Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2017 19.07.1999 yildagi 353-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HAQ TOʻLANADIGAN JAMOAT IShLARINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 25-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda) 1-bandining ikkinchi xat boshi, shuningdek qarorga 1-ilova va Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 1-bandining “v” va “g” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 19-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
353-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
19-iyuldagi 353-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 65-moddasi va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibini, ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning bunday ishlarda ishtirok etishi shartlarini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari deganda, hammabop, odatda, belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan mehnat faoliyatining vaqtincha turlari tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 17-moddasining birinchi qismiga muvofiq haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish joylardagi davlat hokimiyati organlari vakolatlariga kiradi, ular har yili mehnat organlari takliflari boʻyicha va ular ishtirokida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlarini va muayyan hududda aholini ish bilan taʼminlash yuzasidan vaziyatni hisobga olgan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlarining hajmlarini va turlarini aniqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari quyidagi maqsadlarda tashkil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish qidirayotgan shaxs sifatida mehnat organlarida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi (mehnat daromadi) olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat organlari tomonidan ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi (mutaxassisligi) boʻlmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli sabablarga koʻra kasb faoliyatida ancha uzilishlar boʻlgan shaxslarni (ilgari bolalar tarbiyasi, bemorlar va oilaning keksa aʼzolariga qarash bilan mashgʻul boʻlgan, jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilinganlar va boshqalar) mehnatga qayta tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarini ishchi kuchi bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mehnat organlarida roʻyxatga olingan, qaramogʻida uch kishidan kam boʻlgan 35 yoshgacha boʻlgan ishsiz erkaklar, ular tomonidan ishsizligi boʻyicha nafaqa olish davrida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ixtiyoriy tartibda — ishsizlarning boshqa toifalari, shuningdek mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslar haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar uchun ular tomonidan ishsizlik boʻyicha nafaqa olishi tugagandan keyin haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashish ixtiyoriy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. HAQ TOʻLANADIGAN JAMOAT IShLARINI TAShKIL QILISh VA AMALGA OShIRISh ShARTLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Joylardagi davlat hokimiyati organlari mehnat organlarining taklifi boʻyicha va ishtirokida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish uchun iqtisodiyot tarmoqlarini va aniq korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni belgilaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlariga boʻysunuvchi korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda va shartnomalar boʻyicha — boshqa korxonalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlari amalga oshirilishini tashkil etadilar (1-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mehnat organlari ish qidirayotgan va ishsiz shaxslar tarkibi va sonini hisobga olgan holda ishchi kuchiga boʻlgan talab va takliflarni tahlil qilish asosida aholini ish bilan taʼminlash mintaqaviy dasturining maxsus boʻlimiga kiritiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni tayyorlaydilar va joylardagi davlat hokimiyati organlariga kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korxonalar mehnat organlari bilan birgalikda haq toʻlanadigan jamoat ishlarining zarur turlari va hajmlarini belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining tavsiya etiladigan turlarining namunaviy roʻyxati mazkur Nizomga 2-ilovada koʻrsatib oʻtilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylardagi davlat hokimiyati organlari haq toʻlanadigan jamoat ishlari turlari roʻyxatini ularga boʻlgan ehtiyojga qarab kengaytirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avariyalar, tabiiy ofatlar va shunga oʻxshash boshqa hodisalarning oqibatlarini tugatish zaruriyati bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat turlarini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. IShSIZ FUQAROLARNING, ShUNINGDEK MEHNAT ORGANLARIDA ISh QIDIRAYoTGAN ShAXSLAR SIFATIDA ROʻYXATGA OLINGAN ShAXSLARNING HAQ TOʻLANADIGAN JAMOAT IShLARIDA IShTIROK ETIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar, shuningdek, mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslar mehnat organlari yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashadilar. Ish beruvchi yuborilgan fuqarolarning haq toʻlanadigan jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi javobni mehnat organiga 3 kun muddatda joʻnatishga majburdir (3-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Taklif qilinayotgan haq toʻlanadigan jamoat ishlari turlari ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning, shuningdek, mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan shaxslarning kasb mahoratini, ish tajribasini, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini, ish tartibi va zarur mehnat sharoitlarini hisobga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat organi ishsiz fuqarolarning, shuningdek ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan shaxslarning kasbini, yoshini va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirishning aniq joylarini, shuningdek, ularga yuboriladigan fuqarolarning qatnashish shartlari va muddatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan ishsizlarning haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashishning eng kam muddati ishsizlik boʻyicha nafaqa olishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati davomida har oyda kamida ikki haftani tashkil etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandning “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan ishsizlarning haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashishining jami muddati ishsizlik boʻyicha nafaqa toʻlashning qonun hujjatlarida belgilangan muddati davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyini va ish haqi (mehnat daromadi)ni yoʻqotgan yoki uzoq (bir yildan koʻproq) uzilishdan keyin mehnat faoliyatini tiklashga harakat qilayotgan shaxslar uchun — oʻn ikki kalendar haftadan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslar uchun — olti kalendar haftadan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan ishsizlar mehnat organlari tomonidan taklif etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashishni rad etgan hollarda ularga ishsizlik boʻyicha nafaqa toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishsiz xavfli, zararli va ogʻir ish sharoitlari bilan bogʻliq haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashishni rad etganda, unga boshqa haq toʻlanadigan jamoat ishi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan ishsiz mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan davr davomida haq toʻlanadigan jamoat ishlarida amalda qatnashmagan taqdirda unga keyingi oylar uchun nafaqa toʻlash toʻxtatib qoʻyiladi va ishsiz haq toʻlanadigan jamoat ishlarida belgilangan muddatni ishlab bergandan soʻng qayta tiklanishi mumkin. Bunda mehnat organi tomonidan ishsizlik boʻyicha nafaqa miqdori qayta hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishsizlik boʻyicha nafaqa olayotgan ishsizlarning boshqa toifalari uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashish muddati va davrlari biron-bir muddat bilan cheklanmaydi, mazkur Nizom 4-bandining “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishsiz haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davrda unga ishsizlik boʻyicha nafaqa toʻlanmaydi va jamoat ishlarida qatnashish tugagan kundan boshlab qayta tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. HAQ TOʻLANADIGAN JAMOAT IShLARINI TAShKIL QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mehnat organlari fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun yuborishda ish tartibini tashkil etish va haq toʻlash shartlari, moddiy ragʻbatlantirish imkoniyati haqida ularni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashadigan shaxslar bilan ish beruvchi maʼlum muddatga, biroq kamida ikki hafta muddatga uning muddatini uzaytirish huquqi bilan mehnat shartnomasi tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi shartnoma muddatini uzaytirishni rad etgan hollarda, mehnat organi ishsizga jamoat ishlarida qatnashish uchun boshqa ish joyi beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajarish boʻyicha shartnoma munosabatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Ixtiyoriylik asosida brigadalarga birlashgan fuqarolar tomonidan haq toʻlanadigan jamoat ishlarining kompleksini yoki alohida turlarini amalga oshirishda shartnomada tomonlarning majburiyatlari, ishning hajmi va bajarish muddatlari, mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlash shakllari nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Haq toʻlanadigan ishlarni bajarish uchun yuborilgan shaxslarga korxonalarda amalda boʻlgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, amalda bajarilgan ish uchun, ammo amalda ishlangan vaqt uchun ishsizlik boʻyicha nafaqa miqdori 15 foizga koʻpaytirilgandan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlanadi, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ish haqidan tashqari mehnat uchun qoʻshimcha mukofotlar miqdori korxonalar mablagʻlari hisobidan ish beruvchilar tomonidan belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar ishsizni bajarilayotgan haq toʻlanadigan jamoat ishi qanoatlantirsa, unda u ish beruvchi bilan kelishgan holda bunday ishni doimiy asosda bajarishga rozilik berishi mumkin, mehnat organi esa, unga bu doimiy mos keladigan ish deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday hollarda ushbu shaxs bilan ilgari tuzilgan mehnat shartnomasi yangi mehnat sharoitlari koʻrsatilgan holda qayta tuzilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilishda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinishi, bunday ishlarni bajarish uchun mehnat shartnomasi tuzgan fuqarolar mehnatidan samarali foydalanilishi uchun masʼuliyat korxonaga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfli, zararli va ogʻir mehnat sharoitlari bilan bogʻliq boʻlgan haq toʻlanadigan jamoat ishiga yuborilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan oʻtishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Fuqarolarning haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davri toʻgʻrisida ish beruvchi tomonidan ularning mehnat daftarchasiga tegishli yozuv yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davr mehnat stajiga qoʻshiladi. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashayotgan fuqarolar pensiya taʼminoti va vaqtincha ishga yaroqsizligi boʻyicha nafaqa olish huquqini saqlab qoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishsizning jamoat ishlarida qatnashgan davri uchun sugʻurta badallari ish beruvchi tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarida band boʻlgan shaxslarga ish vaqtining davomiyligi mehnat toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Ish beruvchilar ish kuni va ish haftasining oʻzgaruvchan shakllaridan foydalanish, shuningdek mehnat unumdorligiga koʻra yoki ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlagan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlarining qisqartirilgan ish vaqtini kiritishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi bilan kelishuvga koʻra, ishsizlarning ish vaqtiga mehnat organida boʻlish va mustaqil ravishda doimiy (mos keladigan) ish qidirish vaqti (haftada ikki soatdan ortiq boʻlmagan) kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mehnat organlari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ularda ish bilan taʼminlangan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda hisobga olib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. JAMOAT IShLARINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh TARTIBI VA UNING MANBALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash ish beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari, shuningdek, mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlar odatda ish beruvchi tomonidan qoplanadi, ushbu ishlarda qatnashayotgan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Aholini ish bilan taʼminlashda noqulay vaziyatlar bilan bogʻliq istisno hollarda, shuningdek, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ish beruvchilarni qiziqtirish maqsadida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga quyidagi miqdorlarda qoplanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi davlat hokimiyati organlari mulki boʻlgan korxonalarda, xoʻjalik hisobidagi korxonalardan tashqari — mehnatga haq toʻlash xarajatlarining koʻpi bilan yetmish besh foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa korxonalarda — mehnatga haq toʻlash uchun xarajatlarning koʻpi bilan ellik foizi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat organlarida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari hajmi va turlari, shuningdek, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining ish beruvchilarga qoplash xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan ish bilan taʼminlash tuman (shahar) dasturlarida aks ettiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-martdagi 106-sonli qaroriga muvofiq 26-band kiritilgan, 26-band 27-band deb hisoblangan — OʻR QHT, 2002-y., 5-6-son, 46-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ShARTNOMA

