29.08.2015 yildagi 251-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash Konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash Konsepsiyasi va chora-tadbirlar kompleksi quyidagi ustuvor vazifalarni hal etishga yoʻnaltirilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nooqilona ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklarning oldini olish va ular tarqalishi darajasini pasaytirish, aholi sogʻlom turmush tarzining asosi sifatida sogʻlom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish va shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan faol foydalangan holda sogʻlom ovqatlanishni targʻib qilishni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va tibbiyot muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tizimini yanada tartibga solish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, tashkil etilgan bolalar jamoalari ovqatlanishi ratsionini yaxshilash, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va chet eldan yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosi sifatini nazorat qilishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni, ayniqsa muhim mikronutriyentlar bilan boyitilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish yoʻli bilan aholining sogʻlom ovqatlanishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishni taʼminlaydigan shart-sharoitlar yaratish, mahalliy xomashyo asosida oziq-ovqat mahsulotlari yaratish, aholi orasida sogʻlom ovqatlanish prinsiplari joriy etilishiga koʻmaklashadigan muhitni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining turli guruhlari orasida ovqatlanish ratsionini va ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar rivojlanishining sabablarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan sogʻlom ovqatlanish va diyetologiya sohasida fundamental ilmiy tadqiqotlarni ustuvor amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksiga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga choraklik asosida taqdim etsinlar.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlasin, tadbirlar toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ovqatlanish aholi sogʻligʻini belgilaydigan muhim omillardan biri hisoblanadi. Sogʻlom ovqatlanish — bu insonning sogʻligʻi mustahkamlanishiga va kasalliklar kamayishiga koʻmaklashadigan, uning oʻsishini, normal kamol topishini va hayot faoliyatini taʼminlaydigan ovqatlanish. Ovqatlanish tuzilmasida balansning har qanday buzilishi inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, shuningdek turmush sifati pasayishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada oziq-ovqat sanoati rivojlanishining tadrijiy oʻsishini taʼminlashga va mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Buning hisobiga keyingi yillarda aholining ovqatlanishi sifati ancha yaxshilandi, oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish tuzilmasi oʻzgardi, jon boshiga goʻsht va goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qilish 1,3 baravar, sut va sut mahsulotlarini isteʼmol qilish — 1,6 baravar, tuxum yeyish — 2,2 baravar, sabzavotlarni isteʼmol qilish — 2,6 baravar, kartoshkani isteʼmol qilish — 1,7 baravar, mevalarni isteʼmol qilish — 4,0 baravar oʻsdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovqatlanish tuzilmasi va ratsioni yaxshilanishi boshqa omillar bilan birgalikda aholi sogʻligʻi koʻrsatkichlariga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Oxirgi 10 yilda tanasining ogʻirligi yengil boʻlgan bolalar ulushi ikki baravardan ortiqqa qisqardi (4 foizdan 1,8 foizgacha), ayollarning anemiya (kamqonlik) bilan kasallanishi darajasi 2,5 baravar pasaydi. Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha umr koʻrishi 6,5 yilga koʻpaydi (67 yoshdan 73,5 yoshgacha), ayollarning oʻrtacha umr koʻrishi — 75,8 yoshga yetdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ijobiy iqtisodiy oʻzgarishlar va urbanizatsiyaning tez oʻsishi va unga xos boʻlgan turmush tarzidagi oʻzgarishlar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar uchun xos boʻlgan nooqilona ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar darajasi oshishiga olib keldi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan ushbu kasalliklar yuqumli boʻlmagan kasalliklarning alohida guruhiga ajratilgan. Yuqumli boʻlmagan kasalliklar darajasining oshishi nooqilona ovqatlanish bilan birgalikda yetarli boʻlmagan jismoniy faollik, tamaki isteʼmol qilish va alkogolni zararli isteʼmol qilish bilan bogʻliqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yilda oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalari respublika katta yoshdagi aholisining 67,2 foizga yaqini sabzavotlar va mevalarni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etiladigan normadan past isteʼmol qilishini, 37 foizi tuz miqdori ortiqcha boʻlgan ovqatni isteʼmol qilishini, katta yoshdagi aholining 16,4 foizi esa jismoniy faol emasligini koʻrsatdi. Buning natijasida katta yoshdagi aholining 20,2 foizi ortiqcha vaznga va 33,9 foizi yuqori qon bosimga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Konsepsiyaning maqsad va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aholi sogʻligʻini saqlash