Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 26.07.1999 yildagi 362-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KORXONALARNING BANKROTLIGI TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIKNI AMALGA OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi PF—2342-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 28-avgustdagi 669-I-son qarorining 2-bandini bajarish yuzasidan, shuningdek bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalarni tugatish jarayonlarini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasiga, Oliy xoʻjalik sudiga Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-noyabrdagi 460-son qarorini bajarish, iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va sanatsiya qilish, bankrot korxonalar mol-mulkini sotib yuborish ishlari qoniqarsiz tashkil etilganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalar ishtirokida zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini 1999-yilning I yarim yilligi yakunlari boʻyicha chuqur tahlil qilsin, tugatiladigan, istiqbolsiz korxonalarning aniq roʻyxatini aniqlasin, mulkida davlat mulki boʻlgan korxonalarni tugatish, sanatsiya qilish va qayta ixtisoslashtirish yuzasidan ilgari tasdiqlangan dasturlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida 9 oy yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat oʻrnatsin, tugatuvchi boshqaruvchi qoniqarsiz ishlagan taqdirda uni vazifalarni bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan korxonalarning mol-mulkini sotish boʻyicha kimoshdi savdolarining muntazam oʻtkazilishini taʼminlasin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mintaqalarida korxonalar bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha xoʻjalik sudlarining faoliyatini faollashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda, tugatuvchi boshqaruvchilarni tayinlashda rasmiyatchilik va sansalorlik hollarini bartaraf etish, bunday hollarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning javobgarligini koʻrib chiqish;
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy nochorlik haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish, bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan oʻz vaqtida takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18-fevraldagi 2004-yil 77-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-avgustdagi 2005-yil 185-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 30-31-son, 235-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkida davlat mulki boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish boʻyicha tugatish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining hududiy boshqarmasi toʻgʻrisidagi yangilangan Namunaviy nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasini qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Qoʻmita markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikning amalga oshirilishi masalalari yilning har choragida Vazirlar Mahkamasi majlislarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishini baholash chogʻida koʻrib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 26-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
362-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18-fevraldagi 2004-yil 77-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
26-iyuldagi 362-son qaropiga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi PF–2342-son Farmoniga muvofiq bankrotlik belgilariga ega boʻlgan korxonalarni sogʻlomlashtirish hamda ularning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida oʻtkaziladigan suddan oldin sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Suddan oldin sanatsiyalash (bundan keyin sanatsiyalash deb ataladi) bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdor korxona — yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdorning kreditorlari va boshqa shaxslar, shu jumladan davlat tomonidan qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklash boʻyicha chora-tadbirlardan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suddan oldin sanatsiyalash qarzdor korxonaning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgungacha amalga oshiriladi va qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini, iqtisodiy quvvatini tiklash hamda uning kelgusida samarali faoliyatni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishni maqsad qilib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda qarzdorni sanatsiyadan oʻtkazish oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha boʻlgan muddatga joriy etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomning amal qilishi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiyalash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi korxonalarini suddan oldin sanatsiyalashga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. SANATSIYALASh SUBYEKTLARI VA OBYEKTLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qarzdor korxona-yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdor korxona mulkining egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar sanatsiyalash subyektlari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qarzdor korxona sanatsiyalash obyekti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar birinchi navbatda sanatsiya qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayotiy muhim oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmoli mollari hamda dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mudofaa qudrati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydigan bazaviy tarmoqlar (kon qazish, energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlar) korxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatga bardoshli, eksportbop, importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy, yuqori unumli texnika ishlab chiqarishni va iqtisodiyot sohasiga yangi, progressiv, resursni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni taʼminlaydigan korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar asosi boʻlgan korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tarkibiy qayta oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejalari maʼqullangan korxonalar.