Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2025 05.10.2017 yildagi 799-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3268-son qarorini bajarish, ishsiz shaxslarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga keng jalb etish asosida aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi Vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadigan Jamoat ishlariga band boʻlmagan aholini bosqichma-bosqich jalb etish jadvali 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziriga, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish vakolati berilsin.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish uchun buyurtmalar quyidagi ish beruvchilar tomonidan beriladi, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan — jamoat ishlariga jalb qilingan ishsiz va band boʻlmagan shaxslarning ish haqi boʻyicha toʻlovlar 100 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan — jamoat ishlariga jalb qilingan ishsiz va band boʻlmagan shaxslarning ish haqi boʻyicha 50 foiz miqdorida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Jamgʻarmani tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq malakali kadrlar bilan shakllantirilishini ikki oy muddatda taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzavtosanoat” AJ Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etadigan fuqarolarni tashish uchun, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradigan har bir tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi ehtiyojlari uchun “Damas” avtomashinalarini 100 foiz oldindan toʻlov shartlari asosida yetkazib berishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarma Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy koʻchasi, 47-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jamgʻarmani belgilangan tartibda hukumat va shahar aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamgʻarmaning Vasiylik Kengashi va Ijro etuvchi direksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishsiz va band boʻlmagan aholini keng jalb etish asosida haq toʻlanadigan jamoat ishlarini manzilli va tizimli ravishda tashkil etish, Respublikaning har bir mahallasida ishsiz fuqarolarni qamrab olgan holda toʻlanadigan jamoat ishlari dasturining sifatli, toʻliq va samarali bajarilishini taʼminlash uchun javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yuklansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga sud qarori bilan haq toʻlanadigan jamoat ishlari jazosi tayinlangan shaxslarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga joylashtirishda, Probatsiya xizmati va uning hududiy boʻlinmalariga har tomonlama amaliy koʻmaklashish va samarali hamkorlikni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 40-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
799-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi Vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, Kengash raisi

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari

S.M. Xolxoʻjayev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

O.Z. Nasritdinxoʻjayev

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.J. Teshayev

qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

S.I. Saifnazarov

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari

B.X. Umurzakov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri oʻrinbosari

A.K. Tursunov

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari

K.M. Rafikov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

A.A. Xaitov

?zbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi raisi, Kengashning masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, sobiq aʼzolarning vazifalari ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

 

Jamoat ishlari jamgʻarmasi Vasiylik kengashi

Jamoat ishlari jamgʻarmasining ijrochi direktori

Jamoat ishlari dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish boʻlimi

2

Jamoat ishlari jamgʻaramasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va buxgalteriya hisobini yuritish boʻlimi

2

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Jamoat ishlari dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish bosh mutaxassislari

