23.11.2010 yildagi 260-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AHOLI OʻRTASIDA MIKRONUTRIYENT YETISHMASLIGI PROFILAKTIKASI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi sogʻligʻini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida” 2010-yil 7-iyundagi OʻRQ-251-sonli Qonunini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, 2011-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida I nav bugʻdoy uni va osh tuzi faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda ishlab chiqariladi va sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga I nav bugʻdoy uni va osh tuzi faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda import qilinadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1035-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1035/4226-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-apreldagi PQ-1096-son qarori bilan tashkil etilgan Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy hamda maʼnaviy barkamol avlodni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va ularning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, shuningdek mikronutriyentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan va sotadigan korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikronutriyentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari joriy etilishi va isteʼmol qilinishini hisobga olgan holda aholi sogʻligʻi mustahkamlanishini taʼminlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Unni boyitish Milliy dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 11-avgustdagi PQ-153-son qarori bilan belgilangan tartib saqlab qolinsin. Unga muvofiq I nav boyitilgan bugʻdoy uni ishlab chiqaradigan korxonalarga mikronutriyentlar yetkazib berish oldindan haq toʻlanmasdan, keyinchalik korxonalar tomonidan ularning sotib olinishini taʼminlash uchun mikronutriyentlar qiymatiga teng miqdorda boyitilgan un sotilishidan olingan tushumni maxsus hisob raqamiga oʻtkazgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi I nav bugʻdoy unini va osh tuzini boyitish uchun zarur boʻlgan vitamin-mineral aralashmalar va boshqa tovarlar oʻz vaqtida xarid qilinishi va respublikaga yetkazib berilishi boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzni yodlashtirish uchun zarur boʻlgan mikronutriyentlarni dastlabki xarid qilish boyitilgan 1-navli bugʻdoy unini sotishdan tushgan jamlangan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yodlangan tuz ishlab chiqaruvchi korxonalarga mikronutriyentlarni yetkazib berish oldindan haq toʻlanmasdan amalga oshiriladi, yodlangan tuzni sotishdan tushgan tushumning mikronutriyentlarni xarid qilishni taʼminlash uchun ularning qiymatiga teng boʻlgan bir qismi keyinchalik korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-fevraldagi 50-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 79-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2011-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqariladigan mahsulotlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan meʼyorlarga va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mikronutriyentlar mavjud boʻlishining tavsiya etiladigan darajalariga muvofiq mikronutriyentlar bilan boyitilishi jarayoni yuzasidan nazoratni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikronutriyentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining sifati va sotilishi uchun shaxsiy javobgarlik korxonalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikronutriyentlar bilan boyitilishi kerak boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar oʻz mahsulotiga ulgurji-sotish narxlarini belgilashda mahsulotning mikronutriyentlar bilan boyitilishiga mablagʻlar xarajatini hisobga olsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarining boshqa turlarida mikronutriyentlarning zarur darajasi mavjud boʻlishi boʻyicha maʼlumotlar tahlili doimiy asosda olib borilishini, ularning yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mikronutriyent bilan boyitilishi kerak boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatini kengaytirishga oid takliflar kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda mikronutriyentlar bilan boyitilishi boʻyicha davlat sanitariya nazorati amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining muayyan guruhlari oʻrtasida mikronutriyentlar saplementatsiyasiga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi boʻyicha doimiy monitoring tashkil etilishini va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi baholanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy yoki boshqa jihatdan mikronutriyentlar bilan boyitilgan tuzni isteʼmol qilish toʻgʻri kelmaydigan shaxslar uchun mikronutriyentlar bilan boyitilmagan tuz ishlab chiqarish va sotish hajmlari belgilanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzdavdoninspeksiya”, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari uchun texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni oziq-ovqat mahsulotlarini mikronutriyentlar bilan boyitish boʻyicha majburiy talablar mavjudligini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-fevraldagi 50-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 79-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 23-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 428-modda; 2016-y., 8-son, 79-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1035/4226-son)