Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 21.05.2012 yildagi PQ-1758-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-2016 YILLARDA QIShLOQ XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShINI YaNADA MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIK VA TEXNOLOGIK JIHATDAN QAYTA JIHOZLASh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligini va sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, jahon talablari va standartlariga javob beradigan zamonaviy yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash darajasini tubdan oshirish, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash uchun xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo yetakchi xorijiy kompaniyalarning toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarini keng jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” AJ, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012 — 2016-yillarda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi maʼqullansin. Dastur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012 — 2016-yillarda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va uning asosiy turlarini yangilashning 1-ilovaga* muvofiq prognoz parametrlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova berilmaydi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012 — 2016-yillarda qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi, transport vositalari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash boʻyicha texnologik asbob-uskunalarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha 2 va 3-ilovalarga* muvofiq investitsiya loyihalari roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2 va 3-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi (U.U.Rozuqulov), qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tijorat banklari bilan birgalikda 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlari oʻz vaqtida roʻyobga chiqarilishini, shu jumladan loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini, qurilish-montaj ishlari bajarilishini hamda quvvatlar foydalanishga topshirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2012 — 2016-yillarda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturini amalga oshirishni taʼminlash yuzasidan 4-ilovaga* muvofiq tarkibda Ishlarni muvofiqlashtirish va masalalarni tezkor hal etish boʻyicha idoralararo komissiya tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*4-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya (U.U.Rozuqulov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda har yili 1-sentabrgacha ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq qishloq xoʻjaligi texnikasining barcha turlari va tiplari koʻrgazmalari oʻtkazilishini taʼminlasin va ularning natijalari boʻyicha 15-sentabrgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga eng yaxshi jahon namunalariga mos hamda xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan texnikaning zamonaviy va samarali tiplarini ishlab chiqarish hamda qishloq xoʻjaligiga yetkazib berish uchun tanlab olish boʻyicha takliflarni kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga eng yangi qishloq xoʻjaligi texnikasiga oid maxsus konstruktorlik byurosi tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin, bunda respublikadagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining oʻziga xos xususiyatlari hamda paxtachilik, ozuqa yetishtirish, sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik singari qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlarida tuproqqa ishlov beradigan, koʻchat oʻtqazadigan, hosilni yigʻishtiradigan va xizmat koʻrsatuvchi texnikaga nisbatan qoʻyiladigan talablar nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyaga (U.U.Rozuqulov) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarining birgalikdagi taqdimnomasiga koʻra qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasini ishlab chiqarish va xarid qilish hajmlari, shuningdek bozor konyunkturasiga va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi texnologiyasi rivojlanishiga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlari oʻzgarishi mumkinligini nazarda tutgan holda Dasturga aniqlashtirish va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagicha tartib oʻrnatilsin, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3922-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 07/18/3922/1814-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3922-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 07/18/3922/1814-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalangan holda lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olish 5-ilovaga* muvofiq haq toʻlash shartlarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*5-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishni, ekin maydonlari va mexanizatsiyalashtirilgan ishlar hajmini hisobga olgan holda moliyalashtirishning turli manbalari boʻyicha qishloq xoʻjaligi texnikasiga boʻlgan ehtiyojni va ularni xarid qilishning zarur hajmini aniqlash asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olish uchun har yilgi shartnoma kampaniyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga shartnoma kampaniyasi oʻz vaqtida va sifatli tashkil etilishi, shuningdek ehtiyot qismlar sotib olishga va qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha xizmat shartnomalari tuzilishi borasida shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari ishlab chiqariladigan mahsulotlarga narxlarni shakllantirishda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirishga sotiladigan mahsulot tannarxining 1 foizi miqdoridagi sarf-xarajatlarni nazarda tutsinlar, ushbu mablagʻlar keyinchalik korxonalarning alohida hisob raqamlarida jamlanadi va ulardan korxonalarni boshqarishning tegishli organlari bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari ushbu qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan litsenziya bitimlari asosida texnika, butlovchi buyumlar va ularga detallarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnika, butlovchi uzellar, detallar va ularga ehtiyot qismlarning yangi turlari sotilishi yuzasidan foydadan olinadigan soliqdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnika, butlovchi uzellar, detallar va ularga ehtiyot qismlarning yangi turlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy mablagʻlar yuzasidan mol-mulk soligʻidan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012 — 2016-yillarda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 21-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
№ PQ-1758
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 5-son, 139-modda; 2016-y., 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 07/18/3922/1814-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)