14

Yuriskonsult

1

Ichki audit boʻlimi

3

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 23 nafar, shu jumladan 14 nafar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh mutaxassislar.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoniga muvofiq haq toʻlanadigan jamoat ishlarini (keyingi oʻrinlarda Jamoat ishi deb ataladi) tashkil qilish turlari va tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlari — ishsiz va band boʻlmagan aholi uchun umumjalb etish mumkin boʻlgan, alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan, haq toʻlanadigan vaqtinchalik mehnat faoliyati turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi ish beruvchi — mazkur Nizomga muvofiq jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha tashabbuskor (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, vazirliklar, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa tashkilotlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlarini bajaruvchi shaxs-haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etilishi yuzasidan sudning qarori asosida hamda belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan, shuningdek, ish izlovchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan va jamoat ishlarida qatnashish uchun jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — fuqaro).
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamoat ishlari quyidagi maqsadlarda tashkil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band boʻlmagan shaxslarni vaqtinchalik maosh (mehnat daromadi) bilan taʼminlash va ularni ish qidirish davrida moddiy qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarori asosida shaxslarni haq toʻlanadigan ijtimoiy foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy ravishda jalb etish;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsiz shaxslarning vaqtinchalik bandligini taʼminlash uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbga (mutaxassislikka) ega boʻlmagan ilk bor ish izlovchi shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli sabablarga koʻra (ilgari bola tarbiyasi, bemor va keksa oila aʼzolarini parvarishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va boshqa sabablarga koʻra) uzoq tanaffusdan soʻng kasbiy faoliyat bilan shugʻullanmagan shaxslar mehnatini reabilitatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ijtimoiy muhim ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarini ishchi kuchi bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamoat ishlarining taklif qilinayotgan turlari jamoat ishlariga yuborilayotgan shaxslarning kasbiy mahoratini, ish tajribasini, yoshini, jinsini va boshqa xususiyatlarini, ish vaqti va mehnatni muhofaza qilish uchun zarur sharoitlarni hisobga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (keyingi oʻrinlarda ABKM deb ataladi) jamoat ishlariga yuboriladigan fuqarolarning kasbi, yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda jamoat ishlarining joylarini, shuningdek jamoat ishlarida ishtirok etish shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi ish beruvchi ABKM bilan birgalikda jamoat ishlari turlari va hajmini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning qarori asosida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etilishi belgilangan, shuningdek, ishsiz va band boʻlmagan shaxslar tomonidan jamoat ishlarida ishtirok etish ishning xavfliligi, zararliligi va mehnat sharoitlarining ogʻirligi sababli rad etilsa, ularga jamoat ishlarining boshqa turlari taklif qilinadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ishsiz shaxslarga ishsizlik nafaqasini toʻlash jamoat ishlarida qatnashayotgan davrlarida toʻxtatiladi va jamoat ishlari tugagan kundan boshlab tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Budjet tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, koʻp kvartirali uylardagi uy-joy mulkdorlarining shirkatlari tomonidan (tutash hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash boʻyicha) tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ABKMning yoʻllanmalariga koʻra haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashga oid xarajatlarning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlishi va mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy mehnat organi tomonidan yuborilgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarning oʻrni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan yuz foiz qoplanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylardagi uy-joy mulkdorlarining shirkatlari bundan mustasno) tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida mehnatga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarning ellik foizigacha boʻlgan qismining oʻrni ish beruvchi bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan bir shaxs mehnatiga toʻlangan haqning oʻrnini Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan qoplashning har oylik miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravari miqdoridan oshmasligi kerak. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga har oyda haq toʻlash mehnat shartnomasi asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi tomonidan mehnatga haq toʻlashning oʻrnini qoplashning har oylik miqdorini mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining toʻrt baravarigacha miqdorda belgilashi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamoat ishlarining turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining asosiy turlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlarning, tumanlarning, aholi punktlarining, mahallalarning hududlarini va boshqa hududlarni obodonlashtirish (koʻkalamzorlashtirish, yigʻishtirish, oqlash, ariqlarni, qabristonlarni, ziyoratgohlarni, madaniy obyektlarni tozalash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy-kommunal obyektlar va boshqa infratuzilma obyektlari hududlariga tutash uy-joy fondining obyektlarini taʼmirlash hamda ularning faoliyat koʻrsatishini taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchalarni, yoʻllarni va yoʻlkalarni taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ishlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni saqlash va qayta ishlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosilini yigʻib-terib olish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarni, keksalarni, bemorlarni va boshqa shaxslarni parvarishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat tarmoqlari tashkilotlaridagi va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarorlariga muvofiq haq toʻlanadigan jamoat ishlarining boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Buyurtmachi ish beruvchilar har oyning 15-sanasiga qadar kelgusi hisobot oyi uchun jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha buyurtmalar roʻyxatiga kiritish uchun tuman (shahar) ABKMga jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha buyurtma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat ishlarini tashkil qilish va ularni Jamgʻarma hisobidan moliyalashtirish mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. ABKM har oyning 20-sanasiga qadar buyurtmachi ish beruvchilardan kelgusi oyda jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha buyurtmalarni qabul qiladi va mazkur maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida har oyning 25-sanasiga qadar yigʻma buyurtmani shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ABKM zarurat boʻlganda, ishsizlik yoki ishchi kuchiga boʻlgan talab oshgan hududlarda fuqarolarni tezkor tartibda jamoat ishlariga jalb etish boʻyicha qoʻshimcha buyurtmalarni shakllantirishi va tasdiqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. ABKM tomonidan yigʻma buyurtma tasdiqlangandan soʻng hisobot oyining 1-sanasiga qadar mablagʻ ajratish uchun Jamgʻarmaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ABKM tomonidan tasdiqlangan qoʻshimcha yigʻma buyurtma mablagʻ ajratish uchun bir ish kuni davomida Jamgʻarmaga taqdim etiladi.
(11 va 12-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamoat ishlarini tashkil qilish maqsadida ABKM buyurtmachi-ish beruvchilar buyurtmalariga muvofiq ishchi kuchiga boʻlgan talabdan kelib chiqqan holda sudning qarori asosida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etilishi belgilangan hamda ishsiz va ish izlovchi shaxslar roʻyxatini shakllantiradi. Jamgʻarma tomonidan hisobot oyining 5-sanasiga qadar yigʻma buyurtmaga muvofiq ABKMning gʻaznachilik hisobraqamiga mablagʻlarning oʻtkazilishini taʼminlaydi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yigʻma buyurtmaga asosan ABKMning gʻaznachilik hisobraqamiga oʻtkazilgan mablagʻlar hisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar foydalanilmasa, Jamgʻarmaga qaytarish choralari koʻriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bir vaqtning oʻzida hisobot oyining 1-sanasiga qadar ABKM buyurtmachi-ish beruvchi bilan jamoat ishlarida qatnashadigan fuqarolar roʻyxatini ilova qilgan holda jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 11-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlarda Jamgʻarma qoʻshimcha yigʻma buyurtmaga asosan mablagʻlar ajratgandan soʻng jamoat ishlarini bajarishni xohlovchi fuqarolar roʻyxatini ilova qilgan holda, ABKM ish beruvchilar bilan shartnoma tuzadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar bilan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish uchun kamida ikki haftalik, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga, ayrim hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda, oʻn bir oygacha muddatga muddatli mehnat shartnomalari tuziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shartnomalar ABKMning jamoat ishlarini tashkil qilish uchun xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boʻlinmalari tomonidan roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yigʻma buyurtmadagi jamoat ishlarining xususiyati va amalga oshiriladigan joyidan kelib chiqqan holda ushbu ishlarga fuqarolar oʻz roziligi asosida taqsimlanadi (sud qaroriga asosan haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etilgan shaxslar bundan mustasno).
