21.02.2017 yildagi PF-4966-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sud tizimini izchil demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan yillar davomida sudni hokimiyatning mustaqil va alohida tarmog‘i sifatida tashkil etish, uni o‘tmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda ishonchli himoya qiluvchi davlatning chinakam mustaqil institutiga aylantirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish zarur. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi aniq huquqiy maqomga ega emas, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va cheklangan vakolatlarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, sud hokimiyatining ikki oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona sud amaliyoti ta’minlanmasligiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy sud sudyalarining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiritilganligi, adliya organlari tomonidan umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash tartibi sud hokimiyatining mustaqilligi tamoyiliga muvofiq kelmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilona taqsimlash imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish va maqbullashtirishni talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini ta’minlash, ma’muriy sud ish yurituvini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy normani, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini oshirish zarurati ma’muriy sudlar tizimini tashkil etishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, uning 21 nafar bo‘shayotgan ijro apparati shtat birligi Kengashga o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya berish yo‘li bilan sudyalar korpusini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyalarni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish, ularning faoliyati samaradorligini baholash, shuningdek sudyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik olib borish, aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish, shuningdek ularni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortishga xulosa berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudining raislari, rais o‘rinbosarlari, sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlari Kengashning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tuman (shahar), tumanlararo sudlari sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Kengash tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazini boshqaruv xodimlari cheklangan soni 21 nafar bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot markazi sifatida o‘zgartirish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, Kengash raisi, rais o‘rinbosari, Kengash a’zolari va kotibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Doimiy asosda ishlovchi Kengash a’zolariga sudyalar uchun belgilangan kafolatlar, mehnatga haq to‘lash shartlari va imtiyozlar tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Mudofaa vazirligining 2017-yil 1-iyundan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarini, tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat birligini qisqartirish va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining qo‘riqlash vzvodini tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklarini sudyalar va harbiy sudlar xodimlaridagi harbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan harbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saqlanmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay’atini tugatib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib o‘zgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi sud majlisi kotibi lavozimini tugatib, belgilangan umumiy shtat birligi doirasida sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish, ularga tegishli ravishda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning 10 — 12 va 8 razryadlarini belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jalik sudlarining amaldagi sudyalari vakolat muddati tugaguniga qadar Oliy sud va tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlarining sudyalari sifatida o‘z faoliyatini amalga oshirishni davom ettiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yangidan tashkil etilayotgan sudlarni to‘ldirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining qo‘shimcha 560 ta shtat birligi, shu jumladan 318 ta sudyalik shtat birligi ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlari sonining cheklangan shtati quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun 208 ta birlik, shundan sudyalar — 73 ta birlik;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2023-y., 06/23/12/0034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari uchun 835 ta birlik, shundan sudyalar — 344 ta birlik;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-yanvardagi PF-6143-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari uchun 207 ta birlik, shundan sudyalar — 73 ta birlik;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2023-y., 06/23/12/0034-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari uchun 680 ta birlik, shundan sudyalar — 267 ta birlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlararo ma’muriy sudlari uchun 168 ta birlik, shundan sudyalar — 70 ta birlik;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari uchun 972 ta birlik, shundan sudyalar — 351 ta birlik;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-yanvardagi PF-6143-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, hududiy harbiy sudlar uchun 32 ta birlik, shundan sudyalar — 12 ta birlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari uchun 395 ta birlik, shundan sudyalar — 141 ta birlik.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda — Oliy sud huzuridagi Departament):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘linmalarining 51 ta boshqaruv xodimi shtat birligini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari sudyalari harbiy xizmatchi maqomini yo‘qotganligi munosabati bilan davlat budjeti mablag‘lari tejalishi hisobiga 17 ta boshqaruv xodimi shtat birligini kiritish yo‘li bilan tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud huzuridagi Departamentning cheklangan soni 68 ta birlik, shu jumladan markaziy apparatda — 12 ta birlik, hududiy bo‘limlarda — 56 ta birlik miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oliy sud huzuridagi Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha ishni tashkil etish, shuningdek uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlash, sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tuzilmasi, shtat jadvali, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zolari va ijro apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatiga haq to‘lash razryadlari 1 — 3-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti markaziy apparatining tuzilmasi, uning hududiy bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 5-6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy sudlar tuzilmalari qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlarining barcha shaxsiy tarkibini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish masalasi bo‘yicha qaror qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan foydalanilayotgan binolar, xizmat turar joylari, transport vositalari, mebellar, kompyuter texnikalari va boshqa mulklarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot markazi haqidagi nizom, uning tuzilmasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorlari loyihalari ishlab chiqilishi va kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida sud va boshqa yuridik kadrlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning yagona tizimini yaratish bo‘yicha taklif kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini, yangidan tashkil etilayotgan sudlarni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, mazkur Farmonga muvofiq lavozimi qisqartirilayotgan sudyalar va sud xodimlari hisobidan to‘ldirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan tashkil etilayotgan sudlar, shuningdek Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy bo‘limlari joylashtirilishini, mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shu jumladan ma’muriy sudlar tashkil etilishi munosabati bilan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, yangidan tashkil etilayotgan iqtisodiy sudlar vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek sudlarning apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari quyi turuvchi sudning qarorini o‘zgartirgan yoki bekor qilgan taqdirda ishni yangidan ko‘rib chiqishga yubormasdan turib, yakuniy qaror chiqarish bo‘yicha vakolatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini va kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda bir oy muddatda yangidan tashkil etilayotgan sudlarning joylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda tegishli sudlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishini, shuningdek harbiy sudlarni ta’minlash uchun ajratiladigan pul mablag‘larining qisqarishini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining xarajatlar smetasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining kuzatuv kengashi bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan sudlar, shuningdek Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy bo‘limlari joylashtirilishi, mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlanishi hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larning Jamg‘arma hisobidan ajratilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar 2017-yilda ajratilsin, 2018-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini ushbu Farmon vazifalari va talablariga mos keladigan ma’muriy binoga joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish holatini tanqidiy o‘rgansin hamda sud tizimi faoliyati samaradorligini va aholining odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan axborot tizimlari va resurslarini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlash haqidagi tegishli hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 21-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4966-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

