Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON YoShLARI BOʻYIChA RESPUBLIKA
KENGAShINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 1992-YIL 4 DEKABRDAGI 568-SON
QARORIGA QISMAN OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON YoShLARI BOʻYIChA RESPUBLIKA
KENGAShINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 1992-YIL 4 DEKABRDAGI 568-SON
QARORIGA QISMAN OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 75-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida” 2016-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-406-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yuqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-dekabrdagi 568-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston yoshlar ishlari boʻyicha respublika kengashiga Kengash aʼzolarining ayrimlari undan chiqib ketgan taqdirda Kengash tarkibiga tegishli vazirliklar, idoralar va viloyatlar hokimliklarining yangi rahbarlarini kiritish huquqi berilsin”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 15-dekabr,
602-son