06.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2749
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 06.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2749
Kuchga kirish sanasi
11.01.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 6-yanvarda 2749-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi 234-son “Vazirlar Mahkamasining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 16-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 16-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 16-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 16-dekabrdagi 20, 39 va 105-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi 234-son “Vazirlar Mahkamasining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolarning roʻyxatini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar quyidagi maʼlumot hamda hujjatlar asosida Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga (bundan buyon matnda Fuqarolar roʻyxati deb yuritiladi) kiritiladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2021-yil 20-sentabrdagi 37-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 15-sentabrdagi 55qq-son va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 15-sentabrdagi 52-son qaroriga (roʻyxat raqami 2749-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/2749-1/0917-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2021-yil 20-sentabrdagi 37-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 15-sentabrdagi 55qq-son va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 15-sentabrdagi 52-son qaroriga (roʻyxat raqami 2749-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/2749-1/0917-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy guvohnoma (harbiy bileti) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensiya guvohnomasi nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligini tasdiqlovchi arxiv muassasalari tomonidan berilgan hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, harbiy guvohnoma (harbiy bilet) va pensiya guvohnomasi nusxalari mudofaa ishlari boʻlimlariga fuqaro tomonidan topshiriladi. Fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligini tasdiqlovchi hujjat esa (arxiv muassasalari tomonidan berilgan maʼlumotnoma) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan tegishli arxiv muassasalaridan, zarur hollarda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning tegishli organlaridan rasmiy ravishda olinadi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2021-yil 20-sentabrdagi 37-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 15-sentabrdagi 55qq-son va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 15-sentabrdagi 52-son qaroriga (roʻyxat raqami 2749-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/2749-1/0917-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqaro vafot etganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash uchun chiqib ketganda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda Fuqarolar roʻyxatidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Fuqarolar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha ishlarni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolar roʻyxatini shakllantirishni tashkil etishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mudofaa ishlari boʻlimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qiladi va oʻrganib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligini tasdiqlovchi hujjat hamda biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlarini tegishli organlardan belgilangan tartibda soʻrab oladi;
(3-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2021-yil 20-sentabrdagi 37-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 15-sentabrdagi 55qq-son va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 15-sentabrdagi 52-son qaroriga (roʻyxat raqami 2749-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/2749-1/0917-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlarni, zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, tegishli mudofaa ishlari boshqarmalariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan shaxsga imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma rasmiylashtirib beradi, Fuqarolar roʻyxatidan chiqarilgan shaxsning imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomasi qaytarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan fuqarolar hisobini tegishli hudud boʻyicha yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mudofaa ishlari boshqarmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-yanvarga qadar mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlarni, zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan yuborilgan, Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi qarorni tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga yetkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar oʻrtasida muntazam ravishda bunday shaxslar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ulardan foydalanish tartibi va boshqa muhim masalalarni tushuntirish boʻyicha ishlar olib borilishini tashkil etadi;
(3-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-fevralga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, umumlashtiradi hamda ular asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi xamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi qarori loyihasini tayyorlaydi va uning belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlaydi.
(3-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 22-maydagi 10-son, Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 20-maydagi 27-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 16-maydagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2749-2, 31.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2749-2/0314-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi qaror kuchga kirgandan soʻng, uni 2 kun ichida mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi;
(3-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 22-maydagi 10-son, Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 20-maydagi 27-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 16-maydagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2749-2, 31.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2749-2/0314-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari:
(3-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 22-maydagi 10-son, Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 20-maydagi 27-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 16-maydagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2749-2, 31.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2749-2/0314-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 15-dekabrga qadar mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda boʻlimda hisobda turgan Fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan vafot etgan shaxslar haqidagi maʼlumotni tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ichki ishlar organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 15-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash uchun chiqib ketgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan Fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan shaxslar boʻyicha maʼlumotni tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolar roʻyxatiga kiritish va/yoki undan chiqarish uchun asos boʻlgan hujjatlar Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishni nazarda tutuvchi qaror kuchga kirgandan soʻng, saqlash uchun belgilangan tartibda tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hujjatlarni oʻrganish mobaynida fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligi tasdiqlanmagan taqdirda, uni Fuqarolar roʻyxatiga kiritish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomalarni rasmiylashtirib berish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Fuqarolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qarori kuchga kirgandan soʻng, u 2 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, shuningdek mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlariga yuboriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 22-maydagi 10-son, Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 20-maydagi 27-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 16-maydagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2749-2, 31.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2749-2/0314-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mudofaa ishlari boʻlimlari yuborilgan qarorga asosan 10 kun ichida Fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarga imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomalarni rasmiylashtirib beradi, Fuqarolar roʻyxatidan chiqarilgan fuqarolarga berilgan guvohnomalarning qaytarilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomadan faqat oʻz nomiga guvohnoma rasmiylashtirib berilgan fuqaro foydalanadi va u shaxs Fuqarolar roʻyxatidan chiqarilgunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma oʻrniga uning egasining arizasiga koʻra 10 kun ichida tegishli mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan guvohnomaning dublikati rasmiylashtirib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma dublikati yangi blankada uning yuqori oʻng burchagida “Dublikat” deb yozilgan holda guvohnomaning aslida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaroqsiz holga kelgan guvohnomaning dublikati rasmiylashtirib berilganda, yaroqsiz holga kelgan guvohnoma tegishli mudofaa ishlari boʻlimiga qaytariladi va belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shaxs Fuqarolar roʻyxatiga kiritilganda yoki uni Fuqarolar roʻyxatiga kiritish rad etilganda, u bu haqda tegishli mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fuqaro oʻzining Fuqarolar roʻyxatiga kiritish boʻyicha murojaatini qabul qilish va koʻrib chiqish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