va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, kasalliklarning oldini olish, aholi turli guruhlarining tibbiyot fani talablariga muvofiq sogʻlom ovqatlanishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishni taʼminlaydigan shart-sharoitlar yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi turli guruhlarining sogʻlom ovqatlanishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishni taʼminlaydigan shart-sharoitlar yaratish, jismoniy faollik hamda alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishni qisqartirish yoʻli bilan kasallikka chalinish va bevaqt vafot etishni kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nooqilona ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklarning oldini olish va ular tarqalishi darajasini pasaytirish, aholi sogʻlom turmush tarzining asosi sifatida sogʻlom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish va shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan faol foydalangan holda sogʻlom ovqatlanishni targʻib qilishni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga yoʻnaltirilgan sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha aholining turli guruhlari uchun taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, sogʻlom ovqatlanish sohasida fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoalarda tashkil etilgan ovqatlanishni tashkil etishni takomillashtirish, homilador va bola emizuvchi ayollarning, shuningdek 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini tashkil etish, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktik) ovqatlanishni yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifat va xavfsizlikka qoʻyiladigan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-ovqat xomashyosining asosiy turlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni kengaytirish, almashtirib boʻlmaydigan komponentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari va bolalar ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan mahsulotlar, parhezli (davolash va profilaktik) oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatga biologik aktiv qoʻshimchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosiga tegishli boʻlgan texnik reglamentlar va davlat standartlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va chet eldan yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosining sifati ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi sogʻligʻi koʻrsatkichlari va tarqalgan alimentar-bogʻliq holatlar rivojlanishi dinamikasi tahlili asosida ovqatlanish sohasida monitoring dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Sogʻlom ovqatlanishni taʼminlash va turmush tarzi boʻyicha faoliyatning asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Konsepsiyani amalga oshirish doirasida quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aholini sogʻlom ovqatlanish bilan taʼminlash va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim va tibbiyot muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovqatga solinadigan tuz ishlab chiqaruvchi korxonalarga kaliy yodat va kaliy yodit uzluksiz yetkazib berilishi mexanizmlarini yaxshilash, yodlashtirilgan tuz ishlab chiqarishning doimiy monitoringi olib borilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli mahsulotlar sotilishini yanada tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi ustidan amaliy nazorat oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vitaminlar va mikronutriyentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari turlarini koʻpaytirish hisobiga tashkil etilgan jamoalarda bolalar ovqatlanishining sutkalik ratsionini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aholini sogʻlom ovqatlanish bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirishga va sogʻlom turmush tarzi madaniyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqiladigan parhezli sut-qatiq mahsulotlari turlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik hujayralari asosida tarkibida tuz kam boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qand-shakarning oʻrnini bosuvchi dorivor steviya oʻsimligini yetishtirish va sanoat yoʻli bilan qayta ishlashni koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini muhim mikronutriyentlar bilan taʼminlash davlat dasturlarini amalga oshirishni davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida va boshqa tashkilotlarda sogʻlom ovqatlanishga va sogʻlom turmush tarzi yuritilishiga koʻmaklashuvchi shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari aholisi orasida sogʻlom ovqatlanish madaniyatini va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga yoʻnaltirilgan tajriba loyihani amalga oshirish, keyinchalik olingan ijobiy tajribani respublikaning barcha mintaqalariga yoyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarining davolash-profilaktik xossalarini hisobga olgan holda aholining turli jins-yosh va professional guruhlari uchun ovqatlanishning tavsiya etiladigan oʻrtacha sutkalik meʼyorlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini “daladan ishlab chiqaruvchigacha”, “ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchigacha” yetkazib berish logistikasi sxemalarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan bolalar va parhezli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ragʻbatlantirishning mavjud iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sogʻlom ovqatlanish va diyetologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy xomashyo — neft konlari suvi negizida yod ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining turli guruhlari orasida ovqatlanish ratsionini va nooqilona ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishi rivojlanishi sabablarini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar va katta yoshdagilar uchun mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari asosida parhezli taomlar va ichimliklarning ilmiy asoslangan retsepturasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi orasida temir taqchil boʻlgan anemiya va yod taqchilligi holatlari tarqalishini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sogʻlom ovqatlanish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va sogʻlom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus tele-, radioeshittirishlar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadigan materiallar doirasi va sonini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi orasida sogʻlom ovqatlanishni ommaviylashtirish va sogʻlom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish jarayoniga siyosat, fan, sanʼat, sportning taniqli arboblarini va jamoat arboblarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshiriladigan axborot-maʼrifiy tadbirlar natijalari monitoringini olib borish va ularni baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi orasida, eng avvalo, yoshlar orasida sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilishning sogʻliq uchun zararli oqibatlari masalalari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borishni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tibbiyot kadrlari tayyorlash sifatini yanada oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim uchun sogʻlom ovqatlanish sohasida oʻquv dasturlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun sogʻlom ovqatlanish va diyetologiya masalalari boʻyicha oʻquv dasturlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Diyetologiya” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar va klinik ordinatorlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom ovqatlanish, diyetologiya, jismoniy faollik, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilishning sogʻliq uchun zararli oqibatlari masalalari boʻyicha mutaxassislarning malakasini har yili oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsepsiyani amalga oshirish 2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan taʼminlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash sohasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini ishlab chiqishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat sanoati tizimiga va qishloq xoʻjaligiga xalqaro tashkilotlar, xorijiy investorlarning mablagʻlarini jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining sogʻlom ovqatlanishi sohasida kompleks chora-tadbirlar bajarilishi ustidan muntazam monitoring olib borilishi tashkil etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Masʼul bajaruvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatlarga va ishlar hajmiga muvofiq tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan moliyaviy mablagʻlardan aniq maqsadni koʻzlab va samarali foydalanilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi yilga tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ish rejasi har yili Komissiyaga taqdim etilishini;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborot Komissiyaga choraklik asosida taqdim etilishini taʼminlaydilar.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Konsepsiyani amalga oshirish 2020-yilda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi tomonidan sabzavotlar va mevalar isteʼmol qilinishini 15 foizga koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida tuz koʻp boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishni 15 foizga qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovqatlanish ratsioni sogʻlom ovqatlanish prinsiplariga mos boʻlgan homilador ayollar, chaqaloqlar va besh yoshgacha bolalar ulushini 10 foizga koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tamaki isteʼmol qilishni va alkogolni zararli isteʼmol qilishni 10 foizga qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom, xavfsiz va sifatli qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini mamlakatimizda yetishtirishni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida shakar, tuz, toʻyintirilgan va transyogʻli kislotalar kam boʻlgan mahsulotlarni yetishtirish, qayta ishlash va realizatsiya qilish hajmini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vitaminlar va zarur minerallar bilan boyitilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushini koʻpaytirish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisini sogʻlom ovqatlanish bilan taʼminlash chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleksi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Masʼul bajaruvchilar

