24.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2597
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 24.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2597
Kuchga kirish sanasi
30.06.2014
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika oʻquvchi-yoshlar markaziga taʼtillar davrida oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2597]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-maydagi 115-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Respublika oʻquvchi-yoshlar markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika oʻquvchi-yoshlar markaziga taʼtillar davrida oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 16-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 16-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2014-yil 16-iyundagi 40, 9-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika oʻquvchi-yoshlar markaziga taʼtillar davrida oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-maydagi 115-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Respublika oʻquvchi-yoshlar markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika oʻquvchi-yoshlar markaziga (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) taʼtillar davrida oʻquvchilarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Markaz taʼtillar davrida bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi sifatida faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markazga taʼtillar davrida respublika umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Markazga qabul qilinadigan oʻquvchilar taqsimoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markazga kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davrida va yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumida yaxshi natijalarga erishgan 270 nafardan oʻquvchi qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markazga kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davrida Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridagi umumtaʼlim maktablarining 7 — 9-sinf oʻquvchilari qabul qilinadi. Bunda har bir viloyat boʻyicha 7, 8 va 9-sinflarning har biridan 30 nafardan oʻquvchi tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markazga yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarining 7-8-sinf oʻquvchilari qabul qilinadi. Bunda har bir qabul mavsumida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha ularning har biridan 7-sinflardan 9 nafar, 8-sinflardan 10 nafardan, Respublika boʻysunishidagi umumtaʼlim muassasalari 7-8-sinflarining har biridan 2 nafardan oʻquvchi tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kuzgi, qishki va bahorgi taʼtillar davrida Markazga qabul qilingan oʻquvchilar yozgi taʼtil davrida Markazga qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozgi taʼtil davrining bir qabul mavsumida dam olgan oʻquvchilar yozgi taʼtil davrining keyingi mavsumlariga takroran qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davrida hamda yozgi taʼtilning har bir qabul mavsumida oʻquvchilarning Markazda boʻlish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi. Bunda oʻquvchilarning Markazda boʻlish muddatlari yozgi taʼtilning har bir qabul mavsumida 10 kundan, kuzgi, qishki va bahorgi taʼtillar davrida 7 kundan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Markazga oʻquvchilarni tanlab olish mezonlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markazga ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan oʻquvchilar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan olimpiadalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarining 1 — 5-oʻrin sovrindorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarida chet tili, informatika va boshqa fanlarni “aʼlo” baholarga oʻzlashtirayotgan oʻquvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid nihollari”, “Quvnoq startlar”, “Alpomish” va “Barchinoy” sport musobaqalarining umumtaʼlim maktablari, tuman (shahar) bosqichlari 1 — 3-oʻrin sovrindorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarining “Eng faol oʻquvchi” nominatsiyasi gʻoliblari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Konstitutsiya — erkinligimiz kafolati” respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichi 1 — 3-oʻrin sovrindorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol kitobxon oʻquvchi” tanlovining respublika bosqichi 1, 2, 3-oʻrin sovrindorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarining iqtidorli va ijodkor (sheʼr yozadigan, rasm chizadigan va h.k.) oʻquvchilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq taʼlimi organlari va “Barkamol avlod” bolalar maktablari tomonidan tashkil etiladigan turli tadbirlar gʻoliblari va faol ishtirokchilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musiqa va sanʼat sohasi boʻyicha xalqaro va respublika tanlovlari gʻoliblari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablari “Yoshlar ittifoqi” yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkilotining faol aʼzolari.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 30-mh-son, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2597-1, 11.