N A M U N A‎

________________ viloyati
‎mudofaa ishlari boshqarmasiga ‎

‎‎Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan
‎Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga kiritilishi va/yoki undan chiqarilishi lozim boʻlgan shaxslar haqida
‎__________________ viloyati _______________ tumani boʻyicha
‎MAʼLUMOT

T/r‎

Fuqaroning F.I.O.‎

Tugʻilgan yili‎

Fuqarolar roʻyxatiga kiritish
‎(undan chiqarish) sababini
‎tasdiqlovchi hujjat
‎va uning rekvizitlari‎

Fuqarolar roʻyxatiga kiritish
‎va/yoki chiqarish uchun asos
‎boʻlgan normativ-huquqiy hujjat‎

‎‎Fuqarolar roʻyxatiga kiritiladigan shaxslar

1.‎

...‎

‎‎Fuqarolar roʻyxatidan chiqariladigan shaxslar

1.‎

...‎

‎‎
‎_________________ tumani mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi

___________________________
‎(harbiy unvoni va familiyasi)‎

________________
‎(imzo) ‎


‎M.Oʻ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

N A M U N A‎

‎‎Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan fuqarolarning hisobini yuritish
‎ JURNALI

T/r‎

Fuqaroning F.I.O.‎

Tugʻilgan yili‎

Yashash manzili‎

Fuqarolar roʻyxatiga kiritish
‎uchun asos boʻlgan
‎normativ-huquqiy hujjat‎

Fuqaroga berilgan guvohnomaning
‎ seriyasi va tartib raqami ‎

Fuqarolar roʻyxatidan chiqarish
‎uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy
‎hujjat‎

Izoh‎

1.‎

2‎.

...‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

N A M U N A‎

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi
‎Tashkiliy-safarbarlik bosh
‎boshqarmasiga

Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan
‎Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga kiritilishi va/yoki undan chiqarilishi lozim boʻlgan shaxslar haqida
‎__________________ viloyati boʻyicha
‎MAʼLUMOT

T/r‎

Fuqaroning F.I.O.‎

Tugʻilgan yili‎

Fuqarolar roʻyxatiga kiritish
‎(undan chiqarish) sababini
‎tasdiqlovchi hujjat
‎va uning rekvizitlari‎

Fuqarolar roʻyxatiga kiritish
‎va/yoki chiqarish uchun asos
‎boʻlgan normativ-huquqiy hujjat‎

‎‎Fuqarolar roʻyxatiga kiritiladigan shaxslar

1.‎

...‎

‎‎Fuqarolar roʻyxatidan chiqariladigan shaxslar

1.‎

...‎

‎‎
‎_________________ viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi

___________________________
‎(harbiy unvoni va familiyasi)‎

________________
‎(imzo) ‎


‎M.Oʻ.‎
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2021-yil 20-sentabrdagi 37-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 15-sentabrdagi 55qq-son va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 15-sentabrdagi 52-son qaroriga (roʻyxat raqami 2749-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/2749-1/0917-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

N A M U N A‎

________________ viloyati
‎mudofaa ishlari boshqarmasiga ‎

20___ yil 1-yanvar — 15-dekabr mobaynida vafot etganligi sababli yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan,
‎Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatidan chiqarilishi lozim boʻlgan shaxslar haqida
‎__________________ viloyati _______________ tumani boʻyicha
‎MAʼLUMOT

T/r‎

Fuqaroning F.I.O.‎

Tugʻilgan yili‎

Fuqaroning vafot etganligini
‎tasdiqlovchi hujjat va
‎uning rekvizitlari

Fuqarolar roʻyxatiga kiritish
‎uchun asos boʻlgan
‎normativ-huquqiy hujjat

1.‎

2.‎

...‎


‎Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi
‎budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining
‎ ______________ viloyati ____________ tuman
‎boʻlimi boshligʻi ‎ qqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqqq M.Oʻ.




‎‎
‎___________________
‎‎(imzo) ‎‎



‎‎

‎____________________________
(F.I.O.)‎

(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 22-maydagi 10-son, Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 20-maydagi 27-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 16-maydagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2749-2, 31.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2749-2/0314-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 9-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 30.09.2021-y., 10/21/2749-1/0917-son; 01.06.2023-y., 10/23/2749-2/0314-son)