Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 26.04.2016 yildagi 121-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” XI Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2016” V Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qarorini bajarish yuzasidan, qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishini yanada jadal rivojlantirish, eng yangi texnologiyalar va zamonaviy texnika bilan jihozlangan meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ixcham korxonalarni tashkil etish, yetakchi xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan ilg‘or, yuqori samarali texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan tanishish uchun fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni sotib olishda ularga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-son qarori bilan tashkil etilgan 2012 — 2016-yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish va masalalarni tezkor hal etish Idoralararo komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) 2016-yil 31-may — 3-iyunda Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining ko‘rgazma maydonlari bazasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” (keyingi o‘rinlarda “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” ko‘rgazmasi deb ataladi) XI Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2016” (keyingi o‘rinlarda “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmasi deb ataladi) V Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini birgalikda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining ko‘rgazmalar maydonlari ko‘rgazmalar ishtirokchilariga bepul beriladi, ko‘rgazma stendlarini qurish va qo‘shimcha ko‘rgazma uskunalarini taqdim etish va xizmatlar ko‘rsatish esa belgilangan normativlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” XI Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2016” V Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini o‘tkazishning mavzuli rejalari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rgazmalar doirasida 2016-yil 31-may — 3-iyun davrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi ko‘magida, fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari taqdimotlarini tashkil etgan holda, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati kinolektoriysida har kungi mavzuli seminarlarni o‘tkazishning namunaviy ssenariysi 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari rahbarlarining, respublikaning barcha mintaqalaridagi fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari vakillarining ko‘rgazmalarga kelish jadvali, shuningdek mintaqalardan ko‘rgazma ishtirokchilarining Toshkent shahrida bo‘lishi bo‘yicha birkitilgan mas’ul shaxslar ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ-449-son qarori bilan tashkil etilgan Respublika agrosanoat kompleksi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita Idoralararo komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash uchun zamonaviy texnologiyalar hamda asbob-uskunalar, shuningdek qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining yetakchi jahon va mahalliy ishlab chiqaruvchilarini o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda qatnashishga jalb etish bo‘yicha faol reklama-axborot va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ko‘rgazmalar ishtirokchilari o‘rtasida shartnoma asosida tarqatish maqsadida O‘zbekistonda va xorijda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarning mufassal katalogini nashr etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Fermerlari kengashi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘plab talab qilinadigan texnologiyalar va asbob-uskunalar turlari bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga bir hafta muddatda taqdim etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari vakillarining, shuningdek respublika mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlarining o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda bevosita qatnashishini ta’minlasinlar va ularga kontraktlarni imzolashida ko‘maklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ–449-son qarorining 7-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” ko‘rgazmasida ishtirok etish doirasida, shuningdek ko‘rgazma-savdo davomida tuzilgan kontraktlarni bajarish yuzasidan agrosanoat kompleksi uchun texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalarni chetdan keltiruvchi tashkilotlarga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi subyektlariga “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarini tender savdolari o‘tkazmasdan sotib olishiga istisno tartibida ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Idoralararo komissiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmasi natijalariga ko‘ra 2016-yil 30-iyungacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligiga yetkazib berish uchun jahondagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan texnikaning xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan zamonaviy va yuqori unumli turlarini tanlab olish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi buyurtmanomalariga binoan, o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ko‘rgazmalar o‘tkaziladigan, shuningdek ularning ishtirokchilari yashaydigan joylarda jamoat tartibi va yong‘in xavfsizligining to‘lov undirilmasdan qo‘riqlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rgazmalar ishtirokchilarini “Toshkent” aeroportida kutib olish va kuzatib qo‘yishlarni tashkil etish shtabi ishlari muvofiqlashtirilishini, bunda shtabning zarur miqdorda tashkiliy-texnika va aloqa vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek “Toshkent” aeroportida ko‘rgazma ishtirokchilariga transport xizmati ko‘rsatish nazarda tutilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi buyurtmanomalariga binoan, ko‘rgazmaga yuborilayotgan ko‘rgazmalar yuklarining imtiyozli yuk tariflari bo‘yicha tashilishini, belgilangan yuk tariflaridan 30 foizli chegirma berilishini, yuklarning “Toshkent” aeroportida ishlanishi va saqlanishi uchun yig‘imlar to‘lovidan ozod qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” va “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmalari ishtirokchilari uchun aviachiptalarning band qilinishi va sotilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rgazmalar ishtirokchilariga “Toshkent” aeroportining SIP zali orqali, to‘lov undirilmasdan xizmatlar ko‘rsatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent” aeroporti binosi xonalarining “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” va “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmalari reklama ko‘rsatkichlari bilan jihozlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbir mehmonlariga va ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatadigan avtotransport vositalarining taksilar va turizm avtobuslari uchun mo‘ljallangan “Toshkent” aeroporti avtomobillar to‘xtash joyiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi buyurtmanomalariga binoan bepul kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning hamda “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” va “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmalari ishtirokchilarining buyurtmanomalariga binoan, ko‘rgazmaga yuborilayotgan ko‘rgazma yuklarining imtiyozli tariflar bo‘yicha tashilishini, belgilangan stavkalarning kamida 30 foizi miqdorida chegirma berilishini, belgilangan manzilga yetkazib berishning va temir yo‘lda ko‘rgazmaga olib kelinayotgan yuklarni tushirish uchun vagonlarning yig‘imlar undirilmasdan o‘z vaqtida berishning tezkor kuzatib turilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rgazmaga kelayotgan vagonlarning bo‘sh turib qolganligi uchun to‘lovlardan ozod qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ko‘rgazmalarga tayyorgarlik va ko‘rgazmalar ishlarining matbuotda hamda elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet-nashrlarda keng yoritilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan, “Uzbekistan Agrotech Expo-2016” va “Uzbekistan Agromash Expo-2016” ko‘rgazmalariga keluvchilar uchun shartnoma asosida, imtiyozli shartlarda ma’lumotnoma-axborot bukletlari hamda sumkalar tayyorlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 17-son, 175-modda)