Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida” 2016-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-406-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)
“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida” 2016-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-406-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-fevral
75-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 75-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va koʻp xonadonli uylardagi boʻsh turgan xonalarni yosh oilalarga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 17-iyuldagi 144-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 7-son, 39-modda):
a) 3-banddagi “Davlat mulki qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilova (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va koʻp xonadonli uylardagi boʻsh turgan xonalarni yosh oilalarga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom)ning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Ushbu Nizom maqsadlarida er-xotinning ikkisi ham oʻttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan oʻttiz yoshdan oshmagan yolgʻiz otadan yoki yolgʻiz onadan iborat boʻlgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) yosh oila deb eʼtirof etiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 13-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “(30 yoshgacha)” soʻzlari “(30 yoshdan oshmagan)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 250-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan “Kamolot”ning koʻp kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida” soʻzlari “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yosh oilalar — ushbu Nizomga muvofiq “Kamolot”ning koʻp kvartirali uylaridan ipoteka krediti asosida kvartiralarni sotib olish uchun hisobga qoʻyish toʻgʻrisida ariza berilgan paytda er-xotinning ikkisi ham oʻttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan oʻttiz yoshdan oshmagan yolgʻiz otadan yoki yolgʻiz onadan iborat boʻlgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol)”.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 75-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlar ishlari boʻyicha Respublika kengashini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 4-dekabrdagi 568-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlari ishlari boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 15-iyundagi 285-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlar ishlari boʻyicha respublika kengashini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 4-dekabrdagi 568-son qaroriga qisman oʻzgartirish kiritish haqida” 1993-yil 15-dekabrdagi 602-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 94-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)