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha koʻzda tutilmagan ehtiyoj tugʻilganda, buyurtmachi budjet tashkiloti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻlgan holda, buyurtmachilari tuman (shahar) hokimligi jamoat ishlari hajmini qayta taqsimlash boʻyicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. ABKM buyurtmachi ish beruvchi bilan shartnoma tuzgandan soʻng haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun 2-ilovaga muvofiq shaklda yoʻllanma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi ish beruvchi haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish vaqtida mehnatni muhofaza qilishga doir lozim darajadagi shart-sharoitlarni qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga ish haqi toʻgʻri hisoblanishi va bajarilgan jamoat ishlarining haqiqiy hajmlari toʻgʻri hisobga olinishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining haq toʻlanadigan jamoat ishlariga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan javobgarlik buyurtmachi ish beruvchining zimmasiga yuklanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamoat ishlarida qatnashuvchi ishsiz band boʻlmagan va sud qaroriga asosan haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etilgan shaxslar roʻyxatlarini shakllantirishda mazkur hududda doimiy va vaqtincha yashovchi band boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek mehnat faoliyatiga jalb etiladigan chet ellik fuqarolar qamrab olinishi lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamoat ishlarini tashkil etish davrida buyurtmachi-ish beruvchi qonunchilikka muvofiq mehnat muhofazasi talablariga mos sharoitlarni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. ABKM haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish monitoringini bir oyda bir marta joyning oʻziga chiqib oʻrganish orqali oʻtkazadi va tegishli monitoring dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini oʻtkazish tartibi buzilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, dalolatnoma rasmiylashtiriladi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jamoat ishlari dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish boʻyicha bosh mutaxassislari har oyda, shu jumladan joyiga borgan holda jamoat ishlarining tashkil qilinishi, amalga oshirilishi va haq toʻlanishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarni ish joyida boʻlmaganligi sabablari toʻgʻrisida ABKMni ogohlantirishi kerak. Jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar muntazam sababsiz ish joyida boʻlmasa, ABKM ish joyida muntazam yoʻq boʻlgan xodim uchun ish beruvchilarga xarajatlarni moliyalashtirmaydi;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etilgan shaxslar ish joyida muntazam yoʻq boʻlgan holatlar yuzasidan ABKM xodimlari tomonidan probatsiya boʻlinmalariga xabarnoma yuboriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Monitoring jarayonida shartnoma shartlari buzilganligi holati aniqlanganda, aniqlangan qonunbuzilishi holati boʻyicha tegishli ABKM xodimi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi va qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun ABKMga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Buyurtmachi ish beruvchi har oyning 15-sanasiga qadar hisobot oyining birinchi yarmi uchun ABKMga fuqarolarning jamoat ishlarida qatnashgan davri boʻyicha hisobga olish tabelini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. ABKM buyurtmachi ish beruvchi tomonidan hisobot oyining 15-sanasiga qadar taqdim etilgan tabelga asosan Jamgʻarma tomonidan qoplanadigan toʻlovlarning 50 foiz qismini avans sifatida toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etilgan shaxslar ish haqining ellik foizi aliment majburiyatlari boʻyicha qarzni toʻlashga yoʻnaltiriladi;
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha toʻlovlar ABKM tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boʻlinmalariga memorial order yoki toʻlov topshiriqnomalari taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Buyurtmachi ish beruvchi hisobot oyidan keyingi oyning 1-sanasiga qadar ABKMga oʻtgan oy uchun jamoat ishlarida qatnashgan fuqarolarni amalda qatnashgan kunlari boʻyicha tasdiqlangan hisobga olish tabelini va ish haqi hisoblanganligi boʻyicha qaydnomani, jumladan, tadbirkorlik subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolarga toʻlangan oylik ish haqining Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilmagan qismi boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. ABKM tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar (tabel, qaydnoma) olingandan soʻng, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oy uchun toʻlangan avans summasini chegirib tashlagan holda jamoat ishlarida qatnashgan fuqarolarning ish haqlarining qoplanadigan qismini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boʻlinmalariga memorial order yoki toʻlov topshiriqnomasi va bajarilgan ishlar boʻyicha tuzilgan dalolatnomani ilova qilgan holda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Buyurtmachi ish beruvchilar jamoat ishlarida qatnashuvchi shaxslarni jalb qilgan holda amalga oshirilgan jamoat ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni, shuningdek buyurtmachi ish beruvchilarning birinchi rahbarlari tomonidan imzolangan bajarilgan ishlar boʻyicha dalolatnomalar nusxasini har oyda ABKMga taqdim etadilar.