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2597-1/1041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan mezonlardan kamida bittasiga mos kelgan oʻquvchi Markazga qabul qilish uchun tanlab olinadi. Oʻquvchilar soni belgilangan oʻrinlar sonidan koʻp boʻlganda nisbatan koʻproq mezonlarga muvofiq keladigan oʻquvchilar tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Markazga oʻquvchilarni tanlab olish komissiyalari faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markazga oʻquvchilarni qabul qilish uchun tanlab olish maqsadida har bir umumtaʼlim maktabi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida Markazga oʻquvchilarni tanlab olish komissiyalari tashkil etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 30-mh-son, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2597-1, 11.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2597-1/1041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Umumtaʼlim maktabining Markazga oʻquvchilarni tanlab olish komissiyasi (bundan buyon matnda umumtaʼlim maktabi komissiyasi deb yuritiladi) umumtaʼlim maktabi direktorining buyrugʻi bilan quyidagi tarkibda tuziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ittifoqining umumtaʼlim maktabidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 30-mh-son, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2597-1, 11.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2597-1/1041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 nafar tajribali oʻqituvchi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markazga oʻquvchilarni tanlab olish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi (bundan buyon matnda tuman (shahar) komissiyasi deb yuritiladi) tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirining buyrugʻi bilan quyidagi tarkibda tuziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudir oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish shuʼbasi rahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy-axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash shuʼbasi rahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tarbiya jarayonini metodik taʼminlash shuʼbasi rahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sifati monitoringi boʻlimi rahbari.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 30-mh-son, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2597-1, 11.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2597-1/1041-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markazga oʻquvchilarni tanlab olish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari (bundan buyon matnda hududiy komissiya deb yuritiladi) quyidagi tarkibda tuziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, vazir oʻrinbosari, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va qoʻshimcha taʼlim boʻlimi boshligʻi va 1 nafar tajribali xodim;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 26-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3718, 01.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 10/25/3718/1118-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlarda — viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi, boshliq oʻrinbosari, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va qoʻshimcha taʼlim boʻlimi bosh mutaxassisi va 1 nafar tajribali xodim;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 26-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3718, 01.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 10/25/3718/1118-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida — Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi, boshliqning birinchi oʻrinbosari, boshliqning oʻrinbosari, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va qoʻshimcha taʼlim boʻlimi boshligʻi va 1 nafar tajribali xodim.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 26-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3718, 01.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2025-y., 10/25/3718/1118-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markazga oʻquvchilarni qabul qilish uchun tanlab olish boʻyicha respublika komissiyasi (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Umumtaʼlim maktabi komissiyasi tomonidan kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davri uchun 7 — 9-sinflarning har biridan 1 nafardan, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 7-8-sinflarning har biridan 1 nafardan oʻquvchilar mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi va umumtaʼlim maktabi komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Umumtaʼlim maktabi komissiyasi tomonidan tanlab olingan oʻquvchilar uchun quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan oʻquvchining ijtimoiy holati toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchi mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelishi haqida tegishli hujjatlar nusxalari ilova qilingan umumtaʼlim maktabi tomonidan berilgan tavsifnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning rozilik xati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Umumtaʼlim maktabi komissiyasi tomonidan tanlab olingan oʻquvchilarning hujjatlari va umumtaʼlim maktabi komissiyasining tegishli qarori kuzgi taʼtil davri uchun 5-oktabrgacha, qishki taʼtil davri uchun 2-dekabrgacha, bahorgi taʼtil davri uchun 15-fevralgacha, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 10-aprelgacha tuman (shahar) komissiyasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Respublika boʻysunishidagi umumtaʼlim muassasalarida yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun tanlab olingan oʻquvchilarning hujjatlari va umumtaʼlim maktabi komissiyasining tegishli qarori 