1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 22-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-sonli “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi 422-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 78-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 12-iyuldagi 137 (4547)-sonida eʼlon qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 11-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-162-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogiron — jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogiron bolalar — jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish — nogironlarga turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi, qoplashi (kompensatsiya qilishi) uchun shart-sharoitlarni taʼminlovchi hamda ularga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni reabilitatsiya qilish — nogironlarga organizmining izdan chiqqan yoki yoʻqolgan funksiyalarini tiklashiga va ularni kompensatsiya qilishiga, turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi uchun yordam berishga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik, jismoniy, kasbga, mehnatga doir chora-tadbirlar tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza — muayyan shaxs organizmining barcha tizimlarini kompleks tekshirish asosida uning sogʻligʻini yoʻqotganlik darajasini, organizmi funksiyalari turgʻun buzilishi oqibatida turmush faoliyatining cheklanganlik darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning yuz berganligi sabablari hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sogʻligʻining holatiga koʻra amalga oshirishi mumkin boʻlgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari, oʻzgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga boʻlgan ehtiyojlari haqida tavsiyalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi — shaxsning oʻziga oʻzi xizmat qilish, harakatlanish, yoʻlni topa olish, muloqot qilish, oʻz xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek oʻqish va mehnat faoliyati bilan shugʻullanish qobiliyatini yoki imkoniyatini toʻla yoxud qisman yoʻqotganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Shaxsni nogiron deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni, shu jumladan oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan, oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish esa, tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari va tibbiy-maslahat komissiyalarini tuzish, shuningdek ular tomonidan xulosalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “16 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2005, 15.09.2009-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-dekabrdagi 104 va 41-son qarori bilan tasdiqlangan “16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish qoidalari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Nogironlar huquqlarining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida ularning ijtimoiy yordam hamda himoya chora-tadbirlariga boʻlgan ehtiyojlari hisobga olinishi taʼminlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turlaridagi dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan uygʻunlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha shakllaridan himoya qilishni taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrilishini kafolatlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan “2018-yil hisobot davridan boshlab tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan jamlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot faoliyatini aks ettiruvchi qoʻshimcha statistik koʻrsatkichlar roʻyxati”, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-dekabrdagi 307-son qarori bilan tasdiqlangan “Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi toʻgʻrisida nizom”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarning huquqlari va ular uchun imkoniyatlar tengligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlimini, nogironlarning kasb tayyorgarligini, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim olishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nogironlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasidagi faoliyatining oshkoraligini hamda ochiq-oydinligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantiradi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga doir davlat dasturlarini, shuningdek hududiy dasturlarni shakllantiradi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlovchi davlat organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni hamda mutaxassislar tayyorlashni moliyalashtiradi va tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj boʻlgan nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi statsionar muassasalar tarmogʻini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam sonini zaxirada saqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya, ilmiy-ishlab chiqarish markazlari, davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi ambulatoriya va statsionar davolash-profilaktika muassasalarida, nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish statsionar muassasalarida tiklash terapiyasi boʻlinmalari, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanatoriy-kurort muassasalari tizimini, shuningdek nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha korxonalar va tashkilotlar tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining nogironlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari nogironlarning huquqlarini taʼminlash hamda ularni ijtimoiy himoya qilishga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarning huquqlarini taʼminlashga doir vakolatlarni amalga oshirishda davlatdan va belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlardan huquqiy, uslubiy, tashkiliy hamda moliyaviy yordam olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda, shuningdek tegishli tadbirlarni moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishi, transportdan, aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Aholi punktlarini loyihalash va qurish, transport vositalari, aloqa va axborot vositalarini yaratish hamda ishlab chiqarishda nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning kirishi va foydalanishi uchun moslashtirilmagan holda aholi punktlarini loyihalash va qurishga, turar joy dahalarini barpo etishga, yangi qurilish uchun loyiha yechimlarini ishlab chiqishga, binolar, inshootlar va ularning komplekslarini rekonstruksiya qilishga, shuningdek transport vositalarini, umumiy foydalanishdagi aloqa vositalari va axborot vositalarini yaratish hamda ishlab chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binolar, inshootlar va ularning komplekslarini qurish hamda rekonstruksiya qilish normalari va qoidalari nogironlarning tegishli jamoat birlashmalari fikrini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilishi lozim.