25.12.1997 yildagi 535-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI SANATSIYA QILISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilishning maqsadi va asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudgacha sanatsiya qilish (bundan buyon sanatsiya deb yuritiladi) qishloq xo‘jaligi korxonalarining to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga qadar amalga oshiriladi va qishloq xo‘jaligi korxonasining to‘lov qobiliyatini, iqtisodiy quvvatini tiklash va kelgusida uning faoliyati samarali bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi korxonasining faoliyatini tashkil etish va uni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan zarur o‘zgartishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatbardosh mahsulot yetishtirish va uni realizatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Sanatsiya obyektlari va subyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarar ko‘rib ishlovchi, to‘lovga qobiliyatsiz va iqtisodiy jihatdan nochor ahvoldagi qishloq xo‘jaligi korxonalari sanatsiya obyektlari bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining mulkdorlari, kreditorlar yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sanatsiya subyektlari bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Sanatsiya shakllari va asosiy turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiya davlat mablag‘larini jalb etgan yoki jalb etmagan holda o‘tkazilishi mumkin. Sanatsiya qilish jarayonida davlat mablag‘lari qaytarib berish asosidagina jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiyaning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zaro qarz surishishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lash muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘liq yoki qisman sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash hamda davlat kreditlarini qaytarish muddatlarini sanatsiya muddatiga uzaytirish;
(4-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonani raqobatbardosh mahsulotlar chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqaridan yuqori malakali mutaxassislar jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi korxonasining to‘lov qobiliyatini tiklash va uning o‘z faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun kreditorlarga tegishli qarzlarni to‘lash muddatini uzaytirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qarzlarning muayyan qismidan kechish to‘g‘risida korxona va kreditor (kreditorlar) o‘rtasida bitim tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqaridan boshqarishni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonani qayta tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Sanatsiya qilish vaqtida davlat yordami
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiya qilish vaqtida qishloq xo‘jaligi korxonalariga davlat yordami iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlariga qarab, tarmoqni rivojlantirish, shuningdek, mehnat bozori va ish o‘rinlarini vujudga keltirish uchun korxonaning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Sanatsiya ishlari bo‘yicha vakolatli organ
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish bo‘yicha davlat siyosatini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolat berilgan sanatsiya ishlari bo‘yicha organ (quyida vakolatli organ deb yuritiladi) amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish vaqtida e’tiborga olinadigan xususiyatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish vaqtida quyidagi xususiyatlar e’tiborga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining oziq-ovqatlar yetishtirishga qaratilgan va strategik yo‘nalishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo‘lgan yerdan oqilona va aniq maqsadni ko‘zlab foydalanilishini ta’minlash zarurligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi korxonasi foydalanayotgan yerlarning holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish jarayonining mavsumiyligi va davom etish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish natijalarining tabiiy-iqlim sharoitlariga bog‘liq ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadlar yuzaga kelishi va ulardan foydalanishning shart-sharoitlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Sanatsiya o‘tkazilishi ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish ustidan nazoratni vakolatli organ qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Sanatsiya o‘tkazish uchun sarflanadigan mablag‘ manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish uchun sarflanadigan mablag‘ manbalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona mol-mulki mulkdorlari, kreditorlar, korxonalar birlashmalari (xo‘jalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi korxonasining o‘z mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘ manbalari.
(9-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Kreditorlarning talablarini qondirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasining kreditorlari talablarini qondirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Sanatsiya o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish asosi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organning qishloq xo‘jalik yili yakunlari bo‘yicha moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish natijasida qishloq xo‘jaligi korxonasining to‘lov qobiliyatini va iqtisodiy quvvatini tiklash uchun real imkoniyatlar mavjudligi to‘g‘risidagi xulosasi qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish haqida qaror chiqarish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasining moliyaviy ahvoli qay darajadaligiga qarab, sanatsiyaning har xil shakllari va turlari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Sanatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori, korxona mol-mulki mulkdorining roziligi bilan kreditor (kreditorlar) vakolatli organga sanatsiya o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma topshirishi mumkin. Vakolatli organ korxona mol-mulki mulkdorining roziligi bilan qishloq xo‘jaligi korxonasida sanatsiya o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Sanatsiya o‘tkazish muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish yigirma to‘rt oy muddatgacha joriy etiladi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ushbu muddatning o‘n ikki oyga uzaytirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Sanatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish to‘g‘risida iqtisodiy sud tomonidan ham qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qaror qabul qilinishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Sanatsiya o‘tkazish uchun tanlov e’lon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda vakolatli organ korxona mol-mulkining mulkdori va kreditorlarning roziligi bilan matbuotda sanatsiya o‘tkazish uchun tanlov e’lon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har qanday yuridik va jismoniy shaxslarning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi. Tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi ariza tanlov o‘tkazish haqida e’lon chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida vakolatli organga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish muddati tamom bo‘lguniga qadar hech kim sanatsiya qilishda ishtirok etish istagini bildirmasa, vakolatli organ sanatsiya qilish uchun davlat mablag‘larini jalb etish yoki materiallarni qonunga muvofiq to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish uchun iqtisodiy sudga yuborish mumkinligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Kreditorlar talablarini qondirishga moratoriy joriy qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda vakolatli organ korxonaning ijro muddati sanatsiya o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar boshlangan pul majburiyatlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlariga moratoriy joriy qiladi. Moratoriyning amal qilish muddati davomida moliyaviy (iqtisodiy) jazolar qo‘llanilmaydi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moratoriy fuqarolarning mehnatga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan, alimentlar undirish va mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lash yuzasidan qo‘yadigan talablariga, shuningdek, fuqarolarning o‘z hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonasiga nisbatan qo‘yadigan talablariga daxl qilmaydi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Sanatsiya o‘tkazish rejasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan shaxslar bir oylik muddat ichida sanatsiya o‘tkazish rejasini ishlab chiqishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiya o‘tkazish rejasida quyidagilar, chunonchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha kreditorlarning talablari ular bilan kelishilgan muddatlarda qondirilishini ta’minlash majburiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanatsiyaning qancha muddat davom etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablag‘larni qaytarish shartlari va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanatsiya o‘tkazish rejasida boshqa qoidalar ham nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiya o‘tkazish rejasida qishloq xo‘jaligi korxonasining asosiy vositalarni sanatsiya ishtirokchilariga topshirishi nazarda tutilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiya ishtirokchilari zimmasiga kreditorlar oldida olgan majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarishlari shart va bu majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiya o‘tkazish to‘g‘risida ishlab chiqilgan reja qishloq xo‘jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori va kreditor (kreditorlar) bilan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Sanatsiya o‘tkazish rejasining ekspertizasi va uni tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish rejasi vakolatli organga ekspertiza uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza natijalari qishloq xo‘jaligi korxonasining to‘lov qobiliyatini va iqtisodiy quvvatini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni real amalga oshirish mumkinligini aniqlab berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish rejasini vakolatli organ tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Tashqaridan boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqaridan boshqarish sanatsiya qilinishi lozim bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonasining faoliyatini boshqarishni tashkil etish uslubi bo‘lib, bunda korxonani boshqarish va uning mol-mulkini tasarruf etish bo‘yicha huquq hamda majburiyatlar tashqaridan tayinlangan boshqaruvchiga o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi korxonasini tashqaridan boshqarishni vakolatli organ uni sanatsiya qilish muddatiga joriy etadi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-311-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqaridan boshqarish joriy etilgan paytdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi korxonasi rahbari va boshqaruv organlarining vakolatlari to‘xtaydi va tashqaridan tayinlangan boshqaruvchiga o‘tadi. Korxonaning boshqaruv organlari tashqaridan boshqaruvchi tayinlangan paytdan e’tiboran yetti kun ichida korxonaning buxgalteriya va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud bo‘lgan taqdirda), moddiy va boshqa boyliklari tashqaridan tayinlangan boshqaruvchiga topshirilishini ta’minlashlari shart;
(19-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi korxonasining pul majburiyatlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga moratoriy joriy etiladi.
(19-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Tashqaridan tayinlangan boshqaruvchi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqaridan boshqaruvchi tuman hokimi tomonidan vakolatli organ, qishloq xo‘jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori, kreditor (kreditorlar) bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqaridan tayinlangan boshqaruvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi korxonasi rahbari va boshqaruv organlarining vakolatlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanatsiya o‘tkazish rejasini ishlab chiqadi va uni vakolatli organga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqaruv organi bilan kelishgan holda qishloq xo‘jaligi korxonasining shtatlar jadvalini tasdiqlaydi va xo‘jalikning bosh mutaxassislarini tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlar bilan qarzlarni to‘lash muddatini uzaytirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risida korxona nomidan bitim tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona mol-mulkini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqaridan boshqaruvni amalga oshirish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun maxsus hisobvaraq ochadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya, moliya statistika hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaga nisbatan qo‘yilgan talablarga belgilangan tartibda e’tiroz bildiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaga to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarni undirish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlarning talablarini ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organga sanatsiya o‘tkazish rejasi qanday ro‘yobga chiqarilayotganligi to‘g‘risida yilning har choragida hisobot taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(20-modda ikkinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, sanatsiya o‘tkazish rejasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tashqaridan tayinlangan boshqaruvchi yirik bitimlarni qishloq xo‘jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori, kreditorlar va vakolatli organ bilan kelishilgan holdagina tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik bitimlar jumlasiga bitim tuzish paytida qishloq xo‘jaligi korxonasi aktivlari balans qiymatining o‘n foizidan ortiq miqdorda balans qiymatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki boshqa mol-mulkni tasarruf etishga olib keladigan bitimlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, tashqaridan boshqarish joriy etilganidan keyin paydo bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonasining pul majburiyatlari miqdori kreditorlar talablari reyestriga muvofiq talablar summasining yigirma foizidan ortiq bo‘lsa, tashqaridan tayinlangan boshqaruvchi qishloq xo‘jaligi korxonasining yangi pul majburiyatlariga sabab bo‘luvchi bitimlarni faqat qishloq xo‘jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori, kreditorlar va vakolatli organning roziligi bilangina tuzishi mumkin, sanatsiya o‘tkazish rejasida nazarda tutilgan bitimlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Tashqaridan tayinlangan boshqaruvchi vakolatlarining to‘xtatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqaridan tayinlangan boshqaruvchining vakolatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning arizasiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi korxonasi kreditorlari yoki uning mol-mulki mulkdorining iltimosnomasiga binoan;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda to‘xtatilishi mumkin.
(21-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqaridan tayinlangan boshqaruvchining vakolatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror tuman hokimi tomonidan vakolatli organ, qishloq xo‘jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori, kreditor (kreditorlar) bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Sanatsiya qilishning to‘xtatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiya qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uni o‘tkazish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablari bajarilmayotganligi sababli;
(22-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanatsiya qilishning samarasiz ekanligi aniqlanganligi munosabati bilan to‘xtatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiya qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga muvofiq ham to‘xtatilishi mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiya qilishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni vakolatli organ chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiya o‘tkazish natijalariga ko‘ra quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadga erishilganligi munosabati bilan sanatsiya qilishni tamomlash to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanatsiya o‘tkazishni ushbu Qonunda belgilangan muddat doirasida davom ettirish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadga erishilmaganligi munosabati bilan sanatsiya qilishni to‘xtatish to‘g‘risida.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 25-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
535-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 1-son, 4-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda; 2011-y., 51-son, 542-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)