Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARI TOMONIDAN ALKOGOLLI MAHSULOTLAR SOTISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 7-martdagi 65-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar faqat alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari asosida sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi, tushgan mablag‘lar keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda taqsimlanadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berish funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berish bo‘yicha maxsus komissiyalarga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan ushbu qaror talablariga izchil rioya etilishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasin hamda alkogolli mahsulotlarni sotishda huquq buzilishlariga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmanomalari bo‘yicha tegishli himoyalanish darajalariga ega bo‘lgan maxsus blankalarda alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalarining zarur miqdorda tayyorlab berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 28-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-martdagi 89-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda ruxsat guvohnomasi deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumiy ovqatlanish korxonalari alkogolli mahsulotni sotishni faqat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga muvofiq berilgan ruxsat guvohnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassa;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yong‘inga qarshi, sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lgan omborxonalarga va asbob-uskunalarga ega bo‘lgan o‘zining yoki ijaraga olingan umumiy ovqatlanish obyekti mavjud bo‘lganda amalga oshiradilar. Bunda umumiy ovqatlanish obyektlari ta’lim, sport va diniy muassasalar hududlarida, jamoat transporti bekatlarida, davolash-profilaktika va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalari oshxonalarida joylashmagan bo‘lishi kerak.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ruxsat guvohnomasi berish (amal qilish muddatini 10 kungacha to‘xtatib turish, shuningdek amal qilish muddatini to‘xtatish, uni bekor qilish yuzasidan sud tartibotini boshlash) to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berish bo‘yicha maxsus komissiyalar (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni qabul qilish, ular bo‘yicha Komissiya xulosalari va qarorlari loyihalarini tayyorlash tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari olishga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish komissiyalari (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi, tushgan mablag‘lar keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ruxsat guvohnomasi har bir umumiy ovqatlanish obyekti uchun arizada ko‘rsatilgan muddatga, lekin ko‘pi bilan ikki yil muddatga, ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxema va shakl bo‘yicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mehmonxonalarga, mehmonxonaga tegishli bo‘lgan va uning ichida joylashgan, yashovchilarga alkogolli mahsulotlarni sotishni amalga oshiruvchi barcha umumiy ovqatlanish korxonalariga (bar, mini-bar, kafe, restoran) bitta ruxsat guvohnomasi beriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ruxsat guvohnomasi olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ruxsat guvohnomasi olish uchun umumiy ovqatlanish korxonasi o‘zi joylashgan joydagi ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat guvohnomasi olish uchun ariza, unda umumiy ovqatlanish korxonasining tashkiliy-huquqiy shakli va nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bankning nomi va bankdagi hisob-kitob raqami ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish korxonasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat guvohnomasi olish uchun ariza berish vaqtiga kelib shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 100 baravari miqdorida hamda qishloq joylarda va uzoq tog‘li tumanlarda — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi. Agar ustav fondi pul shaklida shakllantirilgan bo‘lsa — bu to‘g‘ridagi tasdiqlovchi hujjat xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan beriladi. Ustav jamg‘armasi boshqacha mulk bilan shakllantirilgan taqdirda ushbu mulkka egalik huquqini, uning qiymatini va uning ustav fondiga kiritilishini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatuvchi bankning bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada ko‘rsatilgan muddatga muvofiq ruxsat guvohnomasi berilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ ruxsat guvohnomasi berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Umumiy ovqatlanish korxonasidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hujjatlar ishchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar ishchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun umumiy ovqatlanish korxonasi — ariza beruvchi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Arizalarni ishchi organ tomonidan ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishchi organ taqdim etilgan hujjatlarni 5 ish kuni mobaynida o‘rganib chiqadi va ularning ishonchliligini, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishchi organning barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qaror qabul qilingan taqdirda ruxsat guvohnomasi berish to‘g‘risida Komissiyaga taklif kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ tomonidan Komissiyaga ijobiy xulosa kiritilgan taqdirda, xulosa bilan bir vaqtda, umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish va naqd tushumni banklar kassasiga topshirishning prognoz hajmlari taqdim etiladi, ularga har chorakda ishchi organ tomonidan tuzatishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ishchi organ xulosasini ko‘rib chiqish va ruxsat guvohnomasini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya ishchi organ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni 10 ish kun mobaynida o‘rganib chiqadi va Komissiyaning barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qaror qabul qilingan taqdirda ruxsat guvohnomasi berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror qabul qilingandan so‘ng Komissiya umumiy ovqatlanish korxonasini qabul qilingan qaror to‘g‘risida 3 ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ruxsat guvohnomasi Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat guvohnomasi blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga, himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi ruxsat guvohnomasi blankalaridan maqsadli foydalanilishi, ularning saqlanishi va hisobga olinishi yuzasidan shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat guvohnomasi blankalarining hisobi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, Berilgan ruxsatnomalarni ro‘yxatga olish daftarida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar ruxsat guvohnomasi berishning rad etilishi uchun asoslar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat guvohnomasi berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining ushbu Nizom talablariga nomuvofiqligi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat guvohnomasi berishning boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish korxonasi ruxsat guvohnomasi berishning rad etilishi to‘g‘risidagi qaror yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bildirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Aniq sabablari ko‘rsatilgan holda ruxsat guvohnomasi berishning rad etilishi to‘g‘risidagi qaror yozma shaklda, Komissiya raisining imzosi bilan umumiy ovqatlanish korxonasiga beriladi (yuboriladi). Ushbu qarorda rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni tugatish va hujjatlarni takroran taqdim etish uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining ruxsat guvohnomasi berish to‘g‘risidagi arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari ruxsat guvohnomasi berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ushbu guvohnomani berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Umumiy ovqatlanish korxonasi qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda umumiy ovqatlanish korxonasi yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda umumiy ovqatlanish korxonasi joylashgan joydagi ishchi organga ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi, arizaga ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ruxsat guvohnomasiga ega bo‘lgan umumiy ovqatlanish korxonalari qo‘shib yuborilgan taqdirda, ruxsat guvohnomasini ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat guvohnomasidagi mavjud ma’lumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ruxsat guvohnomasi umumiy ovqatlanish korxonasining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda ruxsat guvohnomasi qayta rasmiylashtirilgungacha umumiy ovqatlanish korxonasi alkogolli mahsulotlar sotishni ilgari berilgan ruxsat guvohnomasi asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda tegishli o‘zgartirishlar Berilgan ruxsatnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftariga kiritiladi. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish umumiy ovqatlanish korxonasining zarur hujjatlar ilova qilingan holda ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizasi tushgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni mobaynida ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish umumiy ovqatlanish korxonasining arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ishchi organga ruxsat guvohnomasining amal qilish muddati o‘tishidan 15 kun oldin berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish yoki muddatini uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ruxsat guvohnomasi berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tmagan ruxsat guvohnomasining o‘rniga umumiy ovqatlanish korxonasi arizasi bo‘yicha dublikat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Ruxsat guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasi bo‘yicha Komissiya tomonidan ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror umumiy ovqatlanish korxonasida alkogolli mahsulotlarni sotish qoidalari buzilganligi, shu jumladan naqd pul tushumini inkassatsiya qilish (banklarga topshirish)dagi buzilishlar aniqlangan taqdirda qabul qilinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi ta’mirlash ishlari bajarilishi munosabati bilan, shuningdek boshqa shunga o‘xshash hollarda vaqtincha to‘xtatib turilganda umumiy ovqatlanish korxonasi bu to‘g‘rida Komissiyani va davlat soliq xizmati organini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan alkogolli mahsulotlarni umumiy ovqatlanish korxonalarida sotish qoidalari muntazam ravishda yoxud bir marta qo‘pol buzilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda sud tartibida to‘xtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ruxsat guvohnomasi uning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi holati aniqlanganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Ushbu Nizomning buzilganligi uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ilova
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ruxsat guvohnomasi har bir umumiy ovqatlanish obyektiga alohida beriladi.
(2-ilovaning izohi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 14-son, 151-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2016-y., 34-son, 405-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)