Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 10.02.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2763
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 10.02.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2763
Kuchga kirish sanasi
15.02.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 10-fevralda 2763-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-q/q-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 31-dekabrdagi 28-mh, 46, 61-q/q-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni (bundan buyon matnda oʻquvchilar deb yuritiladi) jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasidan (bundan buyon matnda maktab-internat deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi muassasasiga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasasi (bundan buyon matnda davolash-profilaktika muassasasi deb yuritiladi) — ruhiy va asab tizimi kasalliklari va ularning asoratlari, sil kasalligining barcha turlari va davrlarida davolanish uchun moʻljallangan shifoxonalar hamda barcha turdagi bolalar sanatoriylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi muassasasi (bundan buyon matnda “Muruvvat” internat uyi deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogiron bolalar uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻquvchilarni maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasi yoki “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish maktab-internat pedagogik kengashining qaroriga asosan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi huzuridagi bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (bundan buyon matnda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya deb yuritiladi) xulosasiga koʻra, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktab-internat rahbariyati mazkur turdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqishga layoqati boʻlmagan oʻquvchilarni davolash-profilaktika muassasasi yoki “Muruvvat” internat uyiga joylashtirishga koʻmaklashishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻquvchilarni maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga hamda “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻquvchini maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻquvchining ota-onasi va maktab-internat rahbariyati tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj oʻquvchini oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng davolash-profilaktika muassasasiga vaqtinchalik oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻquvchini maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish uchun uning ota-onasi oʻtkazish sabablarini, davolash-profilaktika muassasasi nomini koʻrsatgan holda maktab-internat direktoriga ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga bolaning rivojlanish tarixidan mufassal koʻchirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi shifokorining oʻquvchini davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisidagi xulosasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi hollarda maktab-internat rahbariyati ota-onalarning yozma roziligini olgan holda oʻquvchini davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish choralarini koʻrishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab-internat tibbiyot xodimi tomonidan oʻquvchini davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish toʻgʻrisida tavsiya berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy koʻrik paytida oʻquvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy oʻzgarishlar aniqlanib, uni statsionar sharoitda davolash lozim deb topilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ota-onalarning arizasi yoki yozma roziligiga asosan ushbu masala maktab-internatning pedagogik kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi. Pedagogik kengash qaroriga asosan, maktab-internat direktori psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga tegishliligiga koʻra quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning rivojlanish tarixidan mufassal koʻchirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi shifokorining oʻquvchini davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab-internat tibbiyot xodimining oʻquvchini davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi tavsiyanomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy oʻzgarishlar aniqlanganligi haqida tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan shifokorning xulosasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taqdim etilgan hujjatlar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab internatlarga) yuborish boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2519, 2013-yil 24-oktabr) muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻquvchini davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilish uchun ota-onalar yoki maktab-internat rahbariyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab-internat tomonidan berilgan oʻquvchi taʼlim olayotgan sinf koʻrsatilgan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab-internat tomonidan berilgan psixologik-pedagogik tavsifnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻquvchi davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilingach, unga kasallik tarixi ochiladi hamda shu kun oʻquvchi davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazilgan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolash-profilaktika muassasasi shu kunning oʻzida oʻquvchining ota-onasiga va maktab-internatga oʻquvchining davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻquvchining davolash-profilaktika muassasasidagi davolanish muddati tugaganidan soʻng uning ota-onasiga yoki maktab-internatga davolash-profilaktika muassasasi rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan sinf jurnalidan koʻchirilgan baholash qaydnomasi hamda oʻquvchining davolash-profilaktika muassasasida davolanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻquvchini maktab-internatdan “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻquvchining ota-onasi va maktab-internat rahbariyati maktab-internatda taʼlim olishga layoqatsiz, ruhiyatida sezilarli nuqsonlar mavjud boʻlgan, doimiy tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj (etiologiyasi har xil boʻlgan oʻrtacha darajadagi aqliy zaiflik (ogʻirlashgan shakli), ogʻir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik va hokazo) nogiron oʻquvchilarni maktab-internatdan “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻquvchini maktab-internatdan “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish uchun uning ota-onasi oʻtkazish sabablarini, “Muruvvat” internat uyi nomini koʻrsatgan holda maktab-internat direktoriga ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga bolaning rivojlanish tarixidan mufassal koʻchirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi shifokorining oʻquvchini “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisidagi xulosasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagi hollarda maktab-internat rahbariyati ota-onalarning yozma roziligini olgan holda oʻquvchini “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish choralarini koʻrishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab-internat tibbiyot hamda pedagog xodimlari tomonidan muassasa rahbariyatiga oʻquvchini “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish toʻgʻrisida tavsiya berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy koʻrik paytida oʻquvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy oʻzgarishlar aniqlanib, uni “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish lozim deb topilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ota-onalarning arizasi yoki yozma roziligiga asosan ushbu masala maktab-internatning pedagogik kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi. Pedagogik kengash qaroriga asosan, maktab-internat direktori psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga tegishliligiga koʻra quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning rivojlanish tarixidan mufassal koʻchirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi shifokorining oʻquvchini “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab-internat tibbiyot hamda pedagog xodimlarining oʻquvchini “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi tavsiyanomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy oʻzgarishlar aniqlanganligi haqida tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan shifokorning xulosasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Taqdim etilgan hujjatlar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab internatlarga) yuborish boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizomga (roʻyxat raqami 2519, 2013-yil 24-oktabr) muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning oʻquvchini “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosasiga muvofiq oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab-internat direktori oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Muruvvat” internat uyiga oʻtkazish uchun maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarilgan oʻquvchining ota-onasiga maktab-internat rahbariyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchining maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchining tibbiy kartasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab-internat tomonidan berilgan psixologik-pedagogik tavsifnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻquvchilarni “Muruvvat” internat uylariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 6-son, 60-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)