Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 24.10.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2519
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 24.10.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2519
Kuchga kirish sanasi
28.10.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 24-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2519]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda), “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 1-modda) qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-sonli “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 380-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab internatlarga) yuborish boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72 q/q-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2013-yil 25-sentabrdagi 38, 25, 72q/q-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda), “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 1-modda) qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 380-modda) muvofiq, bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari deb yuritiladi) yuborish boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarni (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi, shuningdek jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni ularning psixofizik imkoniyatlariga mos ravishda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Komissiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda xalq taʼlimi boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan ularning huzurida tashkil etiladi. Komissiyalar oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan mazkur Nizomga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya oʻz faoliyatini qarorlar qabul qilishda xolislik, ochiqlik, oshkoralik va kollegiallik prinsiplariga asoslangan holda olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya faoliyatini muvofiqlashtirish xalq taʼlimi boshqarmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda sogʻliqni saqlash boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya oʻz faoliyatini amalga oshirishda xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, shuningdek bolalarni ijtimoiy himoya qilish uchun vakolatli tashkilotlar, shu jumladan jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Komissiyaning maqsad va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiyaning maqsadi 5 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari mavjud bolalarni aniqlash va ularni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga (5–7 yoshdagi bolalarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari huzuridagi tayyorlov guruhlariga) yuborish uchun xulosa berishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ularning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni aniqlash uchun ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ishtirokida koʻrikdan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni koʻrikdan oʻtkazishda ular bilan bevosita muloqot qiladi va ulardagi nuqsonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlari haqida yashash joyidagi shifoxona shifokorlari tomonidan qoʻyilgan tashxisning ishonchliligini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarni kompleks ravishda tekshirish natijalari asosida ularning imkoniyatlarini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsoniga qoʻyilgan tashxis oʻz tasdigʻini topsa, ularni tegishli ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuborish uchun xulosa beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim muassasasiga oʻtkazish yuzasidan xulosa beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli muassasasiga oʻtkazish yuzasidan xulosa beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar bilan ishlaydigan pedagog, psixolog, tibbiy xodimlar hamda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga zarur maslahatlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
(7-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya har yili may oyining 20-sanasiga qadar tegishli xalq taʼlimi hamda sogʻliqni saqlash boshqarmalarining qoʻshma qaroriga asosan, rais, rais oʻrinbosari, aʼzolar va kotibdan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiyaning tarkibi, qoida tariqasida, toq sonda kamida 7 nafar aʼzodan iborat boʻladi. Komissiya tarkibiga oliy psixologik, tibbiy, pedagogik maʼlumotga hamda 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan yuqori malakali psixolog, pedagog-defektolog (oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog, logoped), psixonevrolog, nevropatolog, ortoped, otorinolaringolog, okulist, pediatr shifokorlar kiritiladi. Bunda tegishli yil uchun Komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassis kelgusi ikki yil mobaynida Komissiya tarkibiga aʼzo sifatida kiritilishi mumkin emas, rais, rais oʻrinbosari va kotib bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya raisi etib xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari etib sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha oʻrinbosari tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xalq taʼlimi boshqarmasining Umumiy oʻrta, maktabgacha taʼlim va darsliklar boʻlimining ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari boʻyicha masʼul mutaxassisi Komissiya kotibi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning ish rejasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari tomonidan Komissiyaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya raisi mehnat taʼtili, kasallik va boshqa sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda uning vazifalarini bajarish Komissiya raisining oʻrinbosariga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya faoliyati uchun zarur boʻlgan xona, jihozlar, didaktik va oʻquv-metodik materiallar xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya yigʻilishi rais tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan oʻtkaziladi. Bunda Komissiya yigʻilishlari ish hajmini inobatga olgan holda iyun oyining birinchi ish kunidan oktyabr oyining oxirgi ish kuniga qadar har haftada kamida bir marotaba, shundan keyin kelgusi yil uchun tashkil etiladigan Komissiya oʻz faoliyatini boshlaguniga qadar har oyda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya aʼzolari Komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan kun yoki Komissiya yigʻilishini oʻtkazish zarurati yoʻqligi haqida Komissiya kotibi tomonidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiyaning barcha aʼzolari Komissiya yigʻilishida ishtirok etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya yigʻilishida Komissiya aʼzolarining xulosalari asosida qaror qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bolani ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yuborish boʻyicha xulosa qabul qilingan taqdirda, unda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yuborilayotgan bola bilan olib boriladigan taʼlim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish ishlari boʻyicha tavsiyalar ham koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma Komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya kotibi tomonidan Komissiyaning ish faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga kelib tushgan arizalarni qayd qilish daftari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yigʻilishi bayonnomalarini qayd qilish daftari va bayonnomalarning nusxalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Komissiya tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiya xulosasini olish uchun bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bolaning taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bolaning oʻqish joyidan taʼlimning muddati, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda koʻmak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan maʼlumotnoma va tavsifnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal koʻchirma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning umumiy rivojlanishi holati toʻgʻrisida pediatrning xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixonevrologning tibbiy tashxisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun nutq va shivirlab aytilgan soʻzlarni idrok etish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, audiogramma maʼlumotlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oftalmologning koʻrish organiga tavsifi (koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun batafsil tashxisi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) yashash joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Taʼlim muassasalarida oʻqimagan bolalar uchun mazkur Nizomning 20-bandi “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlari taqdim etilgan bola Komissiyaning navbatdagi yigʻilishida tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bola tekshiruvdan oʻtkaziladigan kun haqida Komissiya kotibi tomonidan xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tekshiruvga olib kelingan bolalar Komissiya tomonidan ularning individual xususiyatlari, yoshi, jinsi, jismoniy va psixik holatini hisobga olgan holda kompleks tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bolalar psixologik-tibbiy-pedagogik koʻrsatmalarga muvofiq ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ishtirokida Komissiyaning har bir aʼzosi yoki bir vaqtning oʻzida bir nechta aʼzolari tomonidan tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Komissiya aʼzolari tomonidan bolalarni koʻrikdan oʻtkazish, ular bilan bevosita muloqot qilish va ulardagi nuqsonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni oʻrganish natijasida ularning jismoniy yoki psixik nuqsoniga qoʻyilgan tashxis oʻz tasdigʻini topsa, ularni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga yuborish yuzasidan xulosa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Komissiya xulosasi bolaning taʼlim olishi uchun maxsus sharoitlarga ega boʻlish huquqini taʼminlovchi hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tekshiruvdan oʻtkazilgan bola yuzasidan Komissiya yigʻilishi bayonnomasi ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga besh kun ichida berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Komissiya tomonidan berilgan xulosa va tavsiyalarning asosliligi uchun Komissiya raisi va aʼzolari javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yuborish xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan Komissiyaning xulosasiga koʻra, ota-onalar yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Komissiya faoliyati ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 43-son, 576-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)