Xarajatlar va moliyalashtirish manbai

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija

I. Sogʻlom ovqatlanishni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Davlat taʼlim va tibbiyot muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tizimini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son hamda “Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 20-avgustdagi 184-son qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2015-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish uchun toʻlovdan ozod qilinadigan aholi toifalari roʻyxatini unga emizikli onalarni va balogʻatga yetmagan bolalarni kiritgan holda qayta koʻrib chiqish.

Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish uchun toʻlov tartibini budjet mablagʻlari va toʻlov asosidagi ovqatlantirishdan tushgan budjetdan tashqari tushumlar harakatini hisobga olishning amaldagi qoidalari va normalariga muvofiqlashtirish.

Ayniqsa qishloq joylardagi umumtaʼlim maktablarining oziq-ovqat bloklarini ijaraga berishni rasmiylashtirish mexanizmini soddalashtirish, mahalliy budjetlarga soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish va ijara toʻlovi miqdorlarini kamaytirish.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 23-noyabrdagi 260-son qaroriga oziq-ovqat tuzi ishlab chiqaradigan korxonalarga kaliy yodati va yoditini uzluksiz yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishni hamda yodlangan tuz ishlab chiqarishning doimiy monitoringini tashkil etishni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2016-yil yanvar

.

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Respublika aholisini yodlangan tuz bilan taʼminlash mexanizmlarini quyidagi yoʻllar bilan takomillashtirish:

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan kaliy yodati va yoditi xarid qilishni va oziq-ovqat tuzi ishlab chiqaradigan korxonalarga yetkazib berishni amalga oshirish;

oziq-ovqat tuzi ishlab chiqaradigan korxonalarga kaliy yodati va yoditini oldindan haq toʻlamasdan, tuzni sotishdan olingan tushumning bir qismini ularning qiymatiga teng boʻlgan miqdorda Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus hisob raqamiga ular tomonidan keyinchalik oʻtkazgan holda yetkazib berishni taʼminlash;

aholi oʻrtasida yod tanqisligi kasalliklari profilaktikasi boʻyicha oʻtkaziladigan chora-tadbirlarning doimiy monitoringini va ularning samaradorligini baholashni tashkil etish.

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-martdagi PQ– 605-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga hamda “Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 28-martdagi 89-son qarorlariga alkogolli mahsulotlarni sotish sohasini tartibga solish maqsadida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2016-yil II chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Qonun kuchiga ega boʻlgan hujjatlarni “Alkogolli va tamaki mahsulotlarini tarqatish va isteʼmol qilishni cheklash toʻgʻrisida” 2011-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-302-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiql��shtirish.

Savdo obyektlarida yigirma yoshga yetmagan shaxslarga alkogolli mahsulotlarni sotishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri haqida ogohlantiruvchi yozuvlarni majburiy tartibda joylashtirish.

Alkogolli mahsulotlarni:

yigirma yoshga yetmagan shaxslarga;

savdo avtomatlari orqali sotishni taqiqlash.

Har qanday mahsulotlarni, shu jumladan alkogolli va tamaki mahsulotlari koʻrinishidagi bolalar oʻyinchoqlarini sotishni taqiqlash.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan davlat taʼlim muassasalaridagi oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlar sifatini tekshirishlarni Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi va uning hududiy komissiyalari bilan qoʻshimcha ravishda kelishilmasdan amalga oshiriladigan Nazorat qiluvchi organlarning nazorat funksiyalari roʻyxatiga kiritish.

2016-yil I chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi

Vazirlar Mah�amasi qarori loyihasi.

Davlat taʼlim muassasalarida isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi yuzasidan amaliy nazoratni oʻrnatish.

5.

“Oʻzbekiston Respublikasining bolalar va oʻsmirlar muassasalarida tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishning oʻrtacha sutkalik oqilona normalari” nomli 2000-yil 30-iyundagi 0097-00 raqamli Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya qoidalari va normalariga bolalarning uyushgan jamoalarini ovqatlantirishning sutkalik ratsioniga boyitilgan ovqatlanish mahsulotlarini va ichimlik suvlarni kiritishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar kiritish.

2015-yil noyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi

Sanitariya normalari va qoidalari.

Bolalar uyushgan jamoalarining ovqatlanish ratsioniga boyitilgan ovqatlanish mahsulotlarini va ichimlik suvlarni kiritish.

Bolalar oʻrtasidagi yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni profilaktika qilish.

6.

“Oʻzbekiston Respublikasining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga qoʻyiladigan gigiyena talablari” nomli 2010-yil 17-sentabrdagi 0283 raqamli Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya qoidalari va normalariga tayyor ovqatlanish mahsulotlaridagi sof qand-shakar, tuz, toʻyintirilgan hamda transyogʻli kislotalar va oziq-ovqat qoʻshimchalari miqdorining xavfsiz darajalarini normalashtirishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar kiritish.

2015-yil. noyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sanitariya qoidalari va normalari.

