LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish jarayonini tezlashtirish, vaqtincha iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan, biroq moliya-xo‘jalik faoliyatini sog‘lomlashtirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega bo‘lgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasining yangi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi PF-3626-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 28-29-son, 204-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashqi boshqaruvchilar va tugatuvchi boshqaruvchilarga qarzdor korxonalar yoki ularning mulkini sotishda kreditorlar yig‘ilishi (qo‘mitasi) roziligi bilan quyidagilarga ruxsat berilsin:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
xaridorga xizmat ko‘rsatadigan tijorat banki tegishli kafolatni taqdim qilgan taqdirda korxona yoki mulkni bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish;
arzon-garov va tez ishlatib bo‘linadigan mulkni, shuningdek xom-ashyo va tayyor mahsulotning qolgan qismini kim oshdi savdosi o‘tkazmasdan, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotish.
5. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlar bankrot korxonalarni tugatuvchi boshqaruvchilar tomonidan debitorlik qarzini majburiy tarzda undirib olish bo‘yicha taqdim etilgan materiallarni davlat boji to‘lanmasdan turib ham bu bojni aybdor tomondan keyinchalik undirib olinishini belgilagan holda ko‘rib chiqishni ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 45-son, 337-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi bo‘yicha hukumat komissiyasi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishi bo‘yicha qo‘mita va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlarini mazkur Farmon asosida o‘zgartirish va ularga qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonning bajarilishi bo‘yicha qaror qabul qilsin.