrobining vaksina sifatida qo‘llaniladigan kuchsizlantirilgan shtammi (ko‘rinishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaksinatsiya — sil kasalligining oldini olish maqsadida chaqaloqlarda faol immunitet hosil qilish usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
revaksinatsiya — kasal yuqtirmaslik bobidagi yo‘qolgan xususiyatni tiklash yoki sil kasalligiga nisbatan yanada kuchliroq darajada immunitet hosil qilish uchun odam yoki hayvon organizmiga takroriy ravishda vaksina kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sil kasalligi — sil mikobakteriyalari qo‘zg‘atadigan yuqumli kasallik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sil kasalligining yuqumli shakllari — sil kasalligining sil mikobakteriyalarini chiqarib turadigan faol shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sil kasalligiga ko‘ra noqulay bo‘lgan chorvachilik obyekti — hayvonlarning sil kasalligiga chalinish holati mavjud bo‘lgan obyekt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sil mikobakteriyalari (mikroorganizmlar) — sil kasalligini qo‘zg‘atuvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuberkulin yordamida tashxis qo‘yish — kasallikni aniqlash uchun odam va hayvonlarni tuberkulin yordamida tekshirish usuli.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Aholini sil kasalligidan muhofaza qilishning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini sil kasalligidan muhofaza qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sil kasalligi tarqalishining oldini olishga doir profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishning izchilligi va doimiyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, mamlakatimizda doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga sil kasalligiga qarshi bepul yordam ko‘rsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Aholini sil kasalligidan muhofaza qilishni ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish profilaktika tadbirlari, tibbiy ko‘riklar o‘tkazish va aholini sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarida, shuningdek davlat sog‘liqni saqlash tizimining boshqa muassasalarida sil kasalligidan davolash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini sil kasalligidan muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda majburiy tarzda BCG bilan chaqaloqlarni vaksinatsiya va bolalarni revaksinatsiya qilish hamda tuberkulin yordamida tashxis qo‘yish amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarning bajarishi ijozat etilmaydigan ishlar ro‘yxatini qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlaydi. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan ishlarni bajarishi ijozat etilgan shaxslarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ularni albatta bakterioskopik tekshiruvdan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan davriylikda rentgen-flyuorografiya tekshiruvidan o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakllariga chalingan bemorlarning yotoqxonalarga ko‘chib kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligiga chalingan bemorlarning yashash, ish, o‘qish joylarida (epidemiya o‘choqlarida) epidemiyaga qarshi va sog‘lomlashtirish tadbirlari qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Sil kasalligiga chalingan shaxslarni hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot muassasalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Davlat bojxona qo‘mitasining tibbiy xizmatlari tibbiy ko‘rik natijasida sil kasalligi borligi aniqlangan shaxslar haqida ularning turar joylaridagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarini xabardor qilishlari shart.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligiga chalingan shaxslar turar joylaridagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Tergov hibsxonalarida va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarni sil kasalligidan muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergov hibsxonalarida va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar sil kasalligining oldini olish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergov hibsxonalarida va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar sil kasalligiga chalingan hollarda ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergov hibsxonalarida va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, sil kasalligining yuqumli shakllariga chalingan shaxslar ajratib qo‘yiladi va davolash uchun ixtisoslashtirilgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasalariga qonunchilikda belgilangan tartibda yotqiziladi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiy xizmati xodimlari tergov hibsxonalarida yoki jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning turar joylaridagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarini quyidagilardan xabardor qilishlari shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur shaxslar sil kasalligiga chalinganligi ilk bor aniqlangan har bir holat haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan, sil kasalligiga chalingan bemorlar haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur shaxslarning sil kasalligidan vafot etganligi holatlari haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalari ma’muriyati ozod qilinish to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarda jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarda sil kasalligi bor-yo‘qligi haqida belgi qo‘yishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasasidan kelgan, sil kasalligiga chalingan bemor shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini yoki boshqa hujjatini rasmiylashtirish paytida sil kasalligiga qarshi kurash muassasasini u xizmat ko‘rsatayotgan hududga sil kasalligiga chalingan bemor kelganligi haqida xabardor qiladi va uning yashash manzilini ko‘rsatadi;
(7-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan kelgan, sil kasalligiga chalingan bemorlar sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarida hisobga olinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Aholini sil kasalligidan muhofaza qilishga doir veterinariya-sanitariya tadbirlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veterinariya xizmatlari aholini sil kasalligidan muhofaza qilish maqsadida hayvonlarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi belgilagan tartib va muddatlarda majburiy tarzda tuberkulin yordamida tashxis qo‘yishdan o‘tkazadi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligiga chalingan va sog‘lom hayvonlarni birga saqlash, shuningdek sil kasalligiga ko‘ra noqulay bo‘lgan chorvachilik obyektlaridagi hayvonlar va chorvachilik mahsulotlarini erkin realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligiga ko‘ra noqulay bo‘lgan chorvachilik obyektlaridagi hayvonlar belgilangan tartibda faqat go‘sht kombinatlarida va kushxonalarda so‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligidan o‘lgan hayvonlarni, shuningdek ularning zararlangan a’zolari, to‘qimalari va tanalarini utilizatsiya qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya, veterinariya xizmatlari muassasalari hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasalari odamlar va hayvonlarning sil kasalligiga chalinish hollari to‘g‘risida o‘zaro xabar berib turilishini ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko‘rsatish sil kasalligining oldini olishga, unga barvaqt tashxis qo‘yish, uni vaqtida va malakali davolashga qaratilgan maxsus profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya tadbirlari o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam fuqarolar ixtiyoriy ravishda murojaat qilganda, ularning o‘z roziligiga ko‘ra yoxud qonuniy vakillarining roziligi bilan ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko‘rsatish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sil kasalligiga qarshi ambulatoriya, statsionar va sanatoriy yordami ko‘rsatuvchi muassasalarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sil