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori bilan yettinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Faoliyatni davom ettirish uchun qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklashning aniq imkoniyati mavjudligidan dalolat beradigan moliya va xoʻjalik faoliyati tahlili natijalari iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiya qilinadigan obyektlar qatoriga kiritishning asosiy mezoni hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. SANATSIYALAShNI OʻTKAZIShNING ShAKL VA USULLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sanatsiyalash ham toʻlanadigan, ham toʻlanmaydigan asosda davlat mablagʻlari ishtirokida yoki ishtirokisiz, shu jumladan tanlov asosida quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzlarni oʻzaro surishishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni toʻliq yoki qisman toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni raqobatbardoshli mahsulot chiqarishga qayta ixtisoslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklashdan va uning faoliyatini davom ettirishdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorga toʻlovlar muddatini uzaytirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash yoki qarzdor korxonaning faoliyatini davom ettirish uchun qarzlardan chegirish toʻgʻrisida ular oʻrtasida ahdlashuvga erishishga yoʻnaltirilgan qarzdor korxona va kreditor (kreditorlar) oʻrtasida bitim tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash va kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs — qarzdor korxonani qayta tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirishga yordam beradigan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalash quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi qaroriga binoan sudgacha boʻlgan sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari ajratilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat mablagʻlarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalash tartiboti Hukumat qarorlariga binoan boshqa chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda sanatsiyalash oʻtkazilishida qarzdorga xizmat koʻrsatuvchi bankda ilgari amal qilgan hisob raqamlari toʻxtatilgan holda sanatsiyalash boʻyicha soʻmda va (yoki) valyutada hisob raqami ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiya hisob raqami ish tartibi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. KORXONALARNI SANATSIYALASh UChUN MABLAGʻLAR MANBALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar sanatsiyalash uchun mablagʻlar manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar egalari, kreditorlar, birlashmalar (xoʻjalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. MULKIDA DAVLAT ULUShI BOʻLGAN KORXONALARNI HAMDA DAVLAT MABLAGʻLARINI JALB ETGAN HOLDA SANATSIYALAShNI TAShKIL ETISh VA UNING OʻTKAZILIShINI NAZORAT QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan obyektlarni sanatsiyalash toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hayʼati qabul qiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning sanatsiyalash yoki davlat mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi murojaatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor korxona sanatsiyalash toʻgʻrisida murojaat qilganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilining joriy davri hamda oldingi yilning buxgalteriya balanslari;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki zaxiralardan foydalanish imkoniyatlari puxta tahlil qilingan, shu jumladan ishlab chiqariladigan mahsulotga haq toʻlashga qodir ehtiyoj mavjudligini tasdiqlovchi tegishli shartnomalar koʻrsatilgan, mulkdor tomonidan tasdiqlangan moliyaviy sogʻlomlashtirish rejasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning qarzlari boʻyicha mahalliy soliq organi bilan solishtirish dalolatnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob raqamlarining holati toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bankning maʼlumotnomasi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi sanatsiyadan oʻtkazish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish va baholash hamda korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirishning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hayʼati bilan kelishilgan biznes-rejasi asosida sanatsiyalash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaga nisbatan sudgacha sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari berilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash zarurati boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qarori qaror qabul qilish uchun Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasiga yuboriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalashni tashkil etish va uning monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. SANATSIYALAShNI TOʻXTATISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sanatsiyalash uni oʻtkazish muddati tugashi, uning samarasiz ekanligi aniqlanishi, mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari bajarilmaganligi munosabati bilan va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sabablarga koʻra toʻxtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalashni toʻxtatish haqidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hayʼati chiqaradi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-avgustdagi 2005-yil 185-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 30-31-son, 235-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
26-iyuldagi 362-son qaropiga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-fevraldagi 61-son qarorida 20-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-martdagi 133-son qarorining Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi va uning hududiy organlariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan Respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-martdagi 101-son qaroriga 1-ilovadagi toʻrtinchi komissiyaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 42-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2003-y., 7-8-son, 62-modda, 12-son, 99-modda; 2004-y., 3-son, 32-modda; 2004-y., 7-son, 82-modda; 2005-y., 30-31-son, 235-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 8-9-son, 83-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)