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishini, transportdan, aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nogironlarning (shu jumladan oʻrindiqli aravacha hamda yetaklovchi itlardan foydalanuvchi nogironlarning) ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolariga, imoratlar va inshootlarga, sogʻliqni saqlash va sport obyektlariga, madaniy-tomoshagoh hamda boshqa muassasalarga) toʻsqinliksiz kirishi uchun, shuningdek temir yoʻl, havo, suv transportidan, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilar transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa vositalari va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga transport xizmati koʻrsatishni amalga oshiruvchi tashkilotlar vokzallarni, aeroportlarni hamda boshqa obyektlarni ularning xizmatlaridan nogironlar toʻsqinliksiz foydalanishi imkonini beruvchi maxsus moslamalar bilan jihozlashni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlar yoki oʻz tarkibida nogiron bor oilalar egallagan turar joylar, shuningdek nogironlar uchun qurilayotgan uy-joylar nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlanishi kerak. Bunday turar joylarni jihozlash uy-joy fondi oʻz tasarrufida boʻlgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni moliyalashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Mazkur obyektlarni ularga nogironlarning toʻsqinliksiz kirishi uchun moslashtirishning imkoni boʻlmagan hollarda, tegishli tashkilotlar nogironlarning ehtiyojlarini qanoatlantirishni taʼminlovchi zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishini, transportdan, transport kommunikatsiyalaridan, aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishini taʼminlashga doir vazifalarni bajarmaganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolariga, imoratlar va inshootlarga, sogʻliqni saqlash va sport obyektlariga, madaniy-tomoshagoh muassasalarga va boshqa muassasalarga) toʻsqinliksiz kirishi uchun, shuningdek temir yoʻl, havo, suv, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilar transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish boʻyicha ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi tashkilotlarni ushbu Qonunning nogironlar ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirishi, transportdan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratishga doir talablarini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nogironlarni reabilitatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Nogironlarni reabilitatsiya qilishning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni reabilitatsiya qilishning maqsadi nogironlarga toʻlaqonli turmush kechirish hamda oʻz huquqlari va potensial imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish imkonini beruvchi ijtimoiy maqomini, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatishga va kasbiy faoliyatning har xil turlariga doir qobiliyatlarini tiklashdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Nogironlarni reabilitatsiya qilish turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni reabilitatsiya qilish quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi chora-tadbirlarning yaxlit tizimidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni tibbiy reabilitatsiya qilish, bu tiklash terapiyasi, rekonstruktiv jarrohlik, protezlash va ortezlashdan iborat boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni kasbiy reabilitatsiya qilish, bu kasbga yoʻnaltirish, kasb taʼlimi berish, kasb-hunar-ishlab chiqarish moslashuvidan va ishga joylashtirishdan iborat boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, bu ijtimoiy-muhitda yoʻlini topa olish va ijtimoiy-maishiy moslashuvdan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida ishlab chiqilgan, nogiron uchun eng maqbul reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari kompleksi boʻlib, u organizmning izdan chiqqan yoki yoʻqolgan funksiyalarini, shuningdek nogironning mehnat faoliyati muayyan turlarini bajarishga boʻlgan qobiliyatlarini tiklashga, ularni kompensatsiya qilishga qaratilgan tibbiy, kasbiy reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini hamda reabilitatsiya qilishning boshqa chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarishning ayrim turlari, shakllari, hajmlari, muddatlari va tartibini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi tashkilotlar bajarishi uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi nogiron uchun tavsiya tusiga ega boʻlib, nogiron reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarining u yoki bu turini, shaklini va hajmini, shuningdek dasturning amalga oshirilishini butunlay rad etishi mumkin. Nogiron oʻzini muayyan texnika vositasi yoki boshqa vosita yoxud reabilitatsiya qilish turi, shu jumladan avtomobillar, oʻrindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar, signalizatorlar, subtitrli yoki surdo tarjimasi boʻlgan videomateriallar, boshqa shunga oʻxshash vositalar bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi masalani mustaqil ravishda hal qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga reabilitatsiya qilishning texnika vositalarini taqdim etish va reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatish, qoida tariqasida, natura shaklida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nogironga nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida nazarda tutilgan texnika vositasini taqdim etishning yoxud xizmat koʻrsatishning imkoni boʻlmasa yoki agar nogiron oʻz hisobidan tegishli vositani olgan yoxud xizmat uchun haq toʻlagan boʻlsa, unga nogiron uchun taqdim etilishi lozim boʻlgan texnika vositasining yoxud koʻrsatilishi lozim boʻlgan xizmatning qiymati miqdorida kompensatsiya toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogiron reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini butunlay rad etgan yoki bu dasturning ayrim qismlari roʻyobga chiqarilishini rad etgan taqdirda, tegishli tashkilotlar mazkur dasturning yoki dastur ayrim qismlarining bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi toʻgʻrisida”gi