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ABKM, oʻz navbatida, jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etilgan shaxslarning ishlagan soati hamda bajarilgan ishlari yuzasidan hududiy probatsiya boʻlinmalariga maʼlumot taqdim etadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Agar bajarilgan ishlar dalolatnomalariga asosan ish beruvchiga qoplab berilgan toʻlov haqiqatda bajarilgan ishlarning hajmidan oshsa hamda mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan jamoat ishlarining buyurtmachisi tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari boʻlsa, oshgan miqdor toʻliqligicha ABKM hisob raqamiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. ABKM fuqarolarni jamoat ishlarini bajarish uchun yuborgan taqdirda ularga mehnatni tashkil qilish va unga haq toʻlash toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jamoat ishlarida qatnashadigan fuqarolar bilan ish beruvchi mazkur Nizom talablariga muvofiq mehnat shartnomasi tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat ishlarini bajarish boʻyicha shartnoma munosabatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “YAMMT” IDAKda roʻyxatga olingan mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Ixtiyoriylik asosida brigadalarga birlashgan fuqarolar tomonidan jamoat ishlarining kompleksini yoki alohida turlarini amalga oshirishda shartnomada tomonlarning majburiyatlari, ishning hajmi va bajarish muddatlari, mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlash shakllari nazarda tutiladi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Jamoat ishlarini bajarayotgan fuqarolarga korxonalarda amalga boʻlgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, ammo ish haqi toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat ishlarida ish haqidan tashqari mehnat uchun qoʻshimcha mukofotlar miqdori ish beruvchilar mablagʻlari hisobidan belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Agar ishsizni yoki band boʻlmagan shaxsni, shuningdek, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etilgan shaxsni jamoat ishi qanoatlantirsa, unda u buyurtmachi-ish beruvchi bilan kelishgan holda bunday ishni doimiy asosda bajarishga rozilik berishi mumkin, ABKM esa, unga bu doimiy mos keladigan ish deb hisoblaydi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday hollarda ushbu shaxs bilan ilgari tuzilgan mehnat shartnomasi yangi mehnat sharoitlari koʻrsatilgan holda qayta tuzilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Jamoat ishlarini tashkil qilishda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish, bajarilgan ishlar boʻyicha dalolatnomani toʻgʻri rasmiylashtirish, fuqarolarning mehnatidan samarali foydalanish bunday ishlarni bajarish uchun mehnat shartnomasini tuzgan buyurtmachi-ish beruvchi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli, zararli va ogʻir mehnat sharoitlari bilan bogʻliq boʻlgan jamoat ishiga yuborilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Buyurtmachi ish beruvchilar tomonidan mehnat shartnomasi “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda fuqarolarning jamoat ishlarida qatnashgan davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron mehnat daftarchalarida aks ettiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat ishlarida qatnashgan davr mehnat stajiga qoʻshiladi. Jamoat ishlarida qatnashgan fuqarolarda pensiya taʼminoti va vaqtincha ishga yaroqsizligi boʻyicha nafaqa olish huquqi saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Jamoat ishlarini bajarayotgan fuqarolar ish vaqtining davomiyligi mehnat qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Buyurtmachi-ish beruvchilar ish kuni va ish vaqtining oʻzgaruvchan shakllaridan foydalanish, shuningdek mehnat unumdorligiga koʻra yoki ishlagan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlagan holda jamoat ishlarining qisqartirilgan ish vaqtini kiritishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. ABKM tomonidan jamoat ishlariga yuborilgan va ularda band boʻlgan fuqarolarning hisobi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. ABKM tomonidan buyurtmachi ish beruvchilarga Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga xarid qilingan asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlar jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ijaraga berilishi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha faoliyat bilan bogʻliq holda vujudga keladigan bahslar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob berishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat ishlarini tashkil qilish va ularni Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jamoat ishlariga
‎YOʻLLANMA ‎‎
‎________________________________________________________________________________________________
‎(korxona, tashkilot, muassasaning nomi va manzili)
________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎Fuqaro __________________________________________________________________________________________‎
‎(F. I. O.)
‎________________________________________________________________________________________________
‎haq toʻlanadigan jamoat ishlariga __________________________________________________muddatga yuborilmoqda
‎(kasb, mutaxassislik koʻrsatiladi)