21-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tuman (shahar) komissiyasi tomonidan kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davri uchun 7 — 9-sinflarning har biridan 5 nafardan, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 7-8-sinflarning har biridan 2 nafardan oʻquvchilar mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi va tuman (shahar) komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tuman (shahar) komissiyasi tomonidan tanlab olingan oʻquvchilarning hujjatlari va tuman (shahar) komissiyasining tegishli qarori kuzgi taʼtil davri uchun 9-oktabrgacha, qishki taʼtil davri uchun 6-dekabrgacha, bahorgi taʼtil davri uchun 19-fevralgacha, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 17-aprelgacha hududiy komissiyaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Hududiy komissiya tomonidan kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davri uchun 7 — 9-sinflarning har biridan 40 nafardan, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 7-sinflardan 12 nafar, 8-sinflardan 13 nafar oʻquvchilar mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi va hududiy komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Hududiy komissiya tomonidan tanlab olingan oʻquvchilarning hujjatlari va hududiy komissiyaning tegishli qarori kuzgi taʼtil davri uchun 13-oktabrgacha, qishki taʼtil davri uchun 10-dekabrgacha, bahorgi taʼtil davri uchun 23-fevralgacha, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 21-aprelgacha Respublika komissiyasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Respublika komissiyasi tomonidan kuzgi, qishki, bahorgi taʼtillar davri uchun 7 — 9-sinflarning har biridan 90 nafardan, yozgi taʼtil davrining har bir qabul mavsumi uchun 7-sinflardan 128 nafar, 8-sinflardan 142 nafar oʻquvchilar mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi va Respublika komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Respublika komissiyasining qarori uch kun ichida Markazga va hududiy komissiyalarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Quyi turuvchi komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, yuqori turuvchi komissiya tomonidan quyi turuvchi komissiyaga mazkur kamchiliklarni bartaraf etish haqida topshiriq berilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Oʻquvchilarning Markazga kelish va ketishlarini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻquvchilarning Markazga kelish va ketishlarini tashkil qilish uchun tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi hamda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan 2 nafardan masʼul xodimlar (kuzatuvchilar) tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Respublika boʻysunishidagi umumtaʼlim muassasalaridan tanlab olingan oʻquvchilarning Markazga kelishlari va ketishlarini tashkil qilish Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining masʼul xodimlari (kuzatuvchilari) zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Masʼul xodimlar (kuzatuvchilar) oliy pedagogik maʼlumotga hamda birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatish koʻnikmalariga ega boʻlgan, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni zudlik bilan hal qila oladigan xodimlar orasidan tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Masʼul xodimlar (kuzatuvchilar) oʻquvchilarni Markazga quyidagi hujjatlar bilan birga olib borishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududdan Markazga qabul qilinadigan oʻquvchilar roʻyxati;
Oldingi tahrirga qarang.
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 30-mh-son, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2597-1, 11.11.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2597-1/1041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir oʻquvchi uchun sogʻlomlashtirish oromgohiga ketayotgan oʻquvchining tibbiy maʼlumotnomasi (079/x shakl).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻquvchilarni Markazga qabul qilib olish va ularni kuzatishni tashkil qilish uchun Markaz direktori, direktor oʻrinbosari, tibbiyot xodimi va 2 nafar pedagog xodimlardan iborat tarkibda Markazning qabul va kuzatuv komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Markazning qabul va kuzatuv komissiyasi oʻquvchilarni mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan hujjatlar asosida qabul qiladi. Bunda masʼul xodimlar (kuzatuvchilar) tomonidan taqdim etilgan tegishli hududdan Markazga qabul qilinadigan oʻquvchilar roʻyxati Respublika komissiyasining qaroriga muvofiqligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Markazga qabul qilish vaqtida har bir oʻquvchi tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib, har bir oʻquvchi uchun bolaning tibbiy kartasi (026/x shakl) ochiladi va mavsum davomida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Markazdan ketayotgan oʻquvchilarga Markazda yashagan davrida ularga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Markazga oʻquvchilarni tanlab olish komissiyalari oʻquvchilarning mazkur Nizomda belgilangan tartibda tanlab olinishi hamda zarur hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi sogʻlomlashtirish oromgohiga ketayotgan oʻquvchining tibbiy maʼlumotnomasi (079/x shakl) toʻgʻri rasmiylashtirilishini nazorat qiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 26-son, 320-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2597-1/1041-son; 02.12.2025-y., 10/25/3718/1118-son)