199_ y. “__”_____________________ -son

“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Nizom asosida ish yurituvchi___________________ tuman (shahar) mehnat organi nomidan ________________________ va ______________________ asosida ish koʻruvchi, keyingi oʻrinlarda “Ish beruvchi” deb ataluvchi ______________________________ nomidan __________________________________ mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:‎

1. Mehnat organi belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan, shuningdek, ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan________________________ dan ortiq boʻlmagan kishini haq toʻlanadigan jamoat ishlari berish uchun har oyda “Ish beruvchi” ixtiyoriga yuboradi.‎

2. Mehnat organi fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun “Ish beruvchi” ixtiyoriga yuborishda ularni ishni tashkil etish, uning tartibi va mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish shartlari haqida xabardor qiladi.‎

3. “Ish beruvchi” navbatdagi oy boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin Mehnat organini kelgusi oy davomida haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajaradigan shaxslarning mehnatini tashkil etish shart-sharoitlari, ish hajmlari, tartibi va mehnatga haq toʻlash shartlari toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.‎

4. “Ish beruvchi” mehnat organi tomonidan yuborilgan fuqaroni har oy davomida kamida ikki hafta muddatga _________________________________maqbul ish bilan

(haq toʻlanadigan, qisman toʻlanadigan) ‎

‎taʼminlash majburiyatini oladi. ‎

5. Mehnat organi tomonidan haq toʻlanadigan jamoat ishiga yuborilgan fuqaro bilan “Ish beruvchi” muddatli mehnat shartnomasini tuzadi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.‎
Tomonlarning manzillari va bank rekvizitlari:‎
1) __________________________________________________mehnat organi‎
________________________________________________________________________‎
2) Ish beruvchi ___________________________________________________________‎
Tomonlarning soniga qarab shartnoma ikki nusxada tuzilgan.‎