‎‎Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch kun muddatda bizga xabar berishingiz soʻraladi.

ABKM direktori‎

‎‎_______________________________________________

‎M. Oʻ.‎ ‎

‎‎‎(imzo)

‎‎20 ____yil “_____” _______________________________.

‎‎================================================================================================

‎Qabul qilingan qaror boʻyicha JAVOB
‎Fuqaro ______________________________________________________________ haq toʻlanadigan jamoat ishlariga
‎(F. I. O.)
‎quyidagi muddatga ishga qabul qilindi _________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎(kasb, mutaxassislik)

‎‎20___ yil “_____” _________________ dagi ___________- son buyruq.
Rahbar‎ ‎‎_______________________________________________

M. Oʻ.‎‎

‎‎(imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni talablariga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari shakllantirilishi va ulardan foydalanish tartibini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan, Aholi bandlikka koʻmaklashish markazlarida (keyingi oʻrinlarda ABKM) deb ataladi) ish izlovchi sifatida (keyingi oʻrinlarda band boʻlmagan shaxslar deb ataladi) roʻyxatdan oʻtgan, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yoʻnaltirilgan, shuningdek, sud qarori asosida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etilgan fuqarolar ishtirokini moliyalashtirish uchun tashkil etilgan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, gʻaznachilik hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, tamgʻa va blankalarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochiladigan gʻaznachilik hisob raqamida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Jamgʻarma faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar va tuman hokimliklari, ABKM, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa ish beruvchi tashkilotlar bilan birgalikda respublikaning barcha hududlarida jamoat ishlariga majburiy jalb etilgan shaxslar hamda ishsiz va band boʻlmagan aholini keng jalb etgan holda jamoat ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tuman hokimliklari, vazirliklar va idoralar, ABKMlar bilan birgalikda jamoat ishlari dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularning bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlariga jalb etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish, band boʻlmagan aholini jamoat ishlaridagi ishtirokining hisobini va monitoringini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlarini tashkil etishga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash, jamoat ishlarining bandlik va ishsizlar bozori dinamikasiga taʼsiri tahlilini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchi buyurtmachilar va jamoat ishlari ishtirokchilari reyestrini oʻz ichiga olgan jamoat ishlarining elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlarini tashkil etish va bajarish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning, homiylik jamgʻarmalarining va boshqa xorijiy donorlarning ixtiyoriy yordamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlar ijarasidan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamoat ishlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan budjet ajratmalarining hajmi har yili aniqlashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning, xayriya jamgʻarmalarining, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining ixtiyoriy ehsonlari qonunchilikda belgilangan tartibda Jamgʻarmaning gʻaznachilikdagi hisob raqamiga kelib tushadi, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar yoki xorijiy grantlar berish shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilarni moliyalashtirishda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlariga jalb etilgan ishsizlar va band boʻlmagan shaxslarning mehnat haqiga toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlarida, jumladan ularni ijara asosida berish yoʻli bilan foydalanish uchun moʻljallangan asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlarini bajarish uchun xavfsizlik texnikasi mablagʻlari va maxsus kiyim xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmani saqlab turishga, jumladan, xodimlar mehnat haqi, bino va inshootlarni, aloqa va axborot kompyuter texnologiyalari vositalarini saqlab turish, xoʻjalik va boshqa xarajatlar toʻlovi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlarini amalga oshirishni tashkil etish masalalari boʻyicha axborot materiallarini, koʻrgazmali axborotlarni tayyorlash, maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma xodimlariga mehnat haqi toʻlash shartlariga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida roʻyxatga olingan, hududlar boʻyicha oyma-oy tasniflangan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamgʻarmaning joriy yilda ishlatilmagan mablagʻlar qoldiqlari keyingi moliya yiliga oʻtkaziladi va keyingi yilga mablagʻlar ajratilayotganda inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish va mablagʻlarini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamoat ishlari Jamgʻarmasining Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma Kengashi deb ataladi) Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlarini, Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari balansi prognoz koʻrsatkichlarini, shuningdek jamoat ishlarining respublika dasturi koʻrsatkichlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlariga ajratiladigan mablagʻlar hajmlarining foizli nisbatini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari daromadlari va xarajatlari smetasini, zarur hollarda, tasdiqlangan smetalarga kiritiladigan tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlaydi, Jamgʻarma daromadlarining shakllanishini va mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlash boʻyicha uning faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faoliyati haqida hisobotlarni davriy ravishda eshitib boradi va tasdiqlaydi, jamoat ishlarini tashkil etish va jamoat ishlari dasturlarining bajarilishi yuzasidan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining hisobotlarini eshitib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faoliyatini takomillashtirish, jamoat ishlarini tashkil etish va moliyalashtirish mexanizmlarini yaxshilash, jamoat ishlarini amalga oshirish va ularni moliyalashtirish yuzasidan monitoring va nazoratning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari asosida alohida holatlarda va davlat ahamiyatiga molik boshqa holatlarda, jamoat ishlarining tasdiqlangan dasturiga kiritilmagan va ish beruvchilardan buyurtmaga ega boʻlmagan jamoat ishlarini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faoliyati bilan bogʻliq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma Kengashi qarori ochiq ovoz berish orqali, oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Direksiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda jamoat ishlarining respublika dasturini hududlar boʻyicha shakllantiradi, uning bajarilishi tahlili va monitoringini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma Kengashiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etish uchun Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozini, uning bajarilishi toʻgʻrisida choraklar boʻyicha va oyma-oy taqsimlangan yillik hisobotni tayyorlaydi, Jamgʻarma Kengashiga va vazirlik rahbariyatiga Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarining oyma-oy yoyilmasini tasdiqlash uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar va tuman ABKMlari bilan birgalikda ish beruvchilar, shahar va tuman hokimliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan jamoat ishlarini tashkil etish uchun ariza qabul qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomda belgilangan tartibda jamoat ishlarini moliyalashtirishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mehnat inspeksiyasi bilan birgalikda jamoat ishlarida ishtirok etayotgan ishchilarning mehnat qonunchiligida belgilangan kafolatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlarini tashkil etish masalalari boʻyicha daʼvo ishlari olib borilishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlarini tashkil etish masalalari boʻyicha aholini va ish beruvchilarni axborot bilan taʼminlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning jamoat ishlaridagi ishtiroki hisobini yuritish boʻyicha axborot- kompyuter tizimlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlarini amalga oshirish uchun ish beruvchi-buyurtmachilar arizalari shakli va mazmuniga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga, shuningdek Jamgʻarma Kengashi qarorlari va qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Istisno hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegishli buyrugʻi asosida Jamgʻarma mablagʻlari doirasida dasturdan tashqari jamoat ishlari tashkil etilishi mumkin.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Direksiya oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq idoralaridan jamoat ishlarini bajargan fuqarolar uchun ish beruvchilar tomonidan oylik ish haqi hisoblanishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish, uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha uslubiy hujjatlar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Direksiyani Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Jamgʻarma Vasiylik kengashi raisi bilan kelishgan holda tayinlanadigan va ozod etiladigan ijrochi direktor boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ijrochi direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faoliyati yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga xodimlarni qabul qiladi va mehnat shartnomalarini tugatadi, ularning lavozim majburiyatlarini va vakolatlarini taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatlari doirasida yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma pul mablagʻlari va moddiy boyliklarining buxgalteriya hisobi yuritilishini, moliyaviy va statistik hisobotlarning belgilangan tartibda tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar va vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Direksiya Jamgʻarma Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamgʻarma Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Direksiyaning shtat jadvaliga kiradigan vakillarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining keyingi yil uchun loyihasi, shuningdek respublika hududlarini kompleks rivojlantirish