nizomga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Nogironlarning taʼlimi va ularni kasbga tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Nogironlarning taʼlim olishi, ularni kasbga tayyorlash va malakasini oshirish shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning taʼlim olishi, ularni kasbga tayyorlash va malakasini oshirish: ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan shakllarda, eksternat, masofadan oʻqitish, davlat taʼlim standartlari asosida oiladagi taʼlim va mustaqil taʼlim shakllarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Nogiron bolalarning maktabgacha taʼlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogiron bolalarning maktabgacha taʼlimi maktabgacha taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi. Agar nogiron bolalarning sogʻligʻi maktabgacha taʼlim muassasalarida boʻlishi imkoniyatini istisno etsa, nogiron bolalarning maktabgacha taʼlimi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, shu jumladan internat-uylarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Nogironlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlimi barcha taʼlim muassasalarida, zarur boʻlgan hollarda esa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya qilish muassasalarida davolanayotgan nogiron bolalar uchun oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Nogironlarni kasbga tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni kasbga tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim muassasalarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, shuningdek nogironlar jamoat birlashmalarining korxonalarida ijtimoiy taʼminot muassasalari bilan birgalikda nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbga tayyorlash va malakasini oshirish davrida nogironlarni moddiy jihatdan taʼminlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Nogiron bolalarning maktabdan tashqari taʼlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari nogiron bolalarning ularni har tomonlama va uygʻun rivojlantirishga, ularda ijtimoiy faollikni, mehnatga qiziqishni tarbiyalashga, ularni ilm-fan, texnika, sanʼat va sportga jalb etishga qaratilgan maktabdan tashqari taʼlimdan foydalanishini taʼminlaydi, buning uchun zarur sharoitlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Nogiron bolalarning oiladagi taʼlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogiron bolalarning oiladagi taʼlimi taʼlim muassasalarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olishning imkoni boʻlmagan taqdirda, ota-onaning yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning istagi hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Bunda ota yoki onaga yoxud ota yoki ona oʻrnini bosuvchi shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda moddiy taʼminot hamda imtiyozlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari nogiron bolalarning oilada taʼlim olishida ota-onaga yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga yordam koʻrsatishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2691, 30.06.2015-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Nogiron bolalarni statsionar muassasalarda tarbiyalash va oʻqitish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statsionar muassasalarda doimiy ravishda turadigan nogiron bolalar uchun mazkur muassasalar tomonidan tarbiya va taʼlimning ijtimoiy-maishiy hamda mehnat koʻnikmasi hosil qilish bilan uygʻun holdagi uzluksizligi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Imo-ishora tili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imo-ishora tili Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan shaxslar oʻrtasidagi muloqot vositasi sifatida tan olinadi. Imo-ishora tilining huquqiy maqomi va uning qoʻllanilishi sohasi qonun hujjatlarida belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.04.00 Ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borayotgan xodimlar uchun imtiyozlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Nogironlar mehnati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Nogironlarning mehnat sharoitlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotlarda band boʻlgan nogironlarga nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq zarur mehnat sharoitlari yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa yoki yakka tartibdagi mehnat shartnomasida belgilanadigan mehnat sharoitlari, shu jumladan mehnatga haq toʻlash, ish vaqti va dam olish vaqti rejimi, yillik hamda qoʻshimcha taʼtillarning muddati normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilganidan kam boʻlmasligi va boshqa xodimlarga nisbatan nogironlarning ahvolini yomonlashtirmasligi yoki huquqlarini cheklamasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Mehnat qilish huquqini nogironlar tomonidan roʻyobga chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogiron mehnat sharoitlari odatdagicha boʻlgan tashkilotlarda, nogironlar mehnatidan foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlar va uchastkalarda ishlashga, shuningdek qonun bilan taqiqlanmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi tufayli nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ish yuzasidan uni yuqori lavozimga koʻtarishni rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, nogironni uning roziligisiz boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga koʻra nogironning sogʻligʻi kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa shaxslarning sogʻligʻi va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasno. Nogiron oʻz mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin ilgarigi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Nogironlarni ish bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq boʻlgan korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam sonini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarmaganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi tashkilotlarni ushbu Qonunning nogironlarni ish bilan taʼminlashga doir talablarini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlar mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan korxonalar, sexlar va uchastkalar tashkil etiladi. Koʻzi ojiz nogironlar sharoitlari oʻz imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishda ishtirok etishda imtiyozli huquqqa ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi nogironlarga mazkur faoliyat uchun yashashga moʻljallanmagan joylar berilishida, xomashyo olishi va mahsulot sotishida zarur yordam koʻrsatadi.