Tayyor ovqatlanish mahsulotlaridagi sof qand-shakar, tuz, toʻyintirilgan hamda transyogʻli kislotalar va oziq-ovqat qoʻshimchalari miqdorining xavfsiz darajalarini normalashtirish.

Tarkibida sof qand-shakar, tuz, toʻyintirilgan va transyogʻli kislotalar miqdori koʻp boʻlgan tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishni kamaytirish.

7.

Mahsulotlarning davlat standartlarini FA/VOZ tavsiyalariga muvofiqlashtirish.

2015 — 2020-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

“Oʻzstandart” agentligi,

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK

Oziq-ovqat mahsulotlariga davlat standartlari (OʼzDst).

Oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmol qilish upakovkasiga ulardagi sof qand-shakarlar, tuz, toʻyintirilgan va transyogʻli kislotalarning mavjud miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni kiritish.

Mahalliy oziq-ovqat sanoati mahsulotlarining tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish.

8.

Oziq-ovqat mahsulotlariga davlat standartlari (OʼzDst)ni va texnologik instruksiyalarini (TI) ishlab chiqish, ularda mahalliy oziq-ovqat sanoati mahsulotlari korxonalarida ishlab chiqariladigan oʻsimlik hujayralari asosida tarkibida tuz miqdori kam boʻlgan parhez chuchuk sut mahsulotlari, ovqatlanish mahsulotlari turlarini kengaytirishni nazarda tutish.

2016 — 2018-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzdonmahsulot” AK,

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK

Bajaruvchilar mablagʻlari

Oziq-ovqat mahsulotlariga davlat standartlari (OʼzDst) va texnologik instruksiyalar (TI), ularda mahalliy oziq-ovqat sanoati mahsulotlari korxonalarida ishlab chiqariladigan oʻsimlik hujayralari asosida tarkibida tuz miqdori kam boʻlgan parhez chuchuk sut mahsulotlari, ovqatlanish mahsulotlari turlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

II. Sogʻlom ovqatlanish va turmush tarzini taʼminlash chora-tadbirlari

9.

Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanidagi eksperimental fermer xoʻjaligi negizida dorivor oʻsimlik — steviyani tayyorlash hajmlarini koʻpaytirish, uning ekin maydonlarini 100 gektargacha yetkazish.

Farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatidagi ehtiyojni hisobga olgan holda, xorijiy investorlarni jalb etib steviyani sanoatda qayta ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2015 — 2020-yillar

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

“Oʻzfarmsanoat” DAK,

“Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK,

Surxondaryo viloyati hokimligi

2,275 mlrd soʻm (“Agrobank” ATBning imtiyozli kreditlari), investorlarning, xalqaro donorlarning mablagʻlari

Tahliliy yozma axborot.

Qand diabetiga chalingan mijozlarni mahalliy parhez oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash.

Mahalliy farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatini mahalliy xomashyo bilan taʼminlash.

10.

Aholiga, ayniqsa onalar, bolalar va oʻsmirlarga qoʻshimcha mikronutriyentlar berish boʻyicha davlat dasturlarini quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirishni davom ettirish:

homilador ayollarni, tarkibida shu jumladan foliyeola kislotasi mavjud boʻlgan umumiy sogʻlomlashtiradigan polivitaminlarning maxsus komplekslari bilan taʼminlash;

chaqaloqlarni va yosh bolalarni oqilona ovqatlantirishni taʼminlash, bunda asosan 6 oylikkacha boʻlgan emizikli chaqaloqlarni eng toʻliq darajada qamrab olish;

6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning qariyb 95 foizini “A” vitamini bilan sapplementatsiyalash;

unni fortifikatsiyalash va tuzni yodlashtirish.

2015 — 2020-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Oʻzdonmahsulot” AK, Tuz ishlab chiqaruvchilar

Bajaruvchilar mablagʻlari

Bajaruvchilarning qarorlari.

Fortifikatsiyalangan un, yodlashtirilgan tuz ishlab chiqarish.

Bolalar va oʻsmirlarni jismoniy va intellektual rivojlantirishni taʼminlash.

Ayollar, bolalar va oʻsmirlardagi mikronutriyent tanqisligining oldini olish.

11.

Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni va sogʻlom turmush tarzini yuritishni ommalashtirishga yordam beradigan shart-sharoitlarni quyidagi yoʻllar bilan yaratish:

pedagoglar, talabalar, oʻquvchilar va ularning ota-onalarini sogʻlom ovqatlantirish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish masalalari boʻyicha zamonaviy oʻqitish metodlaridan foydalangan holda oʻqitish;

taʼlim muassasalarida amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan sogʻlom ovqatlanishga yoʻnaltirilgan ovqatlanish ratsionlari va mahsulotlarini tasdiqlash;

bolalar uchun bepul sport seksiyalari turlarini tashkil etish va kengaytirish tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish.

2015 — 2020-yillar

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Bajaruvchilarning, taʼlim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslarning, homiylarning mablagʻlari

Bajaruvchilar qarori.

Pedagoglar, talabalar, oʻquvchilar va ular ota-onalarining sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish masalalari boʻyicha savodxonligini oshirish hamda bu boradagi madaniyatini shakllantirish.

Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish uchun shart-sharoitlar yaratish.

12.

Tashkilotlarda sogʻlom ovqatlanishga va sogʻlom turmush tarzini yuritishga koʻmaklashadigan shart-sharoitlarni quyidagi yoʻllar bilan yaratish:

ish beruvchilarni va xodimlarni oʻqitishning zamonaviy metodlaridan foydalangan holda sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish koʻnikmalariga oʻqitish;

tashkilotlarda mehnat sharoitlariga bogʻliq holda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan sogʻlom ovqatlanishga yoʻnaltirilgan ovqatlanish ratsionlari va mahsulotlarini tasdiqlash.

2015 — 2020-yillar

Tashkilotlar,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Bajaruvchilar, homiylar mablagʻlari

Bajaruvchilarning qarori.

Ish beruvchilar va xodimlar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik, tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish masalalari boʻyicha savodxonlikni oshirish va bu boradagi madaniyatni shakllantirish.

Mehnat unumdorligini oshirish.

13.

Keyinchalik ijobiy tajribani respublikaning barcha mintaqalarida ommalashtirishni nazarda tutgan holda, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari aholisi oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish madaniyati va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholi oʻrtasida ovqatlanishning buzilishi bilan bogʻliq kasalliklarni oldindan aniqlash va ularning oldini olishga yoʻnaltirilgan tajriba loyihasini amalga oshirish.

2016 — 2018-yillar

Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi,Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, IIV, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, KUFK, MTRK, Xotin-qizlar qoʻmitasi,

“Mahalla” fondi,

Yoshlar ittifoqi,

“Ibn Sino” jamoat fondi

895,3 mln soʻm*

(har yili ajratiladigan pul mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari),

395,0 ming AQSh dollari, (“Salomatlik-3” loyihasi),

BJSST (VOZ) mablagʻlari**

Bajaruvchilarning qarori.

Nooqilona ovqatlanish, kam jismoniy faollik, alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilish kabi yuqumli boʻlmagan kasalliklarning xatarli omillari tarqalganligini quyidagi yoʻllar bilan kamaytirish:

aholi oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi masalalari boʻyicha keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish;

sogʻlom ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini taʼminlash boʻyicha oʻquv dasturlari, axborot-taʼlim materiallarini ishlab chiqish va nashr etish;

nooqilona ovqatlanish va kam jismoniy faollik bilan bogʻliq kasalliklarni oldindan aniqlash yuzasidan 40 yoshdan oshgan aholini tekshirishning laboratoriya metodlari bilan keng qamrab olish;

40 yoshdan oshgan shaxslar oʻrtasida qondagi glyukoza va xolesterinni, peshobdagi oqsilni aniqlash uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini reagentlar va sarflash materiallari bilan taʼminlash;

davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga arterial gipertoniya va qandli diabet boʻyicha zamonaviy klinik protokollarni joriy etish;

Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institutining hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

14.