dasturi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda har yili 1-iyunga qadar ishlarning turlari va hajmini, shuningdek, asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni koʻrsatgan holda jamoat ishlarining hududiy loyihalarini shakllantiradi va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ish beruvchilarning qoʻshimcha arizalari asosida hududiy jamoat ishlari dasturlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi har yili 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan toʻlanadigan keyingi yilda amalga oshiriladigan jamoat ishlariga arizalarni, shuningdek Mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan manbalardan Jamgʻarmaga mablagʻlar tushumi prognozini shakllantiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining keyingi yildagi loyihasiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Direksiya har yili 1-dekabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlarining yakuniy koʻrsatkichlarini Jamgʻarmaga kelgusi yil tushadigan mablagʻlar doirasida kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy dasturlarga kiritilgan har bir tadbir boʻyicha moliyalashtirish hajmlarini aniqlashtirgan holda jamoat ishlarining hududiy dasturlari loyihasini Jamgʻarma Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritadi. Zaruratga koʻra, budjetdan ajratilayotgan mablagʻlarning qiymatiga Jamgʻarma Kengashi qaroriga koʻra aniqlik kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti koʻrsatkichlari tasdiqlangandan soʻng, jamoat ishlarining hududiy dasturlarini Jamgʻarma Kengashi tasdiqlagandan keyin, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Direksiya keyingi yilga belgilangan moliyalashtirish hajmlarini 5 kun mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri foydalanish hisobi, hisoboti va nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jamgʻarma mablagʻlari shakllanishi va kelib tushishi hisobini yuritish va hisobotini tuzish Direksiya tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jamgʻarma faoliyati boʻyicha barcha maʼlumotlar, jumladan, ish beruvchilar va ishchilar (STIR koʻrsatilgan holda) hisobi reyestri, buyurtmachi — ish beruvchilar va ishchilar oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomalari toʻgʻrisida maʼlumotlar, pul oʻtkazmalari va toʻlovlari, shuningdek boshqa operatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, Direksiya tomonidan shakllantiriladigan “Jamoat ishlari” avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining elektron maʼlumotlar bazasida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Direksiya har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Jamgʻarmaning jamoat ishlarini tashkil etishga ajratilgan mablagʻlari shakllanishi va ishlatilishi toʻgʻrisida, shuningdek jamoat ishlari hududiy dasturlarining bajarilishi koʻrsatkichlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakllarga koʻra (elektron va qogʻoz shakllarda) hisobot berib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar Jamgʻarma Kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Moliya vazirligiga Jamgʻarmaning jamoat ishlarini tashkil etishga ajratilgan mablagʻlari shakllanishi va ishlatilishi toʻgʻrisida, shuningdek jamoat ishlari hududiy dasturlarining bajarilishi koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot berib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Buyurtmachi — ish beruvchilar tomonidan jamoat ishlari ishtirokchilariga Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlar qismi hisobidan ish haqining toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan nazorat Direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan javobgarlik ish beruvchi — buyurtmachi va Direksiyaga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Jamgʻarma faoliyati, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi doirasida vujudga keladigan bahslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob berishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadigan jamoat ishlariga band boʻlmagan aholini bosqichma-bosqich jalb etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

2017-yilning oktabr oyidan boshlab tajriba tariqasida band boʻlmagan aholini jalb qilgan holda jamoat ishlari tashkil qilinadigan tumanlar (shaharlar)

2018-yilning 1-yanvaridan boshlab hududlarning qolgan barcha shahar va tumanlarida band boʻlmagan aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish koʻzda tutilmoqda

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Xoʻjayli tumani

2.

Andijon viloyati

Shahrixon tumani

3.

Buxoro viloyati

Buxoro tumani

4.

Jizzax viloyati

Sharof Rashidov tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

Shahrisabz tumani

6.

Navoiy viloyati

Karmana tumani

7.

Namangan viloyati

Namangan tumani

8.

Samarqand viloyati

Pasdargʻom tumani

9.

Surxondaryo viloyati

Denov tumani

10.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tumani

11.

Toshkent viloyati

Bekobod shahri

Parkent tumani

12.

Fargʻona viloyati

Quva tumani

13.

Xorazm viloyati

Xiva tumani

14.

Toshkent shahri

Sergeli tumani

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2017-y., 09/17/799/0072-son, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)