(25-moddaning ikkinchi — yettinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2018-yil 25-yanvardagi 4-B-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi”gi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga quyidagi turlardagi ijtimoiy yordam koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul toʻlovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yoʻla beriladigan toʻlovlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnika vositalari yoki boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, oʻrindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan taʼminlash;
LexUZ sharhi
Qarang: “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2801, 14.06.2016-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy, kasbiy, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va maishiy xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport xizmatlari koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatuvchi davlat organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga mahalliy davlat hokimiyati organlari, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, boshqa davlat organlari tomonidan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari va tibbiy-maslahat komissiyalarining xulosalari asosida qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
(27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, homiylik tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ishtirokida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj nogironlarga tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan uyda yoki nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish statsionar muassasalarida tibbiy va maishiy xizmatlar koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish haqida”gi nizom (roʻyxat raqami 2243, 11.07.2011-y.).
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xodim ish beruvchining aybi bilan nogiron boʻlib qolsa hamda oʻzgalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj boʻlsa, unda ish beruvchi nogiron mehnat qobiliyatini yoʻqotgan davrda uni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari yoki tibbiy-maslahat komissiyalarining xulosasiga binoan parvarish qilayotgan shaxsni oʻz hisobidan taʼminlashi hamda jabrlangan xodimga yetkazilgan moddiy zarar va maʼnaviy ziyonning oʻrnini qoplashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Nogironlarning internat-uylarda yoki nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa statsionar muassasalarida boʻlish sharoitlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning internat-uylarda yoki nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa statsionar muassasalarida boʻlish sharoitlari nogironlarning ushbu Qonunga muvofiq oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish imkoniyatini taʼminlashi, ularning ehtiyojlari qanoatlantirilishiga koʻmaklashishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Nogironlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamni moliyalashtirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda respublika budjeti va mahalliy budjetlar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish jamgʻarmalari mablagʻlari, shuningdek tashkilotlar va fuqarolarning ixtiyoriy badallari hisobidan ijtimoiy yordam beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Nogironlarga va oʻz tarkibida nogiron bor oilalarga imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga va oʻz tarkibida nogiron bor oilalarga uy-joy berish, ularning uy-joy olishi, qurishi va undan foydalanishi boʻyicha imtiyozlar uy-joy toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyga ega boʻlmagan nogironning sogʻligʻini reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari natijasida internat-uyda yoki nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa statsionar muassasasida bundan keyin boʻlishiga zarurat qolmagan taqdirda, unga yashash uchun qulay uy-joy maydoni beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalikdan nogironlarga hamda boshqa I va II guruh nogironlariga turar joy ularning ish joylariga, davolash-profilaktika muassasalariga va transport yoʻnalishlariga yaqin boʻlishi zarurligi hisobga olingan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internat-uylarda yoki nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa statsionar muassasalarida turadigan yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan nogiron bolalar voyaga yetganidan keyin nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq, agar dasturda oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish va mustaqil turmush tarzi olib borish imkoniyati nazarda tutilgan boʻlsa, uy-joy maydoni bilan navbatdan tashqari taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni dori vositalari bilan taʼminlash, ularga texnik yoki boshqa vositalar berish, shuningdek maishiy xizmatlar va transport xizmatlari koʻrsatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlar asosida amalga oshiriladi.
(31-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Nogironlarning jamoat birlashmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalari tushunchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlar oʻzlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida nogironlar tomonidan tashkil etilgan tashkilotlar nogironlarning jamoat birlashmalari deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalarini tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning jamoat birlashmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalariga moddiy-texnik va moliyaviy yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotlar va fuqarolar nogironlarning jamoat birlashmalariga moddiy-texnik hamda moliyaviy yordam koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 511-moddasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)