kasalligiga chalingan bolalarni sil kasalligiga qarshi kurashuvchi statsionar va sanatoriy muassasalarida o‘qitish uchun sharoitlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sil kasalligiga chalingan shaxslarning mehnat terapiyasini tashkil etish hamda ularni yangi kasblarga o‘rgatish uchun sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarida davolash-mehnat ustaxonalarini barpo etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sil kasalligiga chalingan shaxslarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko‘rsatilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek sil kasalligiga qarshi kurash muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Sil kasalligiga chalingan shaxslarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligiga chalingan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zlariga nisbatan muruvvatli va insoniy muomala qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z huquqlari to‘g‘risida hamda chalingan kasalliklarining xususiyati va qo‘llanilayotgan davolash usullari haqida ma’lumot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sil kasalligiga qarshi yordam ko‘rsatishning barcha turlarini, shu jumladan ambulatoriya va statsionar sharoitlarida maslahat-tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiya yordamini, sil kasalligi bilan bog‘liq barcha ekspertiza turlarini, sanitariya-profilaktika yordamini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan sanatoriylarda davolanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-maishiy yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga joylashishda ko‘mak olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qish va qayta ta’lim olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanayotgan shaxslar mazkur moddada nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi, shu jumladan biror-bir cheklovlarsiz xatlar yozish va olishga, posilkalar, banderollar va pul jo‘natmalari olishga, telefondan foydalanishga, eng zarur narsalarga ega bo‘lish va ularni olishga, o‘z kiyim-boshidan foydalanishga haqli.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligiga chalinish oqibatida mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotgan shaxslarning ish joyi, egallab turgan lavozimi belgilangan tartibda ularda saqlanib turadi hamda ularga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yotoqxonalarda, shuningdek aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joylarida yashovchi shaxslarda sil kasalligining yuqumli shakllari aniqlangan taqdirda, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda alohida uy-joy maydoni beriladi.
(11-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligiga chalingan shaxslarning bolalari ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, maktablar, internatlar va sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga navbatdan tashqari qabul qilinish huquqidan foydalanadilar.
(11-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi yoki sanatoriysida davolanayotgan bolalarga umumiy o‘rta ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qish imkoniyati yaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligiga chalingan va shu tufayli nogironligi bo‘lgan bola deb topilgan bolalarning ota-onalari (qonuniy vakillari) sil kasalligiga qarshi kurash muassasasida bolalari bilan birga bo‘lish huquqiga egadirlar.
(11-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligiga chalingan bemorlar va ularni kuzatib boruvchi shaxslar sil kasalligiga qarshi kurash sanatoriysiga borib kelishda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan yiliga bir marta tekin yurish huquqiga ega. Sil kasalligiga qarshi kurash muassasalariga maslahat olish va davolanish uchun chaqirilayotgan yoki yuborilayotgan, sil kasalligiga chalingan bemorlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan tekin yurish (borib kelish) huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Sil kasalligiga chalingan shaxslarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligiga chalingan bemorlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat joylarida, ish, o‘qish joyida, jamoat transportidan foydalanishda, shuningdek yashash joylarida shu toifadagi bemorlar uchun belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimining davolanish rejimiga, kundalik turmush va ishdagi yurish-turishiga doir tavsiyalarini bajarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimining chaqiruviga muvofiq sil kasalligiga qarshi kurash muassasasiga kelishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joyi o‘zgargan taqdirda o‘n kunlik muddat ichida yangi joydagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasida hisobga turishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan va shifokor belgilagan davolanishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121-modda. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan shaxsni davolash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, dispanser hisobida turgan hamda tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan shaxs sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga sudning hal qiluv qarori asosida g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan mazkur shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida beriladi. Ariza sudga shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan yoxud uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.
(121-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122-modda. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lishi muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lishining davomiylik muddati olti oygacha etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda turgan shaxs o‘zining mazkur muassasadan chiqarilishi yoki ushbu muassasada yotishi muddati uzaytirilishi masalasi hal etilishi uchun o‘zidan sil mikobakteriyalari ajralib chiqishi nuqtai nazaridan har oyda kamida bir marta belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxs davolanishda bo‘lgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida sudga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lishi muddati ushbu muassasa tibbiy komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lgan shaxs mazkur muassasadan quyidagilar asosida chiqarilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zidan sil mikobakteriyalari ajralib chiqishi barqaror ravishda tugagan taqdirda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tibbiy komissiyasining xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish muddatini uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lgan shaxs mazkur muassasadan chiqarilganidan keyin yashash joyida dispanser kuzatuvida bo‘lish va davolanishni davom ettirish uchun yuboriladi.
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123-modda. Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini ijro etish qonunchilikda belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(123-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Sil kasalligiga qarshi yordam ko‘rsatishda ishtirok etayotgan xodimlar uchun kafolatlar va imtiyozlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko‘rsatishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos ishlarda band bo‘lgan shaxslar jumlasiga kiritiladi va ularga qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga ular xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida sil kasalligi yuqsa, bu — kasbiy kasalliklar toifasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko‘rsatishni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga sil kasalligiga qarshi yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari manbalar va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(14-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 11-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 84-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 553-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)