Sogʻlom ovqatlanishda inson organizmining fiziologik ehtiyojini hisobga olgan holda turli kasalliklarning oldini olish va organizmning himoya xususiyatlarini mustahkamlash uchun milliy urf-odatlar, oziq-ovqat mahsulotlari xususiyatlarini hisobga olgan holda aholining turli jinsi va yoshi hamda kasbiy guruhlari uchun tavsiya qilinadigan oʻrtacha sutkalik ovqatlanish normalarini ishlab chiqish.

2015-yil

IV chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori.

BJSST tavsiyalarini hisobga olgan holda aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash.

Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga aholining ehtiyojini hisob-kitob qilish.

Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga erishish.

15

Qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini yetkazib berish bosqichlarini qisqartirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqqan holda “daladan ishlab chiqaruvchigacha”, “ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchigacha” qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari logistikasi hamda ularni yetkazib berish sxemalarini tahlil qilish.

2016-yil

III chorak

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

“Oʻzstandart” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Tahliliy yozma axborot.

Qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlari logistikasi va ularni yetkazib berish sxemasini soddalashtirish.

Qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlari tashishda yoʻqotishlarni kamaytirish va toʻsiqlarni bartaraf etish.

Aholi uchun qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarining narxini arzonlashtirish.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan oziq-ovqat xomashyosining sifatini oshirish va tannarxini pasaytirish.

16.

Oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan bolalar va parhez oziq-ovqatlar ishlab chiqarish, shuningdek qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ragʻbatlantirishning amaldagi mexanizmlari samaradorligini tahlil qilish. Ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2016-yil

III chorak

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

Tahliliy yozma axborot.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek qishloq xoʻjaligi meva-�abzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar uchun quyidagi yoʻllar bilan qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish:

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga birinchi navbatda boʻsh turgan binolarni “nol” sotib olish qiymati boʻyicha ajratish;

imtiyozli kreditlar berish.

III. Sogʻlom ovqatlanish va diyetologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish

17

Yod ishlab chiqarish uchun katta amaliy ahamiyatga ega boʻlgan hamda kimyoviy xomashyo boʻlib xizmat qiladigan neft konlarining mahalliy xomashyo suvlari negizida yod ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

2016-2017-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

“Oʻzbekneftgaz”, MXK, Davlat geologiya qoʻmita?i

Grantlar va xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

Tahliliy yozma axborot.

“Jarqoʻrgʻonneft” neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasining neft konlari suvlarini tanlab olish va ula�ning tarkibini, zaxiralarini tahlil qilish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish.

Mamlakatimiz ishlab chiqarishida importning oʻrnini qoplashni tashkil etish maqsadida mahalliy xomashyodan yod ishlab chiqarishning texnik shartlari, texnologiyalarini tanlab olish va tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

18

Quyidagilarga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish:

aholining turli guruhlari oʻrtasida ovqatlanish ratsionini oʻrganish;

tarqalgan alimentar bogʻliqlik holatlarining rivojlanish sabablarini oʻrganish;

bolalar va kattalar uchun mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari asosida parhez taomlar va ichimlik suvlar tayyorlash.

2016 — 2020-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi

48,0 mln soʻm* (har yili ajratiladigan pul mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari)

Bajaruvchilarning qarori.

Respublika aholisining turli guruhlari oʻrtasida ovqatlanish holatining monitoringini amalga oshirish.

Amalga oshiriladigan profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligini baholash.

Parhez taomlar turlarini kengaytirish hamda davolash-profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish.

19.

Respublika aholisi oʻrtasida temir moddasi tanqisligi anemiyasi va yod tanqisligi holatlari tarqalganligini oʻrganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

2016-2017-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

8,0 ming AQSh dollari (Unni boyitishni amalga oshirish guruhi), YUNISEF mablagʻlari**

Bajaruvchilar hisoboti.

Aholi oʻrtasida temir moddasi tanqisligi anemiyasi va yod tanqisligi holatlari tarqalishi boʻyicha vaziyatni baholash.

Tuzlarni yodlash, bugʻdoy unini mikronutriyentlar bilan boyitish boʻyicha amalga oshirilayotgan dasturlarning samaradorligini baholash.

Bugʻdoy uni va osh tuziga qoʻshiladigan mikronutriyentlar normalarini qayta koʻrib chiqish.

IV. Sogʻlom ovqatlanish va diyetologiya sohasida keng tushunt�rish ishlarini tashkil etish va sogʻlom ovqatlanish targʻibotini kuchaytirish, tibbiyot kadrlari salohiyatini oshirish

20

Sogʻlom ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi masalalari boʻyicha quyidagi yoʻllar bilan axborot va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish:

bosma va elektron ommaviy axborot vositalari materiallarini, ijtimoiy telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar turi va sonini koʻpaytirish;

mashhur siyosiy, fan, sanʼat arboblari, sport va jamoat arboblarini jalb etish;

oʻtkazilgan axborot va maʼrifiy tadbirlar natijalarini monitoring qilish va baholash.

2015 — 2020-yillar

MTRK, “Oʻzbekkino” agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari KUFK, “Mahalla” fondi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Ibn Sino” jamoat fondi

Bajaruvchilar, homiylar va xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

Bajaruvchilar qarori.

Sogʻlom ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini yuritishni targʻib qiladigan ijtimoiy telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar, bosma axborotlar va Internet tarmogʻidagi eʼlonlar turkumlari jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Aholining yuqumli boʻlmaga� kasalliklarning (nooqilona ovqatlanish, kam jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning) xatarli omillari, shuningdek parhez ovqatlanishning xususiyatlari toʻgʻrisida xabardorligini oshirish.

21

Aholi, eng avvalo, yoshlar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlari isteʼmolidan voz kechish masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini kengaytirish.

2015 — 2020-yillar

Sogʻliqni saqlash vaz�rligi,Xalq taʼlimi vazirligi,Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Yoshlar ittifoqi,

“Mahalla” fondi,

Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Ibn Sino” jamoat fondi

180,0 mln soʻm* (har yili ajratiladigan pul mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari),

bajaruvchilar mablagʻlari

Bajaruvchilar qarori.

Aholining, eng avvalo, yoshlarning savodxonligini oshirish hamda oʻsib kelayotgan avlodning sogʻlom ovqatlanishga, jismoniy faollikka, alkogolli va tamaki mahsulotlari isteʼmolidan voz kechishga koʻniktirish.

Sogʻlom ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini taʼminlash boʻy�cha profilaktika ishlarini takomillashtirish.

Nooqilona ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlari isteʼmoli profilaktikasi boʻyicha ishlarni ilmiy-metodik taʼminlash.

22

Quyidagi yoʻllar bilan tibbiyot kadrlari tayyorlash sifatini yanada oshirish:

oʻrta maxsus, oliy, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim dasturlarini, shu jumladan “Diyetologiya” mutaxassisligi boʻyicha dasturlarni takomillashtirish;

oliy tibbiy taʼlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari talabalarini sogʻlom ovqatlanish va diyetologiya boʻyicha oʻqitish;

“Diyetologiya” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar va klinik ordinatorlarni tayyorlash;

diyetologiya boʻyicha davolash-profilaktika muassasalari mutaxassislarining malakasini oshirish;

har yili sogʻlom ovqatlanish, diyetologiya, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlari isteʼmolidan voz kechish masalalari boʻyicha malaka oshirish.

2016 — 2020-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

306,7 mln soʻm*

(har yili ajratiladigan pul mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari)

Bajaruvchilar qarori.

Sogʻlom ovqatlanish va diyetologiya boʻyicha mutaxassislarning bilimlari va koʻnikmalarini yaxshilash.

Davolash-profilaktika muassasalarida tayyorlanadigan parhez taomlar sifatini yaxshilash.

Tibbiyot muassasalarida sogʻlom ovqatlanish, diyetologiya, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlari isteʼmolidan voz kechish sohasida maslahatlar berish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash.

Davolash-profilaktika chora-tadbirlari samaradorligini oshirish.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlar asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Tegishli tadbirlar xalqaro donorlar tomonidan tasdiqlangandan keyin aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chora-tadbirlar kompleksi tadbirlarini amalga oshirishga jami xarajatlar 3,710 mlrd soʻmni va 403,0 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 35-son, 467-modda; 2016-y., 14-son, 132-modda; 2017-y., 19-son, 342-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)