Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 24.08.2006 yildagi PQ-449-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ XO‘JALIGI UChUN MINITEXNOLOGIYALAR VA IXChAM USKUNALARNING XALQARO IXTISOSLAShTIRILGAN KO‘RGAZMA-SAVDOSINI O‘TKAZIShNI TAShKIL QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichik korxonalarni yetakchi xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy, ilg‘or minitexnologiyalar va uskunalar bilan tanishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni sotib olish va ishlab chiqarishga tatbiq etishga va shu asosda qishloq xo‘jaligi xomashyosini yanada chuqurroq qayta ishlashni ta’minlash, sifatli, raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Fermer xo‘jaliklari uyushmasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-oktabrdan 10-noyabrgacha Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” MKK” OAJning ko‘rgazma maydonlarida qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yilning 10-noyabridan boshlab “O‘zekspomarkaz” MKK” OAJ hududida fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichik korxonalar uchun minitexnologiyalar va uskunalarning doimiy ishlaydigan ko‘rgazma-savdosini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosiga minitexnologiyalar va ixcham uskunalar ishlab chiqaruvchi yetakchi xorijiy kompaniyalarni keng ko‘lamda jalb qilish va ularning ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “O‘zekspomarkaz” MKK” OAJning ko‘rgazma maydonlari ko‘rgazma ishtirokchilariga tekin berilishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi (“Uzbekistan Agrominitech Expo-2006”)ni o‘tkazishning mavzu-ekspozitsiya rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkiliy qo‘mita (Sh.M. Mirziyoyev) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda shu yilning 20-oktabrigacha Germaniya, Vengriya, Italiya, Belgiya, Avstriya va boshqa mamlakatlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalar ishlab chiqaradigan yetakchi kompaniyalarni ko‘rgazma-savdoda qatnashishga jalb etish bo‘yicha faol reklama — axborot va tashkiliy ishlarni olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklarining rahbarlari, shuningdek respublikaning barcha mintaqalaridagi agrofirma va fermer xo‘jaliklarining vakillari tomonidan ko‘rgazmani borib ko‘rish jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari va lizing kompaniyalari bilan birgalikda ko‘rgazma doirasida import minitexnologiyalari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga taalluqli tematik seminarlarni 4-ilovaga* muvofiq tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rgazma qatnashchilari orasida tarqatish uchun chet ellarda ishlab chiqariladigan minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning batafsil katalogini nashr etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari Savdo-sanoat palatasi hamda Fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda o‘n kun muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha kichik korxonalar tomonidan ehtiyoj mavjud bo‘lgan minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning turlari bo‘yicha takliflarni taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasiga 2 yilgacha bo‘lgan muddatga minitexnologiyalar va ixcham uskunalar namunalarini vaqtincha olib kirish rejimida keyinchalik ularni tuzilgan import yoki lizing shartnomalari asosida agrofirmalar va fermer xo‘jaliklariga sotilishiga sharoit yaratish uchun, istisno tariqasida, bojxona to‘lovlarisiz rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rgazma-savdolarda ishtirok etish maqsadida qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalar olib keluvchi kompaniyalar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari), shuningdek mazkur minitexnologiyalar va uskunalarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining talabnomalariga ko‘ra ko‘rgazmaning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan tezkor rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladigan joylar va ko‘rgazma ishtirokchilarining yashash joylarida to‘lov undirilmagan holda jamoat tartibi saqlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi ishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-449-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 342-modda)