‎_________________________

‎Ish beruvchi

Mehnat organi ‎

‎_________________________ ‎

M. Oʻ. ‎

M. Oʻ.‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Ish turlari‎‎

Ish mazmuni‎

1.‎ Shaharlar, tumanlar, posyolkalar, qishloq xoʻjaligi kooperativ (shirkat) xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, dam olish zonalari, korxonalarni obodonlashtirish‎ Irrigatsiya tarmoqlarini yotqizish va tozalash; hududlarni tozalash, qishki yigʻishtirishlar: supurish yoki qor kurash, yaxmalakni yoʻq qilish, qorni va qor-muzni koʻchirish; yozgi yigʻishtirish: hududlarni supurish va axlatlarni toʻplash; hovli-joy hududini qoʻl bilan yigʻishtirish: namlab supurish va zinapoya atrofini yuvish, derazalarni yuvish, dahlizga chiqishdagi maydonchani supurish va yuvish; ishlab chiqarish hududlarini; yoʻllarni, aylanma koʻprik va koʻpriklarni tuzatish* va qurish*; hududlarni koʻkalamzorlashtirish; oʻtkazilgan daraxtlarni parvarish qilish (sugʻorish, shakl berish, organik va maʼdanli oʻgʻitlar bilan qoʻshimcha oziqlantirish); elektr taʼminoti obyektlari bilan bogʻliq boʻlgan ishlar (elektr tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); suv taʼminoti obyektlari (suv quvurlari tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); dam olish zonalarini obodonlashtirish (park zonalarini koʻkalamzorlashtirish)‎
2.‎ Qurilish-montaj ishlari‎ Bolalar maydonchalari va sport obyektlari, choʻmilish hovuzlari, maktablar, kasalxonalar va boshqa obyektlar* qurilishi‎
3.‎ Yuk ortish-tushirish ishlari‎ Vagonlar, avtomashinalardan yuk tushirish; vagonlarga, avtomashinalarga yuk ortish, omborlarda ishlash‎
4.‎ Ijtimoiy taʼminot sohasidagi ishlar‎ Mehribonlik uylaridagi keksalar va nogironlarga qarash ishlari va oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish ishlari‎
5.‎ Sogʻliqni saqlash tizimidagi ishlar‎ Kasalxonalarda va boshqa tibbiy muassasalardagi bemorlarga qarash ishlari‎
6.‎ Xalq taʼlimi tizimidagi ishlar‎ Umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilariga xizmat koʻrsatish ishlari (farroshlar, qorovullar, oshpazlar*, bufetchilar)‎
7.‎ Maishiy xizmat koʻrsatish, savdo, umumiy ovqatlanish, madaniyat tizimlaridagi va boshqa tarmoqlardagi ishlar‎ Ushbu obyektlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar turlari‎
8‎ Meva-sabzavot bazalaridagi ishlar‎ Meva-sabzavot mahsulotlarini saralash va idishlarga joylashtirish, idishlarni tuzatish, ortish, tushirish‎
9.‎ Agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlar‎ Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari (meva-sabzavot mahsulotlarini yigʻishtirish, paxta terish, oʻtash, ozuqa tayyorlash, mol boqish va boshqalar)‎
10.‎ Toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzib ishlaydigan ishlar‎ Aholidan shisha idishlar qabul qilish; tashib va koʻtarib yuriladigan savdo, sport va tomosha tadbirlariga xizmat koʻrsatish (chiptalar, bukletlar, salqin ichimliklar, muzqaymoq va shu kabilar)ni tarqatish‎
11.‎ Ikkilamchi xomashyolarni tayyorlash va topshirish boʻyicha ishlar‎ Makulatura, ishlatilgan shinalar, ikkilamchi polimerlar, ikkilamchi metall buyumlarini toʻplash va shu kabilar‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eslatma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) malaka va kasb-hunar koʻnikmalariga ega boʻlmagan ishsizlar faqat (*) bilan belgilangan yordamchi ishlarga jalb qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ishlarni bajarish uchun xodimning tegishli malakasi talab qilinadigan ayrim ish turlariga zarur malakaga va kasb-hunar koʻnikmasiga ega boʻlgan ishsizlar jalb qilinishi mumkin.
(2-ilovaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-martdagi 106-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2002-y., 5-6-son, 46-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomga
3-ILOVA

Haq toʻlanadigan jamoat ishiga ‎‎

YOʻLLANMA‎

_____________________________________________________________________‎

(korxona, tashkilot, muassasa nomi va manzili)‎

Fuqaro ______________________________________________________________‎

(F. I. O.)‎

_____________________________________________________________________‎
________________ (mutaxassisligi, kasbi koʻrsatilsin)ga muvofiq ‎_________________
davrga haq toʻlanadigan jamoat ishiga ishga joylashtirish uchun yuborilmoqda.‎
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch kun davomida bizga xabar qilishingizni soʻraymiz.‎
__________________________________ ‎

Mehnat organi boshligʻi‎

M. Oʻ. ‎

(imzo)‎

199__ y. “___” __________________ ‎
_______________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________

Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida‎‎‎

JAVOB‎

Fuqaro ______________________________________________________________‎

(F. I. O.)‎

__________________________ 199 ____y. “______” _____________________dan ‎
(mutaxassisligi, kasbi) ‎
____________________muddatga haq toʻlanadigan jamoat ishiga qabul qilindi. ‎
199___ y. “_____” ____________________ dagi ________- son buyruq‎

Rahbar:‎

M. Oʻ. ‎ ‎

__________________‎‎

(imzo)‎

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 5-6-son, 46-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda)