14.07.2017 yildagi 497-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tashi tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tashi tartibini takomillashtirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilgan fuqarolarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, pul badallarini to‘lagan, lekin harbiy yig‘inlarni o‘tamagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining vafoti munosabati bilan ularning yaqin qarindoshlarini, vorislarini yoxud vasiylarini ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori asosida fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda pul badallarini to‘lashi va xizmat davrida bir marta bir oylik harbiy yig‘inlarda xizmatni o‘tashi safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilish sharti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2015-yil 16-sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 267-son qarori qabul qilingan, unga muvofiq safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etgan taqdirda to‘langan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosxo‘riga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra 2015-yil sentyabr oyigacha bo‘lgan davrda 233,5 mln so‘m miqdorida pul badallarini to‘lagan, lekin vafoti munosabati bilan harbiy yig‘inlarni o‘tamagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining soni 244 nafarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2015-yil 16-sentabrdagi 267-son qarori kuchga kirgungacha davrda pul badallarini to‘lagan, lekin vafoti (halok bo‘lishi) munosabati bilan harbiy yig‘inlarni o‘tamagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining yaqin qarindoshlari, merosxo‘rlari, vasiylari yoki homiylarining murojaatlari bo‘yicha to‘langan pul badallari Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda qaytarilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vafot etgan (halok bo‘lgan) safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining yaqin qarindoshlari, merosxo‘rlari, vasiylari yoki homiylariga ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq qaytarilgan pul badallari to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 17-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91-bandning uchinchi xatboshidagi “I yoki II guruh nogironligi” so‘zlari “I, II yoki III guruh nogironligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92-bandning birinchi xatboshidagi “I yoki II guruh nogironi (layoqatsiz)” so‘zlari “I, II yoki III guruh nogironi (layoqatsiz)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
497-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 28-son, 666-modda)