* sudyalik maqomida — 11
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtat jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kengash raisi (doimiy asosda)

1

Kengash raisining o‘rinbosari — Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot markazi direktori (Kengash a’zosi — jamoatchilik asosida)

1

Kengash a’zolari (doimiy asosda)

12

Kengash a’zolari (jamoatchilik asosida)

7

Jami Kengash a’zolari

21

Doimiy asosda ishlovchilar

I. Kengash raisi

1

II. Kengash kotibi

1

III. Sudyalar korpusini shakllantirish shu’basi

3

shu’ba rahbari, Sudyalar oliy kengashi sudyasi

1

Sudyalar oliy kengashi sudyasi

2

IV. Sudyalar kasbiy tayyorgarligini tashkillashtirish shu’basi

2

shu’ba rahbari, Sudyalar oliy kengashi sudyasi

1

Sudyalar oliy kengashi sudyasi

1

V. Sudyalar daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha sud inspeksiyasi

4

inspeksiya rahbari, Sudyalar oliy kengashi sudyasi

1

Sudyalar oliy kengashi sudyasi

3

VI. Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar shu’basi

2

shu’ba rahbari, Sudyalar oliy kengashi sudyasi

1

Sudyalar oliy kengashi sudyasi

1

VII. Ijro apparati

8

yetakchi inspektor

5

birinchi bo‘lim mudiri

1

arxiv mudiri

1

devonxona mudiri

1

VIII. Moliya-xo‘jalik bo‘limi

6

bosh hisobchi

1

binoga joriy xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi ishchi

1

hududni tozalovchi ishchi

1

qozonxona mutaxassisi

1

farrosh

2

Jami ijro apparati bo‘yicha

27

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zolari va ijro apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RAZRYADLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozim nomi

Mehnatga haq

to‘lash razryadlari

Kengash raisi

21

Kengash kotibi

19

shu’ba (inspeksiya) rahbari,
Sudyalar oliy kengashi sudyasi

19

Sudyalar oliy kengashi sudyasi

18

bosh hisobchi

18

yetakchi inspektor

17

birinchi bo‘lim mudiri

17

arxiv mudiri

15

devonxona mudiri

14

Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti markaziy apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Direktor

Direktor o‘rinbosari

Yuriskonsult

1

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari

Moliya-iqtisod bo‘limi

3

Ichki audit xizmati

1

Kapital qurilish va asosiy fondlardan foydalanish bo‘limi

3

Kadrlar bo‘limi

1

Markaziy buxgalteriya

3

Loyiha ishlari bo‘limi

2

Xaridlarni ta’minlash bo‘limi

3

Devonxona

1

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jami boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 91 birlikni, shundan markaziy apparatda — 21 tani, hududiy bo‘limlarda — 70 tani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida aniqlanadi.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hududiy bo‘lim boshlig‘i

Buxgalteriya

2

Qurilish va asosiy fondlardan foydalanish bo‘yicha bosh muhandis

1

Moddiy-texnik ta’minlash bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlari soni 5 birlikni tashkil etadi.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10 va 101-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHARH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sud tizimining bosqichma-bosqich demokratlashtirilishi, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy tamoyilga qat’iy rioya etilishi mamlakatda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar orasida markaziy o‘rinni egallaydi.

Jumladan, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlari sifatida mustahkamlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishdagi muhim qadam bo‘lib, mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi.

Farmonga muvofiq, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini tubdan takomillashtirish, sudyalarning mazkur jarayondagi ishtirokini kengaytirish, yuqori malakali sudyalar korpusini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan organning maqomi hamda vakolatlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.

Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyati organi sifatida sud hokimiyatining mustaqilligi haqidagi konstitutsiyaviy prinsipga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi. Sudyalar oliy kengashi uning tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga binoan Senat tomonidan tasdiqlanadigan Kengash raisi va ko‘pchilikni tashkil etuvchi sudyalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi malakali mutaxassislar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan 20 nafar a’zodan iborat bo‘ladi. Sudyalar oliy kengashining 13 nafar a’zosi doimiy, 8 nafar a’zosi esa jamoatchilik asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

Sudyalar oliy kengashiga sudyalik lavozimlariga malakali mutaxassislar orasidan ochiq va shaffof tanlov asosida sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar daxlsizligi buzilishini va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish, nomzodlar va sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish vazifalari yuklatilgan.

Sudyalar oliy kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislaridan tashqari barcha sudyalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlash va lavozimlardan ozod etish bo‘yicha vakolatlar o‘tkazilmoqda.

Sud amaliyotini tizimli tahlil qilib borish, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot markazi sifatida o‘zgartirilmoqda.

Farmondagi yana bir ahamiyatli jihat — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirilishi bo‘ldi. Ushbu islohot sud tizimini boshqarishdagi bir-birini takrorlovchi funksiyalarni bartaraf etishga hamda yagona sud amaliyotini shakllantirishga olib keladi.

Sud hokimiyati ikki oliy organining parallel faoliyat yuritishi qonun hujjatlari talablarini bir xilda qo‘llanishini ta’minlay olmadi, bir-biriga o‘xshash masalalar yuzasidan turlicha qarorlar qabul qilinishiga olib keldi.

Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan yangi sud tizimining shakllantirilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Ilk marotaba davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga oshirishni ta’minlashga xizmat qiladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, tuman (shahar) ma’muriy sudlari tashkil etildi.

Hozirgi kunga qadar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish Fuqarolik va Xo‘jalik protsessual kodekslariga muvofiq fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlari tomonidan, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan amalga oshirilayotgan edi.

Endilikda ushbu toifadagi ishlar yangi tashkil etilayotgan ma’muriy sudlar tomonidan ko‘riladi. Shu bilan birga, ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishning protsessual tartibini belgilash, davlat organlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etishga qaratilgan “Ma’muriy sud ishi yurituvi to‘g‘risida”gi va “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqiladi.

Zamonaviy talablardan kelib chiqib, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Farmon bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari tegishli iqtisodiy sudlar etib o‘zgartirildi. Bunda, mamlakatning iqtisodiy salohiyati va tadbirkorlik subyektlarining ortib borishini hisobga olgan holda tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etilmoqda.

Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish zarurati xo‘jalik sudlarining faqat viloyat darajasida faoliyat ko‘rsatganligi bilan bog‘liqdir. Ayrim tumanlar sud binosidan uzoq masofada joylashganligi sababli tadbirkorlar da’vo arizasini bergan paytdan nizo sudda ko‘rib chiqilguniga qadar viloyat markaziga bir necha marotaba qatnashga majbur bo‘layotgan edi. Bu esa ularning moddiy xarajat va ortiqcha vaqt sarflashlariga sabab bo‘layotgan edi.

Umuman olganda, tashkil etiladigan ma’muriy va iqtisodiy sudlar joylashuvi uzoq hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarning, shu jumladan tadbirkorlarning sud himoyasiga erishish darajasini oshiradi.

Sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga rioya qilish, sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash masalalarini mustaqil hal etish maqsadida Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi va unga sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash, sudlar faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, sudyalar va sud apparati xodimlarini moddiy va ijtimoiy ta’minlashni tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Harbiy sudlarning shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Vaholanki, harbiy sudyalarning Mudofaa vazirligi shtatiga kiritilganligi ushbu vazirlik ijro hokimiyati organi hisoblanishi tufayli sud hokimiyati mustaqilligining, uning faoliyatini tashkil etishning asosiy tamoyillariga muvofiq kelmaydi.

Farmonda sudlar faoliyati samaradorligini oshirish va sud kadrlari zaxirasini tayyorlash uchun sudlar tuzilmasiga sudya yordamchisi, sudya katta yordamchisi lavozimlarini kiritish nazarda tutildi.

Sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, sud tizimi samaradorligi va fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, hukumat tomonidan ushbu yo‘nalishdagi amaliy chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlanishi zarurligi belgilanadi.

Ta’kidlash joizki, Farmonda nazarda tutilgan talablarni amalga oshirish bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Xo‘jalik protsessual, Fuqarolik protsessual kodekslariga, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni talab etadi.

Umuman olganda, Farmonda odil sudlov sohasidagi zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish va maqbullashtirish bo‘yicha tarixiy o‘zgarishlar nazarda tutilgan.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 109-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5195/0033-son, 20.07.2018-y., 06/18/5487/1543-son; 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son; 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son; 18.01.2023-y., 06/23/12/0034-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)